Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti a. V. Mavlonov



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/134
Sana26.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#412094
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Bog'liq
neft va gaz konlari geologiyasi (1)

 
 
 


 
98 
 
5.3.
 
Neft-gaz konlarining energetik sharoitlari 
 
5.3.1. Qatlam bosimi 
 
Qatlam 
bosimi 
quduqlar 
mahsuldorligining 
negizida, 
qatlamning  ishlash  qobiliyatining  asosi,  uning  energetik  xossalarini 
belgilovchi asosiy omillardan biridir. Neft-gaz er osti g’ovaklarida ana 
shu bosim ostida turadi. 
Quduq  qazilganda  u  suvli  qatlam  -  kollektorga  etgach,  agar 
quduqdagi eritmaning bir qismi olinib, uning past-balandligi (darajasi) 
pasaytirilsa,  quduqqa  qatlam-dan  suv  kela  boshlaydi.  Qachon 
quduqdagi  bosim  qatlam  bosimiga  tenglashsa,  quduqqa  suv  kelish 
tg’xtaydi.  SHunday  hodisa  quduqda  nef-gaz  bg’lganda  ham  sodir 
bg’ladi. 
Demak,  qatlam  bosimi  quduq  bilan  qatlam  bosimining 
tengligidan iborat ekan:  
 
R
q
= h 

/g 
 
bu erda: h - qatlam bosimiga teng bg’lgan suyuqlik balandligi; 

 -quduqdagi suyuqlik zichligi; g - erkin tushish tezlanishi. 
Amalda quyidagi ifodadan foydalaniladi: 
 
R
q
= h 

/g 
 
bu
 
erda:  bosim  Mpa  bilan  g’lchanganda  S=102  tengdir. 
Quduqda  qatlam  bosimiga  tenglashgan  barqaror  daraja  -  pezometrik 
daraja  deb  ataladi.  Aksariyat  uni  quduqning  ustidan  (altituda) 
g’lchanadi.  Odatda  bosim  qatlamning  absolyut  kg’rsatkichiga  va 
ma’lum  bir  darajaga  (chunonchi  dengiz  yuziga)  keltirilgan 
kg’rsatkichga ega bg’ladi. 
Qatlamning  g’rta  belgisidan  g’lchangan  daraja  qatlamning 
absolyut  bosimiga  tg’g’ri  keladi  (h
1
)  va  kg’rsatilgan  belgiga  nisbatan 
olingan  bosim  esa  (h
2
=  h
1
+z)  keltirilgan  bosim  kg’rsatkichidir.  Bu 
erda  z
  – 
pezometrik  bosim  deb  ataladi.  YUqorida  keltirilgan 
kg’rsatkichlar  mavjud  bg’lganda  qatlamning  absolyut  bosimi 


 
99 
kg’rsatkichidan keltirilgan bosimi yoki aksincha, keltirilgan bosimdan 
uning absolyut miqdorini topish mumkin: 
 
R
k.k
 = R
k.k
 +z r/s = 

h+z) 

/s 
 
Er  yuzasi  relefining  murakkabligi  tufayli  quduqlar  har  xil 
holatlarda  unga  joylashishi  mumkin.  Bunda  ba’zan  quduqning  og’zi 
pezometrik  darajadan  yuqori  yoki  pastda  bg’lishi  turgan  gap.  Lekin 
absolyut qatlam bosimini har qanday holatda ham hisoblash mumkin. 
 
R
k1
={(N
1
–h
1
)/102}S
s
,           R
k3
=(N
3
 R
s
/102)+R
0
 
 
        R
k2
=N
2
R
s
/102,                     R
0
=h
3
R
s
/102, 
 
bu  erda:  N
1
,  N
2
,  N
3
  -  quduqning  qatlamgacha  bg’lgan 
chuqurligi;  
h
1
,h
3
 quduq og’zining pezometrik darajadan farqi. 
 
Suv  bosimi  sistemalarida  qatlam  bosimining  turli  holatlarda 
g’zgarishini  aniq  tasavvur  qilish  uchun  bosimning  vertikal 
gradientidan foydalaniladi, ya’ni quduq chuqurligining har bir metriga 
tg’g’ri keladigan bosim kg’rsatkichidan foydalaniladi: 
 
grad R = 
R
K
/
N
 
 
Qatlamning gradienti umuman 0,008 dan 0,025 MPa/m gacha 
g’zgarishi  mumkin.  Bu  g’zgarishlar  suv  bosimi  sistemasining 
tuzilishiga,  pezometrik  darajaning  er  yuzasiga  nisbatan  joylashishiga 
bog’liq bg’ladi. 
Har  bir  uglevodorod  uyumlari  o’zining  qatlam  bosimiga  ega. 
Aksariyat bu bosimlarni boshalang’ich va joriy bosimlarga ajratiladi. 
Uyumdagi  dastlabki  qatlam  bosimi  tabiiy  suv  bosimi 
sistemasining  tabiati  bilan  chambarchas  bog’liq,  chunki  uyum  g’sha 
suv bosim sistemasiga. joylashgan, uning bir qismidir. 
Tabiiy  suv  bosim  sistemasi  -  qatlam  suvlarining  geodinamik 
sistemasining  bir  kg’rinishi  bg’lib,  unda  aksariyat  qatlam  va 
qatlamchalar  bir-biri  bilan  bog’langan  bg’lib,  hamma  vaqt  harakatda 


 
100 
va bosim ostidagi suvlarning ta’siridadir. Bu suvlarning kelib chiqishi 
va harakat mexanizmi bir xildir. 
Har bir suv bosimi sietemasida 3 ta asosiy element mavjud(5-
6-rasmlarga  qarang):  Ta’minlash  xududi  rezervuari-ning  ta’minlanish 
zonasi,  g’sha  erdan  suv  harakatlanib,  o’z  bosimiga  ega  bg’ladi, 
harakatlanish  hududi  maydon  jihatidan  rezervuarning  asosiy  qismi 
bg’lib,  bu  erda  suv  harakati  kuzatiladi.  Bg’shanish  hududi  (suvnint 
otib  chiqadigan  joyi)  rezervuarning  suvdan  xalos  bg’ladigan  joyi,  bu 
har xil buloq va oqimlar kg’rinishida bg’ladi, ba’zan qatlam sharoitida 
uzilmalar orasida sodir bg’ladi. 
Tabiiy  suv  bosim  sistemasi  o’zining  tabiati,  bosim-
yg’naliishari  zonalarning  joylashishiga  qarab  infiltratsion  va  elizion 
kg’rinishlariga bo’linadi. 
Suv bosimi sistemasining xossalariga qarab bir xil chuqurlikka 
ega bg’lgan uglevodorod uyumlari har xil sharoitda (infiltratsion yoki 
elizion)  har  xil  dastlabki  bosimga  ega  bg’ladilar.  SHuning  uchun 
uyumlarni  odatdagi  (normal)  tabiiy  bosimga  ega  bg’lgan  va  anomal 
tabiiy bosimga ega bg’lgan sharoitlarga ajraishadi. Odatdagi bosimga 
ega bg’lgan sharoitni gidrostatik bosim sharoiti deb ataladi. 
 
 
5  -  rasm.  Infiltratsion  suv  siquvi  sistemasi  sxemasi. 
1-suvli 
qatlam kollektor, 2- neft uyumi, 3- pezometrik yuza, 4- er yuzasi, 5- ichida suv 


 
101 
mavjud va bosimni muvozanatlashtiradigan quduq, 6- suv harakati yg’nalishi , 7- 
suv g’tkazmaydigan qatlamlar.
 
 
 
6 - rasm. Elizion suv sig’ami siquvi sistemasi. SHartli belgilar 
5-rasmdagidek. 
Gidrostatik  bosimga  ega  bg’lgan  uyumlarda  dastlabki  bosim 
g’sha  chuqurlikdagi  suv  bosimiga  tashkil  etadi.  Bunday  holat 
aksariyat infiltratsion suv bosimi sistemasiga mansubdir. 
Bunday  holatlarda  sistema  "ochiq"  suv  bosimiga  ega  bg’lib, 
uning  ta’minot  va  suvning  oqib  chiqish  xududlari  mavjud,  ularning 
biri  ikkinchisidan  yuqori  bg’ladi,  g’sha  ikki  nuqtani  birlashtirsak, 
gorizontal  tekislikka  og’ma  shakldagi  pezometrik  daraja  chizig’iga 
ega  bg’lamiz.  Aksariyat  hollarda  bosimning  vertikal  gradient 
g’zgarashi 0,008-0,013 Mpa m g’rtasida bg’ladi. Vertikal gradientning 
g’rtacha  kg’rsatkichi  0,01  MPa/m  ga  teng  bg’lib,  u  gidrostatik 
kg’rsatkichga tengdir. 
Infiltratsion  suv  bosimi  sistemasida  chuqurlik  ortishi  bilan 
qatlam  bosimi  mutanosib  ravishda  ortadi.  Bunda  qatlam  bosimi 
miqdori  geostatik  bosimdan  ancha  kam.  Bunday  holatlarni  aksariyat 
qadimgi platformalarga joylashgan konlarda kuzatish mumkin. 
Aksariyat  neft  va  gaz  uyumlari  miqyosida  statik  bosim 
(daraja) suvli joyda bir xil, neft va gazli joyda undan farqli bg’ladi (7-


 
102 
rasm).  Bu  farq  asosan  ularning  zichligiga  va  suv-neft  chegarasidan 
vertikal  bg’yicha  masofaga  bog’liq.  Kg’rsatilganidek,  ta’minlash 
oblasti 100 m yuqorida, umuman relefning balandligi esa 400 m, suv-
neft  chegarasining  belgisi  -  700m,  gaz-neft  chegarasi  -400  m, 
qatlamning  tepa  qismi  uyumning  eng  yuqorisida  -  300  m  ni  tashkil 
qiladi, qatlamdagi suvning zichligini r
s
=1,0, neftniki r
n
= 0,85, gazniki 
0,1  g/sm
3
  deb  qabul  qilamiz  va  shu  asosda  dastlabki  statik  darajani 
kuzatamiz.  Birinchi  quduqda  bu  kg’rsatkich  h
s
  =  600m.  Demak, 
qatlam bosimi R
k
= h
s
 * S
c;
 / 102 = 600*1,0/102 = 5,88 Mpa.  
 
7  -  rasm.  Neft  gaz  uyumlari  mavjud  joylarda  pezometrik 
balandlik va qatlam bosimining taqsimlanishini kuzatuvchi sxema. 
1-suv,  2-neft,  3-gaz,  4-pezometrik  yuza,  5-Er  yuzasi,  R
0
  -  quduq 
og’zidagi bosim. 
 
Tg’rtinchi  suvli  quduqda  pezometrik  balandlik  h
s
=900m, 
demak  bosim  R
qch
=  900*1,0/102  =8,82  Mpa.  yoki  birinchi 
quduqdagidan  2,94  Mpa  ga  ortiq.  Ikkinchi  quduqda  esa  ahvol 
boshqacha  (qatlamdaga  joylashish  bir  xil  bulsa  ham),  chunki  unda 


 
103 
quduq  neftga  tg’lgandir.  Demak,  tahlil  qilsak  100  m  suv  bilan  200m 
esa  neft  bilan  tg’lgan  ekan.  Bunda  bosim  R
kch
=  8,82  -
(100*1,0+200*0,85)/102  =6,17  MPa  ni  tashkil  etadi.  Demak,  bosim 
bunda birinchi quduqdagidan (absolyut belgi bir xil bg’lsa ham) 0,29 
Mpa ga ortiq. Demak, pezometrik daraja h
2
= 6,17*102/0,85=740 m ni 
tashkil  etadi  va  u  birinchi  quduqdagidan  140  m
 
ga  ortiqdir.  Quduq 
og’zining  joylashgan  g’rnini  hisobga  olsak,  bunda  pezometrik  daraja 
240 m da turganligi ma’lum bg’ladi. 
Neft  beruvchi  2a  quduq  g’sha  absolyut  belgida  tursa  ham, 
uning  og’zi  ikkinchi  quduqdan  100m  past,  shuning  uchun  undan 
suyuqlik  otilib  chiqadi  (favvora  va  quduq  og’zida  bosim  R
s2a

140*0,85:102=1,17  MPa.  Gaz  qudug’ida  esa  (uchinchi  quduq)  ahvol 
bunday bg’ladi: 
R
k3
= 6,17 - (100*0,85+100*0,1): 102 =5,24 MPa. Bu quduqda 
agar  suv  bg’lganda  edi,  uning  bosimi  3,92  MPa  ni  tashkil  etar  edi, 
hozir uning bosimi 1,32 MPa ga suvli bosimdan ortiq. 
Dastlabki  qatlam  bosimini  yuqorida  keltirilgan  misolga 
asoslanib  tuzsak,  shu  narsa  ma’lum  bg’ldiki,  qatlamning  dastlabki 
bosimi  uyumning  chetidan  g’rtasiga  qarab  g’zgarib  borar  ekan,  lekin 
bu  xolat  faqatgina  relefga  qarab  emas,  unda  mavjud  suyuqlik  va 
gazlarning  kg’lamiga  qarab  ham  g’zgarishi  mumkin  ekan.  Bunday 
holatlar  qatlam  gazli  qismining  kattaligiga  bog’liq  va  u  pezometrik 
darajaning yuqori bg’lishini ta’min etadi. 
Bitta  absolyut  belgidagi  qatlam  bosimining  gidrostatik 
bosimdan yuqori bg’lishligi ortiqcha bosim deyiladi. 
Umuman  qatlam  bosimi  tg’g’risida  fikr  yuritilganda  uyum 
g’rta  qismining  bosimiga  qarab  mulohaza  yuritish  ba’zan  chalkash 
fikrlarga  olib  kelishi  mumkin,  shuning  uchun  qatlam  bosimini,  uning 
chetki  qismida  bg’ladigan  suvli  quduqlar  bosimi  kg’rsatkichlari  bilan 
mulohaza qilish maqsadga muvofiqdir. 
Dastlabki 
bosimi 
gidrostatik 
bosimdan 
farqlanuv-chi 
uyumlarda  qatlam  bosimi  aksariyat  vertikal  gradienti  gidrostatik 
kg’rsatkichdan  (0,008-0,013  MPa/m)  ortiq  yoki  kam  bg’lish  hollari 
kuzatiladi. 
Gidrostatik  bosimdan  qatlam  bosimi  ortiq  bg’lgan  hollar 
asosan  geologik  rivojlanish  jarayonlari  bilan  bog’liq  bg’lib,  bunda 
qatlamga  suvning  kelib  tushishi  uning  ketishidan  kg’proq  bg’ladi. 


 
104 
Aksariyat  bunday  hollar  elizion  suv  bosimi  sistemalariga  xosdir. 
Bunda  yuqoridagi  qatlamlarning  siqilishi
 
natijasida  ularning 
tarkibidagi  suvlar  kollektorlarga  g’tadi  va  ikkinchi  tarafdan,  bunday 
havzalar  aksariyat  yopiq  holatda  bg’lib,  ularning  bg’shanish  zonasi 
deyarlik  bg’lmaydi  yoki  bg’shanish  darajasi  kam
 
bg’ladi.  SHunga 
qarab infiltratsion havzalar "ochiq" deb atalsa, elizion havzalar "yarim 
ochiq" yoki mutlaqo "berk" holda bg’lishi mumkin. 
Aksariyat  tog’  jinslari  (gillar)ning  metaformik  holatga  g’tishi 
natijasida  ular  tarkibidan  ajralgan  suvlar  kollektorlarga  g’tadi  va 
ortiqcha  bosim  manbai  bg’ladi.  Bunday  rayonlarda  aksariyat  vertikal 
gradient  bosim  miqdori  0,017-0,023  MPa/m  ni  tashkil  etadi  va  u 
kg’rsatkich  ba’zan  geostatik  bosim  darajasiga  etadi.  Bunday  g’lkalar 
aksariyat  chg’kindi  jinslar  hosil  bg’lishi  jadal  bg’lgan  joylar  bg’lib, 
SHimoliy  Kavkaz,  Ozarbayjon,  G’rta  Osiyo,  Karpatoldi  viloyatlari 
shular  jumlasidandir.  Bunday  g’lkalarda  uncha  chuqur  bg’lmagan 
holatlarda ham yuqori bosimli zonalar uchrashi mumkin. 
Bosimi  gidrostatik  kg’rsatkichdan  kam  bg’lgan  xududlar 
odatda  oz  uchraydi.  Bunday  holatning  bg’lishiga  asosiy  sabab  tog’ 
jinslarining  eritmalarda  erishi  tufayli  g’ovaklikning  ortish  holatidir 
yoki qatlam suvlarining ma’lum sabablar bilan tektonik yg’llar orqali 
chiqib ketishidir. 
Dastlabki qatlam bosimining ahamiyati. 
Qatlam  bosimining  absolyut  miqdori  aksariyat  uyumning 
energetik  imkoniyatlarini  kg’rsatuvchi  bg’lib,  qazib  chiqarish 
sistemasini  tanlash  va  amalga  oshirishda,  ishlatish  davomida  uyum 
ko’rsatkichlarining  g’rganish  qonuniyatlarini  chamalashda  hamda 
neft-gazning  yillik  olinadigan  miqdorini  belgilashda  asqotadi. 
Qatlamning dastlabki bosimi undan olingan namunaning g’ovakligi va 
g’tkazuvchanligini aniqlashda inobatga olinishi
 
lozim. Ba’zan terrigen 
kollektorlarning  gilligi  yoki  karbonat  kollektorlarning  yorikligi  er 
yuzidagi  sharoit  bg’yicha  talqin  qilinadi  va  holanki  qatlam  sharoitida 
u anchagina tafovut qilishi mumkin. 
Qatlamning  dastlabki  bosimi  tog’  jinslarini  burg’ulash 
jarayonini  tg’g’ri  olib  borishni  asoslashda  ham,  quduqlarning 
konstruktsiyasini  tanlashda  ham  inobatga  olinishi  lozim.  Ayniqsa 
kesmada  suyuqlikni  yutuvchi  qatlamlar  mavjud  bg’lsa  bexosdan 
quduqdan  gazning  otilib  chiqishi  hollari,  burg’ulash  asbobini  ushlab 


 
105 
qolish  hollarida  qatlamlar  bosimini  bilish  va  g’shanga  qarab  ish 
yuritish taqozo etiladi. Qatlamlarni ochish vaqtida bosimni bilmasdan 
ish  yuritish  uning  ortiqcha  ifloslanishiga  va  natijada  quduq 
mahsuldorligining kamayishiga olib kelishi mumkin. 
Qatlam  dastlabki  bosimi  aksariyat  uglevodorod-larning  fazali 
holatini  belgilaydi  va  shunga  qarab  uni  ishlatish  rejalarini  tanlash 
lozim bg’ladi. Qatlam bosimining gidrostatik bosimga mos kelishi suv 
bosimi  sharoitining  "ochiq"ligidan  dalolat  bg’lib,  infiltratsion  holatni 
ifodalaydi.  Ma’lumki  bunday  hollarda  qatlamning  bosimi  undan 
ma’lum  miqdorda  mahsulot  olingach,  jadallik  bilan  kamaymaydi, 
bosimning bir qismi filtratsiya qilinadigan suvlar hisobiga tg’ldiriladi. 
Ba’zi  hollarda  qatlam  bosimi  gidrostatik  darajadan  ortiq  bg’lishi 
mumkin,  lekin  qatlam  "berk"  holatdaga  elizion  zonaga  mansub. 
Bunday  hollarda  biz  qatlamdan  ma’lum  miqdorda  suyuqlikni 
chiqarsak,  uning  bosimi  kamayadi  va  g’rni  oz  bg’lsa  ham  tg’lmaydi, 
chunki  qatlamda  filtratsiya  sodir  bg’lmaydi.  Natijada  qatlamning 
bosimi  borgan  sari  kamayib  ketaveradi.  Bunday  hollarda  albatta 
qatlam bosimini ushlash maqsadida unga sun’iy ravishda suv haydash 
mg’ljallanishi maqsadga muvofiqdir. 
Qatlamdan olinayotgan mahsulot natijalarini tahlil qilishda va 
uning  energetik  manbalarini  chamalash-da.  Ham  uning  dastlabki 
bosimini  aniq  bilish  lozim  bg’ladi.  Qatlamning  dastlabki  bosimi 
aksariyat  uyumning  har  xil  joylarida  joylashgan  suvli  quduqlarda 
g’lchanadi va anikdanadi. 
 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish