mos
yoki
identik
qismlariga tushadi va odamning tasavvurida bu ikki tasvir qo’shilib, bitta bo’lib qoladi. Bir
ko’zni yon tomondan salgina bosib, nega shunday bo’lishiga bemalol ishonish mumkin: bir
ko’z yon tomondan ozgina bosilganda to’r pardalardagi moslik bo’zilganligi uchun narsa
ko’zga «ikkita» bo’lib ko’rina boshlaydi. Yaqindagi narsaga ko’zni konvergenstiya qilib
qaralsa, uzoqroqdagi nuqtaning tasvirlari tegishli nuqtalarga xech biri tusholmaydi. Ular mos
bo’lmagan, ya’ni boshqacha aytganda
disparant
nuqtalarga (lotincha disparatus – bo’lingan,
yakkalangan so’zidan) tushadi, shu sababli tasvir ikkita bo’lib tuyuladi. Ikkita qalam to’rli
masofada ko’z oldida ushlanib, yaqin ushlanganiga qaralsa, uzoqroq ushlangani ikkita bo’lib
tuyuladi. Ayni vaqtda chap tasvirni chap ko’z, o’ng tasvirni o’ng ko’z idroq etadi. Bu xodisa
bir nomli disparastiya
deb ataladi. Uzoqdagi narsaga qaralsa, yaqindagi narsa «ikkita» bo’lib
tuyuladi. Bu xolda o’ng tasvir chap ko’z bilan idroq etiladi va aksincha. Bu xodisa
xar xil
nomli disparastiya
deb ataladi.
Masofani bilishda, binobarin, chuqurlik, relefni ko’rishda disparastiya katta rol o’ynaydi.
Bir nomli disparastiya bilan ko’riladigan xar qanday narsa to’g’risida odam o’zi ko’rib
to’rgan narsaga nisbatan uzoqroq narsa degan taassurot oladi. Aksincha, xar xil nomli
disparastiya ko’proq yakinroq degan taassurot beradi.
Relef chuqurligini bilish uchun konvergenstiya bilan bir vaqtda qisqaradigan muskul
tarangligining sezilishi xam axamiyatli, ammo masofani idroq qilishning asosiy sababi to’r
pardadagi tasvirlarning disparastiya yo’li bilan ajralib ketishidir.
Analitik qism:
«Ko’rish analizatorining fiziologiyasi»videofilmini namoyishi.
Ko’rish analizatori.
Logik masalalar.
1. Fazoda ko’r odamga orienterovka qilishda qaysi analizatorlar yordam beradi?
2. Ko’rish analizatorini ta’sirlaganda impulslar bosh miyani qaysi bo’limlariga boradi?
3. Ko’rish burchagi 1
0
dan kam bo’lganda odamning ko’zi nima uchun xar-xil, aloxida
nuqtalarni farq qilmaydi?
4. Binoqulyar ko’rishning axamiyati nimada?
5. Nima uchun to’r parda periferiyasida ko’rish o’tkirligi kamroq?
Vaziyat masalalar.
1. Odam qorong’i xonadan yorug’ xonaga chiqdi. Unda qorachiq kengligi qanday
o’zgaradi? Javobi: Yorug’likda qorachiq reflektor ravishda torayadi. Yorug’lik nurlari –
resteptorlar to’r pardaning tayoqcha va kolbachalari, afferent tolalar – ko’ruv nervi, refleks
markazi – Yakubovich yadrosi, postganglionar tolalar n. oculomotorius tarkibida boradi, bu
nerv qorachiqni toraytiruvchi mushakni innervastiya qiladi. Refleks maqsadi to’r pardani
kuchli ta’sirotdan ximoya qilish va adaptastion mexanizmdir. Klinik amaliyotda bu refleks
miya ustuni markazlarining ta’sirlanuvchanligining ko’rsatgichi bo’lib xizmat qiladi.
226
2. Qorong’i yulduzli kechada, osmonni tomosha qila turib, xar doim ko’rish markazimizda
kam miqdordagi yorug’ va yirik yulduzlarni ko’ramiz, periferiyada esa ko’p miqdordagi xar
xil kattalik va yorug’likdagi yulduzlarni kuzatamiz. Bu xodisani tushuntiring?
Javobi: To’r parda markazida joylashgan kolbachalar yorug’likga sezgirligi kam, ular faqat
katta yulduzlardan chiqadigan kuchli yorug’likga ta’sirlanadi. Tayoqchalar to’r pardaning
periferiyasida joylashib kuchsiz yorug’likga ham sezgir bo’ladi, shuning uchun to’r pardaning
periferiyasi turli kattalik va yorug’likdagi yulduzlarni ko’rishni ta’minlaydi.
3. Jismlar to’r pardaning sariq dog’iga proekstiyalansa, biz ularni aniq va ravshan ko’ra
boshlaymiz. Yon tomonlama ko’riladigan jismlar yoyiq ko’rinadi. Bu xodisaga izoh bering?
Javobi? Xar bir kolbacha aloxida bipolyar hujayra bilan kontaktda bo’ladi va po’stloqning
ensa qismida xar bir ko’lbachaning vakili bo’ladi. Shuning uchun ko’ruv markazida jismlar
aniq ko’rinadi. 80-100 ta tayoqcha faqat 1 ta bipolyar hujayra bilan kontaktda bo’ladi, shuning
uchun to’r parda periferiyasida jismlar noaniq, yoyilgan xolda ko’rinadi.
4. Talabaning ko’rish o’tkirligi normada. Bu qanday aniqlangan? Ko’rish o’tkirligi deb
nimaga aytiladi va u nimaga bog’liq?
Javobi: Tekshiriluvchi 5 m masofadan Sivstev jadvalida oxiridan 2 – chi qatorni o’qiy oldi.
Ko’z o’tkirligi deganda 2 ta maksimal yaqinlashtirilgan nuqtalarni ajratib ko’rish xususiyati
tushuniladi. Ko’ruv burchagi bunda 1min (60 sek.) ni tashkil qiladi. Bu xolda 1 ta
ta’sirlanmagan bilan ajratilgan nurlar turli kolbachalarda proekstiyalanadi.
5. Bir ko’z olmasini yon tomonga sun’iy siljitganda, atrofdagi jismlar ikkilanadi. Bu nima
bilan tushshuntiriladi?
Javobi: Bunda jismdan nurlar to’r pardaning disparant nuqtalarida proekstiyalanadi. Bunda
ta’sir po’stloq qismlariga tarqaladi, tasvirlarni ajralganligini ta’minlaydi, ikkala ko’zning to’r
pardasidan olingan tasvirlar po’stloqda qo’shilmaydi, jismlarni ikkilanishi kuzatiladi.
6. 55 yoshli kishi gazeta o’qimoqda, bunda u qo’llarini oldinga cho’zib, gazetani uzoqlashtirib
o’qimoqda. Nega yaqin masofadan o’qishni iloji yo’q. Bu xolat qanday nomlanadi?
Javobi: Akkomodastiyaning susayish jarayoni kuzatiladi, qarilikda uzoqdan ko’rish
presbiopiya deyiladi, 5 m va undan uzoqdagi masofada jismlarni yoshlikdagidek yaxshi
ko’radi, yaqindan esa yomon ko’radi.
Bunda gavxarning yosh o’tishi bilan zichlashishi, Stinn boylamlarining elastikligini va
kipriksimon mushaklarning qisqaruvchanligining kamayishi axamiyatlidir.
Amaliy qism.
Amaliy ishlar
1.
Ko’rish o’tkirligini aniqlash;
2.
Ko’rish maydonini aniqlash;
3.
Mariotta tajribasi;
4.
Binoqulyar ko’rish;
5.
“Boshqaruvchi ko’zni” aniqlashni;
6.
“Ko’rish fiziologiyasi” videofilmi namoyishi;
Uslubiy tavsiyanomalar.
Ko’rish analizatorining to’zilishini o’rganing. Ko’rish fiziologiyasining asosiy savollarini
muxoqama qiling. Xar qaysi ko’zning va binoqulyar ko’rishda o’tkirligini aniqlang. Ikkinchi
ishda tekshiriluvchi ko’rish maydonida jismni siljishini emas, rangni ko’rish kerakligiga
e’tiborini jalb eting. O’ng va chap ko’zning ko’rish maydonini chegarasini xar xil ranglar
uchun aniqlang va standart bilan solishtiring. Mariotta tajribasida ko’r dog’ni diametrini
quyidagi formuladan foydalanib aniqlang.
d = b/a * D d – ko’r dog’ning diametri (mm)
a – ko’zdan aylanagacha bo’lgan masofa (mm)
b ko’zning tugun nuqtasidan to’r pardasigacha bo’lgan masofa (taxminan – 15mm), D
aylananing diametri (mm) Nima uchun ko’r dog’ning to’r pardada bo’lishi ko’rishga xalaqit
bermaydi va sezilmaydi, buning sabablarini tushuntiring. Sariq dog’ning to’zilishini,
ahamiyatini va funkstiyalarini muxoqama qiling. Binoqulyar ko’rishning mexanizmlarini
o’rganing.
Amaliy ko’nikmalar:
1. Amaliy mashg’ulot mavzusi: Ko’rish analizatori
227
Do'stlaringiz bilan baham: |