Abu Rayxon Beruniy



Download 192,5 Kb.
bet7/8
Sana23.01.2022
Hajmi192,5 Kb.
#406653
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buyuk Allomalar

Abu Ali Ibn Sino

(990-1037)
Sharqning buyuk siymolaridan biri - qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) bo'lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan, iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o'tkir bo'lganligidan o'z davrida ma'lum bo'lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib - hakim bo'lib tanildi va keyinchalik "Olimlar boshlig'i", "Tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi.

Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib keigan. Uning, ayniqsa, "Tib qonunlari" asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 800 yil davomida G'arb

mamlakatlari universitetlarida asosiy qo'llanma bo'lib keigan va hozir ham bir qancha tibbiy o'quv yurtlarida o'rganiladi.

Dunyoviy fan olimlari biian birga bu davrda islom ta'limoti va mafkurasining takomili vo'lida movarounnahrlik diniy ulamolarning xizmati katta bo'ldi. Zero, islom Arabistonda vujudga keigan bo'lsa hamki. u Movarounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o'z durdona asarlari bilan o'rta asrlarda Qur'on tafsiri. hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi). kaiom (islom faisafasi) ilmlarining turli sohalari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar.

Qur'on mazmunini sharhlab, tafsirini bayon qiluvchilar bo'lmish mufassirlarning aksariyati (Imom al-Moturidiy, Imom Abu Lays as-Samarqandiy, Imom az-Zamaxshariy, Imom an-Nasah'y) ushbu diyor vakillari edi.

Hadis islomda Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblanib, Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy ko'rsatmalari, hikmatli so'zlaridan iboratdir. Hadislar to'piami sunna deb norn olgan bo'lib. islom dunyosida eng nufuzii deb e'tirof etilgan 6 ta ishonchli hadislar to'piami mualliflarining ham aksariyati O'rta Osiyolikdir. Shular ichicla "Hadis ilmida amiralmo'minin" degan sharafli nomga sazovor bo'lgan buyuk muhaddis olim Imom al-Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" to'piami eng mo'tabari hisoblanadi.

Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi - shariat ancha rivoj topgan bo'lib. bu sohada ham movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa, bu borada Burhoniddin al-Marg'inoniyning "Hidoya" asari islorn olamida mashhur bo'ldi. Shuningdek, islom diniga asoslanuvchi musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta'limot - tasavvuf jamiyat ma'naviy hayoti rivojlanishida muhirn ahamiyat kasb etdi. Bu yerda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi turli sutiyiik tariqatlari shakllandiki, ular orqali insoniyat islorn dinining ichki va tashqi go'zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Chunki, tasavvuf ta'limotining o'zagi - inson va uni ma'naviy jihatdan kamol toptirishdir.

Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ulug` ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko`rsatilib, ular qoldirgan boy madaniy va ma`naviy merosni o`rganish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etishga katta e`tibor qaratilmoqda. Istiqlol yillarida xalqimizning ko`plab buyuk farzandlari nomlari bilan bog`liq qadamjolar obod etildi, yangi yodgorlik majmualari qad rostladi. ¨sh avlodni ajdodlarga munosib vorislar sifatida tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, bu xayrli ish davom etmoqda.

Ayni kunlarda diyorimizda jahon ilm-fani xazinasiga bemisl hissa qo`shgan ulug` bobomiz Abu Ali ibn Sinoning 1025 yillik yubileyini nishonlashga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda. "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi doirasida o`tkazilayotgan mazkur tantanalarda "Ibn Sino" xalqaro jamg`armasi ham faol ishtirok etmoqda.

Jamg`arma raisi, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ergashev bilan O`zA muxbirining suhbati ana shu xususda bo`ldi.

- Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino Mashriqda e`zoz va ehtirom bilan Shayx ur-rais - Shayxlarning raisi deb atalsa, Mag`ribda Avitsenna nomi bilan mashhur, - deydi Sh.Ergashev. - Ul zot milodiy 980 yilning avgust oyida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida dunyoga kelgan.

Ibn Sino, umri murakkab va sertashvish vaziyatlarda o`tganiga qaramay, ilm-fanning o`n ikki sohasi bo`yicha mislsiz yutuqlarni qo`lga kiritgan.

O`sha davrdagi mavjud siyosiy vaziyat buyuk vatandoshimiz boshiga ko`p sarson-sargardonliklar solgan. U Buxorodan Xorazmga ko`chadi, undan keyin Isfahon va Hamadon shaharlarida yashaydi.

Alloma Xorazmda yashagan davrlarda Ma`mun akademiyasida ko`plab mashhur olimlar, ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy bilan yaqin ilmiy-ijodiy hamkorlik qilgan. zining dunyoga mashhur "Tib qonunlari" va "Ash-Shifo" asarlari uchun zarur ma`lumotlar to`plagan.

1037 yilda 57 yoshda vafot etgan vatandoshimiz Hamadon shahriga dafn etilgan.

Ibn Sino faoliyati bilan shug`ullangan olimlar uning har lahzadan unumli foydalanganini alohida ta`kidlaydilar. Darhaqiqat, inson 57 yillik hayoti davomida 450 dan ortiq asar yozib, ilm-fanning ko`plab sohalarida o`chmas iz qoldirishi oson emas.

Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari dunyo mamlakatlarida hamon tabobat sohasidagi muhim qo`llanma sifatida o`qib-o`rganib kelinmoqda.

- Buyuk vatandoshimiz qoldirgan boy ma`naviy-ma`rifiy merosni o`rganish va targ`ib etish, uning 1025 yillik yubileyini munosib nishonlash borasida siz rahbarlik qilayotgan jamg`arma qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

- Ulug` vatandoshimiz merosini chuqur o`rganish va targ`ib qilish, bu yo`nalishda ilmiy izlanishlar olib borish Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan jamg`armamizning asosiy vazifalaridandir. Ibn Sino kutubxonasi va muzeyi tashkil etildi. Jamg`armamiz tomonidan chop qilinayotgan "Ibn Sino - Avicenna" deb nomlanuvchi xalqaro jurnal alloma qoldirgan boy ma`naviy meros hamda sog`lom turmush tarzi kontseptsiyasining faol targ`ibotchisi. Bu borada ulug` yurtdoshimiz asarlarini hamda ularning ahamiyatini ochib berishga yo`naltirilgan qator risolalar ham jamg`arma ko`magi bilan nashr etildi.

Joriy yilning Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Sihat-salomatlik yili deb e`lon qilinishi hamda shu munosabat bilan ishlab chiqilgan davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikamizdagi barcha akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlarida Ibn Sino nomi bilan ataluvchi salomatlik markazlari ochildi. Ular orqali jamg`armamiz vakillari doimiy ravishda yoshlarga sog`lom turmush tarzi falsafasini tushuntirmoqda, targ`ib qilayotir. Ana shu ezgu ishni amalga oshirish niyatida "Abu Ali ibn Sino" deb nomlangan gazetani chop etishni ham yo`lga qo`ydik.

Ayni paytda jamg`armamiz xodimlari sa`y-harakatlari bilan "Sog`lom turmush tarzi va kasalliklarning profilaktikasi", "Bolalar tarbiyasi", "Giyohvandlik va VICh/OITS profilaktikasi", "Ibn Sino gerontologiya markazi" kabi maslahat markazlari tashkil etildi. Jamg`armamiz huzurida YuNESKOning xalqaro bioetika dasturi bo`yicha milliy qo`mitasi ish boshlagani ham ahamiyatga molikdir. Mazkur qo`mita doirasida yurtimizda bioxilmaxillikni ta`minlash muammolari atroflicha tahlil etilmoqda.

Yurtimiz qishloq va shaharlarida, mahalla va guzarlarida, turli o`quv muassasalari va tashkilotlarda muntazam ravishda Ibn Sino ilmiy merosi va sog`lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish muammolariga bag`ishlangan turkum seminar va anjumanlarni o`tkazyapmiz. Jamg`armamizning, ayniqsa, asrimizning dolzarb muammolaridan hisoblangan giyohvandlik va OITSga qarshi kurash borasidagi samarali faoliyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan yuksak baholanib, Jonatan Menn mukofotiga munosib ko`rildi.

Turli xorijiy davlatlar olimlari bilan faol hamkorlikni yo`lga qo`yganmiz. Masalan, 2004 yilda Frantsiyada jamg`armamizning rasmiy vakolatxonasi ochildi.

Yaqinda Bel`giyaning L`ej shahri universiteti hamda Italiyaning Florentsiya shahrida Ibn Sinoning 1025 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Florentsiyadagi qariyalar uylaridan biri endilikda ulug` yurtdoshimiz nomi bilan atalmoqda. Nomlari tilga olingan har ikki mamlakatda ham kelgusida Ibn Sino xalqaro jamg`armasining rasmiy vakolatxonalarini ochishga kelishib olindi.


Shu yil 21-22 noyabr` kunlari allomaning tug`ilgan yurti - Buxoro shahrida buyuk vatandoshimizning 1025 yilligi hamda Sihat-salomatlik yiliga bag`ishlab an`anaviy "V Ibn Sino xalqaro o`qishlari" ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi. "Buyuk meros va millat salomatligi" mavzuida o`tadigan mazkur yirik anjumanda o`ttizdan ortiq xorijiy davlatdan kelgan olimlar bilan birga mamlakatimizning yuzdan ziyod olim va mutaxassislari ham ishtirok etadi.

Yubiley tantanalarini o`tkazish uchun qizg`in tayyorgarlik avj pallasiga kirdi. Jumladan, Afshona qishlog`idagi uning nomi bilan ataluvchi muzeyda keng ko`lamli ta`mirlash ishlari poyoniga etkazilmoqda.

Bir so`z bilan aytganda, Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati, ilm-fan va madaniyat sohasida tutgan o`rnini o`rganishga bag`ishlangan bunday anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari bundan keyin ham respublikamiz ta`lim muassasalari va boshqa tashkilotlarida tashkil etiladi. Zero, buyuk vatandoshimiz qoldirgan ulkan va bebaho ma`naviy merosni teran tadqiq va targ`ib etish zamonaviy tibbiyot rivojini yangi bosqichga ko`tarish bilan birga yosh avlodni sog`lom turmush tarziga oshno bo`lishga ham o`rgatadi.
Jahon tarixida uyg‘onish davri turli asr va bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, o‘rta asrlar uyg‘onish davri ikki bosqichga bo‘linadi: Ilk o‘rta asrlar Sharq uyg‘onish davri va yevropa uyg‘onish davri. Sharq uyg‘onish davri yevropa uyg‘onish davridan qariyb 550-600 yillar avvalroq boshlangan va jahon sivilizasiyasiga betakror ilm-fan kashfiyotlarini hadya etgan. Bu borada Xorazmdagi Ma`mun akademiyasi ham alohida o‘rin tutganligi tarixdan ma`lum.

2005-yil 30-noyabr, chorshanba

№ 94 (14903)

Ibn Sinodek buyuk allomaga saboq bergan, uni bebaho, o‘lmas asarlar yozib, mag‘ribu mashriqda mash-hur bo‘lishiga sababchi ilm maskanlaridan biri Xorazm Ma`mun akademiyasi ulug‘ olim faoliyatida qanday o‘rin tutadi?

IX asr oxiri va X asrning boshlarida jahon madaniyati va ma`rifatining yirik markazlaridan biri Gurganjda (hozirgi ko‘hna Urganch) Ma`mun sulolasi (995-1017) Xorazm-ni tiklash va ravnaqini ta`minlash uchun tinimsiz harakat qildi. Xorazmshohlar somoniylar, qoraxoniylar va g‘aznaviylarning xurujlariga qaramasdan o‘z davlati qudratini ta`minlashda ma`rifatparvar olimlarning maslahati va amaliy madadidan keng foydalandi. Ularga mehr-muruvvat ko‘rsatib, homiylik qildi. Shu yo‘sinda buxorolik yosh olim ham Gurganjda faoliyatini davom ettira boshladi. Bu vaqtda u endigina 25 yoshni qarshilagan edi.

Ibn Sino tibbiyot ilmi sohiblari bilan yaqin hamkorlikda bo‘ldi va o‘zining mashhur "Al-qonun fit-tibb" ("Tib qonunlari") asarining dastlabki kitoblarini qog‘ozga tushirishni Xorazmda boshladi. Ustozi Xammor maslahati bilan "Insonning yaratilishi va a`zolarining tuzilishi", "Tutqanoq kasalligi haqida", "Qarilikda sog‘lom yashash haqida" kabi kitoblarini yozdi.

Vaqtlar o‘tishi bilan ma`lum sabablarg ko‘ra Xuroson hukmdori Sulton Mahmud Xorazmshoh saroyidagi olimlarni G‘aznaga qaytarishni ta`lab qiladi. G‘aznaviylar hukmdoriga kuyov bo‘lishiga qaramasdan Abul Abbos Ma`mun ibn Ma`mun unga rad javobini beradi.

Manbalarning guvohlik berishicha, Mahmud G‘aznaviy Xorazmdagi olimlarni o‘z tomoniga ag‘darib-qaytarib olishning rasmiy va norasmiy usullarini ishga solgan: o‘z ixtiyori bilan G‘aznaga qaytib kelgan olimlarga katta in`omlar, uy-joy, boylik, mansab va`da qilgan.

Bunday do‘q-po‘pisa va ta`qibdan cho‘chigan bir guruh olimlar Gurganjni tark etib, Xurosonga ketishga qaror qiladilar. Ular orasida Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masixiy va boshqalar ham bor edi.

Ibn Sino Xurosonda yashagan davr-da Xorazmda hamkorlik qilgan olimlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib turganligi haqida ma`lumotlar to‘la saqlanmagan. 1017 yilda Sulton Mahmud Xorazmni egallagach, "Baytul Hikma" olimlarining aksariyatini G‘aznaga olib ketgan va ular safida Ibn Sino hamda uning do‘sti Abu Rayhon Beruniy ham bor edi.

Ibn Sino XI asrning buyuk allomalari jamlangan Ma`mun akademiyasida yetti yil davomida ilmiy izlanishlar olib bordi. "Tib qonunlari" kitobi uchun bebaho materiallar to‘pladi, jarrohlik operasiyalari o‘tkazdi. Kasallik va uning kelib chiqishi, diagnostika va uni davolashda determinizmni asos qilib oldi: har bir kasallik, muhit, sharoit, ovqatlanish, tananing o‘ziga xos xususiyati, organizmning tashqi ta`sirga munosabati kabi omillar bilan uzviy bog‘liqligini hamda shu orqali aniqlanishini isbotlab berdi. Bir so‘z bilan aytganda, ilk bor kasallikni davolash ilmini ishlab chiqdi. Bu tibbiyot ilmida noyob kashfiyot edi.

Abu Ali ibn Sino jismonan o‘ta baquvvat inson bo‘lsa-da, muhojirlikdagi qo‘nimsiz hayoti va tinimsiz mashaqqatli mehnati oqibatida o‘z salomatligiga yetarli darajada e`tibor bera olmagan. Natijada, u kulanj kasalligi bilan og‘rib, 1037 yilda 57 yoshida Hamadon shahrida dunyodan ko‘z yumdi.

1980 yilda YUNESKO tomonidan alloma tavalludining 1000 yilligi keng nishonlangan edi. Milliy merosimiz va yuksak qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi kunlarda ham Abu Ali ibn Sino merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga ayniqsa katta e`tibor berilmoqda. "Tib qonunlari" asarining o‘zbek tilida 10 jild-li nashr etilgan. Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi tashkil etilib, uning ma`rifiy va tashkiliy faoliyati tobora kengayib bormoqda. Ma`mun akademiyasining 1000 va Ibn Sinoning 1025 yillik yubileyini nishonlash tadbirlari doirasida olimning buyuk merosi va uning xorazmlik olimlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rganish ishlariga jiddiy e`tibor bilan qaralayotganligi ham bu ishlarning mantiqiy davomidir.

Mirzo Ulug’bek.

Mirzo Ulug’bek Shohruh Mirzoning oilasida 1394 yil 22 martda dunyoga keldi.U yoshligidan o’tkir zehinli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat’iyatli bo’lib yetishdi. Astronomiya ilmining bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud Qozizoda Rumiy rahnomaligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o’rgandi, Samardandda R asdxona qurdirdi, sayyoralar sirini tadqid etib, “Ziji ko’ragoniy” nomida jadval tuzdi. Natijada astranomiya maktabi tashkil topdi, bu maktab o’sha davrda “Dorul ilm” akademiyasi sifatida shuhrat topdi.

Mirzo Ulug’bek dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda turkey, forsiy va arab tillarini ham o’rgandi, o’z faolyatini me’morchilikning rivojlantirishga ham ahmyat berdi.

Mirzo Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda 56 yoshida yovuzlarcha o’ldirildi.

Ulug’bekning ma’rifiy, pedagogik g’oyalari.

Ulug’bekning ma’rifiy, pedagogik qarashlarida dunyoviy ilmlarni egallash, ma’rifiy, ta’lim tarbiya barkamol insonni yetishtirishga asosiy omil ekanligi haqidagi g’oyalar muhim., markaziy o’rinda turadi.U bunyod etgan madrasalarda dunyoviy fan mutaxasislari ham tayyorlashga alohida etibor berildi, falakkiyot, riyoziyot, kabi aniq fanlar o’qitildi.madrasa Ulug’bekning o’zi va G’iyosiddin Koshiy, Alovuddin Ali ibn Qushchi kabi yetuk olimlar dars berishdi.

Ulug’bek talabalarni darslilar bilan ta’minlashga, darsliklarga ilm asoslarining ifodalanishiga etibor berdi.mualliflardan ilmiy- amaliy jihatdan mukammal darsliklar yaratish talab qildi. U madrasada dasr beruvchi ustozlarni chuqur bilim va ma’rifat sohibi sifatida talabalarga o’rnak o’rnak bo’lishga da’vat etdi.Ulug’bekning o’zi shunday fazilatni o’z shax-siyatida namoyon qildi.

Ulug’bek ta’limda asosiy e’tiborini talabalarda mustaqil mutolaa, mustakdl ijodiy fikrlash, qobiliyat, ko’nikmalarni shakllantirish va rivoj toptirishga qaratdi. Bu sohada Ulugbek qullagan usul tala-balar orasidan diniy va aniq fanlar bo’yicha taniqli ilm ahdlarining etishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Ulug’bek Buxorodagi madrasa darvozasining yuqorisiga "Talab ul ilma farizatun alo kulli muslimin va muslima", ya’ni "Ilmga talab har musulmon erkak va ayol uchun farzdir", deb yozdirib quygan so’zlari uning naqadar buyuk ilm axli tolibiligi, ma’rifatparvar-ligi va insonparvar bo’lganligiga dalolatdir.

Umuman, Mirzo Ulug’bekning ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya xususida bildirgan pedagogik fikrlari hozirgi davrda qimmatli va ular pedagogik fikr rivojiga qo’shilgan salmoqpi hissadir.


Download 192,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish