ayonki, to‘liq davlatlashtirilgan (davlat tasarrufiga o‘tgan) va mutlaq
davlat tasarrufidan chiqarilgan iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot
bo‘lmaydi: birinchi holatda davlat har qanday yashirin faoliyatni
taqiqlaydi, ikkinchi holatda esa hech qanday nazorat bo‘lmaydi va
“soyada yashirinish”ga ehtiyoj ham qolmaydi.
Xufyona faoliyat
markazlashtirilgan va demarkazlashtirilgan xo‘jaliklar orasidagi
“chegara hududlari”da kengayib boradi: bir tomondan, kuchsizlanib
borayotgan markazdan boshqariladigan iqtisodiyotda nazorat qilish
imkoniyatlari
kamayib
boradi;
ikkinchi
tomondan,
davlatlashtirilayotgan bozor xo‘jaligida
doimo ham samarali
bo‘lmagan nazorat choralari ko‘payib boradi.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha (2.3.1-jadval), rivojlangan mamlakatlar
orasida yashirin iqtisodiyot G‘arbiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida
eng katta, AQShda nisbatan o‘rta, Yaponiya, Shveysariya kabi
mamlakatlarda minimal hajmga ega.
Ushbu farqni Yevropaning
ko‘pchilik mamlakatlaridagi aralash iqtisodiyotning yuqori darajada
“davlatlashtirilganligi”, amerikacha individualizmning salbiy sarf-
xarajatlari va Yaponiyadagi “jamiyat rizoligi”
muhiti bilan
tushuntiriladi. Yaponiyada hatto gangsterlar ham narkobiznes, reket va
fohishabozlikdan olgan daromadlaridan soliq to‘lashadi.
Jahonda har yili yashirin sektorda kamida 8 trln. AQSh dollari
miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratiladi,
bular korxonalarning
buxgalteriya hisobotlarida va alohida mamlakatlar , hamda xalqaro
tashkilotlar rasmiy statistikasida o‘z aksini topmaydi. Shunday qilib,
ko‘lam jihatidan global yashirin iqtisodiyotni
dunyodagi eng katta
YaIMga ega bo‘lgan AQSh iqtisodiyoti bilan taqqoslash mumkin.
1990- yillarning ikkinchi yarmida yashirin iqtisodiyot
rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o‘rtacha 12 foiziga, o‘tish
iqtisodiyoti
mamlakatlarida
– 23 foiziga, rivojlanayotgan
mamlakatlarda – 39 foiziga teng edi.
Bozor munosabatlari taraqqiy etgan
mamlakatlarda yashirin
sektorning miqyoslari doimo o‘sib bormoqda. 1998 yilda yashirin
sektor eng katta ulushga ega bo‘lgan mamlakat Gretsiya (rasmiy
YaIMning 29.0 foizi) hisoblangan edi. Eng katta yashirin sektorga ega
mamlakatlar qatoriga Italiya (27.8%), Ispaniya (23.4%) va Belgiya
Неформальный сектор экономики за рубежом / Под ред.
Л. М. Тимофеева
и
Ю. В.
Латова.
М., 2000. Вып. 2.
(23.4%) ham kiradi. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga
Irlandiya, Kanada,
Fransiya va Germaniya (14,9 dan 16,3 foizgacha) kabi mamlakatlar
egadir. Yashirin sektorning miqyosi eng kam mamlakatlar – Avstriya
(9,1%), AQSh (8,9%) va Shveysariyada (8,0%). Shunday qilib,
nisbatan farovon mamlakatlarda ham yashirin iqtisodiyotning mutlaq
hajmi katta ko‘rsatkichlarga ega: AQSh – 700 mlrd. AQSh doll., Italiya
– 310 mlrd. AQSh doll., Buyuk Britaniya – 190 mlrd. AQSh doll.
Do'stlaringiz bilan baham: