Mustaqil ish.
Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asari bo’yicha badiiy asar tahlili.
Bajardi: Uz DJTU ning Roman-german filologiyasi fakulteti 2004-guruh talabasi Eshmatova Hilola.
Muallifning qisqacha biografiyasi:
Abulqosim Firdavsiy ona Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941 yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi. Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shoir quvg‘inda yuradi. Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025 yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi.
Shohnoma
“Shohnoma»da tasvir etilgan voqealar eramizgacha bo’lgan 3223-yildan boshlanadi va 4 sulola tarixini o’z ichiga oladi. Bu sulolalar quyidagilardir:
a) peshdodiylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 3223-782-yillar;
b) kayoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 782-50-yillar;
v) ashkoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 50-yildan eramizning 150-yiliga qadar;
g) somoniylar sulolasi - eramizning 150-651-yillari.
«Shohnoma» ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar sflsilasidan iborat bo’lib, ularda ta’limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she’rlar va boshqalar ham bor.
Shohnoma"ning asosiy gʻoyasi — vatanni ulugʻlash, xalq qudrati va zakovatini koʻzkoʻz qilish, va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. "Shohnoma"dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tuye, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. "Zol va Sudoba", "Bijan va Manija" dostonlarida chinakam baynalmilallik gʻoyalari ilgari surilgan. "Isfandiyor", "Shogʻod", "Oʻn ikki muhoraba" dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu sarkardalar keskin qoralanadi. "Siyovush" dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.
«Shohnoma» jahon adabiyotining muhtasham obidalaridan biridir. Asar boshidan oxiriga qadar aruzning mutaqorib bahri (faulo’n faulo’n faulo’n faul) da yozilgan. Firdavsiydan keyin qahramonlik dostonlarini aruzning shu bahrida yozish Sharq adabiyotida an’ana darajasiga ko’tarildi. Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma», Xusrav Dehlaviy «Oinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiy esa «Xiradnomai Iskandar» («Iskandarning donishmandligi nomasi») dostonlarini shu bahrda yozganlar. «Shohnoma»ning masnaviy yo’lidagi qofiya tizimi ham Sharq dostonchiligida barqarorlashgan.
Asarning vazni haqida qichqacha tushuncha.
Shohnoma” mutaqorib bahrining maxzuf va maqsur tarmog’ida Yozilgan. Uning ruknlari faulun, faulun, faulun, faul Yoki fauul (V — — V — — V — — (Yoki V — )) deb belgilangan. “Shohnoma” vaznini xalq og’zaki ijodida 11 lik barmoqda ijro etilaYotgan vaznda yaratilgan.
Shohnoma» hajmi, mavzusi, obrazlari, g'oyaviy yo'nalishi va badiiy qimmati jihatidan dunyodagi eng katta epik asardir. U 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan. Ularda mingdan ziyod obraz va personajlar tasvirlangan. Bu asar mavzu va g'oyaviy jihatdan ham salmoqlidir. Dostonni shartli ravishda mifologik, qahramonlik hamda tarixiy qismlarga ajratish mumkin. «Shohnoma»da vatanparvarlik, xalqparvarlik, tinch-totuv yashash, baynalmilallik, adolat, ma'rifat-parvarlik kabi yuksak g'oyalar ilgari surilgan.
O’zbek xalqi «Shohnoma» va uning muallifi Firdavsiyni uzoq zamonlardan beri e’zozlab keladi. Asar asliyati va turli tarjimalari xalqimiz tomonidan sevib o’qib kelinadi. U ilk bor 1682-yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma»ning o’zbekcha nasriy variantini yaratgan.
Chuqur fojiali tuyg'u bilan "Shohnoma" o'z sevimlilarining qabrlari ustiga motam bayrog'ini qo'yadi va cheksiz taqdirga tushib qolgan ulug'vor hayotning dafn qo'shig'ini kuylaydi. Firdavsiy she'ri bizga etkazgan afsonalar va nomlar asrlar davomida Eron xalqi xotirasida doimiy saqlanib kelmoqda. Eronliklar barcha ulkan qadimiy inshootlarni Jamshid, Rustam yoki Zohakka tegishli.
E’tiboring uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |