O‟zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar - Evropada xavfsizlik va
hamkorlik tashkiloti (EXHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkildoti (EKO) bilan teng
huquqli a‘zo sifatida, Evropa Ittifoqi, NATO bilan esa maxsus bitimlar asosida
samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, NATO bilan «Tinchlik yo‘lida
hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni
ta‘minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. AQSH va boshqa etakchi davlatlar
askarlari bilan birgalikda har yili o‘tkazilayotgan harbiy mashqlar qurolli
kuchlarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘layapti.
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlar rahbarlari va
hukumat boshliqlarining Istambul shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi
davrimizning eng muhim anjumanlaridan bir bo‘ldi. Respublikamiz
Prezidentining mazkur anjumandagi nutqi, aniq takliflari va mulohazalari bilan
yig‘ilganlar e‘tiborini qozondi. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha
xalqaro markaz tashkil etish borasidagi taklif ko‘plab davlatlar tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida ana shunday
markazning ta‘sis etilishiga ham O‘zbekiston rahbariyatining taklifi sabab
bo‘ldi.
O‘zbekiston o‘zining tashqi aloqalarini ham ko‘p tomonlama, ham ikki
tomonlama asosda tashkil etish tarafdoridir. Bugungi kunda er yuzining turli
chekkalarida ishonchli va manfaatdor sheriklarimiz bor. Ularning doirasi
muntazam kengayib bormoqda. Bu munosabatlar ikkala davlatlar uchun ham
muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda izchillik bila rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston
rasmiy hay‘atining 2002 yilda AQSHga tashrifi, strategik hamkorlikning
vujudga kelishi va imzolangan hujjatlar, bir qator xalqaro anjumanlarda ikki
davlat rahbarining o‘zaro muloqotlari, samimiy yozishmalar o‘zaro aloqalar
darajasidan dalolat beradi. Dunyoning etakchi davlati, juda katta siyosiy,
iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan AQSH bilan
har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz
uchun muhim ahamiyatga ega.
Evropa Ittifoqi bilan 1996 yilda imzolangan sheriklik va hamkorlik
haqidagi shartnoma 1999 yilning 1 iyulida kuchga kirdi. Mamlakatimizning
30
Evropa davlatlari bilan keng miqyosli aloqalari uchun qulay imkoniyat vujudga
keldi. Tabiiyki, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlarning
demokratik jamiyat qurish borasidagi tajribalari, ishlab chiqarishdagi ilg‘or
texnologiyalari biz uchun muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda Sharqiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari-
YAponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy va boshqa davlatlar bilan aloqalarimiz
kengaydi. O‘zaro manfaatli hamkorligimiz samaralarini birga qurilayotgan
korxonalarda, qad ko‘tarayotgan inshootlarda, bozorlarimizdagi xilma-xil
mahsulotlarda ko‘rish mumkin.
Albatta, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a‘zo mamlakatlar, shu
jumladan,
Markaziy
Osiyo
respublikalari
bilan
hamkorlik
tashqi
siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunga sabab,
Hamdo‘stlik mamlakatlarimizning hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan
bog‘langanligigina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy va ma‘naviy
aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning mushtarak taqdirga ega
bo‘lganligidir.
Rossiya Federasiyasi bilan mustaqillik yillarida shakllangan o‘zaro
manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganligini alohida
ta‘kidlash zarur. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan
1992 yildan buyon siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda jami 150
dan ortiq hujjat imzolangan. 1998 yil may oyida I.Karimovning Rossiyaga va
o‘sha yil oktyabrida B.Elsinning mamlakatimizga rasmiy tashriflari, safar
davomida qabul qilingan hujjatlar, ayniqsa, 1998-2007 yillarga mo‘ljallangan
iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. V.Putin prezident sifatida ilk safarni
O‘zbekistondan boshlaganligi ham Rossiya rahbariyati mamlakatimizni
o‘zining strategik sheriklaridan biri, Markaziy Osiyodagi etakchi davlat deb
bilishidan dalolat beradi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon
tashkil etish haqida imzolangan shartnoma Markaziy Osiyo integrasiyasi
yo‘lidagi ilk qadam bo‘lgan edi. 1998 yili bu shartnomaga Tojikiston ham
qo‘shildi. Hozirgacha o‘zaro hamkorlik haqida 150 dan ortiq hujjat imzolandi.
Endilikda Davlatlararo kengash ishlab turibdi, Hamdo‘stlik dasturlarini
ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ijroiya qo‘mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va
taraqqiyot banki tashkil etilgan. Mazkur integrasiya xalqimizning manfaatlariga
to‘la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga
yordam beradi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan
uchrashuvi chog‘ida imzolangan terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga,
xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash yuzasidan birgalikdagi
harakatlar to‘g‘risidagi shartnoma bunga misol bo‘la oladi.
Mamlakatimiz rahbari o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida
31
tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o‘rtasida hamkorlik va ishonch
olg‘a harakatlantiradi, deb ta‘kidlagan edi. O‘zbekistonning keng miqyosli
xalqaro aloqalari ana shu fikrning amaliy ifodasidir.
Prezident Islom Karimovning 2005 yil 14 yanvarda "Nezazisimaya
gazetasi" (Moskva) muhbiri savollariga bergan javoblari ("Imperiya davrida
bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi" suhbati asosida). 2005 yil
14 yanvarda Prezident Islom Karimov "Nezavisimaya gazeta" (Moskva)
muxbirining savollariga bergan javoblari "Imperiya davrida bizni ikkinchi
darajali odamlar, deb hisoblashar edi" deb nomlandi, 2004 yil MDH
mamlakatlari uchun Ukrainadagi "zarg‘aldoq inqilobi" bilan yakunlandi.
Ko‘pchilikning fikricha, Gruziya va Ukrainada so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan
voqealarda G‘arbning ta‘siri bor-yo‘qligi xususida bir necha mavjud omillar
haqida gapirdi. Bu 1) dan qator yillar mazkur mamlakatda ichki norozilik
to‘planib borgan; 2) ikkinchi omil esa davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati
bilan bog‘liq. Tashqi omil, ta‘sir mamlakatning ichki hayotida ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy sohalarda o‘z echimini topmagan. Jamiyatning o‘zi keskin
o‘zgarishlarga tayyor bo‘lmasa hech qanday Amerika yoki Evropa voqealarni
o‘zicha o‘zgartira olmaydi. SHu bois O‘zbekistonda Ukraina yoki Gruziya
ssenariysi bo‘lmaydi. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb
hisoblashgan. Bizga bunday fikrda bo‘lganlar boshqacha tarbiya ko‘rgan,
odamlarimiz mentaliteti boshqacha. Bu XX asr 90-yilda tanlagan yo‘limiz,
demokratik yangilanish, fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan qaytadi degan gap
emas. Faqat har kim bu yo‘lni o‘ziga xos yo‘sinda bosib o‘tadi. Shu sabab
o‘zimiz zamin yaratib qo‘ymasak tashqaridan turib aralashuv hech qanday
samara bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |