7.2.4 Takrorlash darsi
Takrorlash darslari yirik mavzular o‘tib bo‘lingandan keyin uyushtiriladi va
geografiya ta’limida kam qo‘llaniladi. Takrorlash darslarida tegishli bo‘limdagi
hamma materiallar takrorlanmay, asosiy e’tibor mavzusidagi eng muhim
masalalarni chuqurlashtirish, yakunlash va yangi bilim bilan boyitishga qaratilishi
lozim.
Takrorlash vaqtida darslarning tarbiyaviy tomoniga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Bunda o‘quv materiali qiziqarli dalillar, voqealar, taassurotlar bilan bog‘lanishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |