HAYVONOT DUNYOSI VAKILLARI HAQIDA BA’ZI QIZIQARLI MA’LUMOTLAR (10-SON)
1. Bentos – suv tubida hayot kechiradigan organizmlar. 2. Spermiysida Y xromosoma umuman bo’lmaydi – ba’zi bir hasharotlarda. 3. Gameostaz xususiyati – qushlarda va ayniqsa, sutemizuvchilarda yaxshi rivojlangan. 4. Baliqlar – sargan (dengiz masxarabozi), oqcha, oqsla, xumbosh, ilonbosh, oq amur. gulmoy (forel), beluga, lattachi baliq. uzun burunli kapalak baliq. mo'ylov baliq mindano. gambuziya. 5. Kaltakesaklar – yashil iguana, yer iguanasi, agama. 6. Tuyaqushlar – nandu, emu, kazuar, Afrika tuyaqushi. 7. To'tiqushlar – kakadu, xoldor to‘ti. ara to'tiqushi. 8. Xaltali (qopchiqli) hayvonlar – kenguru, qopchiqli krot, qopchiqli tiyin. qopchiqli bo‘ri, qopchiqli ayiq, xaltali sichqon, koala, xaltali letyaga, dengiz otchasi, yexidna va boshqalar. 9. Tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilar -o'rdakburun,yexidna. proyexidna. 10. Kapalaklar – kallima, belyanka, gelekonius, zorka, tovusko'z, appalon, maxaon, kulrang satir, podolariy, poliksina, katta sadafdor, olma mevaxo’ri. 11. Qushlar – kuropatka, And kondori, kar, Lira, qanotsiz kivi, tojdor turna, kotib qush, kapachi qush, qizilto'sh, ko’lbuqa, ko’rgalak, kuyka, churrak, qora suvke, moyqurt. 12. Pingvinglar – Magellan, imperator. 13. Sutemizuvchilar – skuns, shinshilla, malla revun, lama-vikunya, tapir, karkidon (nosorog), suv ayg’iri (begemot), otsimon ohu, kafr buyvoli, kanna, qiloyoq yoki ay-ay, Afrika fili, yelik, kabarga, los, sixshox kiyik, sayg'oq. 14. Hasharotxo'rlar turkumiga mansub sutemizuvchilar – Quruqlikdagi formalari: sakrovchi, tipratikan, kutora, yerqazar; suvda va quruqlikda yashovchi formalari: qunduzsimon yerqazar, krot, vixuxol. 15. Entomofaglar – mikrofanus, oltinko’z, trixogramma, afelinus, podoliya, gabrabrakon, xonqizi, inkarziya, qaldirg‘och, qizilishton, ko'rshapalak, tipratikan va boshqalar. 16. Fitofaglar – To’griqanotlilar turkumi vakillari, ya’ni chigirtka, temirchak, chirildoqlar hamda g’ozlar, tok shillig’i, yalang’och shilliqlar va boshqa o'txo’r hayvonlar. 17. Detritofaglar – yomg'ir chuvalchangi, zaxkash, go‘ngxo'r qo’ng’izlar, o’laksaxo’r qo’ng'izlar, uy pashshasining qurtlari va boshqalar. 18. Migratsiya qiluvchi hayvonlar – Kitlar, ba’zi qushlar, baliqlar, hasharotlar va boshqalar. 19. Planktonlar – dalniya, siklop. 20. Pillaga o'ralib yozda uyquga ketuvchilar – yomg’ir chuvalchangi, ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar. 21. Sonining ma'lum yillarda davriy o‘zgarishi kuzatiladigan hayvonlar – baqalar, qurbaqalar, dala sichqonlari, chigirtkalar. 22. O'zbekistonda yaqin vaqtlargacha yashagan Turon yo‘lbarsi bilan gepard butunlay yo‘qolib ketdi. 23. Stegotsefallar – devon davrida paydo bo’lgan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki vakili. 24. Ixteostega – yunoncha ixtius – baliq, stege- qopqoq. Devon davrida tarqalgan suvda hamda quruqlikda yashovchilar - stegotsefallarning bir xili bo’lib, ular baliqlarning jabra, dum suzgich qanotlarini o’zida saqlagan. 25. Terapsid – qadimgi sudralib yuruvchilar va dastlabki sutemizuvchilar o'rtasidagi oraliq hayvon. 26. Diplodok – yura davridagi bahaybat qadimgi sudralib yuruvchilar dinozavrlarning bir xili. 27. Protavis – hozirgi qushlarning ajdodi hisoblanadi. 28. Vidra – yirtqichlar turkumiga kiruvchi suvda yashovchi hayvonlarning bir turi. 29. Zaharli ilonlarni mangustlar, tipratikanlar, cho’chqalar yeydi. 39. Kakku o‘z tuxumini qorayaloqlar, bog’ moyqurti, qizil quyruq, jiblajibonlar, bulbul, sirchumchuqlarning inlariga qo’yadi. 31. Hasharotlarning diapauza holati – ko'payishdan vaqtincha to'xtashi, harakatsiz yoki kam harakatchan bo’lishi, ovqatlanmasligi. 32. Hayvonlarning nasl (tuxum) berish darajasi – laqqa baliq 136 000, cho'chqa solityori 200 000 000-300 000 000, askarida 50 000 000-60 000 000, treska balig’i 10 000 000, okun 300000. 33. Oz tishlilar turkumiga – chumolixo’r, yalqov, zirhlilar oilasi kiradi. 34. Chala maymunlar – tupaylar. 35. Bir xil uzunlikdagi hayvonlar – biy, jigar qurti (3-4 sm), kо’lvor ilon, imperator pingvini (120 sm), kарcha ilon va bakra baliq (2 m gacha boradi). 36. Go‘shti uchun ovlanadigan hayvonlar – ustritsa, taroqcha, midiya, Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoq, krab, omar, langust, krevetka, zog'ora, oq amur, oqcha, xumbosh. oq sla, ilonbosh, kaklik, qur, qirg’ovul, o’rdak, g‘oz, bedana, kaptar, churrak, suqsun, sayg‘oq va boshqalar. 37. Yog’i uchun ovlanadigan hayvonlar – ba’zi skat turlari, kо'k sug‘ur, tulen, morj. 38. Ichki urug’lanish kuzatiladigan baliqlar – akulalar va skatlar. 39. Tabiiy partenogenes kuzatiladi – ayrim qisqichbaqasimonlar(dafniya), pardaqanotlilardan (asalari, ari) va o’simlik shira bitlarida, qisman qushlardan (tustovuqda). 40. Sun'iy partenogenes kuzatiladi – tut ipak qurtida, baliqlar, quyonlarda. 41. Sodda hayvonlarda – xromosomalar soni bir necha yuz barobargacha ko’payishi mumkin. 42. Urg'ochi jinsning geterogametaligi (XY) – kapalaklarda, qushlarda va sudralib yuruvchilarda kuzatiladi. 43. Gastrulyatsiyaning har xil yo’llari – kovakichlilarda (hujayralar migratsiyasi), lansetnikda (blastulaning botib kirishi), sudralib yuruvchilar va qushlarda (qat-qat joylashuvi), amfibiyalarda (o’sib kirish). 44. Kovakichlilarda – uchinchi murtak qavat, ya'ni mezoderma hosil bo’lmaydi. 45. Ovogenezda birlamchi urg'ochi gametalarning ko’payishi – tuban umurtqasizlarda butun umri mohaynida davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |