Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Yangi materiallarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

7.2.2. Yangi materiallarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va 
mustahkamlash darsi. 
Bunday  dars  tarkibiy  qismida  bilimlarni  tekshirish  alomati  uchramaydi, 
darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarga yangi bilimlar berishdan iborat bo‘ladi. 
O‘rganiladigan  material  hajmi  katta  bo‘lib,  uni  o‘zlashtirish  o‘quvchilar 
uchun birmuncha qiyinchilik tug‘dirsa hamda turli ko‘rsatmali qurollar va vositalar 
talab etiladigan bo‘lsa, shu xil darsdan foydalaniladi.  
Chorak boshida, yirik va murakkab mavzularni o‘rganishda butun dars yangi 
bilimlarni  egallashga  qaratilishi  mumkin.  Bu  dars  o‘qituvchidan  bilim,  mahorat, 
ijod talab qiladi. Yangi bilimlarni berish darsi o‘qituvchidan o‘quvchilar diqqatini 
uzoq vaqt o‘ziga jalb qilib turishni talab qiladi. Bunday darslar iqtisodiy geografiya 
darslarida ko‘p qo‘llaniladi. 
 
Bunday 
darslarda 
egallangan 
bilimlarni 
amalda 
sinash, 
ko‘proq 
o‘quvchilarni  amaliy  faoliyatga  tayyorlash,  har  xil  mashqlarni  bajarishga  e’tibor 
beriladi. 
 
Bu  darslarning  asosiy  maqsadi  geografiyaga  xos  bo‘lgan  hamda  nazariy 
bilimlar  bilan  mustahkam  aloqada  bo‘lgan  ko‘nikma  va  malakalarni 
shakllantirishdan  iborat.  O‘quvchilar  faoliyati  amaliy  ishlarni  bajarishga  ko‘proq 
jalb  qilinadi.  Ko‘nikma  va  malakalar  bevosita  bilimlarni  egallash  jarayonida 
bajariladigan  amaliy  ishlarda  shakllantiriladi.  Masalan,  geografik  koordinatalarni 
aniqlash,  tekisliklarga,  tog‘larga  ta’rif  berish,  mahalliy  va  mintaqa  vaqtiga  oid 
masalalar  yechish,  karta  va  globus  asosida  xilma-xil  mashqlarni  bajarish  va 
boshqalar. 
 
Amaliy  ishlarning  ba’zilarini  yangi  materialni  o‘rganib  uni  mustahkamlash 
qismida,  ayrimlarini  so‘rash  jarayonida  ham  uyushtirish  mumkin,  so‘rash 
jarayonida  uyushtirilgan  amaliy  ishlarni  oldindan  tuzilgan  tayyor  reja  asosida 
amalga  oshirish  maqsadga  muvofiq.  Masalan,  tekisliklarni  ta’riflash,  daryolarni 
taqqoslash,  geografik  koordinatalarni  aniqlash  va  hokazolar.  Ko‘nikma  va 
malakalarni  shakllantirish,  amaliy  ishlarni  mashq  qilish  va  yakuniy  guruhlarga 
ajratish  mumkin.  Mashq  qilish  tarzidagi  amaliy  ishlar  o‘quv  ishlarining  biror-bir 


153 
 
metodida  o‘rgatishni,  masalan,  obyektning  geografik  o‘rnini  aniqlash,  karta 
bo‘yicha  profil  tuzishni  o‘rganish  va  hokazolarni  maqsad  qilib  qo‘yadi.  Yakuniy 
tarzda amaliy ishlar geografik obyektlarga ta’rif berishda, masalan, tabiiy hududiy 
komplekslar, tabiiy rayonlar, xalq xo‘jaligi tarmoqlari kabi masalalarni o‘rganishda 
keng  qo‘llaniladi.  Ularni  bajarish  uchun  maxsus  darslar  ajratilgan  bo‘lib,  bunday 
darslarning  asosiy  maqsadi  geografiyaga  xos  bo‘lgan  ko‘nikma  va  malakalarni 
shakllantirishdan  iborat.  Ko‘nikma  va  malakalarni  shakllantiruvchi  darslar 
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi: 
1) ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning qo‘yilishi;  
2) o‘quvchilarni amaliy topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘quv vositalari 
bilan tanishtirish;  
3)  amaliy  topshiriqlar  natijalarini  yakunlash  uchun  ko‘rsatmalar  berish,  ishga 
yakun yasash va uyga topshiriq berish. 
 
Yakuniy  tarzdagi  amaliy  ishlari  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlarini  tashkil 
qiladi.  Masalan,  okean,  materiklar,  tabiiy  komplekslar  yoki  biror  mamlakat  og‘ir 
sanoati, qishloq xo‘jaligiga ta’rif yozish bunga   misol bo‘ladi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish