Abu Abdulloh Al-Xorazmiy va uning “Mafotih al-ulum” asari
REJA:
I KIRISH
II ASOSIY QISM:
1. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning hayoti va ijodi
2. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asari
III XULOSA
IV FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Xorazm - o'ziga xos va bеtakror madaniyat diyori. U jahon fani va madaniyati taraqqiyotida o'chmas iz qoldirgan Xorazmiy, Bеruniy va boshqalar, shubhasiz, shunchaki tag-zaminsiz еtishib chiqavеrmaydi.
Ma'lumki milodning IX-XI asrlari Markaziy Osiyoda tabobat va kimyo ilmlarini chuqur o'rganib, ularni rivojlantirgan Abu Bakr ar-Roziy, buyuk faylasuf Abu Nasr al-Forobiy, ilmu-n-nujum va jo'g'rofiya fanlarining taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nasir al-Farg'oniy, olamga mashhur xoziq tabib Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalar davri edi.
O'sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiydir. Bu olim haqida juda kam ma'lumot saqlanib qolgan.
II ASOSIY QISM:
1.Abu Abdulloh al-Xorazmiyning hayoti va ijodi
Bo’lg’usi olim bolalik va o’smirlik yillarida boshlang’ich ta’limni vatanida olib, arab, fors, hind va yunon tillarini qunt bilan o’rgandi, bu tillardagi kitoblarni mutolaa qildi va el nazariga tushib olim bo’lib etishdi.
Bag’dod xalifasi Horun ar-Rashid o’g’li al-Ma’munni 808 yilda xalifalikning sharqdagi noibi qilib tayinlaydi, shahzoda al-Ma’mun noiblikni poytaxti Marv (hozirgi Mari)ga kelib tezlikda unga bo’ysunuvchi o’lkalar (Xuroson va Movarounnahr)da yashovchi olimlar va shoirlarni o’z saroyida to’plab “Mari olimlari yig’ini”ni tashkil qiladi. Ko’pgina olimlar qatori al-Xorazmiy ham Marvga keladi va o’zining samarali ijodiga aynan shu erda tamal toshini qo’yadi. Olim bu maskanda zamonasining ko’pgina olimu fuzolalari bilan tanishadi.
Al-Ma’mun otasi o’limidan keyin 813 yilda o’zini xalifa deb e’lon qildi, Bag’dodga qo’shin yuborib o’z akasi xalifa al-Aminni taxtdan tushirdi. 819 yilda bir guruh saroy ahli va Marvda to’plangan olimlar bilan Bag’dodga xalifalikni markaziga kelib o’z davlatini mustahkamlab, boshlagan xayrli ishlaridan biri “Donishmandlik uyi” (“Bayt ul-hikma”)ni qayta tashkil qilish va kengaytirishga katta e’tibor berdi. Bu ilmiy markaz qoshida ulkan kutubxona mavjud bo’lib, unga xalifalikning hamma joyidan faqat arab tilidagi qo’lyozmalar emas, balki yunon, fors, hind, suryoniy va boshqa tillarda yozilgan qo’lyozmalar ham keltirilar edi. Xalifa al-Ma’munning tirishqoqligi va olimlarning say’i-harakatlari bilan ularni asosiy qismi arab tiliga tarjima qilindi va yirik rasadxona qurilishi boshlab yuborildi. Dunyoning turli burchaklariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilindi, al-Ma’mun bu ilmiy markazda va xalifalikdagi barcha fanlar rahbari qilib vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyni tayinladi.
VIII-IX asrlarda arab xalifaligining poytaxti Bag’dod –tarixiy Madinat as-Salom obodonlashgan, yuksalgan va savdo-sotiq rivojlangan shahar hisoblangan. Al-Xorazmiyning ilmiy faoliyati ana shu Bag’dod shahrida va Bag’dod xalifalari –al- Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) hamda al-Vosiq (842-847) davrlariga to’g’ri keladi. “Bayt al-hikma”da al-Xorazmiy bilan birga Markaziy osiyolik mashhur olimlar al-Farg’oniy, Habash al-Hasib, Xolid ibn Abdumalik al- Marvarrudiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Abbos ibn Sayid Javhariy, Ahmad ibn Abdullo Marvaziy, Muhammad ibn Muso ibn Shokir va boshqalar hamda xalifalikning barcha viloyatlaridan chaqirilgan eng yaxshi olim va tarjimonlar ham ishlaganlar.
Al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarga doir ko’plab risolalar yozgan.bizgacha allomaning 20-ga yaqin asari etib kelgan. Ularni quyida sanab o’tamiz:
– “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val-muqobala” (“Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) al-Xorazmiyning bu asari nomidan “algebra” atamasi paydo bo’lgan. Risola XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, “Algorithmi” risolasi nomi bilan butun Evropaga tarqalgan.
– “Kitob fi hisob al-hind” (“Hind hisobi haqida kitob”) Xorazmiyning arifmetikaga oid ushbu risolasini faqat birgina nusxasi lotin cha tarjimasi saqlangan. Ushbu risolada hozir biz ishlatadigan birdan to’qqizgacha bo’lgan raqamlar va nol’ yordamida istalgan sonni yozish, ular bilan arifmetik to’rt amalni bajarish, o’sha raqamlar bilan ifodalangan sonlardan kvadrat ildiz chiqarish qoidalarini izohlab berilgan.
– “Kitob al-jam’ va-t-tafriq” (“Qo’shish va ayirish haqida kitob”) al-Xorazmiyning ikkinchi arifmetik risolasi misrlik matematik Abu Komil (850-930) qo’lida saqlangan va o’zining algebraik risolasida bir parchasini to’laligicha keltirgan.
– “Zij al- Xorazmiy” yoki “Kichik Sindhind” Xorazmiyning astronomik asari. Evropa mamlakatlarida “Astronomik jadvallar” nomi bilan mashhurdir. Asarni lotin tiliga 1126 yilda Adelard Bat tarjima qilgan.
“Kitab surat al-arz” “Erning surati” yoki “Geografiya”) Xorazmiyning geografik asari, yaratilishiga shu davrda Bog’dod xalifaligida o’tkazilgan bir qator geografik ishlar, jumladan, Xorazmiy boshliq 70 nafar olim 840 yilda yaratgan “Ma’mun dunyo xaritasi” nomli atlasning tuzilishi hamda ko’pgina yunon olimlarining shu mavzuga oid asarlarining tarjima qilinishi kabi omillar sabab bo’lgan.
– “Kitob al-amal al-asturlab” (“ Asturlob yasash haqida kitob”).
– “Zara if min amal Muhammad ibn Musa al Xuarizmi ma rifa as-samt bi-l-asturlab” (“Muhammad ibn Muso al Xorazmiyning asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida ajoyib ishlari”.
– “Amal assa at fi basit-ar-ruxama” (“Marmar taxta yuzasida soatlarni yasash haqida risola”).
– “Ma rifa taqvim samt al-qibla ayyi baladin shita” (“Xohlagan shahar qiblasi azimutning yo’nalishini aniqlash haqida”).
– “Tulu’ azimutini aniqlash va soat kvadranti haqida risola”).
– “Risala fi ma rifa avqat as-salat” (“Namoz vaqtlarini aniqlash haqida risola”).
– “Mukhula, tug’ir, binkam va dulab deb ataluvchi soat asboblari haqida risola”.
– “Risala fi mar i hilal” (“ Hilol ko’rinishi haqida risola”).
– “Maqala fi-istixraj ta rix al-yahud va a yadihim” (“Yahudiylar kalendari va bayramlarini aniqlash haqida risola”.
– “Kitab at-ta rix” (“Tarix kitobi”) o’z davridan oldingi vaqtlarda bitilgan tarix kitoblarining yig’indisi va o’z davri tarixi bilan mujassamlashtirilgan risola.
Buyuk matematik vatandoshimiz al-Xorazmiy 850 yilda o’z ijod maskani bo’lmish Bag’dod shahrida olamdan o’tgan. Uning ilmiy asarlari yunon, lotin, nemis, ingliz, golland, rus tillariga qayta -qayta tarjima qilingan, al-Xorazmiyning ilmiy faoliyatiga buyuk olim Abu Rayhon Beruniy, shoir va matematik Umar Xayyom yuksak baho berganlar. Olimning ilmiy merosi hamon o’z qimmatini saqlab, avlodlar olqishiga sazovor bo’lib kelmoqda. Olimning 1200 yillik to’yi jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Xiva shahrida 1983 yilda nishonlandi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi bir talay ilmiy o’quv dargohlari, ko’chalar olimning nomi bilan ataladi
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asari
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko'pchilik asarlari singari o'z davrining ilmi arab tilida bitilgan, yagona ma'lum bo'lgan asari – “Mafotih al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asaridir. “Mafotih al-ulum”ning qo'lyozma nusxalari uncha ko'p emas. Yaqin-yaqingacha uning to'rt nusxasi bor deb hisoblab kelinadi. Ana shu to'rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya mo'zeyida hamda Berlin qutubxonasida saqlanadi.
Asrimizning 60-yillarida amriqolik olim Bosvart Turkiya kutubxonalarida ushbu asarning yana olti nusxasi borligini aniqladi. Bu olti nusxaning hammasi Istanbul shahridagi kutubxonalarda saqlanadi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o'rta asrlarda fanlarning rivojlanish tarixiga molik kamyob manba sifatida davrimizning ko'pgina olimlarning e'tiborini o'ziga jalb etdi.
Birinchi bo'lib bu manbani o'rgangan va 1160 yildagi qo'lyozma nusxasi asosida uning aniqlangan 1895 yilda kashf qildirgan olim – gollandiyalik olim Van Flotendir. Akademik I.YU.Krachkovskiyning fikricha, bu asar 976 va 991 yillar orasida yaratilgan. Olim Brokelman uni qisqa va aniq ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hamda ko'p fanlar yoritilgan qomusiy asar deb baholasa, E.Videman asar muallifi Abu Abdulloh al-Xorazmiyning birinchi musulmon ilmini fan nuqtai nazaridan ajratuvchilardan deb ta'kidlaydi.
“Ilmlar kalitlari” o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir fan mazmunini asosiy voqealarini sharhlash yo'li bilan tushuntirib bergan. Binobarin, akademik I.YU.Krachkovskiy ta'kidlaganidek, bu asar o'sha davr bilimlarining barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi izohli terminologik lug'atdir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Ilmlar kalitlari” asariga kirish qismida: “Men bu asarni (“Mafotih al-ulum”ni –R.B.) ikki qismdan iborat qilib to'zdim. Birinchi qism shariat va u bilan bog'lik arab bo'lmagan, ya'ni yunonlar va boshqa halqlar ilmlariga bag'ishlangan”,- deb yozgan edi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ilmlari tasnifiga yondashishi o'ziga xos bo'lgan. Bu tansifda shu sohada qadimgi Yunonistonda ilk bor bayon etilgan an'analar hamda Abu Abdulloh al-Xorazmiydan oldin o'tgan O'rta asr Sharq olimlarining ilmlarni tartibga solish bo'yicha qilgan ishlarining natijalari aks etgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ilmlar tasnifi umumiy shakli quyidagichidir:
I.Shariat va u bilan bog'lik, arab ilmlari.
1.Fiqh, ya'ni musulmon huquqshunosligi
2.Kalom, ya'ni ilohiyat asoslari.
3.Grammatika
4.Ish yuritish.
5.She'riyat va aruz.
6.Tarix, ya'ni muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab
borish ilmi.
II.“Arab bo'lmagan” ilmlar.
1.Nazariy falsafa.
a) tabiiy ilmlar;
b) riyoziyot ilmlari;
v) ilohiy;
g) mantiq.
2.Amaliy falsafa.
a) etika ;
b) uyshunoslik;
v) siyosat.
Do'stlaringiz bilan baham: |