Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

Pigment qavat.
Bu qavat bir qator epitelial hujayralardan tashqil topgan bo’lib, o’z ichida juda 
ko’p miqdorda hujayra ichi organellalarini ushlaydi. Melanosomalar, bu qavatga qora rang 
berib to’radi. Bu pigment ekranlovchi pigment ham deb yuritiladi, o’nga tushgan yorug’likni 
yutadi, bu holat yorug’lik sochilishining oldini oladi va shu tufayli narsalardan kelayotgan 
yorug’likning foquslanishi aniq bo’ladi. Bu pigment epitelial hujayralarning juda ko’plab 
o’simtalari bo’lib, bu o’simtalar kolbacha va tayoqchalarning tashqi qismlarini jips o’rab 
oladi. Pigment epitelial hujayralar bundan tashqari boshqa muhim vazifalarni ham bajaradi, 
shu jumladan, ko’ruv pigmentining resintezida, fagostitozda, kolbacha va tayoqcha 
qoldiqlarini hazm qilishda ishtiroq etadi. Boshqacha aytganda, ko’ruv hujayralarini doimiy 
tarzda yangilanib to’rishini ta’minlaydi. Yana shuni aytib o’tish kerakki, pigment epitelial 
hujayralar bilan fotoresteptorlar orasidagi aloqa juda kuchsiz bo’ladi.
Aynan shu joydan to’r pardaning ko’chishi ko’zni juda xavfli kasalligi ko’p hollarda uchraydi.
To’r pardaning ko’chishida ko’rishning yomonlashuvi faqat tasvir foquslanishining bo’zilishi 
bilan bog’liq bo’lib qolmay, balki resteptorlar degenerastiyaga ham uchraydi va 
resteptorlarda jiddiy metabolitik o’zgarishlar ro’y beradi. 
Fotoresteptorlar.
Pigment qavatning ichki yuzasiga fotoresteptorlar qavati tegib to’radi: 
bo’lar kolbachalar va tayoqchalar. Odamning har bir ko’zini to’r pardasida 6-7 mln. kolbacha 
va 110-123 mln. tayoqcha uchraydi. Ular to’r pardada bir tekisda tarqalmagan. To’r pardaning 
markaziy chuqurchasida (Fovea centralis) faqat kolbachalar bo’ladi (1 mm
2
da 140 
mingtagacha). To’r pardani periferiyasi tomon ularning soni kamayib, aksincha 
tayoqchalarning soni ortadi. To’r pardaning eng chekka qismlarida faqat tayoqchalar mavjud 
xolos. (Kolbachalar kundo’zdagi ko’rishni hamda ranglarni ajratishni ta’minlaydi). 
Kolbachalar yuqori yorug’likda faollik ko’rsatib, rang ko’rishni ta’minlaydi. Tayoqchalar 
g’ira-shira nurlarni qabo’l qilishga moslashgan resteptorlardir. Ularning faoliyati shikastlansa, 
odam g’ira-shirada mutloq ko’rmaydi, kundo’zi ko’rish qobiliyati esa to’la saqlanadi. Bu 
shabko’rlik A vitamini etishmovchiligidan rivojlanadi. Ranglar yorqin yorug’lik ostida 
markaziy chuqurchada yaxshi ajratiladi. U erda faqat kolbachalar bo’ladi. To’r pardaning 
periferiyasi tomon tayoqchalar soni ortib boradi va ular esa ranglarni yomon ajratadi.
Kolbachalar jaroxatlanganda yorug’likdan «qo’rqish» simptomi yuzaga keladi, bemorlar 
g’ira-shirada bemalol ko’ra olsada, yorug’likda ko’rish qobiliyati batamom yo’qoladi. Bunday 
holatlarda butunlay rang ajrata olmaslik-
axromaziya
kelib chiqishi mumkin. 
Fotoresteptor hujayraning to’zilishi.
Fotoresteptor hujayra –kolbacha va tayoqcha – yorug’lik 
ta’siriga sezuvchan tashqi segment, ko’ruv pigmenti, ichki sigment, qo’shuvchi oyoqcha, 
katta yadro va presinaptik oxiridan tashqil topgan. Kolbacha va tayoqcha o’zining tashqi 
segmenti bilan yorug’likka qarama-qarshi tomon pigment qavatga qaragan bo’ladi. Odamlar 
fotoresteptorlarining tashqi segmentida mingga yaqin fotoresteptor disklar bo’ladi. 
Tayoqchalarning tashqi segmenti, kolbachalarning tashqi segmentidan birmuncha o’zunroq va 


223 
pigmentga boy bo’ladi. Bunda yorug’likka nisbatan tayoqchalarning sezuvchanligi juda 
yuqori bo’lib, uning atigi bir kvant yorug’ligi ham ko’zg’ata oladi. Kolbachalarni qo’zg’atish 
uchun esa yuzlab kvant yorug’lik zarur bo’ladi. Fotoresteptor disk ikkita membranadan 
tashqil topib, qirralari bir-biri bilan birlashgan bo’ladi. Disk membranasi biologik 
membrananing o’zginasidir. 
Fotoresteptorning ichki segmenti tashqi segmenti bilan takomillashgan kiprikchalar 
yordamida birlashadi, ularda o’z navbatida to’qqiz juft mikrotrubkachalar bo’ladi. 
Fotoresteptorlar ichki segmentida yirik yadro va hujayraning butun metobolitik apparati, bu 
shuningdek fotoresteptorlarning energetik ehtiyojini qondiruvchi mitoxondriyalar ham 
mavjud. Ayni shu erda pigment molekulasi kiritmalari sintez qilinadi. Tashqi va ichki 
segmentlar chegarasida bir soat mobaynida 3 ta yangi disk hosil bo’ladi. Kyoyin ular asta-
sekin (2-3 xafta mobaynida) tashqi segmentni asosidan uchi tomon harakat qiladi. Natijada 
tashqi segment uchida joylashgan yuzlab eski disklar pigment qavat hujayralari tomonidan 
fagostitoz qilinadi. Kolbachalarning tashqi segmenti ham sekinroq kechsa ham yangilanib 
to’radi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish