Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti a. V. Mavlonov


 – bob. GAZ VA GAZ KONDENSAT KONLARINI



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/134
Sana26.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#412094
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134
Bog'liq
neft va gaz konlari geologiyasi (1)

8 – bob. GAZ VA GAZ KONDENSAT KONLARINI 
ISHGA TUSHIRISHNING XUSUSIYATLARI VA ULARGA 
GEOLOGIK SHAROITNING TA’SIRI 
 
Gaz  konlarini  ishlatish  neft  konlarini  qazib  chiqarishdan 
anchagina  farq  qiladi.  Bunda  avvalo  qatlamga  ta’sir  etmasdan,  uning 
tabiiy  rejimlaridan  oqilona  foydalangan  holda  ishlatiladi.  Agar  gaz 
rejimi bg’lsa, aksariyat qazib chiqarish davomida bosimning pasayishi 
bir tekis va olinayotgan mahsulot hajmiga qarab tezgina davom etadi, 
elastik  suv  siquvi  rejimida  esa  bu  jarayon  biroz  sekinroq  (rejimning 
aktivligiga qarab) sodir bg’lishi rg’y beradi. 
Bunday  hollarda  uyumning  g’zidan  tashqari  bilan  yaxshi 
bog’langan  bg’lganda  qatlamdan  olinayotgan  mahsulot  ta’siri  boshqa 
qg’shni  uyumlarda  ham  namoyon  bg’lishi  mumkin.  Buni  biz 
olinayotgan  mahsulotga  nisbatan  bosimning  pasayishi  darajasi-ning 
mos kelmasligidan eezamiz. 
YAna bir xususiyat shundan iboratki, gaz konlarida ma’lum bir 
sharoitda quduq kg’p muddat ishlashi mumkin, buni ba’zan qatlam va 
quduq  tubi  bosimlari  orasidagi  farq  bir  tekis  bg’lishiga  qaramasdan, 
quduqning mahsuldorligi kamayi-shi mumkin. Bu kuduq tubi atrofida 
tezlikning  nihoyatda  oshib  ketishi  natijasida,  u  erda  sodir  bg’ladigan 


 
133 
harakatning  chiziqli  harakatdan  turbulent  harakatga  aylanishi 
natijasidir. Undan tashqari uyum atrofida bosimning keskin kamayishi 
unga  geostatik  bosim  ta’siri  g’z  kuchini  kg’rsatishiga  va  bu  ba’zan 
qatlam  g’ovakliklarining  siqilishi  va  uning  tuzilishining  biroz 
g’zgarishiga olib kelishi mumkin. 
Gaz konining yana bitta ahamiyatga molik xususiyati shundan 
iboratki,  u  butun  bir  gazodinamik  tartibni  tashkil  qilgan  bg’lib, 
uyumning biror qismidagi g’zgarish ikkinchi qismiga aks-sado beradi, 
shuning  uchun  uyumni  g’zimiz  istagai  muhitga  mos  sharoitda 
boshqarishimiz  mumkin,  demak  lozim  bg’lgan  joyda  undan 
olinayottan  mahsulotni  oshirish  yoki  kamaytirish  mumkin  va  shu 
tariqa  qazib  chiqarish  jarayonini  oqilona  davom  ettirish  imkoni 
mavjud bg’ladi, 
Gazning  g’ta  harakatchanlik  xususiyati  bir  xil  kollektor-lik 
xossalarga ega bg’lgan kollektorlarda neftga nisbatan mahsulot olishni 
taxminan  ikki  tartibga  oshirish  imkonini
 
beradi,  shuning  uchun  ham 
gaz  konlarida  oz  miqdor  quduqlar  bilan  anchagina  mahsulot  olish 
mumkin,  natijada  uni  qazib  chiqarish  muddatini  lozim  bg’lgan 
darajada  tezlatish  g’z  qg’limizdadir.  SHuning  uchun  ham  gaz 
konlarida  quduqlar  joylashishi  ancha  siyrak,  mahsulot  olinishi  ancha 
yuqori. 
Gaz  konlarida  bosimning  kamayishi  natijasida  quduqlardan 
olinadigan  mahsulotning  (umuman,  uyumdan  ham)  kamayishi  tufayli 
vaqt g’tishi bilan uyumga qazilgan quduqdar soni orta boradi, lekin bu 
holni  (ya’ni  uyumga  yangi  quduq  qazishdan)  undan  olinishi  mumkin 
bg’lgan gazning 60-70 % olinganda tg’xtatiladi. 
Gaz  konlarida  suv  bosgan  quduqlarnnng  taqdiri  ham 
boshqacha hal qilinadi. Neft quduqlarida suv paydo bg’lganda ham uni 
ishlatish  davom  etaveradi  va  ba’zi  hollarda  undan  olinadigan 
suyuqlikning  umumiy  mikdorini  oshirish  maqsadida  mahsulot  olish 
jadallashtiriladi.  Undan  tashqari  bunday  quduqlarning  mahsulotida 
suvning  miqdori  95-99%  ga  etguncha  davom  ettiriladi.  Gaz 
quduqlarida zsa ahvol boshqacha, chunki iqtisodiy nuqtai nazardan va 
boshqa  fikrlarni  inobatga  olgan  holda  kg’plab  gazni  suvdan  ajratish 
jarayonlarn kg’zda tutilmagan, SHuning uchun ham elastik suv siquvi 
rejimida ishlatiladigan gaz quduqlarini ma’lum darajada suv bosgach, 


 
134 
mahsulot  olish  tg’xtatilib,  quduq  berkitiladi  va  harakatdagi  fonddan 
chiqariladi, g’rniga esa boshqa yangi quduq qazilishi mumkin. 
Gazokondensat konlarida qazib chiqarishning g’z xususiyatlari 
mavjud.  Tabiiy  rejimlardan  foydalangan  holda  ularni  ishlatish 
bosimning kamayishiga olib keladi va natijada qatlam bosimi gazning 
tg’yinganlik bosimiga tenglashganda undan qimmatbaho xom-ashyo - 
kondensat  ajralib  chiqa  boshlaydi.  Bu  hodisa  qatlamda  quduq  tubida 
va  quduq  tanasida  sodir  bg’lishi  hamda  shu  tariqa  bundan  qimmatli 
mahsulot  qatlamlardagi  quruq,
 
qumiga  shimilib  ketishi  turgan  gap. 
SHuning  uchun  bunday  konlarni  qazib  chiqarishda  qatlam  bosimini 
sun’iy  usulda  ushlab  turish,  ya’ni  uning  kamayishiga  yg’l  bermaslik 
usulini qg’llash maqsadga muvofiqdir. 
Bosimning  kamayishini  ushlab  turish  qatlamga  suv  haydash 
yoki 
gaz 
haydashni 
tashkil 
etishni 
taqazo 
etadi.  
Aksariyat  hollarda  qatlamga  gaz
 
haydash  maqsadga  muvofikdir. 
Bunda qatlamdan olingan gazning g’zidan bemalol unumli foydalanish 
mumkin.  Buning  uchun  esa  olingan  gaz  kondensatdan  ajratiladi  va 
quruq  gaz  holiga  qaytariladi,  ularni  yana  qatlamga  (uyum)  haydaladi, 
bu  jarayon  qatlamdan  olinishi  mumkin  bg’lgan  kondensat 
darajasigacha  olib  boriladi.  Bunday  texnologik  jarayon  "saykling 
protsessi"  (tsiklik  jarayon)  deb  ataladi  va  u  g’zining  qadrini  amalda 
oqlagandir.  Qatlamdagi  kondensat  miqdori  juda
 
kamaygach,  bu 
jarayon tg’xtatilib, gaz haydovchi quduqlar ham ishlatishga boshlanadi 
va  kon  oddiy  gaz  koni  sifatida  qazib  chiqarilaveradi.  Bu  usulning 
qg’llanishi gaz-kondensat konidan olinishi va ishlatilishi lozim bg’lgan 
gazni  biroz  kechiktiradi  va  unday  jarayonni  amalga  oshirishning 
texnologik  tomondan  murakkabligi  g’ylantiradi.  Lekin  hozirgi 
sharoitda  bu  jarayonning  qg’llanish  mumkinligini  iqtisodiy  hisoblar 
aniq kg’rsatib beradi, agar jarayon iqtisodiy jihatdan g’zini oqlaydigan 
va foyda keltiradigan bg’lsa, uni albatta qg’llash taqazo etiladi. 
Hozirgi  kunda  G’zbekiston  Respublikasida  birinchi  marta 
Kg’kdumaloq gazkondensat konini qazib chiqarishda ushbu usul, ya’ni  
"saykling protsess" usuli qg’llanmoqda. 
SHuni alohida qayd etmoq lozimki, ushbu konni qazib olishda 
qatlamga  suv  haydash  yg’li  bilan  neft  chiqarilmoqda  va  saykling 
protsess  tufayli  undagi  kondensat ajratib olinmoqda.  Ushbu  jarayonni  
amalga  oshirishda  respublikamiz  mutaxassislariga  YApon,  AQSH  va 


 
135 
Britaniya  mutaxassislari  konsultatsiya  berib,  asbob-uskunalar  bilan 
ta’minlashda  va  ularni  ishlatishda  yaqindan  yordam  beryaptilar. 
Kg’kdumaloq  konidan  olinayotgan  neft  kondensat  respublikamiz 
mahsuloti-ning  salmoqli  qismini  tashkil  qilmoqda.  Eng  ahamiyatlisi 
shundaki,  bu  qadrli  usul  g’z  ifodasinn  topgani  e’tiborga  loyiqdir. 
Qatlamga suv haydalganda olingan gazni ham ishlatish mumkin, lekin 
bu  usulning  ham  g’ziga  yarasha  qiyinchiliklari  mavjud.  Suv 
quduqlarni  bosib  bora  boshlaydi,  ularni  berkitib,  g’rniga  yangisini 
qazish  lozim  bg’ladi,  natijada  qazib  chiqarish  jarayoni  yana 
qimmatlashishi  mumkin.  SHuning  uchun  ham  bu  usul  unchalik 
tajribada keng qg’llanishga ega bg’lolmaydi. 
Gaz 
va 
gaz 
kondensat 
konlarini 
qazib 
chiqarishni 
loyihalashning  yana  muhim  xususiyatlaridan  biri  shundan  iboratki, 
bunda  mahsulot  olishning  maksimal  darajasini  va  uni  ta’minlash 
uchun  qazilishi  lozim  bg’lgan  quduqlar  sonini  uyumni  ishlatish 
muddatiga  qarab  belgilash  mumkin  va  shunday  qilinadi.  Bu  masala, 
ya’ni  loyihada  kg’rsatilgan  miqdor  mahsulotni  olishga  erishish  va 
quduqlarni  ishga  tushirish  baravar  olib  boriladi.  Neft  konlarini  qazib 
chiqarishda esa bunday paralellik sodir bg’lmasligi mumkin. Loyihada 
kg’rsatilgan quduqlar qazib bg’lingan bg’lsa ham, undagi darajaga etib 
bormaslik  hollari  uchraydi,  ba’zan  esa  ma’lum  bir  qatlamchada  qolib 
ketishi  mumkin  bg’lgan  neftni  chiqarish  uchun  qazib  chiqarishning 
oxirgi  davrida ham  qg’shimcha  quduqlar  qazilishi maqsadga muvofiq 
bg’ladi. 
Gaz  konlarining  tuzilishini  neft  konlariga  nisbatan  ancha  kam 
quduqlar 
bilan 
g’rganish 
mumkinligi 
ularning 
muhim 
xususiyatlaridandir.  Uning  zahiralarini  hisoblash  ham  ancha  osonlik 
bilan gidrodinamik usullar "material balans" usuli bilan bajariladi. 
Gaz va gazokondensat konlarini qazib chiqarish tartibini qabul 
qilishda  va  olinadigan  mahsulot  mikdorini  belgilashda  geologik 
tafsilotlar  ish  beradi  va  ularga  asoslanib  loyiha  tuziladi.  CHunonchi, 
tabiiy  rejim  tafsiloti,  undagi  bosimning  kamayishi,  undan  olinadigan 
mahsulot  miqdoriga  bog’liqligi  shular  jumlasidandir.  Bular  g’z 
navbatida uyumni qazib chiqarish muddatini belgilaydi. 
Bu holat elastik suv siquvi rejimda biroz boshqacharoq, chunki 
unda  qatlam  bosimining  pasayishi  u  qadar  tez  bg’lmaydi,  undan 
tashqari  har  xil  qatlamchalarning  turli  darajada  suv  bosishi  va  undan 


 
136 
gaz  olinishini  g’rganish  ham  lozim  bg’ladi.  Bunday  holatlar  ba’zi 
quduqlarning  muddatdan  ilgari  suv  bosishiga,  demak,  harakatdagi 
fonddan chiqishiga olib kelishi mumkin. 
SHuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  neft  konlariga  nisbatan  gaz 
va  gazkondensat  konlariga  suv  chegarasining  surilish  holati  notekis 
bg’ladi. Bunga sabab gazning kondensatsion xususiyati suv va neftga 
nisbatan  past,  shu  tufayli  kollektorning  har  xillik  darajasi  nisbatan 
ortib  ketadi.  SHuning  uchun  ba’zi  kuduqlar  barvaqt  suv  bosishi 
natijasida  ishdan  chiqishi  mumkin.  SHuning  uchun  ularda  suv 
bosishini  oldini  olish  va  suvli  qatlamchalarni  ajratish  ishlarini  olib 
borishga  katta  e’tibor  talab  kilinadi.  Tajribalar  shuni  kg’rsatmoqdaki, 
bunday  hollarda  qatlamlar  xususiyatining  xilma-xilligi  sharoitida  gaz
 
konlari bag’rida kg’plab gazning qolib ketishi kuzatilmoqda. 
Xuddi  shu  vajdan  qatlam  jinslarining  xilma-xilligi  yuqori 
darajada  bg’lganda  uyumning  gaz  beruvchanlik  qobiliyati  past 
kg’rsatkichga ega bg’lib qolmoqda. Elastik suv siquvi rejimida esa gaz 
beruvchanlik  qobiliyati  katta  oraliqdagi  kg’rsatkichga  ega  bg’lib 
qolmoqda.  Bunda  agar  qatlam  deyarlik  bir  xil  tog’  jinslaridan  iborat 
bg’lsa,  gaz  beruvchanlik  gaz  rejimidagi  kg’rsatkichga  yaqinlashib 
boradi,  bg’lmasa,  aksincha,  bu  xususiyatlar  katta  oraliqda  g’zgarsa, 
gaz  beruvchanlik  kichik  kg’rsatkichga  ega  bg’lib  qoladi.  SHuning 
uchun  bunday  hollarda  gaz  beruvchanlikni  oshirish,  uyumni  bir  tekis 
ishlatish  sharoitini  hosil  qilish  uchun  elastik  suv  siquv  rejimida 
quduqlarni  uyum  bg’yicha  bir  tekis  joylashtirish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Gaz  rejimida  esa  notekis  xususiyatlarga  ega  bg’lgan  kollektor 
mavjudligida  quduqlarning  zichligini  qatlamning  mahsuldorligiga 
qarab  joylashtirish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  agar  mahsuldor 
uyum  g’rtasiga  qarab  ortib  boradigan  bg’lsa,  quduqlarning  joylashish 
zichligini  markazda  qalinroq  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday 
usul  katta  hajmdagi  konlarni  qazib  chiqarish  vaqtida  qilingan 
aniqlashlarda yaxshi natijalar berdi. 
Gaz  konlarining  geologik  tuzilishi  ularni  qazib  chiqarish 
jarayonida  ishlatish  ob’ektlariga  bg’lish  masalalari-ni  keltirib 
chiqaradi,  chunki  har  bir  ishlatish  ob’ektiga  alohida  quduqlar  qazish 
kg’zda tutiladi. Gaz rejimida ba’zan gaz uyumlari qatlamlardan iborat 
bg’lganda unday qatlamlarning qalinligi ancha muncha bg’lganda ham 


 
137 
ularni  yagona  quduqlar  tg’ri  bilan  ishlatish  mumkin.  Agar  uyumlar 
alohida  qatlamlarga  joylashgan  bg’lsa  va  ular  bir-birlari  bilan  bog’liq 
bg’lmasalar  ularni  alohida  qazib  chiqarish  ob’ektiga  ajratish  va 
ishlatish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  kollektorlik  xossalari  va 
gazlarning  tarkibi  bir-biriga  yaqin  bg’lgan  qatlamlar  bir  ob’ektga 
birlashtirilishi lozim. 
Umuman  olganda,  unday  hollarda  konni  bir  qancha  quduqlar 
bilan eng pastki nuqtagacha qaziish va sg’ngra uni ob’ektlarga ajratgan 
holda  yana  qg’shimcha  qazilishi  amalga  oshirilsa  maqsadga  muvofiq 
bg’ladi. 
Gaz  konlarinn  qazib  chiqarish  tartibi  hamda  konni 
obodonlashtirish  masalasi  mahsuldor  qatlamning  qanday  chuqurlikda 
joylashganligiga bog’liq bg’ladi. Bu albatta qatlam rejimining holatiga 
borib  taqaladi,  quduqlardagi  qatlam  bosimi  va  ularning  mahsuldorligi 
shular bilan bog’liqdir. 
Gazkondensat  konlarini  qazib  chiqarishda  qatlam  bosimini 
saqlamoq  maqsadida  qatlamga  suv  yoki  gaz  haydash  usullarini 
qg’llash sharoitlari ham geologik sharoitlardan kelib chiqadi va shunga 
karab  qazib  chiqarish  hamda  haydash  tartiblari  tanlanadi.  Haydovchi 
va  oluvchi  quduqlarni  tanlash,  ularning  uyumga  ta’sirini  o’rganish 
hollari  xuddi  neft  konlarinikiga  g’xshash  holatda:  ya’ni  uyumning 
g’lchamiga,  qatlamning  notekisligiga  va  ularning  qanday  darajada 
notekis ekanligiga bog’liq bg’ladi.  
Quruq  gazni  uyumga  haydash  xususida,  agar  u  uyumdan 
tashqari  zona  bilan  uncha  bog’langan  bg’lmasa,  gaz  haydovchi 
quduqni  markazga  joylashtirib,  qatlamdan  gazni  chegara  yaqinidan 
olish  maqsadga  muvofikdir.  Bunday  holda  keyinchalik  bu  jarayon 
tamom bg’lgach, haydovchi quduqlarni oluvchi quduqlarga aylantirish 
imkoni mumkin bg’ladi. 
Agar  uyum  suv  siquvi  rejimi  bilan  yaxshi  bog’langan  va 
qatlamning  qiyaligi  kam  bg’lsa,  bunday  holda  quruq  gaz  haydovchi 
quduqlarni  gaz-suv  chegarasiga  yaqin  joyda  joylashtirish  va 
ishlatishda markazda joylashgan quduqlardan olish maqsadga muvofiq 
bg’ladi.  Bunday  holat  ancha  vaqttacha  oluvchi  quduqlar  tubiga 
suvning  bevaqt  kelmasligini  ta’minlaydi.  Undan  tashqari  chegara 
yaqinida  anchagina  bosimning  haydovchi  quduqlar  yordamida  ushlab 
turilishi  qatlamga  uning  tashqarisidan  bevaqt  suv  bosib  kelishining 


 
138 
oldini  oladi.  Bunda  quruq  gazning  qatlam  bg’yicha  tekis  tarqalish 
imkoni  mavjud  bg’ladi  va  natijada  u  qatlamdagi  gaz  bilan  yaxshi 
aralashib, uning bag’ridan "yog’li" gaz holatda chiqib keladi. 
Gazkondensat  konlarida  qatlam  bosimini  saqlash  uchun  suv 
haydash  xususiga  kelsak,  tog’  jinslarining  yaxshi  g’tkazuvchanlik 
xususiyati mavjud bg’lganda kichikroq konlarda haydovchi quduqlarni 
chegara  tashqarisiga  joylashtirish,  katta  konlarda  esa,  ularni  uyum 
ichiga  joylashtirib  maydonli  suv  haydash  usulida  bajarish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Geologik notekislik holatlarda qatlam bosimini   saqlash uchun 
qilingan  tadbirlar  hamma  vaqt  ham  yaxshi  natijalar  beravermasligi 
mumkin.  Bu  holat  albatta  quduqlarning  bevaqt  suv  bosishi,  kg’plab 
kondensatning  va  shu  bilan  birga  gazning  har  bir  qatlamda  va 
maydonchalarda qolib ketishi xavfi tug’ilishi mumkin. 
Qazib 
chiqarish 
tartibini 
tanlashga 
kollektorning 
mustahkamligi  katta  ta’sir  etadi,  chunki  tog’  jinsining  barqarorligi, 
uning  emirilishga  chidamliligi  gaz  quduqlarida  juda  katta  ahamiyatga 
egadir.  Ma’lumki,  gaz  quduqlaridagi  debitlarning  yuqoriligi  quduq 
tubi atrofida juda katta tezlik keltirib chiqaradi, natijada bg’shroq tog’ 
jinslari  bunday  hollarda  emirilishga  moyil  bg’lib,  bu  hodisa  kg’plab 
nojg’ya  hollarga  olib  kelishi  mumkin.  Aksariyat  emirilishiga  uncha 
yaxshi  tsementlanmagan  qum  va  qumtoshlar  hamda  kabi  terrigen 
jinslar moildir.  
Quduq  tubi  atrofining  emirilishi  quduqni  suv  bosganda  ham 
avjiga  chiqadi,  chunki  suv  jinslarni  bg’ktiradi  va  ozgina  harkat 
natijasida  u  emirilishga  boshlaydi.  Bunday  hollarni  oldini  olish  yoki 
sekinlashtirish  uchun  qatlamlar  rg’parasiga  maxsus  filtrlar  qg’yish  va 
olinayotgan.  mahsulot  miqdorini  boshqarish  lozim  bg’lganda 
kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 
Lekin  quduqdan  olinadigan  mahsulot  kamaytirilganda, 
mg’ljallangan  miqdordagi  gazni  olish  uchun  qg’shimcha  quduqlar 
qazish lozim bg’ladi. Qatlamlarning emirilish xususiyatlari va kutilishi 
mumkin bg’lgan natijalar razvedka quduqlaridan olingan namunalarni 
g’rganish,  g’sha  quduqlarnn  tajriba-sanoat  miqyosida  ishlatish 
natijalari va tadqiqotlar orqali yaxshilab g’rganilishi lozim. 
YUqorida  keltirilganlardan  ma’lum  bo’ladiki,  gaz  va 
gazokondensat  konlarini  qazib  chiqarish  tartibini  tanlashda  va  ularni 


 
139 
amalga  oshirishda  geologik  materiallarni  yaxshilab  o’rganish  va 
ularning  holatiga  qarab  har  xil  ko’rsatkichlarni  qabul  qilish  neft 
konlarini  qazib  chiqarishdagidan  kam  ahamiyat  kasb  etmas  ekan. 
Demak,  konlarni  oqilona  qazib  chiqarish  va  xalq  xo’jaligiga  xizmat 
qildirish hamma vaqt ham birinchi darajali ahamiyatga molik bo’lgan 
vazifadir. 
 
 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish