Abror to‟rayev


O„zbekistonning  mustaqil  tashqi  siyosat  asoslari,  tamoyillari



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana29.08.2021
Hajmi0,97 Mb.
#158653
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
4281-Текст статьи-14092-1-10-20201030

O„zbekistonning  mustaqil  tashqi  siyosat  asoslari,  tamoyillari. 

O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda O‘zbekistonni 170 dan ortiq davlat tan 

olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar 



 

25 


o‘rnatilgan.  Respublikada  88  ta  chet  davlat  vakolatxonalari  ro‘yxatdan  o‘tgan, 

24  ta  hukumatlararo  tashkilot,  13  ta  nohukumat  tashkilotlari  ishlab  turibdi. 

Dunyodagi  30  dan  ortiq  davlatda  O‘zbekiston  elchixonalari  va  moliya 

tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati bilan 

savdo-iktisodiy  munosabatlar  o‘rnatilgan.  Toshkentda  44  ta  mamlakat  o‘z 

elchixonasini ochgan. 

O‘zbekiston  1992  yil  2  martda  BMTga  qabul  qilindi.  O‘zbekiston 

Prezidentining  tashabbusi  bilan  va  BMT  rahnomaligida  1995  yili  Toshkentda 

Markaziy  Osiyo  mintaqaviy  xavfsizlik  muammolariga  bag‘ishlangan  xalqaro 

seminar  bo‘lib  o‘tdi.  "O‘zbekiston,-degan  edi  Islom  Karimov,-  milliy 

manfaatlariga  mos  keladigan,  ko‘p  tomonlama  faol  tashqi  siyosatni  amalga 

oshirish  -  davlatimiz  mustaqilligini  mustahkamlash,  iqtisodiy  qiyinchiliklarni 

bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat  muhim 

vositasidir".  O‘zbekiston  Prezidentining  asosli  mulohazalari  bilan  1993  yil 

fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. 

 Prezident  Islom  Karimov  "Bizning  bosh  maqsadimiz  -  jamiyatni 

demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizasiya  va  isloh  etishdir" 

ma‘ruzasida (2005 yil 28 yanvarda) tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari 

haqida to‘xtalib: 

1) dan, davlatimiz tashqi siyosatining ma‘no-mazmuni va maqsadi bitta -u 

ham bo‘lsa, O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbekiston manfaatidir. 

2)  Markaziy  Osiyoda  tinchlik  va  barqarorlikni  saqlash.  Albatta  bunda 

mintaqada strategik mavhumlik saqlanib qolayotganligini ham tan olish kerak. 

3) "Qo‘shning tinch - sen tinch" hayotiy naqliga rioya etish. 

4) BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish. SHuningdek, EXHT, Evropa 

Ittifoqi,  NATO,  AQSH,  Rosiya,  Yaponiya,  Xitoy,  Germaniya,  Fransiya  va 

boshqa davlatlar bilan demokratik tamoyillar asosida aloqalarni rivojlantirish. 

5)  Xalqaro  terrorizm  va  radikalizmga  qarshi  kurashda  birdamlikni 

ta‘minlash va h.k. 

O‘zbekistonning  tinchliksevar  tashqi  siyosati:  O‘zR  Konstitusiyasi  4-bob, 

17-moddasida  O‘zRsining  xalqaro  munosabatlardagi  tashqi  siyosatining 

huquqiy (5 ta) prinsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi: 

1) 


Davlatlarning suvereniteti, tengligi. 

2) 


Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.  

3) 


Chegaralarning daxlsizligi.  

4) 


Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish. 

5) 


Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. 

Bu  prinsiplar  O‘zbekistonning  manfaatdorlik  tamoyillari  bilan 

uyg‘unlashtirildi.  Prezident  Islom  Karimov  "O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va 

taraqqiyot  yo‘li"  asarida  O‘zbekiston  tashqi  siyosatini  amalga  oshirish  6  ta 

amaliy prinsiplarini ishlab chiqdi, ular: 

1)  Milliy  davlat  manfaatlari  ustun  bo‘lgan  holda  o‘zaro  manfaatlarni  har 

tomonlama hisobga olish. 



 

26 


2)  Umumbashariy  qadriyatlar  ustuvorligi,  xalqaro  maydonda  tinchlik  va 

xavfsizlikni mustahkamlash mojarolarni tinchi yo‘l bilan hal etish. 

3)  Teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlilik,  boshqa  mamlakatlar  ichki 

ishlariga aralashmaslik, tenglar orasida teng bo‘lish. 

4)  Mavkuraviy  qarashlardan  qat‘iy  nazar  ochiq-oydinlik,  barcha  davlatlar 

bilan keng aloqani o‘rnatish. 

5) Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan 

olish. 


6) Ham ikki tomonlama ham ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish, 

xalqaro xamkorlikni kuchaytirish. 

Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom 

Karimov  rahbarligida  tashqi  siyosatning  ustuvor  yo‘nalishlari  va  asosiy 

tamoyillari belgilandi hamda og‘ishmay amalga oshirila boshlandi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  diplomatik  aloqalarda  amalga 

oshirilayotgan demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

1)  mafkuraviy  qarashlardan  qat‘iy  nazar,  hamkorlik  uchun  ochiqlik, 

umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik

2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

3) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 

4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik

5) inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 

6)  ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalardan  xalqaro  huquqning 

umume‘tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; 

7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

8)  davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik 

ustunligi; 

9) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar 

asosida  rivojlantirish,  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  hisobiga  boshqasidan 

uzoqlashmaslik va boshqalar. 

Bugungi  kunda  O‘zbekiston  taraqqiyotining  konstitusiyaviy  zamini 

yaratildi. Shunga mos ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning 

ma‘naviy  salohiyati,  unga  xizmat  qiladigan  tabiiy  va  texnikaviy  zahiralar, 

mustahkamlanayotgan  xalqaro  munosabatlar  demokratik  rivojlanish  va  inson 

huquqlariga  rioya  qilish  uchun  barcha  sharoitlarning  bosqichma-bosqich 

yaratilishiga kafolat beradi. 

O‘zbekisonning  xalqaro  tashkilotlar  va  davlatlararo  uyushmalar 

faoliyatidagi  ishtiroki  respublika  tashqi  siyosatining  muhim  yo‘nalishlaridan 

biridir.  Ushbu  tashkilotlar  jahon  hamjamiyatiga  kirish,  xo‘jalik    aloqalarini 

o‘rganish,  ekologiya,  tabbiy  muammolarni  hal  etish,  ilmiy-texnikaviy 

hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar. 

Respublika  Prezidenti  davlatimiz  o‘z  qiyofasini  yo‘qotmasdan  xalqaro 

talablarga  rioya  etishga  tayyorligini  qat‘iy  tasdiqladi.  Bu  talablarga  rioya 

etmasdan,  xalqaro  jahon  hamjamiyatiga  kirib  bo‘lmaydi.  Bu  erda  Inson 



 

27 


huquqlari  umumjahon  deklarasiyasi  asosidagi  kafolatlar,  BMT  Nizomi  va 

Xelsinki  kelishuvi  qoidalari,  hujum  qilmaslik,  xalqaro  munosabatlarda  kuch 

ishlatish  bilan  tahdid  qilishdan  voz    kechish,  xalqaro  huquq  qonunlarining 

milliy  qonunlardan    ustuvorligi  va  hokazolar  to‘g‘risida  gap  bormoqda. 

Jahondagi  barcha  taraqqiyparvar  mamlakatlar  xuddi  shunday  yondashuv 

tarafdoridir. 

O‘zbekiston  butun  dunyo  ko‘z  o‘ngida  tashqi  siyosiy  va  madaniy 

aloqalarining boy tarixiga ega bo‘lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik 

aloqalarni  amalga  oshirayotgan  tinchliksevar  huquqiy  davlat  sifatida  namoyon 

bo‘lmoqda.  Xalqaro  huquq  jihatidan  O‘zbekiston  uchun  asrlar  osha  buyuk 

bo‘lib  kelgan  davlatlar  ham,  davlatchilik  tarixi  biznikiga  o‘xshash  yosh 

mamlakatlar ham bab-baravardir. 

O‘zbekiston taraqqiyotning konstitusiyaviy asosi sifatida inson huquqlari 

tiklanmoqda.  Xalqimizning  ma‘naviy  imkoniyati,  uning  katta  tabiiy  va  texnik 

zahiralari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot 

va inson huquqlariga  rioya  etilishi uchun zarur  bo‘lgan barcha  shart-sharoitlar 

mavjudligiga  ishonch  tug‘diradi.  Natijada  mamlakatimiz  amalda  yalpisiga 

diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo‘l ochib 

berildi. 

XX  asrning  ohirida  dunyoning  siyosiy  makoni  sifat  jihatidan  o‘zgardi. 

Sovet  Ittifoqi  xalqlari  hamda  sobiq  «sosialistik  hamdo‘stlik»dagi  boshqa 

davlatlar  bir  partiyaviylik  tizimi  va  markazdan  turib  rejalashtirish 

iqtisodiyotidan  voz  kechishdi.  Bu  holat  dunyoda  antogonistik  ijtimoiy-siyosiy 

tuzumlarning  global  qarama-qarshiligi  barham  topdi  va  dunyo  siyosatida 

demokratik  jamiyatlar  salohiyati  ancha  oshdi.  Evroosiyo  hududida,  jumladan, 

Markaziy  va  Sharqiy  Evropa  davlatlari,  shuningdek,  sobiq  sovet  ittifoqi 

davlatlarining  roziligi  orqali  ijtimoiy-siyosiy  tuzumning  demokratik  shakliga 

o‘tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan 

islohotlar  jarayoni  muvaffaqiyatli  yakunlansa,  Shimoliy  yarim  sharining 

kattaroq  qismi  -  Evropa,  SHimoliy  Amerika,  Evroosiyoda  bir-biriga  yaqin 

ijtimoyi-siyosiy  va  iqtisodiy  tamoyillar  asosida  yashovchi,  bir-biriga  o‘xshash 

qadriyatlarga  e‘tiqod  qiluvchi,  shu  jumladan,  global  dunyo  siyosati 

jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi. 


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish