7-bob. NEFT UYUMLARINI CHIQARISHDAGI YANGI
USULLAR VA ULARNI QG’LLASHNING GEOLOGIK
SHAROITLARI
Hozirgi kunda qatlamga suv haydashdan tubdan farq qiladigan
va qatlamdan neft olishni oshirishga qaratilgan usullarni yangi usullar
deyish odat bo’lgan. AQSH da bu usullarning hammasini uchlamchi
usullar deb ataladi. Bu usullar suv haydash usuli etarlicha samara
bermagan va qatlamda uning tuzilishi murakkabligi yoki undagi
suyuqliklarning nomaqbul xossalari tufayli kg’plab neft qolib
ketayotgan hollarda qg’llanadi va bu usullarning qg’llanishi er
bag’rida abadiy qolib ketishga mahkum bg’lgan neftning bir qismini
olishga, shuning bilan qatlamning neft beruvchanlik qobiliyatini bir
pog’onaga kg’tarishga qaratilgandir.
127
90-yillarda AQSHda olinayotgan neftning 10 % ga yaqini
ya’ni, taxminan 40 mln t.ga yaqin neft ushbu usullar yordamida
amalga oshirilganligi ma’lum. Bu kg’rsatkich anchagina yuqoriligi
ahamiyatga molikdir.
Qatlamdan olinadigan neftni oshirishga qaratilgan bu usullarni
shartli ravishda quyidagicha turkumlarga bg’lish mumkin: 1) fizik-
kimyoviy usullar neftni siqib chiqarish har xil kimyoviy reagentlar
eritmalari (polimerlar, sirtaktiv moddalar, kislotalar, ishqorlar),
mitsillyar eritmalar va sh.k.; 2) issiqlik-fizika usullari - qatlamga har
xil issiqlik beruvchi moddalar haydash (issiq suv, bug’ va sh,k.); 3)
issiqlik kimyo usullari - qatlam ichida neftni yonishini ta’minlovchi
usullar (jumladan oksidlar va ishqorlar ishtrokida); 4) neft bilan
aralashishi mumkin bg’lgan eritmalar va yuqori bosim ostidagi
uglevodorodlar bilan neftni siqib chiqarish usuli.
YUqorida keltirilgan usullar har xil g’ziga xos sharoitlarda
qg’llanishi va g’sha sharoitlarga qarab natija berishi mumkin. Undan
tashqari keltirilgan usullar aksariyat tajribaxonalarda qilingan
tadqiqotlarga asoslangan bg’lib, bunda olingan natijalar tabiiy
sharoitdagidan ancha yuqori bg’lishi mumkin. Undan tashqari ularning
ma’lum sharoitlarda qg’llanish har xil kg’rinishlarda hali tg’laligicha
tadqiq etilmaganligi va ba’zi reagentlarning qimmatligi tufayli bular
hamma tomondan puxta g’rganishni va hozircha ular tavsiya sifatida
qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Kimyoviy reagentlardan foydalangan holda suv haydash- bir
guruh usullar mahsuldor qatlamga kimyoviy reagentlarning 0,02-0,2 %
mikdorida haydaladi. Bunda g’ovaklik hajmining 10-30 % qadar
haydalib, qolgan qismi suv bilan suriladi. Bunda ma’lum hajmdagi
eritmali suyuqlik qatlamning bir
qismdan ikkinchi qismga surilib
boradi, chunki uning orqasidan oddiy suv bilan siqib boriladi. Bu
usullarni mavjud quduqlar majmuasi bilan amalga oshirish mumkin.
SHunday eritmalar yordamida qatlamdagi, ancha quyuq
bg’lgan neftlarga (50-60 MPa*s ) ta’sir g’tkazish mumkin. Bunday
usulni qatlamni qazib chiqarishning dastlabki davrla-rida qg’llansa
oddiy suv haydash usuliga nisbatan neft beruvchanlikni 3-10 % ga
orttirish mumkin. Quyida uning alohida turlarini kg’ramiz.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |