9-mavzu. Dispers sistemalarning fizik-kimyosi.
Dispers sistemalar. Dispers sistemalarning zarrachalar o‘lchami, agregat holati hamda dispers faza va dispers muhitning ta’sirlanish darajasiga ko‘ra tasniflanishi. Kolloid eritmalar. Kolloid eritmalarning olinishi. Peptizatsiya. Kolloid zarrachalarning tuzilishi. So‘lakning mitsellyar tuzilishi. Qo‘sh elektr qavat hosil bo‘lish mexanizmi. Elektrkinetik potensialning paydo bo‘lishi. Elektrokinetik hodisalar. Elektroosmos va elektroforez.
Kolloid eritmalarni tozalash. Dializ va gemodializ. Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik va spetsifik xossalari. Koagullanish. Koagullanish bo‘sag‘asi. Kolloid eritmalarning barqarorligi. Kolloid himoya. YUqori molekulyar birikmalar kolloid eritmalar barqarorligini oshiruvchi himoyalovchi vositalar sifatida.
Dag‘al dispers sistemalar. Sirt faol va sirt nofaol moddalar. CHin eruvchi va kolloid eruvchi sirt faol moddalar. YUqori molekulyar birikmalar (YUMB) eritmalari yuqori dispers va kolloid sistemalar sifatida. YUMB eritmalarining xossalari. YUMB eritmalarining turg‘unligi. YUMB eritmalarining qovushqoqligi, YUMB ni, qonning reologik hususiyatlariga ta’siri.
2-semestr
10-mavzu. Organik kimyoga kirish. Organik birikmalarning sinflari va umumiy xossalari.
Organik birikmalar. Organik birikmalar tuzilish nazariyasi. Izomeriya. Stereoizomeriya. Organik moddalar molekulasida kimyoviy bog‘lar tabiati. Organik birikmalarning reaksion qobiliyati. Ta’sirlanish. Ta’sirlanish turlari. Aromatiklik. Aromatiklik mezonlari. Elektron samaralar. Elektronodonor va elektronoakseptor o‘rinbosarlar. Organik birikmalarning kislota-asosli xossalari. Brensted-Lourining kislotalari va asoslari. Lyuis kislotalari va asoslari. Organik birikmalarning oksidlanishi va qaytarilishi. Organik reaksiya turlari.
Uglevodorodlar. Uglevodorodlarning tuzilishi, tasnifi va nomenklaturasi. Alkanlar. Alkanlarning xossalari. O‘rin olish reaksiyalari. Alkanlarning ishlatilishi. Alkenlar va alkinlar. Alkenlar va alkinlarning xossalari. Birikish reaksiyalari. Sis-trans izomeriya. Aromatik birikmalar. Aromatik uglevodorod molekulasida o‘rin olish reaksiyalari.
Kislorod va boshqa geteroatom saqlovchi organik birikmalar. Spirtlar, tiollar, oddiy efirlar, aminlar, aldegidlar va ketonlarning tuzilishi, tasnifi va nomlanishi, kimyoviy va fizik xossalari. Aldegid va ketonlarning fizik xossalari. Aldegid va ketonlarning kimyoviy xossalari.
Karbon kislotalar va ularning hosilalari. Karbon kislotalar va ular hosilalarining tasnifi, tuzilishi, xossalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |