Mavzu: Okeaniya.
1. Okeaniyada orollar maydoni qancha?- 1,3 mln km2.
2. Okeaniya o`z tarkibiga qancha orolni birlashtiradi?- 7000dan ziyod.
3. Okeaniyaning qariyib 90 % hududi qaysi orollar tarkibiga kiradi?- Yangi Gvineya va Yangi Zellandiya.
4. Okeaniya qanday geografik oblastlarga bo`linadi?- Melaneziya, Mikroneziya, Polineziya.
5. O`rtacha yillik harorat qancha?- +230C, +280C.
6. Yangi Gvineya, Solomon, Yangi Gibred, Yangi Kaledoniya qanday orollar?- Melaneziya (qora orollar).
7. Yangi Gveniya orolida o`simliklarning qancha turi bor?- 2000 dan ortiq.
8. Okeaniyada qaysi orollar geosinklinal orollar hisoblanadi?- Mariana, Yangi Kaledoniya.
9. Qanday qazilma boyliklariga tegishli?- rangli metal rudalari, ko`mir, fosfarit, boksit, neft kabilarga.
10. Bo`yi 3 m keladigan Moa tovug`i, 3 ko`zli kaltakesak, kivi tovug`i qaysi orollarda yashaydi?- Yangi Zellandiya.
11. Gavayi orolidagi tog` yonbag`rilarida yiliga yog`in miqdori necha mm yog`adi?- 12500-14000 mm.
12. Mikroneziya (kichik orollar) geo.oblastiga kiruvchi orollar?- Guam, Marian, Marjon Marshall, Gilbert, Ellis orollari, Karolin orollari.
13. Gavayi, Pakxa, Tuamotu orollari kelib chiqishiga ko`ra qanday orollar?- Vulkanik orollar.
14. Okeaniya aholisi qancha?- 12,7 mln kishi (2004 y).
15. Yangi Zellandiya tub joy aholisi jami aholining necha % ni tashkil etadi?- Maorlar 9 % ni.
16. Mahalliy aholi qanday o`simliklar yetishtiradi?- Kakos palmasi, banan, shakarqamish, ananos, kofe, kakao yetishtiradi.
17. Gavayi orollari qancha masofaga cho`zilgan?- 2500 km.
18. Okeaniya maydoni jami quruqlikni necha % egallagan?- atigi 2 % ni.
19. Yangi gvineya tog`larida necha metrdan yuqorida doimiy qorlar, kichik muzliklar bor?- 4420 m.
20. Poliniziyaga- Gavayi, Tuamotis, Tonga, Kuk, Jamiyat, Markiz.
Mavzu: Antarktida. Geografik o`rni, o`rganish tarixi, relyefi geologik tuzilishi, qazilmlari.
1. Antarktida haqida umumiy ma`lumotlar?- Maydoni-14 mln km2, eng baland yeri- Vinson massivi-(Elsuer tog`lari) 5140m, eng past yeri-Bentli cho`kmasi-(Muz tog`i)-2555 m. Muz yuzasining o`rtacha balandligi – 2040 m.
2. Antarktika va antarktida tushunchalarini taqqoslang?- Antarktika janubiy geografik o`lka. Uning tarkibiga Antarktida va uning atrofidagi orollar va dengizlar kiradi. Maydoni 52,5 mln km2. Antarktida-muzli materik, Uning maydoni-14 mln km2.
3. Antarktida so`zining lug`viy ma`nosi?- Arktikaning teskari tomoni.
4. Antarktida qirg`oq chiziqlarining uzuznligi qancha?- 30000 km.
5. Eng katta yarim oroli?- Antaktika.
6. Antarktidagi erebus vulqoni qaysi dengiz sohilida joylashgan?- Ross dengizida.
7. Qaysi materikni Ilm fan va Tinchlik materigi deb ataydilar?- Antarktida materigi.
8. Antarktida atrofida nechta dengiz bor?- 12 ta.
9. Janubiy qutibda 1-chi va 2-chi bo`lib borgan sayyohlar?- 1) Norvegiyalik R.Amundsen (1911 yil 14-dekabrda) 2) Ingiliz R. Skott borgan. (1912 yil 18 yanvar).
10. Xalqaro geofizika yili deb qaysi yillar aytiladi?- 1957-1959 yil.
11. " Antarktida ” to`g`risidagi shartnoma qachon qabul qilindi?- 1959 y 11 ta mamlakat o`rtasida.
12. Transanfarktida to`g tizmasi qaysi burmalanishda ko`tarilgan?- Alp tog` burmalanishida.
13. Muz bosish qachon boshlangan?- 360 mln yil aval.
14. Hozirgi muzliklar qachon hosil bo`lgan?- 20 mln yil muq.
15. Antarktidada muzlarning eng qalin joyi necha m ga boradi?- 4500 metr.
16. Eng baland materik?- Antarktida o`rtacha baland 2000 km.
17. Antarktidada muz tagi relyefining qancha qismi dengiz sathidandan pasda joylashgan?- 70 %.
18. Bentli cho`kmasi qaysi tekislikda joylashgan?- Berd tekisligida –2555m.
19. Nunutak nima?- Tog`larning muzlardan chiqib turgan cho`qilarini fanda nunutaklar deb atashadi.
20. Janubiy magnit qutbi hozirda qayerda joylashgan?- Adeli yerida.
21. 1898-yil, 1900 yillarda qaysi norvegiyalik sayyoh Antarktidaning viktoriya yerida qishladi. K.Borxgreving.
22. Qachondan boshlab Antarktidani samolyotlar yordamida o`rgana boshlandi?- 1928 yildan.
23. Hozirgi vaqtda materikda qaysi stansiya ishlab turibdi?- Molodyojnaya stansiyasi.
Mavzu: Iqlimi va organik dunyosi.
1.Yer yuzidagi muzliklarning va chuchuk suv zaxirasining necha % Antarktidaga to`g`ri keladi?- Muzliklarning 87 %, chuchuk suv zaxirasining 80 % i shu yerda.
2. Antarktidada shamollar qanday esadi?- Kuchli shamollar okeanga qarab esadi, 1 soniyada 30-35 m, ba`zan 90 m gacha tezlikda esadi.
3. Qish oylarida havoning o`rtacha harorati qanday bo`ladi?- -600 C ko`pincha –700-800C dan past bo`ladi.
4. Antarktidada yog`inlar qanday taqsimlangan?- Materik markazida yog`in miqdori 30-50 mm, sohilga tomon ortib boradi. 600-700mm. Yog`in qor holatda yog`adi.
5. Antarktida hududi qaysi iqlim mintaqalarida joylashgan?- Antarktika va subantarktika.
6. Antarktida sohil zonalarida qanday hayvonlar yashaydi?- ko`k kitlar, tyulentlar, dengiz qoploni, janubiy dengiz mushugi va dengiz sheri va pingvinlar yashaydi.
7. Antarktidada qachondan boshlab ko`k kitlarni ovlash taqiqlangan?- 1967-yildan.
8. Antarktida yaqinidagi orollar maydoni qancha?- 75000 km2.
9. Antarktida muzligining eng qalin joyi qayerda?- Viktoriya yeri. Tiz
10. Antarktikaga tegishli bo`lmagan dengizni aniqlang?- Fidji.
11. Pinvinnlarning nechta turi tarqalgan?- 17 ta turi.
12. " Antarktika vohalari ” nima?- Materik qirg`oqlarida butunlay muz va qorlardan xolos bo`lgan quruqliklar.13. Muzsiz tog`yonbag`irlarida yozda harorat qanchaga yetishi mumkin?- +200C gacha yetishi mumkin.
Mavzu: Janubiy Amerika. Geografik o`rni, o`rganilish tarixi, geologik tuzilishi.
1. Eng sernam materik?- Janubiy Amerika.
2. Janubiy Amerika haqida umumiy ma`lumot?- Maydoni-17800000 km2. Dengiz sathidan eng yuqori balandlik-Akangkagua t, 6960 m. Dengiz sathidan eng past joyi- Valdes ya.o –40 m. Materikning eng chekka shimoliy nuqtasi- Galinos b. Eng chekka janubiy nuqtasi- Frouerd b. Eng chekka g`arbiy nuqtasi-Prinyas b. Eng chekka sharqiy nuqtasi- Kabu-Branku b. Eng uzun daryosi- Amazonka 6400 km. Eng yirik ko`l- Marakaybo-14343 km2, Eng yirik orol-Olovli yer 48200 km.
3. Janubiy Amerika shimoldan janubga va g`arbdan sharqqa qancha masofaga cho`zilgan?- Shimoldan janubga –7000 km. G`arbdan sharqqa-5000 km ga cho`zilgan.
4. Janubiy Amerikaning janubiy sharqiy qismida qaysi oqim oqib o`tadi?- Folklend sovuq oqimi.
5. Vatandoshimiz A.Beruniy Amerika quruqligining mavjudligi haqida qanday fikr bildirgan?- "Bizning tekshirishimizcha, Yerning shimoliy choragidan biri quruqlik bo`lganligidan uning hamqurt choragi ham quruqlik bo`lishini taxmin qilamiz” deb aytgan.
6. X.Kolumb 1492 yil 12 oktyabr kuni qayerga boradi?- San-Salvador oroliga.
7. 1499-1504 yillarda asli italiyalik bo`lgan qaysi sayyoh Janubiy Amerika shimoliy qirg`oqlarini o`rganadi?- Amerigo Vespuchchi.
8. Nechanchi yildan boshlab yangi dunyo materigiga Amerika deb nom beriladi?- 1507-yil.
9. Janubiy Amerikani ilmiy jihatdan o`rganishda kimlarning xizmatlari katta?- Nemis sayyoxi- A.Gumboldt, Frasuz botanigi- E.Bonplan.
10. And tog`lari tabiatini o`rgangan nemis sayyohi?- A.Gumboldt.
11. Materik tabiati va aholisi haqida qiziqarli ma`lumotlar to`plagan rus olimi?- N.G.Rubsov, G.I.Longsdarf, A.I.Voyeykov, N.I.Vavilovlar.
12. Gorin burni qachon kim tomonidan kashf etilgan?- 1616 yil V.Sxayten (gollandiyalik).
13. Janubiy Amerika qirg`oqlarini uzunligi qancha?- 28700 km.
14. Janubiy Amerikaning eng katta yarim oroli?- Guaxira ya.oroli.
15. Balandligi 3014 m bo`lgan Neblina cho`ggisi qaysi yassi tog`likda joylashgan?- Gviana yassi tog`ligida.
16. Janubiy Amerikada qanday past tekisliklar bor?- Amazonka va La-Plata pasttekisliklari, Orinoko pasttekisligi.
17. And tog`larining magmatik va metomorfik jinslarida qanday konlar mavjud?- Mis, qalay, qo`rg`oshin, oltin, kumush, platina.
18. Janubiy Amerikada noruda konlardan qaysilar uchraydi?- Bor, yod, oltingugurt, tabiiy selitra.
19. Braziliya yassi tog`ligidagi bazaltli va metomorfik jinslarda qaysi foydali qazilmalarning zahiralari ko`p?- Temir, olmos, ura, marganes, nikel, kobalt, volfram.
20. Materikning qaysi hududlarida neft, tabiiy gaz, toshko`mir konlari bor?- Cho`kindi tog` jinsi to`plangan botiqlarda.
21. Janubiy Amerika hududi relyef jihatdan qanday qismlarga bo`linadi?-2qismga: 1) tog`li g`arb 2) tekislik va yassi tog`lik.
22. Janubiy Amerikadagi eng baland harakatdagi vulqon?- Lyulyaylyako-6723 m.
23. And tog`larining uzunligi qancha?- 9000 km.
24. Balandligi 2890m bo`lgan bandeyra cho`qqisi qaysi tog`da joylashgan?- Brazilya yassi tog`ligi.
25. Makarena milliy bog`i qaysi davlatda joylashgan?- Kolumbiyada.
26. Janubiy Amerikaning eng keng sharsharasi?- Iguasu 2700 m.
27. San-Pedro vulqonining balandligi qancha?- 5974 m.
28. Maydoni 14343 km2 bo`lgan geografik obyekt?- Marakay ko`li.
Mavzu: Iqlimi va ichki suvlari.
1. Materikning qaysi qismlari ekvatorial va Tropik havo massalari ta`sirida bo`ladi?- Markaziy va shimoliy.
2. Janubiy Amerikaning janubiy qismlarida qanday havo massalari hukumronlik qiladi?- Mo`tadil havo massalari.
3. Nima uchun materikning g`arbiy va janubi-sharqiy sohillariga yog`in kam yog`adi?- Peru va Folklend sovuq oqimlari quruq havo massalarini olib keladi.
4. Janubiy Amerikada nechta iqlim mintaqasi mavjud?- 6 ta. Ekvatorial, tropik, suptropik va mo`tadil. 1 marta subekvatoryal iqlim mintaqa 2 bor takrorlanadi.
5. Qaysi iqlim mintaqada yog`in miqdori 3500 mm dan ko`p, yil davomida havo harorati 240-250 C atrofida bo`ladi?- Ekvatorial iqlim mintaqasida.
6. subekvatorial iqlim mintaqaga tavsif bering?- 2 ta fasl aniq ifodalanadi. Yozda 1000-2000 mm yog`in yog`adi. O`rtacha oylik harorat +250 C.Qishda yog`in yog`maydi, havo harorati +200 C atrofida.
7. Tropik iqlim mintaqaga tavsif bering?- Braziliya yassi tog`ligining sharqiy qismida 1500-2000 mm atrofida yog`in yog`adi. Yanvarning o`rtacha harorati +250 C, iyulda esa +170C,+190C ni tashkil etadi. And tog`lariga yaqin joylariga 250-500 mm yog`in tushadi.
8. Qaysi sovuq oqim ta`sirida Atakama cho`li hosil bo`lgan?- Peru sovuq oqimi.
9. Qaysi iqlim mintaqasi materikning 300 va 400 j klari oralig`ida joylashgan?- Subtropik iqlim mintaqa.
10. Mo`tadil iqlim mintaqaga tavsif bering?- Tinch okeani sohilida yil davomida 2000-3000 mm yog`in yog`adi. Sharqda mo`tadil kontinental iqlim bo`lib yog`in 300-400 mm. Qishi sovuq qorli. Yozda qorli bo`ronlar bo`lib turadi.
11. Qaysi daryoning 500 dan ortiq irmog`i bor?- Amazonka daryosi.
12. Amazonka daryosining o`rta oqimida, quyi oqimida, quyilish joyida kengligi qancha?- O`rta oqimining kengligi-5 km, quyi oqimining kengligi-80 km, quyilish joyi-320 km.
13.Parana daryosidagi Iguasu sharsharasining kengligi va balandligi qancha?- Kengligi-2700 m, balandligi-2 m.
14. Dunyodagi eng baland sharshara qaysi daryodan oqib tushadi?- Orinoko daryosining Churuk irmog`idan Anzel.1054 m.
15. Qaysi daryoda "Tezkori oqish” hodisasi 1400 kmgacha kuzatiladi?- Amazonka daryosida.
16. Amazonka daryosida uchraydigan yirtqich baliq?- Piraniya balig`i.
17. Magdalna daryosi qayerqa quyiladi?- Karib dengiziga.
18. Janubiy Amerikaning qaysi daryolari Atlantika okeani havzasiga tegishli?- Amazonka, Parana, Tokantins, Orinoko, San-Fransisko, Urugvay.
19. Parana daryosi qaysi tog`lardan boshlanadi?- And tog`laridan va Braziliya yassi tog`laridan.
20. Amazonka daryosidagi barglarning diametri 2 m ga yatedigan chiroyli gulli o`simlik?- Nilufar (Vektoriya) regiya.
21. Janubiy Amerikaning eng issiq joyi?- +460 C Rivadaviyada.
22.Janubiy Amerikada eng past harorat qayerda qayd etilgan?—330C Sarmyentada.
23. Janubiy Amerikaning eng ko`p yog`in tushadigan joyi?- 7155 mm Kolumbiyaning Buenaventura hududi.
24. Janubiy Amerikada qaysi iqlim mintaqasi 2 ta?- Subekvatorial.
25. Anxel sharsharasi qachon kashf etilgan?-1935 yilda.
Tabiat zonalari, balandlik mintaqalari.
1. Maranon va Ukayali daryolarining qo`shilishidan qaysi daryo hosil bo`ladi?-
Amazonka.
2. Janubiy Amerikada qanday tabiat zonalari bor?- Ekvatorial, subekvatorial o`rmonlar, savannalar, dasht, chalacho`l, cho`l va keng bargli o`rmonlar zonalari.
3.Ekvatorial o`rmonlar mahalliy aholi tilida nima deb atashadi?- Selva (portugalcha "o`rmon”)
4. Amazoniya nima?- Amazonka havzasidagi o`rmonlar egallagan hududlar shunday ataladi.
5. Amazoniya hududidda qanday qimmatbaho daraxtlar o`sadi?- Kauchuk beradigan geveya daraxti, palmalarning har xili, kakao daraxti, seyba, qovun daraxtlari vatani ham.
6. T.Xeyerdal o`zining "Kon-Tiki” kemasini qaysi daraxtdan yasagan?- Balsa daraxtidan.
7. Podzollashgan laterit tuproqlar- qizil-sariq ferralitlar qaysi o`rmonlarga xos?- Ekvatorial o`rmonlar.
8. Seyba daraxtining balandligi?- 80 metr.
9. Ekvatorial o`rmonlar zonasida yashovchi hayvonlar?- Maymunlar, yalqovlar, tapirlar, piranya balig`i, suv cho`chqasi- Karibarlar, anakonda iloni, yaguar, qurbaqalar, qushlardan- kalibri, to`tilar, shaftolixo`rlar, kapalaklar, qo`ng`izlar.
10. Subekvatorial o`rmonlar zonasigaqaysi hududlar kiradi?- Brazilya va Gviana yassi tog`liklarini shimoliy yonbag`irlari kiradi.
11. Subekvatorial o`rmonlarda yiliga qanchayog`in yog`adi?- 2000-3000 mm.
12. Savannalar hayvonot dunyosi qanday?- Kichik bug`ilar mazamlar, yovvoyi cho`chqalar-pekarlar, zirhlilar-shox moddadan iborat qalqoni bo`lgan sutemizuvchilar, chumolixo`rlar kemiruvchilar, Nandu tuyaqushi yashaydi.
13. Janubiy Amerikada dasht zonasini nima deb atashadi?- Panpa (indeislar tilida "daraxtsiz” yerlar).
14. Dashtlarda qanday o`simliklar va hayvonlar uchraydi?- O`t o`simliklardan- chalov, betaga, yovvoyi tariq, Hayvonlardan-lamalar, tuyaqushlar, pampa bug`usi. Pampa mushugi yashydi.
15. Patagoniya nima?- Tabiiy sharoiti qattiq, yog`in kam yog`adigan o`lka.
16. Chalacho`llar zonasi qaysi iqlim mintaqada tarkib topgan?- Mo`tadil iqlim mintaqada.
17. Patagoniyaga xos o`simliklar va hayvonlar qaysi?- Chimli g`allagullilar va tikanli butalar o`sadi. Kemiruvchilar, nutriya, mayda zirxlilar kabi hayvonlar yashaydi.
18. Yog`och qattiqligidan "Bolta sindirar” nomini olgan daraxt qaysi tabiat zonada o`sadi, bu o`simlik nomi nima?- Kebracho daraxti Savanna va siyrak o`rmonlar zonasi.
19. "Sayyoramiz o`pkasi” deb qayerni ataymiz?- Amazoniya o`rmonlari.
20. Kampos nima?- Brazilyadagi tirik savannalar zonasi.
21. Janubiy Amerikadagi subtropik chalacho`llar va cho`llar zonasi nima deyiladi?- Patagoniya.
22. Eng kichik qush?- Kalibri o`girligi 1,6-1,8 gr, uzunligi 5,5 sm. 500 ta turi bor.
23. Shinshilla qanday hayvon?- Mo`ynasi eng qimmatbaho kemiruvchi hayvon.
24. Baland tog`lardagi quruq tog` dashtlarini va chalacho`llarni nima deb atashadi?- Puna.
25. And tog`laridagi balandlik minlarini tartib bilan ayting?- 1) Hamma ekvatorial o`rmonlar 1000 m gacha. 2) tog` o`rmonlar 1000-2000 m. 3) Baland tog` o`rmonlari 2000-3000 m. 4) Baland tog` o`tloqlari 3000-4000 m. 5) Qor va muzliklar 5000-6000 m.
26. Paramas nima?- Baland tog` o`tloqlari.
27. And tog`laridagi yirtqich qush?- Kondor.
28. Patagoniyada qanday tuproqlar tarqalgan?- Kam hosilli bo`z tuproqlar.
29. Savannalar sonasi qayerda tarkib topgan?- Subekvatorial iqlim mintaqalari hududidagi pastekisliklarda, yassi tog`liklarda.
30. Uzunligi 2730 km bo`lgan daryo?- Orinoko.
Mavzu: Tabiiy geografik o`lkalari. Aholisi.
1. Janubiy Amerika qanday yirik tabiiy geografik o`lkalarga ajratiladi?- 2ta yirik o`lkaga- Tog`li g`arb va tekislik sharq.
2. Amazoniya qaysi yassi tog`liklar orasida joylashgan?- Gviana va Brazilya yassi tog`liklari.
3. Janubiy Amerikaning qaysi o`lkasida yil bo`yi harorat +240, +270atrofida yog`ingarchilik 1500-3000 mm ni tashkil etadi.?- Amazoniya.
4. Amazonkaning chap va o`ng irmoqlari qaysi oylarda to`lib oqadi?- Chap irmoqlari apreldan iyungacha, o`ng irmoqlari esa dekabrdan fevralgacha to`lib oqadi.
5. Brazilya nomi qanday kelib chiqqan?- Paul-Brazil daraxti nomidan.
6. Amazoniya hududidagi cho`kindi jinslar orasidan qanday konlar topilgan?-Neft, tabiiy gaz, rangdor metallar, marganes, temir konlari topilgan.
7.Brazilya yassi tog`liglari qayerda joylashgan?- Amazonka va La-Plata pastekisliklari hamda Atlantika okeani oralig`ida joylashgan.
8.Brazilya yassi tog`ligi yer yuzasi qanday jinslardan tuzilgan?- Asosan, eng qadimgi kristall va metamorfik tog` jinslari.
9.Brazilya yassi tog`ligining katta va janubiy qismlari qaysi mintaqalarda jo`ylashgan?-Katta qismi subekvatorial va tropik janubiy qismi esa subtropik mintaqada joylashgan.
10. Brazilya yassi tog`ligini iqlimiga tavsif bering?- Yanvarning o`rtacha harorati +220C dan +290 C gacah, iyulning o`rtacha harorati +120 gacha. O`rtacha yog`in miqdori 1400-2000 mm ga teng.
11. Brazilya yassi tog`ligidagi daryolar nimalardan to`yinadi?- Yomg`irlardan.
12. Brazilya yassi tog`ligining o`simlik va hayvionlari?- Shimoliy qismidagi o`rmonlarda yilimli palma, janubida brazilya akaukariyasi, doimiy yashil o`rmonlarda-paragvay choyi o`sadi. Siyrak o`rmon va savannalarda qizil tumshuq, yolli bo`ri, qizil bug`u, nandu tuyaqushi tapirgan yashaydi.
13. Janubiy Amerika aholisi qancha?- 367,2mln kishi (2004 yil).
14. Materikka kishilar qachon Osiyodan kelgan?- 20 ming yil ilgari.
15.Qaysi davlat aholisi portugal tilida so`zlashadi?- Braziliya.
16. Dastlab Janubiy Amerikaga ispanlar va portugallar nechanchi asrda kelib o`rnashgan?-XVI asrda.
17. Metis, mulat, sambo tushunchalarini tavsiflang?-
Yevropalik bilan indeyislar chatishmasi-Metis.
Yevropalik bilan negrlar chatishmasi-Mulat.
Ideyrslar bilan negrlar chatishmasi- Sambo deyiladi.
18. Qaysi davlat aholisi ispan va kechna tilida gaplashadi?- Peru
19. Oltin va olmosga boy tog`lik?- Birazilya yassi tog`ligi.
20. Janubiy Amerikadagi neftga boy bo`lgan tekislik?- Orinoko pastekis.
Do'stlaringiz bilan baham: |