Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, O‘rta Osiyo tuprog‘idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi



Download 330,74 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi330,74 Kb.
#838548
Bog'liq
Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, O‘rta O-fayllar.org


Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, O‘rta Osiyo tuprog‘idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi

Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, O‘rta Osiyo tuprog‘idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o‘tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo‘q desa ham bo‘ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino ko‘p qirrali ilm sohibi bo‘lgan buyuk siymodir. Tibbiyot olamida Ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi.


Ibn Sinoning otasi Abdulloh katta boy bo‘lib, o‘sha davrda podshohga soliq teradigan vazirlardan bo‘lgan. Somoniylar davrida Afshona katta shaharlar sirasiga kirgan va shahar ichida qal'a ham bo‘lgan. Soliq yigish uchun uning otasi Abdulloh Buxoroga kelgan.
Tabobat ilmining sultoni bo‘lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tugilgan, 5 yoshgacha Ibn Sino Afshona qishlog‘ida yashagan. Keyin Ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko‘chib kelgan.
Ibn Sinoning to‘liq nomi Abu Ali – Al Xusein Ibn Abdullo ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino 13 ta so‘z 47 ta xarfdan iborat. Yevropada ibn Sino Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan. 10 yoshida Kur'on, til adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi fanlarni to‘liq o‘zlashtiradi.
Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. O‘sha kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal bo‘lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Buxoroda o‘sib-ulg‘aygan yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borgan edi, uni amirning davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu kutubxona o‘sha vaqtda butun O‘rta va YAqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi.
Kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o‘z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o‘z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan Abu Rayxon Beruniy (973 – 1048) bilan ilmiy munozaralar o‘tkazadi. 999 yillarda Koraxoniylar Buxoroni zabt etadilar, Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. Bu esa Ibn Sinoning Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirish uchun imkoniyat bo‘lmaydi, buning ustiga 1002 yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etadi. Oqibatda buyuk alloma o‘z tug‘ilib o‘sgan yurti Buxoroni tark etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi.
Xorazm O‘rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo‘lib, u yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. G‘aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998 – 1030 y) Xorazm yerlarini o‘z davlatiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo‘lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010 – 1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xurosan tomon yo‘l oladi va Kaspiy dengizining sharqiy-janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda u Abu Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu yigit Ibn Sinoga eng yaqin va sodiq shogirdi bo‘lib qoladi.
Ko‘p o‘tmay Ibn Sino Gurgonda o‘zining ilmiy ishlarini va tabiblik faoliyatini davom ettira boshlaydi. U 17 yoshida tabobatga oid mashhur asari «Kitob al-qonun fit-tib» («Tib qonunlari») ning birinchi kitobini yozishga kirishadi.
1014 yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Kazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va Buvayxiylar hukmdori Shams ad-davla (997 – 1021) xizmatiga kiradi. Oldin saroy tabibi bo‘lib ishlaydi, so‘ngra vazirlik mansabigacha ko‘tariladi. Davlat ishlari bilan band bo‘lishiga qaramay, ilmiy ishlarni davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o‘zining mashhur falsafiy ensiklopediyasi «Kitob ash-shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi.
1023 yili Isfaxonga ko‘chadi va «Kitob ash-shifo»ning qolgan qismlarini yozishda davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda fors tilidagi falsafiy kitobi «Donishnoma» ni tasnif etadi.
Jurjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo‘lgan, biroq, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta'qib ostiga olinib, hatto hibsga olish olimning salomatligiga ta'sir etmay qolmadi. U kulanj (kolit) kasalligiga chalinib qolgan edi. Kasallik zuraygach, uni tutqanoq ham tutadigan bo‘ladi, oqibatda shu darddan u 428 hijriy yilining ramazon oyida (1037 yilning iyunida) 57 yoshida Hamadonda vafot etadi. Uning qabri hozirgacha Eron davlatining Hamadon shahrida saqlanib kelinmokda.
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan.

«Tib qonunlari» kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili Rimda, keyinchalik u hozirgi Kohira (1873,1877,1879), Tehron (1889), Laknav (1906) va Lohur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning Toleda shahrida 1130 yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard (1114 – 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab «Tib qonunlari» kitobi Yevropa vrachlari qo‘lidagi asosiy qo‘llanmaga aylanadi va universitetlarda tibbiyot fani shu asar buyicha o‘qitilgan.


O‘zbekiston sharqshunoslari «Tib qonunlari» ning besh kitobini arabchadan o‘zbek va rus tillarida tarjima qilishdi va ularni 1954 –1961 yillar mobaynida Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar. Umuman, «Tib qonunlari» besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:
Birinchi kitob – tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida ma'lumot beradi. Tabobat ilmining ta'rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta'limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining «oddiy» a'zolari – suyak, tog‘ay, asab, arteriya, vena, pay, mo‘shaklar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko‘rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sog‘liqni saqlash haqidagi ta'limot batafsil bayon qilinadi.
Ikkinchi kitob – o‘sha davr tabobatida qo‘llanilgan dori-darmonlar haqida zaruriy ma'lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o‘simlik, hayvon va ma'danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmon ta'rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo‘llanish usullari bayon qilingan. Muallif O‘rta Osiyo va YAqin Sharq hamda O‘rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan – dori-darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O‘rta yer dengizi orollari va boshqa joylardan keltiriladigan ko‘plab dorivor moddalarni ham ko‘rsatib o‘tadi.
Uchinchi kitob – Inson tanasining boshidan tovonigacha bo‘lgan a'zolarida yuz beradigan «Xususiy» yoki «Mahalliy» kasalliklar haqida ma'lumot beradi. Ya'ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bag‘ishlangan. Unda bosh, miya, ko‘z, kuloq, burun, ogiz bo‘shlig‘i, til, tish, milk, lab, tomoq, o‘pka, yurak, qizilo‘ngach, oshqozon kasalliklari, so‘ngra jigar, o‘t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a'zolar kasalliklari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.
To‘rtinchi kitob – inson a'zolarining birortasi xos bo‘lmagan «umumiy» kasalliklarga bag‘ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buhronlar), shishlar, toshmalar, yara-chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli jarohatlar kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda o‘ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida so‘z boradi. Toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo‘limi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz-andoz vositalariga bag‘ishlangan sochni to‘kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalar haqida so‘z yuritilgan.
Beshinchi kitob - farmakopiya bo‘lib, unda murakkab tartibli dori – darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 1-qismida turli taryoklar (ziddi – zaharlar), ma'junlar, xabdori, kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida muayyan a'zolar – bosh, ko‘z, kulok, tish, tomoq, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a'zolari, bo‘g‘imlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va ulug‘vor kitoblaridan biri «Kitob al –qonun fit-tib» hisoblanadi. Bu asar o‘z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog‘lig‘i va kasalliklarga oid bo‘lgan barcha muammolarni mantiqi tartibda to‘la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e'zozlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan daraxt nomini Avitsenna deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug‘ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.
Zamondoshlari I. S. ni "Shayx arrais" ("donishmandlar sardori, allomalar boshligʻi"); "Sharaf al-mulk" ("oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi"), "hujjat alhaqq" ("rostlikka dalil"); "Hakim al-vazir" ("donishmand, tadbirkor vazir") deb ataganlar. Jahon fani tarixida I. S. krmusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan arab tilida, baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari man-tiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, mat., musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. I. S. ning koʻproq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qaytaqayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutyapti.

I. S. ning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin I. S asarlarining miqdoriy nisbatiga na-zar solsak, olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga qaratilganini koʻramiz. Garchi, uni "Avitsenna" sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib qonunlari" boʻlsada, "Shayhar-rais" nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.


Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari "Kitob ash-shifo" dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 boʻlakka boʻlingan: almadhal — man-tiqqa kirish; al-maqulot — kategoriyalar; al-iborat — interpretatsiya; al-qiyos — sillogizm; al-burhon — is-bot, dalil; al-jadal — tortishuv, dialektika; as-safsata — sofistika; alxitoba — ritorika; ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati); 2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohi-daalohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.


I. S. ning yana bir falsafiy asari "Kitob annajot" "Kitob ash-shifo" ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jaqonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana "Al-ishorat vattanbihot" ("Ishoralar va tanbihlar"), "Hikmat almashriqiyn" ("Sharqchilar falsafasi"), "Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat" ("Mantiq va falsafaning ishoralari"), fors tilida yozilgan "Donishnoma" ("Bilim kitobi") va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon", "Yusuf qaqida qissa" kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. I. S. ning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaru-riyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono Tan-gridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 un-sur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. I. S. fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsahodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, akl ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson akli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. I. S. tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy mu-sulmon boʻla oladi, deb tushunadi. I. S. mantiqni ilmiy bilishning , mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. "Mantiq, — deb yozadi I. S. — insonga shunday bir krida beradi-ki, bu krida yordamida inson xulo-sa chiqarishda xatolardan saklanadi". U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi.
I. S. oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ash-shifo" ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vul-qonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobi-gʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzi-laga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.

I. S. mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmokli ishlar qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-a. gacha deyarli oʻzgarishsiz saklanib keldi. I. S ning geol. va mineralogiyaga oid fik-rlari uning "al-Afʼol va-linfiolot" ("Taʼsir va taʼsirlanish") asarida ham uchraydi.

I. S. boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda I. S. ning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor edi. I. S. 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari taʼsiri ostida "Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy" ("Bara-qiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola") nomli kichik asar yozgan. Pekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajri-basi ortgan yosh olim bu sohadagi uri-nishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan "Kitob ash-shifo" da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol oʻynadi.
I. S. botanika masalalarib-nham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U "Kitob ash-shifo" ning "anna-bot" ("Oʻsimliklar") qismida oʻsimliklarning turlari, paydo boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib boradi.

I. S. yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda "Kitob ash-shifo" va "Donishnoma" ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni ba-gʻishlagan. Ptolemeyning "Almagest" ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya boʻyicha qoʻllanma yaratgan. I. S. Jurjon sh. ning geografik uzunligini oʻz davri uchun bu-tunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish op-kali aniqlab bergan. Beruniy "Geodeziya" asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib, uni faqat I. S. nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500 y. dan keyin (1514 y.) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.




REFERAT





Abu Ali ibn Sino



Bajardi:_________________

Tekshirdi:_______________
Samarqand


http://fayllar.org
Download 330,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish