Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti regional geologiya, geomorfologiya


Quyi yura paleogeografiyasini oʻrganish



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/59
Sana03.06.2022
Hajmi2,79 Mb.
#632951
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
Regionalgeologiyageomorfologiyavageotektonika

Quyi yura paleogeografiyasini oʻrganish. 
1.
Quyi yura paleogegrafiyasi, transgressiya va regressiyasi 
yozuvsiz haritaga tushiriladi. 
2.
Quyi yura davrida dengiz va quruqlikda hosil boʻlgan jinslar 
kesimining ustuni chiziladi. 
3.
Dengiz va quruqlik chegarasi yozuvsiz haritaga tushiriladi, kerakli 
rangga boʻyaladi. 


107 
Quyi 
yuraning 
boshlanishida 
Oʻrta 
Osiyo 
hududi 
tekislikdan iborat boʻlgan, ayrim joylarda (hozirgi koʻmir havzalari 
oʻrnida) koʻp qismi suv bilan toʻlgan, qizil rangli kvars, dala shpatli 
qumlar hosil boʻlgan turli vohalar vujudga kelgan. Qoʻpol boʻlakli 
jinslar yoʻqligi (galechnik, konglomyeratlar) relyefning boʻlinmaganligidan 
darak byeradi.
Darzliklar bilan oʻralgan va darzliklar bilan chegaralangan, Fargʻona 
vodiysi shakllanib qolgan uzunchoq, koʻllar hosil boʻlgan, (bulgʻusi koʻmir 
konlari: Langar, Dargomir, Toshkoʻmir, Shurob, Proletarskiy, Slyukta, 
Angren, Jyertilan, Fargʻona togʻ tizmasining janubiy qismida Fanyangob, 
Qizilqiya va boshqalar, koʻpchiligi ehtimol yosh yotqiziqlar ostida yotibdi, 
ustida koʻmirli slaneslar hosil boʻladi). 
Xulosa: Iqlim iliq, oʻsimliklar gurkirab oʻsishi (tekisliklar va yon 
bagʻrlar oʻrmon bilan qoplangan) kuzatilgan. 
Trias va yura orasida keskin harakatlar kuzatilmaydi. Shuning 
uchun trias yotqiziqlari bor joyda, kesimda fatsiya oʻtishi kuzatilmaydi 
(ular ustiga yura mutanosib yotadi). 
Yura paleogeografiyasini oʻrganish 
 
1.
Oʻrta va yuqori yura davrida dengiz va quruqlik chegarasi 
yozuvsiz haritaga tushiriladi. 
2.
Oʻrta va yuqori yura davrida hosil boʻlgan jinslar ustuni 
yozuvsiz haritaga tushiriladi. 
3.
Dengiz va quruqlik chegaralari yozuvsiz haritaga tushiriladi, 
kerakli rangga bo’yaladi. 
Sinemyurdan boshlab janubiy-sharqiy Pomirning janubidan va 
Oʻrta Osiyoning janubiy-gʻarbidan Koped togʻ hududiga transgressiya 
keladi. 
Oʻrta Osiyoning boshqa qismidagi vohalarda kontinental sharoitda 
gillar, argillitlar, qumtoshlar (oz mikdorda) koʻmir qatlamlari (600-800 
m), Fargʻona togʻ tizmasida katta qalinlikda (4300 m) choʻkindili qatlam 
hosil boʻladi. 


108 
Qoratogʻda yuqorida aytib oʻtganimizdek katta koʻl hosil boʻlgan, 
yura oxirigacha davom etgan, asosan chuchuk suvli pelisipodalar, 
toshbaqalar, baliqlar qoldiqlari gillar (Galkin koni) saqlanib qolgan. 
Oʻrta yuraning ikkinchi yarmidan boshlab dengiz Tojik 
depressiyasiga ham oʻtadi (bir necha marotabo tebranish harakatining 
chastotasiga qarab), kontinental koʻmir qatlamlari bilan dengizning qum-
gilli yotqiziqlari almashinib kelishi kuzatiladi. Shubilan bir vaqtda 
quyi yura yotqiziqlarining yuvilgan yuzasiga transgressiv choʻkindilar 
yigʻiladi, oʻrta yuraning ikkinchi yarmidan ehtimol bu transgressiya 
Qoraqumning katta qismini ham egallagan. Yuqori yurada bu 
transgressiya markaziy yoy, Ustyurt platosi va Orol dengizining janubiy 
qismidagi paleozoy tepaliklariga etib kelgan. 
Yuqori yura davrida dengiz havzasi chuqurlashib, chegarasi 
kengayib transgressiya keng maydonni oʻz ichiga oladi: Pomir, Tojik 
depressiyasi, Qoraqum, Ustyurt platosi, Mangishloq, Shimoliy Orol 
oldi va transgressiya Rus platformasining janubiy qismi, ehtimol gʻarbiy 
Sibir past tekisligining dengiz havzasi bilan tutashadi. Shuning uchun 
yotqiziqlarning asosiy qismini karbonat jinslar tashkil yetadi. 
Shu davrda, ob-havoning qurishi natijasida, oʻrmonlar quriydi, oʻrta 
yuraning yuqori qismi va yuqori yura yotqiziqlari quruqlikda qalinligi 
kamayadi. Koʻmir qatlamlari deyarli yoʻqolib kyetadi (kesimdan). 
Yuqori yura davrida Oʻrta Osiyo hududi koʻtariladi, dengiz 
butunlay qaytib kyetadi: gʻarbdan, janubiy-gʻarbda va janubiy Pomirdan 
ham Qoraqumning, Tojik depressiyasi hududning gʻarbiy qismining 
shimoliy va shimoliy sharq qismida juda keng koʻl havzasi hosil boʻladi. 
Iqlim nisbatan juda issiq, shuning uchun, bu hududda Qoraqumning 
shimoli, shimoliy - sharq qismida, Tojik depressiyasi oʻrnida gillar, 
angidritlar, kaliy va osh tuzi hosil boʻlgan (yuqori qismi 500-600 m) 
Govurdoq svitasi, dat davrida Oʻrta Osiyo butunlay dengizdan ozod 
boʻladi, ayrim hududlarda, vohalar saqlanib qolgan boʻlsa, qizil rangli 
gillar, qumtoshlar, nisbatan kam qalinlikda gillar hosil boʻladi. 
Bu hammasi nisbatan muvofiqlashgan tektonik harakatlardan darak 
byeradi, relyef tekislanishi, sharqda baland togʻlar kuzatilmasligi, issiq 
quruq havo iklim sharoitida vohalarning choʻkishi kuzatilmaydi. 


109 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish