Mavzu: Avstraliya iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
1. Avstraliya afrikaga nisbatan necha baravar quruq hisoblanadi?- 5 baravar.
2. Qaysi shamollar Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy yonbag`irlariga ko`plab yog`in keltiradi?- Janubi-sharqiy passatlar.
3. Avstraliyada nechta iqlim mintaqasi mavjud?- 4 ta:1) Subekvatoroal iqlim, 2)Tropik iqlim mintaqa 3)Subtropik iqlim mintaqa, 4)Mo`tadil iqlim mintaqa.
4. Subekvatorial iqlim mintaqasiga tavsif bering?- 200 j.k. gancha bo`lgan hududni egallaydi. Yozda ekvatorial havo massalari yog`in ko`p keltiradi.(800-2000 mm), qishda tropik havo massalari esadi, havo quruq yog`i yog`maydi.
5. Tropik iqlim mintaqasi qanday iqlim oblaslarga bo`linadi?- Quruq va Nam tropik iqlim mintaqa.
6. Qaysi iqlim mintaqasi materikni janubiy qismini va Tasmaniya orolining shimoliy qismini egallab olgan?- Subtropik iqlim mintaqalar.
7. Subtropik iqlim mintaqada yog`in miqdori qanday taqsimlangan?- G`arbdan sharqqa tomon subtropik iqlim tipi (300-1000mm) Kontinental iqlim tipi (yog`in100-500 mm) va janubi-sharqiy qismida nam subtropik iq.tipi (yog`in 2000-3000 mm).
8. Avstraliyada nima uchun daryolar oz?- Materikning katta qismi quruqtropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz.
9. Avstraliya ichki suvlarining 60 %, 7%, 33% qanday okean havzalariga tegishli?- 60% oqmas berk xavzaga, 7 % Tinch okean va 33 % Hind okean qaraydi.
10. Krik nima?- Daryolarning quruq o`zanlari.
11. Avstraliyada daryolar nimalardan to`yinadi?- Yomg`irdan va yer osti suvlaridan to`yinadi.
12. Eyr ko`lining maydoni qancha?- 15000 km2.
13. Materikning qayerlarida yer osti suvlari ko`p?- Cho`l va chala cho`l.
14. Avstraliyada qanday tabiat zonalari mavjud?- Nam ekvatoryal o`rmonlar, doimiy yashil qattiq bargli o`rmonlar, cho`llar, savanna va siyrak o`rmonlar, aralash o`rmonlar, tropik o`rmonlar.
15. Qaysi orol aralash o`rmonlar bilan qoplangan?- Tasmaniya.
16. Avstraliya aborigenlari qatyerdan ko`chib kelgan?- (Indoneziyadan) Janubi-Sharqiy Osiyodan.
17. Savannalarda qanday o`simlik va hayvonlar xos?- Evkalipit, akatsiya, kazuara, butilkasimon daraxtlar, kenguru, vambatlar, xaltali chumolixo`r yashaydi.
18. Koala, lirodum, kenguru, xaltali iblis, o`rdakburun yexidna, rang-barang to`tilar qaysi o`rmonlarda yashaydi?- Tropik o`rmonlarda.
19. Avstraliyaning cho`l va chalacho`l zonalarida past bo`yli, tikanli akatsiya va evkaliptlardan tarkib topgan quruq butazorlar- nima deb ataladi?- Skreb.
20. Evkaliptlarning turlarining soni?- 600 dan oshadi.
21. Avstraliyadagi 12 ming tur o`simlikdan qanchasi endemik?- 9000 tasi, 75 %.
22. Materik xayvonlarining necha % yer yuzining hech qayerida ucramaydi?- 90 %.
23. Avstraliyadagi 670 ta tur qushlardan qanchasi endemik?- 450 ta turi.
24. Avstraliyadagi eng ko`p yillik yog`in qayerda qayd etilgan?- Innesfeyim qishlog`ida 3535 mm.
25. Avstraliya aholisi qancha?- 19,9 mln (2004 y) kishi.
26. Avstraliyada qanch tur xaltalilar mavjud?- 162 ta tur.
27. Grud-Aylent oroli qayerda joylashgan?- Karpentariya qo`ltig`i.
28. Keyp-York yarim oroli bilan yangi Gvineya oroli orasidagi bo`g`oz?- Torres bo`g`ozi.
29. Adelaida shahri avstraliyaning qaysi tomonida joylashgan?- Janubida.
Do'stlaringiz bilan baham: |