Mavzu: Shimoliy Amerika geografik o`rni, o`rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. 1. Shimoliy Amerika haqida umumiy ma`lumot?- Maydoni-24200000 km2. Dengiz sathidan eng yuqori balandlik-Mak-Kinli ch, 6194 m. Dengiz sathidan eng past joyi-Ajal vodiysi-86 m. Materikning eng chekka shimoliy nuqtasi Merchison b, eng chekka janubiy b –Maryato b, eng chekka g`arbiy nuqtasi- Uels Shahzodasi b, eng chekka sharqiy nuqtasi –Sent Charlz, eng uzun daryosi- Missisispi 6019 km. Eng yirik ko`l-Yuqori ko`l-82100 km2. Eng yirik orol-Gerelandiya –2175600 km2.
2. Shimoliy Amerika qirg`oqlarining uzunligi?- 75600 km.
3. Orollar va yarim orollar materikning necha %ini tashkil etadi?- 25 %.
4. 1732-yilda rus sayyohlaridan kimlar materikni shimoli-sharqiy sohillarini o`rganadi?-I.Fyodorov va M.Gvozdev.
5. Shimoliy magnit qutbining geografik o`rnini kim aniqladi?- XX asr boshida R.Amundsen.
6. Shimoliy Amerikaning qaysi qirg`oqlari kuchli parchalangan?- Shimoliy va sharqiy.
7. X asr oxorida kim Gerelandiyani, materikni shimoliy-sharqiy qismlarini o`rganadi?- Erik Randa.
8. 1609-1610-yillarda kim gudzon qoltig`ini va bo`g`ozini kashf etgan?- G.Gudzon.
9. 1741 yilda Bering va Chirikovlar qayerlarni o`rganishdi?- Aleut orollari va Alyaska sohillariniva o`rgandi, xaritasini tuzdi.
10. Savdo –sotiq ishlarini yo`lga qo`yishda kimning xizmati katta?-G.Shelixov.
11. 1798-yil ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan hudud?- "Rus Amerikasi” ya`ni Alyaska ya. oroli.
12. Rossiya "Alyaskani” qachon AQShga sotib yubordi?- 1867 yil.
13. Qaysi erada Simoliy Amerika Yevroosiyodan ajralgan?-Mezazoy erasi boshida.
14. So`ngi 1mln yil davomida Yevroosiyo va Shimoliy Amerika bir-biridan qancha masofaga uzoqlashdi?- 40 km.
15. Magmatik va metamorfik jinslardan tuzilgan tog` va yassi tog`liklardan qanday konlar bor?- Temir, Uran, mis, nikel, oltin, kumush.
16. Apallachi tog`lari qanday qazilma boyliklarga boy?- Rudali qazilmalarga.
17. Apallachi tog`ining qaysi yonbag`rida Flint-Mamont g`ori joylashgan?- Janubiy-g`arbiy yonbag`rida.
18. Dunyodagi eng chuqur va tor dara nomi nima?- 320 km-Kalarado daryosidagi-Katta Kanyon (2km ga yaqin)
19. Shimoliy Amerikaning eng tor joyi?- Panama bo`yni 48 km.
20. Bering bo`g`ozini kengligi qancha?- 85 km.
21. Cho`kindi tog` kinslari qatlamlarida qanday qazilmalar tarkib topgan?- Neft, gaz, ko`mir, tuz.
22. Qaysi qo`ltiqni obrazli qilib "qaynoq tova” deb atashadi?- Meksika qo`ltig`i.
23. "Muz solingan qop” deb ataluvchi geografik obyekt?-Gudzon qo`ltig`i.
24. Qaysi tog`larning sharqiy yonbag`irlari toshko`mirga boy?- Kordolyera tog`i.
25. Qo`yho`kiz qaysi zonada yashaydi?- Arktika sahrolari zonasi.