V –BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODLARI VA TASNIFI
5.1.Geografiya ta’limi metodlari
Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchilarning bilim olish
qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim
metodlariga bog‘liq.
Ta’lim metodlari – o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini
belgilaydigan ish usullaridir. Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish,
ko‘nikma va mamlakatlarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim
metodlari deyilganda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantiradigan,
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatadigan, ularda ilmiy bilimga asoslangan
muayyan dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan usullar tushuniladi.
Metodlar o‘qituvchining ish usullari bo‘lishi bilan birga o‘quvchilarning qay
tariqa fikrlashlarini belgilashga imkon beradigan yo‘l hamdir. Geografiya o‘qitish
metodlari haqida so‘z borar ekan «metod», «usul», «priyom» degan so‘zlar yonma-
yon uchrab turadi. Geografiya metodikasi adabiyotlarida «metod» va «usul»
so‘zlari bir-biridan farq qilinmay, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan,
kartalarni solishtirish usuli ko‘pincha «taqqoslash metodi» deb yuritiladi. Kartalar
solishtirish metodi emas, solishtirish usulidir. Bunday noaniqliklar ta’lim
metodlarini takomillashtirish borasida to‘g‘ri yo‘l tutishni qiyinlashtiradi. O‘zbek
tilida mavjud metodik qo‘llanmalarda «taqqoslash» (sravnenie) ham, «solishtirish»
(sopostavlenie) ham “taqqoslash” deb ishlatiladi. Bunday chalkashlik va
noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik lozim; taqqoslash - o‘rganilayotgan geografik
obyektni ilgari o‘rganilgan obyekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos
xususiyatlarini ochib berishdir. Masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li
bilan, Turon past tekisligini G‘arbiy Sibir past tekisligi bilan, Amudaryoni Volga
bilan taqqoslash orqali har qaysi obyektning o‘ziga xos xususiyati aniqlanadi.
Taqqoslash - og‘zaki bayon metodining bir usulidir.
Solishtirish - kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografiya
obyektiga xos bo‘lgan obyekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat.
Masalan, turli mazmundagi kartalar tahlil qilinib va solishtirilib Shimoliy
Amerikaning sharqiy qismidagi tabiat zonalarning meridional joylanish sabablari,
yoki Himolayning shimoliy tomoni bilan janubiy tomoni tabiati (iqlimi, o‘simlik
dunyosi) o‘rtasidagi keskin farqlarning sabablari aniqlanadi. Solishtirish –
«Kartagrafik qo‘llanmalar bilan ishlash metodi»ning bir usullaridir. Noaniqliklarga
yo‘l qo‘ymaslik uchun ruscha «priyom» degan so‘zni «usul» deb ishlatish ma’qul.
Metod - usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir.
Ayrim hollarda bir usul bir necha xil metod tarkibida ishtirok etishi ham mumkin.
118
Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon etish metodida ham, suhbat metodida
ham, karta bilan ishlash metodida ham ishtirok etadi. Har bir metod ma’lum
ishlash metodida ham ishtirok etadi. Har bir metod ma’lum bir masalani
o‘rganishda hal qiluvchi bo‘lsa, boshqa bir masalani o‘rganishda yordamchi
sifatida keladi. Demak, metod bilan usul o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘lanish bor.
Geografiya ta’limi metodlarini tasnif (klassifikatsiya)lashda ham ba’zi
mualliflarda ayrim noaniqliklar uchrab turadi. Birinchi mualliflar «metod» deb
mantiqiy yo‘lni nazarda tutadilar. Masalan, dogmatik metod - bunda yangi
ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘qituvchilar o‘zi bayon etadi; illustrasiya metodida –
bunda rasm, ko‘rsatmali qo‘llanmalar ko‘rsatiladi; evristik metod o‘qituvchining
yordamchi Blis so‘rovi bilan o‘quvchining o‘zi fakt va hodisalarni aniqlaydi;
tadqiqot metodi – bunda o‘quvchilar bilim yoki ma’lumotlarni mustaqil
o‘rganadilar.
Ikkinchi bir mualliflar «metod»ni materiallarni qay tartibda joylashtirish,
o‘rganish yo‘li deb biladilar. Masalan, analiz metodida geografiya, avvalo, olam va
quyosh sistemasining tuzilishidan boshlanadi, so‘ngra yer sharining tuzilishi,
materiklar obzori o‘rganiladi, bundan so‘ng ayrim mamlakatlarni o‘rganish bilan
tugaydi; sintez metodida geografiyani o‘rganish maktab atrofidagi joylardan
boshlanib, keyin o‘z vatani va qo‘shni mamlakatlar o‘rganiladi, so‘ngra butun yer
shari bilib olinadi, induktiv metod - bu metodda ayrim fakt va hodisalar kuzatiladi
va o‘rganiladi. Shu asosda umumiy xulosa va qonunlar chiqariladi. Deduktiv
metod - bu metodda mantiqiy yo‘l bilan umumiydan juziyga qarata xulosa
chiqariladi.
Uchinchi bir muallif esa, «metod»ni materialni ishlab chiqish, o‘rganish deb
nazarda tutadilar. Masalan, laboratoriya metodi, ekskursiya metodi, amaliy metod
va h.k.
To‘rtinchi bir muallif ta’lim metodlarini didaktik nuqtai nazardan
klassifikatsiya qiladilar. Masalan, yangi ma’lumotlarni o‘rganish metodi, bilim va
ko‘nikmalarni tekshirish metodi.
Fikrimizcha, bilim olish manbalari asos qilib olingan metodlar
klassifikatsiyasi ko‘pincha adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan. Shunga qaramay, bu
klassifikatsiya bundan buyon ham eng maqbul va birdan-bir klassifikatsiya bo‘lib
qolaveradi, deb bo‘lmaydi. O‘quv jarayonining takomillashtirilishi, geografiya
darslarida yangi texnika vositalarining joriy etilishi, darsda o‘quvchilarning
mustaqilligini oshirilishi metodlarning mavjud klassifikatsiyasini o‘zgartirishi ham
mumkin. Hozirgi kunda geografiyani o‘qitish metodlari o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik faoliyatini bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan, tartibga solingan tizim sifatida qarashni talab etmoqda, u quyidagi
chizmada o‘z ifodasini topgan.
119
5 chizma. Ta’lim metodlarida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi
Mazkur qo‘llanmada dars metodlarining bilim olish manbalari asos qilib
olingan klassifikatsiyasi berilayotgan bo‘lsa-da, undan o‘quvchilarning faoliyati
ham e’tiborga olingan. Klassifikatsiyada so‘nggi vaqtgacha «og‘zaki bayon
metodi»ning bir usuli hisoblangan «suhbat»ni bir necha usuldan iborat bo‘lgan
«suhbat metodi» deb olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |