Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

7.2.6. Ma’ruza darsi 
Ma’ruza (leksiya) deganda mavzuni ravon, ilmiy va izchillik asosida bayon 
etilishi tushuniladi.  
Leksiya  30-40  minut  davom  etiladi.  Qolgan  vaqtni  o‘qituvchi  tomonidan 
berilgan  maslahat  va  uyga  vazifa  egallaydi.  Bu  metodlar  boshqa  metodlar  bilan 
uyg‘unlashtirilib  olib  borilsa,  uning  samarasi  yuqori  bo‘lishligi  tajribalarda 
isbotlangan. Ma’ruza o‘quvchilardan o‘qituvchining bir oz uzun nutqini eshitishni 
talab qiladi. Shu tufayli undan yuqori sinflarda ko‘proq foydalaniladi. Ma’ruza oliy 
o‘quv  yurtlaridagi  talabalarga  80  minutda,  maktab  o‘quvchilariga  30-40  minut 
vaqtda o‘qitilishi bilan farq qiladi. Ma’ruza o‘qituvchidan katta tayyorgarlik talab 
qiladi.  U  bir  vaqtning  o‘zida  ta’lim  shakli  bo‘lish  bilan  birga  o‘qitishni  og‘zaki 
bayon  qilish  uchun  ham  mo‘ljallanadi.  Geografiya  ta’limida  ma’ruza  qilish 
darslarida, dasturning yirik boblarini o‘tganda, o‘rganilayotgan materialda nazariy 
bilimlar ko‘proq bo‘lsa, keng qo‘llaniladi. Ma’ruzani o‘qituvchidan tashqari ilmiy 
xodimlar,  iqtisodchilar,  jurnalistlar  va  boshqa  mutaxassislar  ham  olib  borishlari 
mumkin. 
Ma’ruzaga  tayyorlanishda  quyidagi  reja  asosida  ish  ko‘rish  maqsadga 
muvofiq: 
1. Mavzuni tanlash va ma’ruza maqsadini aniqlash; 
2.  Tinglangan  mavzu  bo‘yicha  darslik  va  qo‘shimcha  adabiyotlardan 
foydalanib, materiallarni o‘rganish; 
3.  Ma’ruzaning  reja-ko‘chirmasini  tayyorlash,  unda  ma’ruza  vazifalari, 
jihozlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, uy vazifasi belgilanishi kerak. 
Ilg‘or  o‘qituvchilar  tajribalari  shuni  ko‘rsatyaptiki,  ma’ruzani  quyidagi 
hollarda ko‘proq qo‘llash samarali natijalar beradi. 
1.  Oldingi  materiallar  bilan  oz  miqdorda  bog‘liq  bo‘lgan  yoki  umuman 
bog‘liq bo‘lmagan yangi materialni o‘tishda. 
2. O‘tilgan o‘quv materiallarining turli bo‘limlarini umumlashtirishda. 
3. 
O‘rganilgan  qonuniyatlarning  amalda  qo‘llanilishi  to‘g‘risida 
o‘quvchilarga ma’lumotlar berilganda. 
4. Fanlararo aloqalar zarur bo‘lgan mavzular o‘rganilayotganda. 
5. Muammoli darslarni o‘tkazishda. 


156 
 
Oliy maktab ma’ruzasi konkret material ustida atroflicha nazariy muhokama 
yuritish,  uni  ilmiy  asoslash  chuqur  tahlil  qilish  va  umumlashtirishdan  iborat. 
Ma’ruza  materiallari  tahlili  umumlashtirishlar  suhbat  shaklida  emas,  monolog 
shaklida  bo‘ladi.  Tahlil  qilish,  umumlashtirish,  tartibga  solish  va  muhokama 
yuritish  ma’ruza  metodining  eng  muhim  tomonlarini  tashkil  etadi.  Oliy  maktab 
ma’ruzasi  o‘zining  ana  shu  xususiyatlari  bilan  ajraladi.  Maktab  ma’ruzasi  faqat 
ajratilgan vaqtning ko‘p yoki ozligi bilan emas, balki o‘zining mazmuni, o‘qitilish 
va  o‘rganishning  metodlari  jihatdan  ham  oliy  maktablardagi  ma’ruzalardan  farq 
qiladi. Uning ahamiyati shundaki, o‘quvchilarni tinchlantirishga, asosiy narsalarni 
ajrata bilishga va konspekt olishga ham o‘rgatadi. Ma’ruza uchun nazariy bilimlar 
ko‘proq mujassamlangan mavzu tanlash kerak. Bundan tashqari tanlangan material 
o‘zida  qiziqarli  faktlarni  mujassamlashtirgan  bo‘lishi  kerak.  O‘qituvchi  leksiya 
mavzusi bilan birga uni bayon qilish rejasini ham e’lon qiladi. Reja doskaga yozib 
qo‘yilsa, yana ham yaxshi, har bir bandga alohida to‘xtash kerak. 
Maktab  ma’ruzasida  suhbatning  ayrim  ko‘rinishlari  ham  qo‘llaniladi. 
O‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish,  ularning  diqqatini  ma’ruzani 
muhim  tomonlariga  jalb  qilish  maqsadida  Blis  so‘rov  berib  boriladi.  Maktab 
ma’ruzasi bayon qilingan material yuzasidan yakuniy suhbat bilan tugaydi. Maktab 
ma’ruzasida  o‘quvchilar  yozib  ulgurishlari  uchun  sekin  o‘qiladi.  Ma’ruzadagi 
raqam  materiallar,  ayrim  tushunchalar,  atamalar,  doskaga  yozib  borilishi  yanada 
yaxshi.  O‘quvchilarni  ma’ruza  rejasini  mustaqil  tushunishga  o‘rgatish  kerak. 
O‘quvchilar tuzgan reja baholab borilsa, samarali natijalar berishi mumkin. 
Ma’ruzani  ikki  usulda  tashkil  qilish  mumkin:  O‘qituvchi  ma’ruzasi  olim 
yoki  mutaxassis  ma’ruzasi,  tajribalar  shuni  ko‘rsatadiki,  mutaxasis  yoki  olim 
o‘qigan leksiya o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ma’ruza jarayonida texnik 
vositalar,  turli  ko‘rgazmali  qurollardan  ham  foydalanish  kerak.  Iqtisodiy 
geografiya  kurslarida  zonalar,  jahon    iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasida 
rivojlangan  mamalakatlar,  Osiyodagi  rivojlanayottgan  mamlakatlar,  Afrika 
mamlakatlari,  jahon    iqtisodiy  munosabatlari  kabi  juda  ko‘p  mavzularda  ma’ruza 
metodini  qo‘llash  mumkin.  Ma’ruzani  sinov  -  seminar  tizimi  bilan  qo‘shib  olib 
borish  maqsadga  muvofiq.  Ma’ruzada  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlariga  ham 
e’tibor berish lozim. Maktab ma’ruzasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1. Ma’ruza ilmiy jihatdan mukammal bo‘lishi lozim. 
2.  Ma’ruza  darslik  mazmuniga  qaraganda  keng,  uni  ko‘p  jihatdan 
oydinlashtiradigan  bo‘lishi  kerak.  Ma’ruza  mazmuni  darslik  mazmunidan  qisqa 
yoki aynan shu mazmundan iborat bo‘lib qolsa, uni o‘quvchilar deyarli tinglamay 
qo‘yishlari mumkin. 
3. Ma’ruza mazmunan ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. 


157 
 
4.  Ma’ruza  o‘quvchilarni  fikrlashga,  voqea  va  hodisalarni  tahlil  qilishga, 
umumlashtirishga o‘rgatishi kerak. 
5. Ma’ruzaning o‘quvchilarga yetib borishi uchun o‘qituvchi o‘zining nutqi 
ustida ko‘p ishlashi lozim. 
6. Blis so‘rov ma’ruza yakunida berilishi maqsadga muvofiq.   

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish