Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati



Download 113 Kb.
bet7/7
Sana04.06.2022
Hajmi113 Kb.
#634370
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shaxx

Tarix


Muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab borish haqidagi fan sifatida tarixni Abud Abdulloh al-Xorazmiy o'z asrining birinchi, ya'ni “arab ilmlari” qismiga kiritgan. Hamda unda islomgacha bo'lgan va islomdan keyingi davr tarixini, qisqacha Eron, Rum tarixini bayon qilganda o'z davri an'anasiga binoan podshohlar sulolasiga alohida e'tibor bergan. Buni bo'lim boblarini nomlanishidan ham ko'rishimiz mumkin.
Bu bobdalarda afsonaviy podshohlardan boshlab tartib bilan turli davr va mamlakatlar maliklari zikr etilgan. Bu ma'lumotlar qisqa bo'lishiga qaramay, ular shubhasiz Sharq mamlakatlarining qadimgi va o'rta asr tarixini yoritishda katta qiziqish tug'diradi.
Birinchi bobda Eron shohlarining Peshdodiylar, Qayoniylar, Ashnoniylar va Sosoniylar sulolasi haqida ma'lumotlar berilgan. Eron shohlarining 1-sulolasi Peshdodiylardir.
Bu sulolaning birinchi podshohi – Qayumars. Uning laqabi “qilshoh”, ya'ni “yer podshosidir”, chunki u forslar fikricha birinchi inson bo'lib, uning yerdan boshqa hech qanday boyligi bo'lmagan, so'ngra Umhanq (Hushang)-uning laqabi “Bishdod”dir.
Podshohlarning ikkinchi sulolasi – Qayoniylar.
Qay- qudratili degani, qayon (shu so'zning ko'pligi ma'nosida) “qudratlilar”.
Ularning birinchisi Qayquboz-uning lakabi “Birinchi”, so'ngra, qayqovus- uning lakabi “Namurd”, ya'ni “o'lmagan”. R.Bahodirovning taxminiga ko'ra, bu yahudiylar “Namrud” deb nomlangan odam, so'ngra, Qayxusrav – uning lakabi “Humoyun” uning ma'nosi “xudoning marhamatiga sazavor bo'lgan”lardir.
Ummaviylar. Ularning na sifatlari va laqablari bo'lgan.
Ulardan birinchisi Mu'oviya ibn Sahr Abu Sufyon ibn Harb, so'ngra o'g'li Yazid, keyingisi, uning o'g'li Mu'oviya ibn Yazid.
So'ngra Abbos ibn Abd al-Mutallib avlodlaridir.
Islomgacha bo'lgan davrdagi Yaman tarixi bizda katta qiziqish uyg'otadi.
Alohida bob Rum va Yunon tarixiga bag'ishlangan. Bu bobda bizni Markaziy Osiyolik olimlarning Rum va Yunon haqidagi bilimlari darajasini aniqlashga yordam beruvchi manba sifatida qiziqtiradi, shuningdek Markaziy Osiyoda o'rta asrlarda qadimgi dunyo va Rum hamda Yunon tarixini chuqur va yaxshi bilganliklaridan dalolat beradi. Bu fikrni Rum imperatorlari tarixiga oid oxirgi, to'qqizinchi bob ham tasdiqlaydi.
Oltinchi bob Eron tarixiga oid. Bu bobda usha uzoq davrlarda Eron mintaqasida va boshqa joylarda tarqalgan tillar haqida ma'lumot beriladi va bu tillar tarqalgan viloyatlar aytib o'tilgan.
Yettinchi bobda asosan arab istilolari va islom tarqalgandan keyingi davrga oid xabarlar berilgan. Bu bobda, shuningdek ba'zi ismlarga izoh berilgan:
Robita – bu yilqilar (miniladigan hayvonlar)i bo'lgan badaviylardir.
Farog'ina – bu Farg'ona ahlidir.
Iqshid – bu Farg'ona podshohining ismi, podshohdan so'ng mansab bo'yicha kelgan ayo'nlarni esa “savorataqin” deyishgan”.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy tasnifining o'ziga xos xususiyati – bu oddiydan murakkabga, ma'lumdan noma'lumga o'tishdir.


XULOSA.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, haqiqatan ham milodning IX-XI asrlari Markaziy Osiyoda tabobat va kimyo ilmlarini chuqur o'rganib, ularni rivojlantirgan Abu Bakr ar-Roziy, buyuk faylasuf Abu Nasr al-Forobiy, ilmu-n-nujum va jo'g'rofiya fanlarining taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nasir al-Farg'oniy, olamga mashhur xoziq tabib Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalar davri edi.


Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'z o'tmishdoshlarining ilmiy bilishlari haqidagi fikrlarini ma'lum darajada umumlashtirdi va boyitdi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy tinmay mehnat qilib yirik tadqiqotlar olib borgan va kimyo tarixi, xususan Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari kimyosi bilan tanishishga haraqat qiladi. Umuman olganda, Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy tasnifining o'ziga xos xususiyati – bu oddiydan murakkabga, ma'lumdan noma'lumga o'tishdir.
Shunday qilib, Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asari o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir fan mazmunini asosiy voqealarini sharhlash yo'li bilan tushuntirib bergan.


Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish