Talablarning estetik kichik guruhi strukturaning paydo bo‘lishi uchun to‘rt
asosiy talabni o‘z ichiga oladi: ifoda qilish, shaklning ratsionalligi,
kompozitsiyaning yaxlitligi, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini mukammalligi.
4. Ishlab chiqarish - texnologik talablar:
• konstruksiyaning ishlab chiqaruvchanligi, ya’ni ishlab chiqaruvchanlik –
bu ishlab chiqarish, qo‘llash va ta’mirlash davomida barcha turdagi resurslarning
minimal sarflanishiga moslashtirilishi;
• birxillashtirish va standartlashtirish, ya’ni oldindan ishlab chiqilgan va
ishlab chiqarilgan qismlar va mahsulotlarni yangi mahsulotlar, shuningdek,
standart mahsulotda maksimal darajada ishlatilishini nazarda tutadi.
5. Iqtisodiy talablar: eng arzon narx va minimal ekspluatatsion xarajatlarni
ta’minlash.
6. Patent - huquqiy talablar:
• himoyaga loyiq konstruksiyalarga talablar: original texnik echimlar, sanoat
namunalari va tovar belgilari milliy va xalqaro patentlar bilan himoya qilinishi
kerak;
• patentning tozalik talablari: patent tozaligi ushbu texnik echimning
patentlari foydalanilmayotgan mamlakat ta’siri ostida yo‘qotilishini tavsiflaydi.
O‘lchash asbobi konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqaylik.
Ular ikki xil bo‘ladi: umumiy va maxsus.
Umumiy talablarga quyidagilar kiradi: funksional vazifa; o‘lchash diapazoni;
sezgirlik; xatolik; ishonchlilik; statik tavsifning chiziqliligi; tezkorlik; og‘irlik
o‘lcham tavsiflari; klematik bajaruvchanlik; asbobning optimal (qulay) bajarilishi.
Umumiy talablardan tashqari asbob konstruksiyasiga qo‘llash shartlariga
bog‘liq xolda maxsus talablar qo‘yiladi. Masalan: yuqori bosim mavjudligida
asbob konstruksiyasi shu bosimni xisobga olgan ishonchlilik bilan bajarilishi zarur.
Xuddi shunday xol uchun yuqori xarorat yoki atrof - muxit namligi. Agressiv
muxitda asbob elementlari shu muxitga chidamli materialdan tayyorlanishi zarur.
Asbob ochiq xavoda, yopiq xonalarda, xamda sun’iy iqlimli xonalarda ishlatilishi
mumkin. Asboblar ko‘chma yoki statsionar bo‘lishi mumkin, xamda uchuvchi
qurilmalar, kema va er osti transportida o‘rnatilishi mumkin. Xamma xol uchun
maxsus talablar ishlab chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. G.K.Vijayaraghavan., R.Rajappan., Engineering Metrology and
Measurements., For 5th Semester Mechanical and Automobile Engineering ( As
per the Latest Anna University Syllabus – Reg., 2008.
2. Dj. Frayden. Handbook of modern sensors. /Springer-Verlag New York,
Inc., 2015.
3. Ron S. Kenett , Emanuel Baker., Software Process Quality: Management
and Control (Computer Aided Engineeringyu, Taylor &Frances., 2005.
4. G. M. S. de Silva., Basic Metrology for ISO 9000 Certification (1st
Editio)., Ships from and sold by Amazon.com. Gift-wrap available., 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |