Uchlamchi struktura
– aminokislotalardan iborat polipeptid zanjir globulyar shaklda bo„ladi.
Ko„pgina oqsillar uchlamchi
strukturada bo„ladi. Aminokislotalari o„rtasida ion bog„lar, vodorod
bog„lar, disulfid bog„ (S–S), gidrofob aloqalar mavjud bo„ladi. Hamma globulyar oqsillar –
fermentlar, antitelolar, mioglobin, gormonlar uchlamchi strukturada bo„ladi.
To‘rtlamchi struktura
– bir qancha polipeptid zanjirlar disulfid ko„priklar orqali, vodorod bog„lari va
gidrofob aloqalar yordamida birlashib oqsilning to„rtlamchi strukturasini hosil qiladi. Masalan,
gemoglobin molekulasi to„rtlamchi strukturaga ega.
Oqsillarning
tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |