Mavzu: Dunyo okeanining atmosfera va quruqlik ta`siri.
187. Issiqlik mashinalari qanday ma`noni bildiradi?- Dunyo okeani Yer yuziga Quyoshdan kelayotgan issiqlikni 70m % ni yutadi. Va okean issiqlik akumlyatoriga aylanadi.
188. Atmosferada sodir bo`ladigan shamol, bo`ron va quyinlar bosh sababchisi?- "Okean Û atmosfera Û Quruqlik” tizimining modda va energiya almashividir.
189. Rekratsiyon resurslar nima?- Dam olish va turizm resurslari.
190. Sovuq oqim o`tgan hududlarda hosil bo`lgan cho`llar?- Namib, Samali, Atakama cho`li.
191. Jo`ybor nima?- Kanal, daryo, ariq, ariq bo`yidagi joy, yer.
Mavzu: Tinch okeani.
192. Tinch okeani haqida umumiy ma`lumot?- Okeanning dengizlar bilan birga maydoni-178700000 km2. O`rtacha chuqurligi –3960 m eng chuqur joyi- Mariana cho`kmasi 11022 m, suv hajmi- 710400000 km3, Dengizlar soni-25 ta, Eng yuqori suv ko`tarilishi- Penjin labi- 13,2 m, eng yirik qo`ltiq- Alyaska qo`ltig`i- 384 ming km2.
193. Tinch okeani dunyo okeani maydonini qancha qismini tashkil etadi?- yarmini, yer yuzini 1/3 qismini tashkil etadi.
194. Tinch okeani shimoldan janubga va g`arbdan sharqqa qancha masofaga cho`zilgan?- Shimoldan janubga-12 ming km, g`arbdan sharqqa-17,2 ming km cho`zilgan.
195. Tinch okeanini birinchi bo`lib ko`rgan sayyoh kim?- 1513 yil Ispaniyalik sayyoh V.Balboa ko`rgan.
196. Tinch okeani haqidagi dastlabki ma`lumotlar kimlarning sayohatlari asosida to`plangan?- F.Magellan va J.Kuk.
197. 1741 yilda kimlar okeanni shimoliy qismini o`rganishdi?- V.I.Bering va A.I.Chirikov.
198. Tinch okeanini yillik siljish tezligi qancha?- 10 smdan katta.
199. Cho`kindi jinslarning qalinligi qayerlarda 100-200 m, 500-600 m ni tashkil etadi?- Botiqlarda –100-200 m, Ekvatorial mintaqada-500-600 m
200. Okeanda shelf qancha maydonni egallaydi?- 1,7 % maydonni.
201. Dengiz sayozligi okeanni qaysi dengizlarida mavjud?- Bering, Oxota va Arafur.
202. Chuqurligi 5 kmdan ortiq bo`lgan 35 ta botiqni qanchasi shu okeanda joylashgan?-25 tasi.
203. O`rtacha yillik yog`in miqdori okeanni ekvator atrofida, mo`tadil kenglikning g`arbida va sharqida, subtropiklarning sharqda qanchasini tashkil etadi?- Ekvator-3000 mm, mo`tadil kengliklar g`arbida 1000 mm va sharqida –2000-3000 mm subtropik sharqida-100-200 mm.
204. Okeanning eng sho`r qismi qayerga to`g`ri keladi?- Tropiklarda 36 %.
205. Tayfun so`zining ma`nosi?- Xitoycha- "tayfin”- katta shamollar degani.
206. Tayfunlarning tezligi qanday bo`ladi?- 30-50 kamdan 100 km gacha.
207. Dunyodagi tirik organizmlarning yarmi qaysi okeanga to`g`ri keladi?- Tinch okeaniga.
208.Okeanning shimoliy qismida losossimon baliqlarning qancha qismi yashydi?- 95 %.
209. Tinch okeanidagi eng yirik molyuska va uning og`irligi?- Tridakna og`irligi 30 kg.
210. Qayerlarda uzunligi 200 m bo`lgan gigant suv o`simliklari o`sadi?- Janubiy kengliklarda.
211. Yaponlar jon boshiga qancha okean mahsulotlari istemol qiladi?- 80 kg.
212. Tinch okean sohillarida nechta mamlakat joylashgan?- 50 ta mamlakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |