―Stol o‘rtasida ruchka‖ usuli
Butun gruppaga savol beriladi (masalan, qandli diabet simptomlari, beta-blokator gruppasiga
mansub dori darmonlar, YuIK moyillik omillari). Har bir talaba o‘z javobini varaqqa yozib oladi
va hamsoyasiga yuboradi, ruchkani esa stol o‘rtasiga qo‘yadi.
O‘qituvchi gruppa ishini kontrol qiladi va umumiy variantni daftariga yozib oladi.
Revmatizm—
biriktiruvchi to‗qimaning sistem yallig‗lanishi bo‗lib, asosan, yurak va qon tomirlar
sistemasida, kasallikka moyil kishilarda, A guruhiga kiruvchi V—gemolitik streptokokk bilan
bog‗liq holda rivojlanadi. Bu kasallikda, shuningdek, bo‗g‗im seroz pardalari, asab sistemasi va
boshqa ichki a‘zolarning biriktiruvchi to‗qimalari yallig‗lanishi mumkin. Kasallikka keltirilgan bu
ta‘rif (V.A.Nosonova, I.A.Bronzov, 1978) uning rivojlanishida: 1) asosan yurak va qon tomirlar
sistemasi shikast-lanishini; 2) kasallik rivojlanishiga moyil irsiyatning o‗rnini; 3) streptokokk
infeksiyasining rolini ta‘kidlaydi.
Kasallikning mohiyati yurakning hamma qavatlari, shu jumladan, asosan, miokard va endokard
shikastlanib, yurak yetishmovchiligini kel-tirib chiqaradigan qopqoqlar shaklining buzilishi va
yurak teshiklarining torayishi—yurak illati rivojlanishidadir. Boshqa ichki a‘zolar va a‘zolar
yig‗indisining revmatizm bilan shikast-lanishi 2- darajali ahamiyatga ega va kasallikning og‗ir-
yengilligini hamda oqibatini aniqlashga yordam bermaydi. Revmatizm hamma yoshdagi kishilarni,
lekin ko‗pincha bolalarni, yoshlarni shikastlantiradi. Revmatizm yer yuzining turli iqlimiy-
geografik mintaqalarida uchraydi. Revmatizm bilan shikastlanish va mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi o‗rtasida uzviy bog‗liqlik borligi ma‘lum. Revmatizm bilan shikastlanishda
uy-joy va maktab sharoitlarining taqchilligi, sifatsiz ovqatlanish, tibbiy yordam ko‗rsatishning past
darajadaligi alohida o‗rin tutadi. Sabablari. Revmatizmning asosiy sababi streptokokk infeksiyasi
bo‗lib, uning kelib chiqishi va rivojlanishining 2- asosiy omili organizm reaktivligining
o‗zgarishidir. Revmatizm bilan shikastlangan kasallarning kasallik boshlanishidan oldin angina yoki
surunkali tonzillit bilan og‗riganlari aniqlanadi. Streptokokk infeksiyasi bilan bog‗liqlik bemorlar
qonida streptokokk antigenlari va streptokokk antigenlariga qarshi antitanalar (ASL-O, ASG,
antidezoksiribonukleaza B) katta miqdorda topilishi bilan tasdiqlanadi. Streptokokk virulentligi
streptokokk hujayra devoridagi M- oqsilning miokardni shikastlantiruvchi xili, uni revmatizm
keltirib chiqaradigan xillaridagina uchraydigan C-oqsil, streptokokk tashqi qovug‗ida joylashgan va
neytrofillarning fagotsitar faolligini yo‗qotuvchi gialuron kislotasi, endotoksik ta‘sir ko‗rsatuvchi
mukopeptid bo‗lishi bilan bog‗liqdir. O‗tkir streptokokk infeksiyani o‗tkazgan bemorlarning 0,3—3
foizigina revmatizm bilan shikastlanadi.
Tanaga streptokokk infeksiyasi kirishiga javoban unda qonda aylanib yurib, o‗ta kichik qon ayla-
nish yo‗nalishlarida (mikrosirkulatsiyada) cho‗kib, o‗tirib qo-luvchi streptokokk antigenlariga
qarshi antitanalar ishlab chiqa-riladi va immunologik birikmalar paydo bo‗ladi. Miokard va
biriktiruvchi to‗qimani yana streptokokk zaharlari va fermentlari zararlantiradi. Revmatizm bilan
kasallanganlarda immunolo-gik sistemaning genetik kamchiligi bo‗lgani uchun streptokokk antigeni
va immunologik birikmalar tanadan tezgina yo‗qol-maydi.
Revmatizmda har xil a‘zolar va a‘zolar guruhining shikast-lanishi, biroq, asosan, yurak
shikastlanishi, kamroq hollarda bo‗g‗im shikastlanishi yuz beradi. Revmatik jarayon o‗ziga xos
kechish xususiyatlari, klinik belgilariga ko‗ra 5 xil ko‗rinishda bo‗ladi:
- o‗tkir kechish - birdan boshlanib, kasallikning bir qancha klinik belgilari yaqqol namoyon
bo‗lganda patologik jarayonning yuqori darajada faolligi bilan o‗tadi, davolash tez va yaxshi natijali
bo‗ladi;
254
- o‗rtacha o‗tkir kechish- xuruj 3-6 oy davom etadi, klinik belgilari kasallikning o‗tkir kechishiga
qaraganda biroz sustroq bo‗ladi; patologik jarayon ham o‗rtacha faollikda kechadi. Davo-lanish
natijasi ham o‗rtacha bo‗ladi;
-cho‗zilgan kechish - xuruji 6 oydan ko‗proq davom etadi, kasallik belgilari kam,bir maromda
bo‗lib, patologik jarayon o‗rta darajadagi faollik bilan kechadi, uzluksiz qaytalaydigan, kechishi
to‗lqinsimon va noto‗liq sog‗ayish bilan o‗tadi, shikastlangan a‘zolar soni har xurujda ko‗payib
boradi;
— yashirin kechish — revmatizm bilan shikastlanganlik ko‗pincha klinik, laboratoriya hamda
asboblar bilan tekshirishda aniqlanmasligi mumkin. Bemorda revmatizmning yashirin kechganini,
kasallikning asorati —yurak illati paydo bo‗lganidan bilish mumkin.
Klinikasi. Ma‘lumki, revmatizmda yurak va qon tomirlar sistemasi jarohatlanadi. Shu sababli
revmatizmning hamma belgilarini yurak va yurakdan tashqari belgilarga bo‗lish maqsadga muvofiq
bo‗lib, kasallikning klinik manzarasini shu nuqtayi nazar-dan o‗rganish kerak. Revmatizmning
klinik manzarasi kasallik davri, yallig‗lanish jarayonining faollik darajasi, kasallikning kechish
xususiyati, tabiati, yurak illatlari va yetishmovchiligi mavjudligi va boshqalarga bog‗liq.
A.I.Nesterov fikricha, kasallik-ning rivojlanishi va klinik manzarasi shakllanishida uchta asosiy
davrni farq qilish mumkin.
Yurak illati shakllangan, bundan tashqari yurak yetish-movchiligi paydo bo‗lgan bemorlarda
revmatizm qaytalansa, uning faollik belgilarini topish ancha qiyin. Revmatizmning birinchi xuruji
ko‗pincha o‗tkazilgan infeksiya bilan bog‗liq bo‗ladi. Angina yoki yuqori nafas yo‗llarining
shamollashidan 1-2 hafta o‗tgach tana harorati ba‘zida 38-40°C gacha ko‗tariladi, bir kunlik
o‗zgarish 1-2°C ni tashkil qiladi va ko‗p terlash kuzatiladi. Revmatizm qaytalanib, navbatdagi yangi
yallig‗lanish faqat o‗tkazilgan infeksiya bilan bog‗liq bo‗lmay, balki boshqa sabab-lar: sovuq
qotish, jismoniy zo‗riqish, jarrohlik muolajalaridan keyin bo‗lishi mumkin.
Kasallikning
eng ko‗p uchraydigan belgisi- yurak shikastlanishi - revmokarditdir.
Revmokardit deganda, bir vaqtning o‗zida yurakning miokard va endokardit (80-100% bemorlarda)
shikastlanishi nazarda tutiladi.
Revmokarditda ko‗pincha miokardit (80-100%), 15-10% bemorlarda pankardit kuzatiladi.
Miokardning klinik belgilari eksudatli yallig‗lanishning miokardga tarqalish darajasiga bog‗liq
bo‗ladi. Shunga ko‗ra yaqqol, o‗rtacha va sust ifodalangan kar-ditlar farqlanadi. Katta yoshdagi
odamlarda revmokardit yengilroq, o‗rtacha va sust ifodalangan ko‗rinishda o‗tadi. Bemorlar yurak
sohasidagi kuchsiz og‗riq va noxush sezgilardan, harakat qilganda hansirashdan, ba‘zi hollarda
yurak urishi yoki yurakning notekis urushidan shikoyat qiladilar. Bu belgilar yurakning revmatizm
bilan shikastlanganligiga xos belgilar bo‗lmay, balki uning boshqa kasalliklarida ham uchraydi.
Perikardit hozirgi davrda revmatizmning yurakdan tashqari belgilariga o‗xshab kam, asosan,
yoshlar va bolalarda, revmatizm o‗tkir kechganda uchraydi. Quraq perikardit rivojlanganda
bemorlar yurak sohasida paydo bo‗lgan doimiy og‗riqdan shikoyat qiladilar. Yallig‗lanish suyuqligi
yig‗ilishi bilan ekssudadtli peri¬kardit yurak qopchasida seroz-fibrinoz yallig‗lanish suyuqligi-
ekssudat paydo bo‗lishiga olib keladi; bu holda suyuqlik perikard varaqlarni bir-biridan ajratib
yuborganligi tufayli yurak sohasidagi og‗riq yo‗q bo‗lib ketadi. Bemorning gorizontal holatida ku-
chayadigan hansirash paydo bo‗ladi. Quraq perikarditda perikard ishqalanishi shovqini, yurak
chegaralarining hamma tomonga kengayganligi, yurak qopchasiga suyuqlik yig‗ilganda esa tonlar-
ning pastligi, katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi belgilari paydo bo‗lganligi aniqlanadi.
Revmatik poliartit revmatizm o‗tkir kechganda 50% bemorlarda uchraydi. Bemorning katta
bo‗g‗imlarida og‗riq paydo bo‗lganligi, faol harakat qilish qiyinlashganligi va cheklanganligi,
bo‗g‗imlarning qizargani va hajmi kattalashganligi qayd etiladi.
255
Davolash.
Hozirgi
davrda
revmatizmni
davolash
uch
bosqichda
olib
boriladi.
1. Kasallikni faol davrida kasalxonada davolash.2. Kasalxonadan chiqqandan keyin davolashni
poliklinikani kardiorevmatologik xonasida davom ettirish.3. Bemorni ko‗p yillar davomida
poliklinikada kasallik qaytalanishining oldini olish maqsadida davolash va nazorat qilib
borish.Davolash muolajalari quyidagilardan iborat:a) streptokokk infeksiyasiga qarshi kurashish;b)
faol revmatik jarayonni davolash; d) immunologik o‗zgarishlarni bartaraf qilish. Revmatizmning
faol davrida streptokokk infeksiyasiniyo‗qotish uchun antibiotiklar, asosan, penitsillin va yarim
sun‘iy penitsillinlar qo‗llaniladi.Davolash ikki hafta davomida olib boriladi. Sulfanilamidlar va
tetratsiklin guruhidagi antibiotiklarni qo‗llash maqsadga muvofiq emas, chunki bu dorilar
bakteriostatik ta‘sir ko‗rsatib, streptokokklarning chidamli turlari paydo bo‗li-shiga olib kelishi
mumkin. Faol revmatizmni davolashda yallig‗la-nishga qarshi har xil nosteroid dorilar ham
qo‗llaniladi. Bulardan asetilsalitsilat kislota 1 g dan 3—4 marta (bir kunda 3—4 g) beriladi. Bu dori
bemorga foyda bermasa yoki yoqmasa, 0,4 g dan bir kunda 3 marta brufen yoki 0,15 g dan butadion
buyuriladi. Qo‗shimcha salbiy ta‘siri kamroq bo‗lgan voltoren yoki indo-metatsin (0,05 g dan bir
kunda 3 marta) ham berilishi mumkin. Bu dorilarni ovqat yoki sut bilan bir vaqtda ichish kerak.
Bemor shifoxonadan chiqqandan keyin asetilsalitsilat kislotani bir kunda 1,5—2 g, brufenni 0,6 g,
indometatsin va voltorenni 0,02—0,05 g ichish buyuriladi, bu dorilarni poliklinika shifokori
nazorati ostida qabul qilish kerak. Ambulatoriya sharoitida davolanish muddati revmatik
jarayonning kechish xususiyatlariga: o‗tkir, o‗rtacha o‗tkir kechganda, 1—2 oyga cho‗zilib va
uzluksiz qaytalab kechganda, 2—4 oy bo‗lib, laboratoriya ko‗rsatkichlarining asli holiga qaytishiga
bog‗liq.Kasallik qaytalashining oldini olish tadbirlari bemorlarga yil bo‗yi har oyda 1500000 TB
dan bitsillin-5 qo‗llab, streptokokk infeksiyasiga qarshi kurashish, infeksiya o‗choqlarini davo-
lashni o‗z ichiga oladi. Revmatizm bilan kasallanganlar, albatta, dispanser hisobiga olinadi va
kasallik qaytalanganligini o‗z vaq-tida aniqlash, uni davolash, yurak illatlari og‗irlashib borganda
jarrohlik usuli bilan davolash zarurligi masalalari hal qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |