Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Abu Nasr Forobiyning ilmiy merosi avval xam o’rganilgan, keyin ham o’rganilishi zarur deb o’ylayman. Lеkin Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy – huquqiy, siyosiy qarashlari o’rganilgan bo’lsada, asarlaridagi ma’naviy qarashlari borasida kam o’rganilgan. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ma’naviy – axloqiy qarashlarni o’rganish borasida amaliy takliflarni tavsiya etish, oliy ta'lim muassasalarida bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni ilmiy jihatdan asoslash, mavzuning ilk bor ish darajasida talqin etish tadqiqotning ilmiy yangiligini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |