Konstruksiyalashga qo‘yiladigan talablar
Tayyor mahsulotga qo‘yiladigan talablar majmui alohida guruhlarga
bo‘linadi.
1. Funksional - texnik talablar:
• mahsulotning funksional vazifasi uning maqsadga muvofiqligi va uni
qo‘llash sohasiga mosligini belgilaydi; ma’lum bir parametrni o‘lchash; signallarni
qabul qilish, uzatish va qayta ishlash: ko‘rsatish, kuchaytirish va boshqalar;
• metrologik tavsiflari: aniqlik ko‘rsatkichlari, statik xususiyatlar, o‘lchash
diapazoni, sezgirlik, va hokazo.
• metrologik bo‘lmagan konstruktiv-texnik parametrlar: o‘lchash quvvati;
iste’mol quvvati; tarmoq kengligi; tezkorlik; xalaqitlarga daxlsizligi; elektr va
mexanik mustaxkamligi; konstruksiyaning soddaligi; maxsus talablar.
• ishonchlilik ko‘rsatkichlari: ishonchlilik, davomiylik, qat’iylik, chidamlilik.
• og‘irlik va o‘lcham xususiyatlari: og‘irlik, umumiy va o‘rnatilgan
o‘lchamlari.
2. Ekspluatatsion talablar:
• iqlim o‘zgarishi;
• o‘rnatish obyektini joylashadigan sinfiga nisbatan (havo, dengiz, quruqlik,
ko‘chma obyektlar uchun zamin va boshqalar);
• obyektda joylashtirish kategoriyasi bo‘yicha: ochiq havoda; shift ostida,
harorat va namlikning o‘zgarishi ochiq havo sharoitidan sezilarli darajada farq
qilmaydigan obyektda; tabiiy shamollatilagan yopiq xonalarda; sun’iy iqlimli
xonalarda; namlik yuqori bo‘lgan xonalarda.
• obyektga o‘rnatish: qattiq, tez chiqarib olinadigan, zarbalanadigan
amortizatorli va boshqalar.
• kommunikatsion aloqa tarmoqlari: elektr tarmoqlari, erga ulash shinalari,
shamollatish tarmoqlari va boshqalar.
• obyektda elektromagnit maydondan muhofaza;
• sozlash, ishlatishdagi soddaligi va qulayligi;
37
• ta’mirlanuvchanlik;
• yuqori ishonchlilik, chidamlilik, saqlanuvchanlik;
• kam quvvat sarfi.
3. Ijtimoiy talablar:
• ishlab chiqarish, o‘rnatish va ishlatishda xavfsizlik;
• ergonomik talablar inson - mashina tizimini tavsiflaydi va antropometrik va
psixofiziologik ikki asosiy talabni o‘z ichiga oladi;
Antropometrik talablar - bu strukturaning o‘lchamlari qurilma bilan ishlash
va uni ta’mirlashda korpusning o‘lchamlariga va operatorning ish yuritadigan
holatiga mos kelishini ta’minlash uchun konstruksiyalash.
Psixofiziologik talablar – bu mahsulotning insonning fiziologik
xususiyatlariga muvofiqligi, mahsulot bilan eng qulay ish sharoitlarini ta’minlash
uchun hissiy organlari va ruhiyatining o‘ziga xos xususiyatlariga mos keladigan
talablar.
• estetik talablar: strukturaning ko‘rinadigan elementlari uyg‘un munosabatda
bo‘lishi kerak, umumiy fikrga bo‘ysunishi va bir xil uslubda hal qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |