Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila,
mahalla va maktab hamkorligining pedagogik asoslari.
Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu- umid bilan yashaydi. Lekin bu bilan ish bitmaydi, u shu niyatiga yetishi uchun harakat qilishi, mehnat qilishi, yaxshilik ko‘rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning inson bo‘lib yetishuvida hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy – ma’naviyat rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori qo‘yiladi va mustahkamlanadi.
Yurtboshimiz aytganlaridek, xalqimiz qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatga osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.
Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.
Oilada farzand tarbiyasi u paydo bo‘lmasidan boshlamog‘i zarur. Ya’ni, homilador ayolning kayfiyati doimo ko‘tarinki asablari sokin, iste’mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo‘lmog‘i lozim. O’z vaqtida mehnat qilib, dam olib, sayr qilib, ovqatlanib tug‘ilajak bola taqdirini o‘ylash onaning vazifasidir. Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy muhit, ahillik, xushmuomililak, xursandchilik bolarining bexavotir, sog‘lom turmush garovidir. Bolani u tug‘ilmasdan tarbiyalamoq xususida xalq donishmandlariga amal qilmog‘i zarur. Bir kishi yangi tug‘ilgan chaqoloqnt donishmand oldiga olib keldi: “Taqsir, bolamdan qachondar tarbiya bera boshlay”, -debdi. “bolangizni dunyoga kelganiga necha kun bo‘ldi?”-debdi donishmand. “Ikki oy, taqsir”, -debdi ota. “Attang, siz ancha kech qolibsiz, tarbiyani oansining qornidaligidan boshlashingiz kerak edi”,-debdi donishmand.
Oilada farzand tarbiyasida oilaning har bir a’zosi, ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, uka, aka, amma, xola, tog‘a, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek mas’uldir. Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir tog‘a yetti ota o‘rnidi”, “Mahallang ota-onang” kabi maqollar bejiz aytilmagan. Shuning uchun bola tarbiyasida barchaning talabi, munosabati bir xil bo‘lmog‘i zarur.
Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topgan. Farzandlar oila bag‘rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo‘lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tog‘day tayanchidir.
Mahalla-tarbiya o‘chog‘idir. Mahallada o‘sayotgan har bir yigit-qizning ahloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. Shuning uchun ham “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlarning har bir hatti-harakati barchaning deqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulqi-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqul farzand mahalla uchun qora dog‘dir.
Inson bolasi o‘zi tug‘ilib o‘sgan oilasida ilk bor ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Uning ijtimoiylashuvi avvalo o‘z oilasidagi shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshadi. U bilan dastlabki ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi odamlar: uning ota-onasi, aka-opasi va oilasidagi boshqa aozolardir. Bolaning kelajakda shaxs sifatida shakllanib, yetuk inson bo‘lib yetishuvida, hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida uning qanday oilada tarbiyalanganligi, oilada qanday psixologik iqlim hukm surganligi, o‘z ota-onasi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarining qanday tarzda kechganligi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham insoniyat madaniyati tarixining ilk davrlaridanoq shaxslararo munosabatlarning aynan shu turiga, yaoni oiladagi shaxslararo munosabatlarga, ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabatlariga, oilada bolalarning o‘zaro munosabatlariga alohida eotibor berib kelingan. Bu mavzuning uzoq o‘tmishga ega ekanligini biz deyarli barcha millatlar xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, xalqimizning ming yillik tarixga ega bo‘lgan buyuk dostoni «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», shuningdek, Sharq mamlakatlari xalqlari uchun katta maonaviy manba bo‘lmish hind xalq dostonlari «Maxob’orat», «Ramayana» kabilarda mazkur munosabatlar tizimi yorqin tasvirlangan. Ular ming yillar davomida xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari tarzida avloddan-avlodga uzatilib, kelajak avlodlar maonaviy dunyosi, ruhiy olami, milliy qadriyatlarining shakllanishida munosib o‘rin egallab kelmoqda.
Xalqimizning shunday maonaviy meroslaridan biri bo‘lmish «Shirin bilan Shakar» dostonida ham oila, oilada bola tarbiyasi, bunda ota-ona maosuliyati va burchi, farzandga nisbatan halollik va muhabbat, farzandning ota-onaga hurmati, ota-ona qadrini yuqori tutishi kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan. Doston qahramonlari aka-uka Shirin bilan Shakar obrazi orqali farzandlarning ota-onaga muhabbati, aka-ukaning bir-biriga qon-qarindoshlik munosabati tasvirlangan. Shuningdek, dostonda oilaviy bir janjal asosida ota-bola mojarosi maydonga chiqadi. Shoh Qosimxon xotini Kenjaoyning tuhmatiga ishonib, Shirin bilan Shakarni o‘limga hukm qiladi. Otasidan jabr ko‘rgan Shirin va Shakar undan yuz o‘giradilar. Biroq ular onalarini sadoqat bilan sevadilar, uning farzandlari uchun chekayotgan iztiroblari, ko‘z yoshlariga achinadilar, ona diydorini qo‘msaydilar. Doston xotimasi sharqona anoana va tarbiya qoidalari bilan yakunlanadi. Begunoh farzandlarini hech o‘ylamay-netmay o‘limga hukm qilgan ota jazoga loyiq, albatta. Biroq qadimiy sharqona tarbiya meozonlari bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Chunki bu mezonlar mazmunida imon-eotiqod, hurmat, muruvvat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, odamlarni kechirimli bo‘lishga undaydi. Bunday sharqona tarbiya talablariga ko‘ra, ota-piri buzrukvor, qiblagoh, duogo‘y, mo‘otabar zot hisoblanadi. Farzand otaga e’tiqodli, muruvvatli, samimiy itoatgo‘y bo‘lishi lozim. Otaning duoibadi, qarg‘ishi yomon. Bunga «Ota rozi – xudo rozi» qabilidagi maqollarning ko‘plab tilga olinishi ham misol bo‘ladi.
Xalq og‘zaki ijodiyotiga oid deyarli barcha asarlarda ota-onani hurmat qilish, odob bilan ularning xizmatlarini bajarish farzandning vazifasi ekanligi uqtiriladi. Masalan, rivoyatlarning birida, ota-onalarning farzandlariga insonlarni ranjituvchi so‘zlar aytishdan, yomon ishlardan saqlanish lozimligi taokidlangan holda farzandlarning ota-onaga qanday xizmat qilishi kerakligini quyidagi tarzda bayon etiladi: «Bir kishi kechasi uyqudan uyg‘onib o‘g‘lidan «suv ber» deb so‘radi. O’g‘li suv keltirguncha, otasi yana uxlab qolgan edi. O’g‘li «otam balki yana suv so‘rar», deb uxlamasdan otasinig uyg‘onishini kutib tong otguncha o‘tirdi». Bu kabi rivoyatlarning deyarli barchasida farzand o‘z ota-onasini hurmat qilishga, uning olqishlarini olishga daovat etiladi. Insoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalangan farzand ota-onasi qilgan nasihatlariga amal qilgan, ota-onasi hurmatini joyiga qo‘ygan.
Ota-onaning farzandlariga va farzandlarning ota-onasiga mehr-oqibatli bo‘lishlari, ularning ota-onalik va farzandlik burchi, masouliyatini his qilish masalalari xalqimiz milliy qadriyatlarining shakllanishida muhim maonaviy manba bo‘lib xizmat qilganligi shubhasiz. Shariat qonunlarida, islom taolimotida, Qurooni Karim va Hadisi shariflarda oilaviy munosabat qoidalari asosiy o‘rin egallaydi. Zotan, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi, tarbiyalovchi, hamfikr, do‘st, hayotda yo‘lboshlovchi, oilaning moddiy va maonaviy taominotchisi tarzida ulug‘lanadi. Shuning uchun ham Quroon taolimotiga ko‘ra oilada ota-ona eng muqaddas zot.
Quroonda: «Parvardigoringiz, yolg‘iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin, deb (haqlariga duo qil!)» (Isro surasi, 22-24-oyatlar), deya takidlaydi. Bu oyat mazmuniga ko‘ra: Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni bevosita o‘ziga ibodat qilish bilan teng qo‘ygan, ota-onalar keksayib, zaiflashib qolgan hollarda ularga qanday muomala qilish kerakligini uqtiruvchi quyidagi jihatlarga urg‘u berilgan:
Hech qachon ularga «uf» demaslik.
Beadablik bilan so‘zini qaytarmaslik.
Ularga ehtirom bilan xushmuomalada bo‘lish, yaxshi gapirish.
Ota-ona oldida mehribonlik bilan hokisor bo‘lish.
5. Minnatdorchilik yuzasidan Allohdan ularga rahmu-shafqat so‘rash.
Oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlar hamda qon-qarindoshlik aloqalari kabi masalalar nafaqat diniy, balki boshqa ijtimoiy munosabatlar doirasida ham muhim o‘rin tutgan. Shuningdek, hadislarda oila va oila aozolari, ota va ona, ota-ona va farzandlar, oilaning boshqa aozolari, ayollar va erkaklar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi amaliy muomala tizimi imon talablari asosida bayon etiladi. Hadislarda ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, eozoz, moddiy va maonaviy yordam, ularning amriga bo‘ysunish, ota-ona dunyodan ko‘z yumgach, ularning qarindosh-urug‘lari, do‘stu-birodarlari bilan munosabatlarining iltifotini davom ettirish, vasiyatlariga amal qilish yoshlar ongiga singdirilib kelingan. So‘nggi yillarda bu borada ko‘plab asarlar chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga, yoshlar e’tiboriga havola etilmoqda.
Xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari va diniy manbalarda oilaning muqaddas ekanligi, ota-onaning farzandlari oldidagi, bola va farzandning o‘z ota-onasi oldidagi burchlari kabi masalalar hamda bolalar (qiz va o‘g‘il bolalar) tarbiyasida shariat ko‘rsatmalarining aks etishi ming yillar davomida oila instituti shakllanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.
Sharqning buyuk allomalari bo‘lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abulqosim Firdavsiy, Amir Temur, Sa’di Sheroziy, Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko‘plab mutafakkirlarimiz bu borada o‘zlarining tegishli fikr-mulohazalarini kelajak avlodga meros qilib qoldirgan. Ularning bu mavzuga oid ilmiy merosi bugungi kunda ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, oilada bolalarning shaxslararo munosabatlariga oid qarashlari ta’sirchan obrazlarda ifodalangan hamda ular xalq ruhiyatiga, milliy psixologiyasiga chuqur singib ketgan.
Sharq mutafakkirlari ta’limotlarini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan yagona asos shuki, ular o‘z asarlarida shaxs tarbiyasi va shakllanishida oilaning o‘rniga, ota-ona hamda yaqin kishilarning yetakchi va tarbiyaviy funktsiyasiga alohida e’tibor berganlar. Odamlarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar (halollik, poklik, mardlik, mehribonlik va h.) avvalo oilada tashkil topadi, rivojlanadi va avloddan-avlodga uzatiladi. Umuman, oilaning va oiladagi o‘zaro munosabatlarning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri masalasiga oid qimmatli fikrlar hamda bu boradagi amaliy ko‘rsatmalar Sharq mutafakkirlarining falsafiy-etnik va ijtimoiy psixologik qarashlarida o‘zining munosib aksini topgan.
Abu Nasr Forobiy (870-950) va Abu Rayhon Beruniy (973-1048) larning oilaviy munosabatlar yuzasidan qarashlari alohida e’tiborga loyiq.
Forobiyning inson kamoloti, baxti, ta’lim va tarbiyasi, axloqi va dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan iborat o‘git bo‘lsa, Beruniyning "Mineralogiya", "Hindiston", "O’tgan avlodlar obidalari" kabi asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki kabilarga ta’rif beriladi. Masalan, Beruniy o‘zining "Mineralogiya" asarida bo‘lajak ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyati haqida, onaning homiladorlik paytidan homilasiga e’tiborni kuchaytirish, unga yumshoq munosabatda bo‘lish va shu paytdan e’tiboran uni tarbiyalab borishni uqtirib o‘tadi. Bolani tarbiyalashda ota-ona bir xil talab va maqsad qo‘ymog‘i lozimligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, Beruniy bola tabiat in’om etadigan chiroyga ega bo‘lishi va sog‘lom, baquvvat tug‘ilishi uchun ona qornidayoq zamin tayyorlanishi lozimligi haqida to‘xtalib o‘tadi. Bola qiyofasi, yaoni uning tashqi tuzilishi go‘zal bo‘lishi uchun onani e’zozlab, ranjitmay parvarish qilish zarurligi, bolaning ichki maonaviy go‘zalligiga esa u tug‘ilgandan so‘ng tarbiya orqali erishilishi hamda unda xulq-odobni tarbiyalash uchun zarur muhit va tegishli sharoit yaratish lozimligini aytadi. Beruniy: «Bola xulqini mo‘‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak, bunga esa bolani qattiq g‘azablanish, qo‘rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi», - degan fikrni bildiradi. Bolalarning yoqtirgan narsasini topib berishga va sevmagan narsasini ko‘zidan uzoqlashtirishga doimo tayyor bo‘lib turish kerak. Bu ishning ikki tomonlama foydasini, bir tomondan – bolaning ruhiyatiga foyda qilishi va bora-bora unga xushxulqlik odat bo‘lib qolishini ko‘rsatadi. Aks holda yomon xulq turli mijoz buzilishini keltirib chiqarishini aytib o‘tadi. Masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli ozdiradi, xafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo‘shashtirib mijozni balhamlikka moyil qiladi. Ikkinchidan, xulqning mo‘‘tadilligi natijasida ham nafas, ham badan sog‘lom bo‘ladi. Demak, xulq mo‘‘tadilligi bilan odob-axloq tarbiyasini amalga oshirish va bolalarda yaxshi xulqni tarbiyalash mumkinligi, bu bilan ularda mehr-muhabbat hislari ham shakllanib borishini ta’kidlab o‘tadi. Shu bilan birga oilada ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatining shakllanishi uchun ham ota-ona o‘z xulq-atvori bilan bolalariga namuna bo‘lib, ularning bir-birini hurmat qilishini, bir-birining eng yaqin yordamchilari bo‘lib, farzandlari oldida obro‘ qozonishi kerakligini ta’kidlaydi. Beruniy qarindosh-urug‘chilik munosabatlari to‘g‘risida shunday deb yozadi: "Inson jamiyatda o‘z qarindosh-urug‘lari bilan birgalikda yashashga majburdir, bundan maqsad bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o‘zini, ham boshqalarini ta’minlash uchun zarur ishlarni bajarishdir.
Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o‘zining diqqatga sazovor qarashlari bilan farqlanib turuvchi Sharq mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). Ibn Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda qurilgan bo‘lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyillarning qo‘llanishini yoqlab chiqib, ota-onalar bolani qattiq tana jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrati orqali tarbiyalashi samaraliroq ekanligini uqtiradi.
Ibn Sino "Qonun-fit-Tibb" asarida yosh bolalarni tug‘ilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Bola tug‘ilganidan boshlab oyoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu – o‘z vaqtida ovqatlantirish, cho‘miltirish, yo‘rgaklash kabilardan iborat. Bularni ham ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar – asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo‘lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini turli sharoitda ma’lum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga maslahatlar beradi.
Shuningdek, bu asarda otalarning ham burch va vazifalari belgilab beriladi. Bola balohatga yetguncha ota o‘z vazifasini bajarib borishi kerak. Avvalambor, otaning majburiy vazifalaridan biri o‘z farzandiga yaxshi nom berishdir. Bolani emizish davri tugab, mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishuvi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada o‘rni bilan bolani maqtash, jazolash ham kerakligini ko‘rsatib o‘tadi.
Ibn Sino o‘zaro munosabatlarda axloqiy tarbiyaning roli katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Unga ko‘ra bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan uning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishdir. Nasihat qilishda suhbatdoshiga nihoyatda hurmat bilan yondashish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik zarur. Bir xil nasihatlarni qaytara berishlik uning ta’sir kuchini yo‘qotadi. Ibn Sino shunday yozadi: "Sening fikrlaring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir.
Shuningdek, Ibn Sinoning "Donishnoma", "Risolai ishq", "Uy xo‘jaligi" kabi qator asarlarida ham ota-ona va farzandlar munosabatlari psixologiyasi va tabobat masalalariga oid qimmatli mulohazalar keltirib o‘tilgan. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, avvalambor, oila a’zolari oldiga qator talablarni qo‘yadi. "Ota-ona, - deb yozadi u,- ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. Agar ular tajribasiz bo‘lsa, o‘z oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Yomon tarbiya ko‘rgan bola nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahalla-ko‘yga ham yomon zarar keltirishi mumkin". Shu sababli ham u oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan qatoiy nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi. Ota-ona davlat boshlig‘imi, yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Ibn Sinoning ushbu fikrlari o‘sha davrda qanchalik ilg‘or va dolzarb bo‘lsa, bugungi kunimizda ham u o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
"Ibn Sino va tadbiri manzil" deb nomlangan asarning "Siyosati mard dar borai farzand-ash", ya’ni "Otaning bola tarbiyasiga munosabati" bo‘limida mutafakkirning ota-ona vazifalarini batafsil yoritganligi bayon etiladi. Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona yollagan shaxs "nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim".
XI asrning buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib o‘zining "Qutadu bilig" – "Saodatga boshlovchi bilim" – kitobida o‘zining oila va oilaviy munosabatlarga oid qarashlarini bayon etadi. Uning fikricha, farzand ko‘rish va unga tarbiya berish har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning maonosi yo‘q. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta masouliyat yuklaydi, uning uddasidan chiqmoq, har bir ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham oilaviy tarbiyani Yusuf Xos Hojib bola axloqiy taraqqiyotining asosi, deb hisoblagan: "Agar bolaning xulqi yomon bo‘lsa, bunda bolaning aybi yo‘q, hamma ayb – otasida". Shuning uchun ham ota-ona, ayniqsa, ota bunga katta etibor bermog‘i lozim.
Kaykovus Unsurulmaoniy (1021 y.) O’rta Osiyo va umuman, Sharq donishmandligiga munosib hissa qo‘shgan olimdir. U "Qobusnoma"ni yozib, unda o‘zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalariga oid fikr-mulohazalarini bayon etgan. Kitobdagi asosiy g‘oya – yoshlarni ota-onani hurmat qilishga, e’zozlashga chaqirishdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning "Ota-ona haqqini bilmoq zikrida" nomli bobda bayon etilgan. Olim va alloma Kaykovus ota-ona o‘z farzandi uchun hatto "o‘limga ham tayyor" ekanligini takidlab, o‘z navbatida, ularni aslo ranjitmasliklari, aksincha, shirinsuxanlik bilan munosabatda bo‘lish lozimligini uqtirib: "Har bir farzandki, oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay", - deydi hamda bu fazilat aqlli va dono farzandga xos narsa ekanligini qayd etadi. "Qobusnoma"da bola dunyoga kelgandan keyin birinchi vazifa unga eng yaxshi nom qo‘yish deb ko‘rsatiladi. Bola o‘qish yoshiga yetgach maktabga beriladi.
Shuningdek, "Qobusnoma"da ota-onalarning boshqa burch va vazifalari ham belgilab berilgan. "Agar sen, - deydi Kaykovus, - o‘g‘lingni tarbiyalamasang zamon, sharoit tarbiyalaydi." Bu yerda Kaykovus kimni ota-onasi tarbiyalamasa, uni kechalar, kunlar tarbiyalaydi, degan hikmatli so‘zni keltiradi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga bilim, ta’lim-tarbiya va hunarni meros etib qoldirishi kerak, chunki tarbiyadan ko‘ra yaxshiroq meros yo‘qdir. "Nima eksang shuni o‘rasan"- degan o‘zbek va tojik xalqlarida keng tarqalgan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasining qo‘yilishi ana shu muhim maqol asosida qaralsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlaydi.
"Qobusnoma"da ilgari surilgan fikrlar mashhur hind masali "Kalila va Dimna", Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", Ahmad Yugnakiyning "Xibatul xaqoyiq", Alisher Navoiyning "Mahbub-ul-qulub", "Vaqfiya"si kabi asarlar qatorida hozirgi kunda ham ota-onalar uchun, ayniqsa, o‘smir va o‘spirinlik yoshidagi yigitlarni tarbiyalashda muhim qo‘llanma vazifasini o‘tay oladi.
XIII asrda Eronda yashab ijod etgan Shayx Saodi Sheroziy o‘zining "Guliston" va "Bo‘ston" asarlarida bola tarbiyasi, ota-ona va farzandlarning o‘zaro munosabatlari masalalariga alohida ahamiyat qaratgan. "Bola mevadir, umrning lazzati" – deydi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga kichik yoshdan boshlab ta’lim-tarbiya berishi va ilm-hunar o‘rgatishi zarur.
"Kimda kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta bo‘lgach, baxtli bo‘la olmaydi. Ho‘l novdani istagancha bukish mumkin, quruq novdani esa faqat olov bilan to‘g‘rilash mumkin" – deb ta’kidlaydi u. Bu bilan Sa’di bolalar kichik yoshidagina tarbiya ta’siriga beriluvchan bo‘lishlarini, shuning uchun ularni kichiklikdan boshlab tarbiyalash kerakligini katta bo‘lgach, tarbiyalash g‘oyat qiyin bo‘lishligini qayd etadi.
Alisher Navoiyning (1441-1501) asarlari bu mavzuga oid fikrlarga boydir.
Har bir oila farzand ko‘rmog‘i va uni tarbiyalab voyaga yetkazmog‘i kerak. Farzand ota-onaning o‘rinbosari. Farzand ko‘rmoq, uni tarbiyalab o‘stirmoq har bir ota va onaning burchidir. Shuningdek, inson uchun kelajak avlodni yaratishdan, uni tarbiyalab yetuk inson qilib yetishtirishdan ko‘ra xayrli va lazzatli narsa yo‘qdir. Uningcha farzand "mehri anvor" (yorug‘ quyosh)dir. Uyni yorug‘lantirgan va obod qilgan bolani Navoiy – "chu farzand erur jonga payvand erur" – deydi. Shuning uchun farzand ko‘rgan har bir kishi uni sevishi kerak.
Navoiy bolaning rivojlanishida unga beriladigan to‘g‘ri tarbiyaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Tarbiya bilan bolaning kelajakda foydali va mukammal kishi bo‘lib yetishishiga ishonadi.
Navoiy ota-onalarni ulug‘lab, ayniqsa, onalarni muqaddas inson sifatida quyidagicha ta’riflaydi:
Onalarning oyog‘i ostidadur
Ravzai jannatu jinon bog‘i
Ravza bog‘in visolin istar esang,
Bo‘l onangning oyog‘in tufrog‘i.
Ulug‘ shoirning "Saddi Iskandariy" dostonidagi shox Iskandar onasi bosib o‘tgan ostonaning tuprog‘i bo‘lmaganidan afsuslanadi. Joni ajal iskanjasida zo‘rg‘a qalqib turganda o‘kinchlarini ifodalab onasiga yo‘llagan maktubida shunday deydi: "...Esimni tanigan, aql miyamga borgan kundan boshlab senga o‘g‘illik qilsam, ya’ni senga xuddi quldek xizmat qilsam bo‘lar ekan, aslida sening oyog‘ing tuprog‘iga aylansamu, uning otini men shoxlik deb bilsam bo‘lur ekan...".
Navoiyning oilaviy baxt, sevgi va er-xotin munosabati, ota-ona va farzandlarlik munosabatlarida zarur bo‘lgan fazilatlar borasidagi fikrlari juda katta pedagogik va psixologik ahamiyatga ega. Shoirning turmush etikasi va psixologiyasi bo‘yicha o‘z fikrlarini qator asarlarida yozib qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1539) asarlari etnopsixologiya va oilaviy munosabatlar psixologiyasi ta’limotlarini rivojlantirdi. "Boburnoma"da keltirgan tarixiy voqealarning manzarasi, tarixiy shaxslarning portreti va xarakteri, tabiat lavhalarini chizib berish bilan birga shoh va amir-amaldorlar turmushidagi ota va farzandlarning, aka va ukalarning o‘zaro munosabatlarini ro‘yi-rost ifodalaydi. Masalan, ota va o‘g‘illarning, aka va ukalarning saltanat, toju-taxt uchun talashishlarini Sulton Husayn Boyqaroning o‘z o‘g‘li Badiuzzamon bilan urushi; Abdullatif Mirzoning otasi Ulug‘bek Mirzoni shahid qilishi va boshqa bir qancha misollarda ko‘rish mumkin. Bularning barchasi bu tarixiy manbadan tanqidiy foydalanish zarurligini taqozo etadi. Bobur Ulug‘bekni buyuk donishmand sifatida ta’riflab, uning padarkush o‘g‘li Abdullatifni la’natlaydi va "... bu besh kunlik o‘tar dunyo uchun andoq donishmand va qari otasini shahid qildi. Bu padarkush podsholikka munosib emas, agar podsho bo‘lib qolsa ham, 5-6 oydan nariga o‘tmaydi", – deydi.
Boburning farzandlariga otalik mehri va muhabbati haqidagi ma’lumotlar uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma"sida batafsil bayon etilgan. Unda Boburning mehribon va hamxo‘r padar ekanligi, farzandlarining har birini jonidan ham aziz ko‘rishi; ayniqsa o‘g‘li Humoyun betob bo‘lib qolganida, Bobur "...Xudoyo, agar jon o‘rniga jon berish mumkin bo‘lsa, menki Boburman, umri-jonimni Humoyunga bag‘ishlayman", – deb nola qilganligi, o‘zi o‘lim to‘shagida yotganida esa, lahza o‘tmay o‘g‘li Hindolni so‘rab, uning kelishiga intizor bo‘lganligi to‘g‘risida gapiriladi. Bobur o‘g‘illarini hamjihat bo‘lishga, bir-biriga mehribon va sadoqatli bo‘lishga undaydi.
XVI-XVIII asrlarda yashab ijod qilgan Sharq mutafakkirlarining ijodini ilmiy tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular fan taraqqiyotiga, jumladan, ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib, axloq-odob, oila masalalari bo‘yicha qator ilg‘or fikrlarni bayon etganlar. Ularning barchasida o‘ziga xos milliylik, sharqona dunyoqarash ko‘zga tashlanadi, ularda oilaviy munosabatlar borasidagi uyg‘unlik targ‘ib qilingan.
Fan va ilmu-ma’rifat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan olimlar va ma’rifatparvarlar – Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat va Abdulla Avloniy kabilar ham o‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ma’naviy merosga asoslangan holda oilaviy munosabatlar psixologiyasiga oid qator asarlar yaratdilar. Ularning asarlarida ham xalq hayoti, turmush tarzi, oilaviy hayot, ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabati masalalariga alohida ahamiyat berilgan.
O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan maorifatparvar Ahmad Donish (1827-1897) "Navodirul-vaqoe", "Risola yo muxtasare va tarixi saltanati xonadoni manitiya", "Muntaqabul-ahkom" kabi asarlarida oila va oilaviy munosabatlar to‘g‘risida falsafiy – axloqiy va ma’rifiy qarashlarini ifoda etadi.
Ahmad Donish ota-onalar huquqini belgilash haqida gapirar ekan, ular bilan bolalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar haqida to‘xtalib, o‘z huquqlarini suiste’mol qiladiganlarning chegarasiz huquqqa ega ekanligini aytib, ularning huquqlarini chegaralashni taklif etadi. Uning fikricha, shunday qilgan taqdirdagina ular hurmatga sazovor bo‘ladilar va agarda bolalarini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira olmasalar, bolalar ularning topshiriqlarini bajarmaslikka haqlidirlar. Shuningdek, Ahmad Donish barcha oilaviy kelishmovchiliklarni ota-ona huquqi bilan bolalar huquqining chegarasi aniq bo‘lmaganligidan, bolalarning o‘z ota-onasiga qachon va qanday vaqtda, qanday masalada itoat qilishi kerakligi, oilada ichki hayot qoidalari to‘g‘ri belgilanmasligidan kelib chiqadi, - degan fikrni bildiradi.
Yuqorida keltirilgan barcha mutafakkirlar singari Mahmudxo‘ja Behbudiyni ham ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oilada bola tarbiyasi, ta’lim-tarbiya sohasida ota-onaning roli kabi muammolar qiziqtirib kelgan. Behbudiy yashayotgan davrdagi oilaviy muhit va ota-o‘g‘il munosabatlari "Padarkush" asarining yaratilishiga asos bo‘ldi. Asardagi voqea Boy bilan uning o‘g‘li Toshmurod (ota-bola) o‘rtasidagi oddiy bir muomaladan boshlanadi. Asarda boy o‘zi savodsiz bo‘la turib, o‘g‘li Toshmurodni ham o‘qitmaganligi, uning tarbiyasiga befarqligi, natijada bola odobsiz, maqtanchoq, o‘jar, mol-dunyoga o‘ch bo‘lib voyaga yetayotganligi tasvirlanadi. Asarning ichiga chuqurroq kira borgan sari bolaning otaga, otaning bolaga o‘zaro juda mos, bir-biriga juda munosib, bir olmaning ikki pallasiday o‘xshash ekanini idrok etamiz. Asar Toshmurodning ichkilikbozlikka va maishiy buzuqchilikka berilib ketishi, Boyning o‘z o‘g‘li qo‘lida o‘ldirilishi bilan yakunlanadi. Behbudiy asardagi bu voqeani tasvirlash bilan bola shaxsining shakllanishida asosan oila, ota-ona mas’ul ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
Yuqoridagi tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, musulmon olami, Sharq mutafakkirlari orasida oila muammolari bilan qiziqqan va shu xususda o‘zlarining qimmatli fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko‘p bo‘lgan. Biz ularning ayrimlariga to‘xtaldik, xolos. Ular Sharqning boy madaniyati, ma’naviy qadriyatlari borligidan, har bir millatda insonning ruhiy qiyofasi takrorlanmasligidan darak beradi. Bu fikrlar va qarashlarni zamon talablari asosida o‘rganib chiqish katta psixologik va pedagogik ahamiyatga egadir.
Abdurauf Fitrat aytganidek: - “Bolalarni bolalarni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun uning tarbiyasiga oilagina javobgar bo‘lmasdan, butun jamiyat a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har tomonlama yetuk inson bo‘lib tarbiyalansa, jamiyatning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ladi”. (1;179).
Yoshlarni tarbiyalapsh ishlab chiqarish va o‘quv jamoalaridagi tarbiyachilar, bolalarning turar joylardagi mikrorayonlar, mahallalar oiladagi ota-onalar ommaviy axborot vositalari adabiyot, sanat va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi.
Har bir yosh avlodning ma’naviy yetuk, komil shaxs bo‘lib voyaga yetishiga musaoffo hova bilan birgalikda mahalla va oila muhiti juda katta rul o‘ynaydi.
Buyuk Yunon olimi Demokritdan bir kishi kelib so‘raydi?
Hozirgi yoshlar to‘g‘risida nima deya olasiz?
Hozirgi yoshlar o‘z bilganlaridan qolmaydilar, ularda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat yo‘qolgan, mahmadona va o‘z boshimcha bo‘lib ketishgan. Buning oldini olish uchun oiladagi va mahalladagi tarbiyani kuchaytirish kerak, -deb javob beribdi buyuk mutaffakkir.
Shunday qilib, inson taraqqiyotining oila, mahalla va jamoatchilikning birlikdagi faoliyati inson kamolotiga ta’sir etadigan omillarni tahlil etib inson kamolotida katta o‘rin beriladi.
Tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan, olib boriladigan maqsad aniq bo‘lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoydil harakat qilsa ko‘tilgan natijaga erishiladi.
Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala ko‘pmillatli vatanimizda tug‘ilib o‘sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun bunday ezgu murod maqsaddir. Bu nuqtada milliy va umuminsoniy qadriyatlar, boy ma’naviy merosimizning eng yaxshi an’analari ham shakllanib kelayotgan udumlar birlashadi, tarbiyaning qudratli omillagiga aylanadi (1;).
O’zora hamkorlik ishlarini tashkil etishda joylarda o‘z tarkibiga mahallalar faollari, obro‘li ota-onalardan, o‘quv tarbiya muassasalarning tajribali xodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilotlarning xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashlari o‘z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chiqib, o‘z tarkibida turli yo‘nalishlardan faoliyat ko‘rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlarni tuzish mumkin. Jamoatchilik kengashi ma’lum bir muddatga muljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla yig‘inida tasdiqlab olib, amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Qayt etilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, biron bir mavzuga yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, anjumanlardan, mahalla ahlinin birlashtiruvchi, ularni sog‘lom turmush tarziga yetaklovchi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag‘ashlangan anjuman va tantanalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi, jismoniy tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro‘li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, “yosh onalar va otalar maktablari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Farzandning maktabgacha bo‘lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga gimnastika qilish, o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harf tanish, qo‘shiq aytish va raqs tushishi, turli o‘yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdiri va mustaqil ravishda bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, “Yakshanbalik maktablar” ishini tashkil qilish zarurdir.
Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davridagi bolalarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidorini, qiziqishini va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o‘z hatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, do‘stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo‘lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo‘naltirish, o‘smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o‘z o‘rnini topa olishiga ko‘maklashish, o‘z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo‘yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqorolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to‘la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlashdan iboratdir.
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirishda pedagogik ta’sir uslublari bilan bog‘liq mahoratlar.
Ular:
ish jarayonida musobaqa, talab, rag‘batlantirish, jazo, ishontirish usullaridan foydalanish;
bolalar bilan yakka holda jismoniy tarbiya ishlarini olib borish;
bolalar uchun namuna bo‘lish, so‘z va ish birligi, javobgarlik, puxtalik va boshqalar.
Amaliy mahoratlar:
mahalla burchaklari, ko‘rgazmalarni tayyorlash va tashkil qila olish;
gazetalarni tayyorlash va tashkil qila bilish, o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |