Mavzu: Iqlimi va uning xususiyatlari.
1. Qish Yevropaning janubi g`arbida va Osiyoning janubida qanday bo`ladi?- Yevropa janubi-g`arbida iliq, Osiyoning janubi-g`arbida esa issiq +200 C bo`ladi.
2. Iyulning o`rtacha harorati qayerda +320 C ni tashkil etadi?- Arabiston yarim orolida.
3. 1856-yil Cherapunja rayoniga qancha yog`in tushgan?- 2300 mm.
4. Sibrda yanvar oyining o`rtacha harorati necha gradusgacha pasayadi?- -480 C gacha pasayadi.
5. Cherapunjada o`rtacha yog`in miqdori qancha?- 12665 mm.
6. Nima uchun Yevrosiyoda iqlim g`arbdan sharqqa tomon kam o`zgaradi?- Yevrosiyo materiginining g`arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta`sirida bo`lganligidadir.
7. Nima uchun O`rta Osiyoga qishda Arktika havo massalari bemalol kirib keladi?- Chunki shimol tomondan keladigan sovuq shamollarni to`sib qoluvchi tog`lar yo`q.
8. Qish oylarida qaysi pastekislikka qor yog`maydi?- Kolxidu pastekisligiga.
9. Tibet va Pomir tog`larida iqlim boshqa joylardan qanday farq qiladi?- Yozning iliqligi, qishning qattiq sovuqligi va atmosfera yog`inlarining juda kam yog`ishi bilan.
10. Qaysi tog`larda balandlik iqlim mintaqalari yaqqol ko`zga tashlanib turadi?- Alp, Karpat, Kavkaz, Tyanshan va Himolay tog`larida.
11.Qaysi shaharda haroratning absalyut maksimumi +380C, absolyut minimumi –80C ni tashkil etadi?- Tokio shahri.
12. Qaysi daryo sariq dengizga quyiladi?- Xuanxe daryosi.
13. Eng kam yog`in Yevropa va Osiyoda qayerlarda kuzatilgan?- Osiyoda masira 14 mm, Yevropada astraxan 160 mm.
14. Balandligi 3676 m bo`lgan semeru vulqoni qayerda joylashgan?- Yava orolida.
Mavzu: Sovuq va mo`tadil iqlim mintaqalari.
1. Materikning iqlim sharoiti nima uchun juda hilma-xil?- Shimoldan janubga qarab katta masofaga cho`zilganligi tufayli.
2. Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoning qaysi hududlarini ishg`ol etadi?- Arktikadagi orollarini va quruqlikning shimoliy muz okeaniga tutashib turgan qismi.
3. Harorat yoz oylarida necha gradus bo`ladi?- Harorat past +10C +30C.
4. Arktika iqlim mintaqasida qishning o`rtacha harorati qancha bo`ladi?- -400 C.
5. Qaysi iqlim mintaqasida yoz oylarida o`rtacha harorat +40C dan +140 C gacha yog`in miqdori 200-400 mm ni tashkil etadi?- Subarktika iqlim mintaqasi.
6. Mo`tadil iqlim mintaqasida qanday havo massalari harakatlanadi?- Atlantika okeanidan keladigan dengiz, materik ichkarisida kontinental. Tinch okeanidan keladigan musson havo massalari harakatlanadi.
7. Mo`tadil iqlim mintaqasi qanday iqlimiy tiplarga ajratiladi?- Dengiz, kontinental va musson iqlim tiplari.
8. Musson iqlimiy oblastida yillik yog`in miqdorining 90 % qaysi oylarga to`g`ri keladi?- Aprel-Noyabr.
9. Orollar orasidagi dengizlarga qaysi dengizlar kiradi?- Yava, sulavesi, Banda, sulu dengizlari.
10. Shipisbergen orolidan nima qazib olinadi?- Toshko`mir.
11.Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalarini sanang?- Subtropik tropik, subekvatorial (2ta) va ekvatoryal iqlim mintaqalari.
12. Subtropik iqlim mintaqasiga tavsif bering?- Yozda tropik havo massalari ta`sirida harorat +300 C, +350 C, yomg`ir juda kam yog`adi. Qishda mo`tadil kenglik havo massalari hukmronlik qiladi.
13. Subtropik iqlim mintaqada qaysi okean ham havo massalari ta`sirida o`simliklarning vegetatsiya davri yil davomida top`lamaydi?- Atlantika okeanidan g`arb shamollar ta`sirida.
14. Qaysi iqlim tarkibida yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha sovuq, yog`ingarchilik kam, 100-150 mm atrofida yog`adi?- Subtropik kontinental iqlim.
15. Gruziyaning Qora dengiz sohillari yillik yog`in miqdori qancha?- 3000-3500 mm.
16. Yevrosiyoning qayerlarida yog`in 100-350 mm yog`ib, asosan quruq subtropik hududlar hisoblanadi?- Ozorbayjonning Kaspiy bo`yi tekisliklari, Turkmaniston, O`zbekiston janubi.
17. Arabiston yarim oroli, Eron tog`lari va Hind daryosi havzasi qaysi iqlim mintaqasida joylashgan?- Tropik iqlim mintaqa.
18. Tropik iqlim mintaqaga tavsif bering?- Yozi juda issiq +30+350 C, qishi iliq +18+240 C bo`lib, 500-2000 mm atrofida yog`in yog`adi.
19. Qaysi iqlim mintaqada musson iqlim tipi shakillangan bo`lib, yog`in ko`p yog`adi? – Subekvatorial iqlim mintaqa.
20. Ekvatorial iqlim mintaqa qaysi hududlarni qamrab olgan?- Shri-Lanka oroli bilan Malakka yarim orolining janubi, Osiyoning janubi-sharqidagi orollari.
21. Yava orolining yarmi va undan sharqdagi orollar, Yangi Gvineya orolining janubi g`arbi qaysi iqlim mintaqaga xos va yog`in miqdori qancha?- Janubiy subekvatorial mintaqasiga, yog`in 1000-2500 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |