Oʻrta Osiyoning yura yotqiziqlari
Mangʻishloq hududida yura davri yotqiziqlari yuqori tras ustida
ustiga nomutonosib yotishi kuzatiladi.Yuraning yuqori qismi (J
1
2
) turli
rangdagi gillar, qumtoshlar,koʻmir, uning ustida (J
1
-J
2
) oksforddan yuqori
103
bayosgacha qumtoshlar, gillar, koʻmirlar, rakushnyaklar qatlami bilan
qumtoshlar, kimeridj – oksford –yarusi ohaktoshlar, gillar, qumtoshlar,
mergellar, yuqori qismida fosforitlar (90-20 m) yuraning umumiy qalinligi
(270m).
Qoraboʻgʻoz hududida ham J
1
2
nomutanosib keladi – (toars yarusi)
– Qiziltona svitasi – turli rangdagi gillar, koʻmirli loylar va boksitlar uning
ustida J
2
(u yer bu yerda nomutonosib) qatlam-qatlam qirgʻoq oldi
kontinentlarida va qirgʻoq oldi dengiz yotqiziqlari – qumtoshlar,
alevrolitlar, koʻmir ostida, uning ustida rakushnyaklar uning ustida J
3
yoʻq.
Kubatogʻ
hududida
J
3
oksford
kesimida
ohaktoshlar,
dolomitlar,sharqda qizil rangli qumtoshlar (70m), uning ustida (kubasingir
svitasi) ohaktoshlar, dolomitlar, tana qismida gillar, mergellar (100 – 485
m), ular ustida boʻr (k) nomutonosib yotadi.
Kattabalxan hududida Kongugay svitasi (bayos va bat) yotqiziqlari
rivojlangan – argillitlar, konglomerat qatlamli qumtoshlar (600 – 1500) va
seutan svitasi – qumtoshlar, argilitlar (1140 – 1340 m). Uning ustiga
uzilish bilan yuqori bat (J
2
2
) ʻyotadi – titon (J
3
) ohaktoshlar, qumtoshlar,
alevrolitlar, gillar.
104
10-rasm.
Yura epoxasida dengiz havzasi hududi
Quyi yura davrining boshlanishida butun Oʻrta Osiyo maydoni
tekislikdan iborat boʻlgan, ayrim joylarning (hozirgi zamon koʻmir
havzasi oʻrnida) koʻp qismini suv bosgan havzalarida qizil rangli kvars-
dalashpatli qumlar hosil boʻlgan. Dagʻal boʻlakli (galechniklar,
konglomeratlar) yoʻqligi relyefning boʻlinmaganligidan dalolat beradi.(10-
rasm)
Vohalar hududning asosiy qismi boʻlib, u asta ayrim vaqtlarda
uzilish bilan choʻkkan choʻkindalar hududning shimoliy, shimoliy-sharq
qismida 100-400 mgacha, Tojik vohasining old qismida va Oloy orti
zonasida 600-700 m. Pomirning janubiy – sharqida 100-200 m.
Ehtimol darzliklar bilan chegaralangan Fargʻona vodiysi shakllana
boshladi, darzliklar va chet qismida hosil boʻlgan koʻllar kelgusida koʻmir
konlari hosil boʻlishiga asos boʻlgan. Langar, Dangomir, Toshkoʻmir,
Shurob, Proletariskiy, Slyukta, Angren, Fargʻona togʻ tizmasining janubiy
qismi, Yagnob, Qizil-Qiya va boshqalar. Ehtimol koʻpchilik konlar hali
topilmagan yosh qatlamlar ostida yotibdi, ular ustida koʻmirli slaneslar
paydo boʻlgan.
105
Bundan shunday hulosa kelib chiqadiki : obi havo iliq, oʻsimliklar
yaxshi rivojlangan (tekislikning butun yuzasi boʻyicha, tepaliklarning yon
bagʻrlarida oʻrmon boʻlgan.).
Trias va yura orasida keskin harakatlar boʻlmagan. Shuning uchun
trias, (tarqalish maydoni oz) kesimida fasiyaga oʻtish kuzatiladi (ular
ustiga yura davri yotqiziqlari mutonosib yotadi).
Sinemur davridan boshlab, janubiy-sharqiy Pomirda va Oʻrta
Osiyoning janubiy-gʻarbida Kopetdogʻ tomon transgressiya davom yetadi.
Oʻrta Osiyoning boshqa vohalarida choʻkindilar yigʻilishi
kuzatiladi, quruqliklarda gillar, argillitlar, oz miqdorda koʻmir qatlami
bilan qumtoshlar hosil boʻladi (600-800 m). Fargʻona vodiysining janubiy
qismida esa choʻkindilar qalinligi 4300 mga yetadi.
Qaratogʻda yuqorida aytib oʻtganimizdek yura davrining oxirigacha
koʻl vohasi vujudga keladi, u yerda chuchuk suvli psilapodlar, toshbaqalar,
hasharotlar, baliqlar va boshqa hayvonot dunyosi qoldiqlari uchraydi.
Oʻrta yuraning ikkinchi yarmidan boshlab Tojik vohasiga ham
dengiz bostirib keladi (bir necha marotaba, tebranma harakatning
chastotasiga qarab), u yerda kontinental koʻmir yotqiziqlar dengiz gilli
qumtoshlari bilan almashinib keladi.Yura yotqiziqlarining yuvilgan ustki
qismida transgressiv choʻkindilar yigʻiladi. Balki bu transgressiya
Qoraqumning janubiy yarmini oʻz ichiga olgan.
Yuqori yuraning boshlanishida transgressiya markaziy yoyining
paleozoy tepaliklariga yetib keladi, Ustyurt platosining janubiy qismi va
janubiy Orol boʻyigacha etib keladi.
Yuqori yura davri transgressiv ravishda katta maydonni egallaydi,
chegarasi kengayadi, chuqurligi ortadi. Pomirda, Tojik vohasida,
Qoraqumda, Ustyurt platosida, Mangishloqda, Shimoliy Orol boʻyida, Rus
platformasining janubiy chegarasi bilan birlashadi, balki gʻarbiy Sibir past
tekisligi bilan birlashadi. Shuning uchun karbonatli jinslar koʻp oʻrinni
egallaydi (ohaktoshlar).
Bu davrda havoning quruqligi tufayli oʻrmonlar quriy boshlaydi,
oʻrta va yuqori yura qatlamlari quruqlikda yupqalashadi (relyef
tekislashadi) qizil rangga kiradi. Kesimda koʻmir qatlamlari deyarli
yoʻqoladi. Yuqori yura davrining oxirida Oʻrta Osiyo maydoni koʻtariladi,
106
dengiz deyarli yoʻqoladi: Oʻrta Osiyoning gʻarbdan, janubi-gʻarbdan,
janubdan Pomir hududi bilan birga.(11-rasm)
11-rasm
. Yura davri oxirida dengiz havzasi hududi
Qoraqumning shimoliy va shimoliy-sharq qismida, Tojik vohasida,
hududning gʻarbiy qismida juda katta koʻl havzasini hosil qiladi. Obi havo
juda issiq, shuning uchun kaliyli, angidritlar, osh tuzlari (yuqori qismida
500-600 m), govurdoq svitasi vujudga keladi, natijada oʻrta Osiyo hududi
dengizdan ozod boʻladi. Ayrim joylarda saqlanib qolgan choʻkindilar
yigʻiladi qizil rangli argillitlar, qumtoshlar, oz qalinlikdagi gillar. Bu
hammasi tektonik harakatlardan muqumlashishidan dalolat beradi,
tekislangan relyef, sharqda katta togʻ tizmalarining yoʻqligidan,
vohalarning choʻkishi kamayganidan, quruq va issiq havodan dalolat
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |