(973-1048)
O’rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql-zakovat sohibi Beruniy fanlarning ijtimoiy fanlarning juda ko’p jiddiy muammolarini to’g’ri hal qilish shular asosida juda ko’p ilmiy asarlar yaratgan ulkan donishmanddir. U falsafa, ijtimoiyot, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973 yilda Markaziy Osiyoning yirik ma’daniyat markazi – Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tug’ilgan. U o’z yurtida tahsil ko’rgan. Bir necha tillarni va falsafa, falakiyot ilmi, matematika fanlarini mukammal o’rgangan, botanika, mineralogiya va boshqa tibbiy fanlarga ham qiziqqan. Beruniy Markaziy osiyolik buyuk matematik va falakkiyotshunos olim Abu Nasr ibn Iroqni ustoz deb bilgan. U yoshlik chog’idanoq fanda, ayniqsa, falakiyot ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, 16 yoshida mustaqil holda falakiyotshunoslikka oid kuzatishlar olib borgan va ma’lum natijaga erishgan. 21 yoshida esa o’zi yasagan asbob yordamida ekliztikaning ekvatorga og’ish burchagini aniqlagan.
995 yilda Kot sahriGurgonj amiri Ma’mun I tomonidan bosib olindi. Xorazmda hukmronlik qilayotgan afrig’iylar sulolasi qulatilib, shahar vayron qilindi. Bunday sharoit Beruniyni vatanini tashlab ketishga majbur etgan. U panoh qidirib avval Rayga (hazirgi Tehron o’rnida), so’ngra Jurjonga boradi. Jurjon hokimi Qobus ibn Vashmgir Beruniyni olim sifatida g’oyat qadrlaydi. Bir rivoyatga ko’ra, u Beruniyni katta mansabga taklif qilganida Beruniy bu mansab o’zini ulm-fandan chetlatib qo’yishini aytib, taklifni qabul qilmagan.
Furjonda Beruniy o’zining mashhur “Al-osorul boqiya an il qurun il holiya” namli(“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini yozadi. Unda yunonlar, forslar, arablar, so’g’diylar Xorazmliklar va boshqa xalqlarning taqvim tizimi mufassal bayon qilingan. Shuningdek, falakkiyot va matematikaga oid masalalarga ham katta e’tibor berilgan. Markaziy Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
1004 yilda Beruniy o’z vataniga qaytib, Urganchda ilm-fanga homiylik qilayotgan Xorazmshoh Ma’mun II (1009-1017) atrofida mashhur olimlar, jumladam, Sino Beruniyning ustozi AbuNasr ibn Iroq, tabib Abu Sahl Masixiylar sifatiga qo’shiladi. Ular fanning turliu sohalarida ish olib boradilar. Beruniy ana shu ilmiy doirada muhim rol o’ynagan. 1017 yilda Xorazm yirik feodal istelochi Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olindi. .
ABU NASR FOROBIY
(873 — 950)
0'rta asrda Sharqning mashhur shaharlaridan biri — Damashq hokimi haftada bir kun olimlarni yig'ib suhbat o’tkazar ekan. Shunda u saroy darvozalarini ochib qo'уаr, istagan kishi u yerga kirib, yig'ilganlar suhbatidan bahramand bo’larkan. Shunday kunlarning birida Damashq shahriga bonb qolgan о'rta osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy (tug'ilgan joyi Forob shahri nomidan) olimlar bilan suhbat qunb о'tirgan hokimning saroyiga kirib qoladi. Hokim uni ham о'tirishga taklif etadi. Shunda Forobiy: "Qayerga о'tiray, о'zimga loyiq joygami yoki bo'sh Abu Nasr Forobiy. Rassom Chingiz Ahmarov. joygami", deb so'raydi. "0'zingga loyiq joyga о'tiraqol", deydi hokim. Shunda Forobiy to'рра-to'g'ri hokimning yoniga borib о'tiradi. Hokim bundan achchiqlanib, soqchiga boshqalarga noma'lum bo'Igan tilda: "Bu turk odobsizlik qildi, ketayotganida uni axloqsizligi uchun jazolanglar", — deydi. Shunda Forobiy: "Men hech qanday gunoh qilganim уо'q-ku, nima uchun meni jazolashga buyurasiz", — deb so'raydi. Bu gapni eshitib, hayratga tushgan hokim: "Axir bu tilni hech kim bilmaydi-ku, sen qayerda vа kimdan о'rgangansan?", — deydi. Forobiy: "Men ko'р tillarni о'rganganman", — deb javob beradi. Shu vaqt о'tirgan olimlardan biri bir masalani о'rtaga tashlaydi. Yig'ilganlar о'rtasida qizg'in munozara boshlanib ketadi. Hech kim bu masalaga to'g'ri javob bera olmaydi. Shunda Forobiy uni har tomonlama tushuntirib beradi. Unga hech kim е'tiroz bildira olmaydi. Shunda hokim Forobiyga qarab: "Sen "Ikkinchi muallim" emasmisan?" — deb so'raydi. "На", — deb javob beradi Forobiy. Abu Nasr Forobiy to'g'risidagi bu naql о'rta asr olimlari kitobidan olingan. Forobiy ko'р qirrali olim bo'lib, u о'rta asr fani va tilining turli sohalarini о'rgangan. Qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan suhbatlashib, undan saboq olish uchun уо'lga chiqardi. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy bir asarni bir marta о'qib tushunolmasa, uni qayta-qayta о'qir, ketgan vaqtiga achinmas ekan. Buyuk yunon faylasufi Aristotel (о'rta asr Sharqida Arastu nomi bilan "Birinchi muallim" deb atalgan)ning "Jon haqida" asarining Abu Nasr Forobiy о'qigan nusxasi topilgan bо'lib, kitob chetiga Forobiy tomonidan "Men bu kitobni yuz marta о'qidim", boshqa bir kitobda esa "Bu kitobni qirq marta о'qidim, lekin yana о'qishim kerak", deb yozilgan ekan. Kunlardan bir kun Forobiydan: "Ulug' olim Sizmi yoki Aristo- telmi?" — deb so'raganlarida, u: "Agar men Aristotel zamonida yashaganimda, uning eng yaxshi shogirdlaridan biri bo'lar edim", — deb javob bergan ekan. Sharq mamlakatlarida Forobiyni ulug'lab, "al-Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" deb atashgani ham bejiz emas. Forobiy Aristotel asarlariga ko'р sharhlar yozgan, uning asarlari Yaqin vа 0'rta Sharq xalqlari orasida keng tarqalishiga sababchi bo'lgan. Buyuk alloma Ibn Sino ham uning sharhlaridan foydalanganini yozadi. U Aristotelning "Metafizika" asariga Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina bu asarni to'liq tushunganligini ta'kidlagan edi.
Forobiyning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, tabiat hodisalari, tilshunoslik, she'riyat, notiqlik san'ati, axloq, ta'iim-tаrbiуа vа boshqa sohalarga oid asarlari keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan.
Forobiy fanlarning inson amaliy faoliyati uchun xizmat etishi lozimligini ta'kidlagan edi. Yulduzlar haqidagi kitobida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o'rtasidagi tabiiy bog'lanishlarni, masalan, Quyosh issiqligi ta'siridagi bug'lanishlar bulut va yomg'ir paydo bo'lishiga sababligini, Оу tutilishi Yerning Quyosh bilan Оу о'rtasiga tushib qolishiga bog'liqligini ko'rsatgan. Forobiy 160 dan ortiq asar yaratdi. Lekin bizgacha 40 ga yaqini yetib kelgan. Forobiy kamtar vа kamsuqum inson bo'lib, g'aribona kun kechirgan, asosan ilm bilan shug'ullangan. U saroy olimi bo'lishni istamagan, oddiy hayotni afzal bilgan. Umrining oxirlarida Misrga borgan, so'ng Damashqda yashab, о'sha yerda vafot etgan.
Buyuk olimning merosi keyingi avlodlar uchun katta xazinadir. 1975-yili о'zbek xalqi va jahon jamoatchiligi Forobiyning 1100 yillik yubileyini tantanali ishonladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |