Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirish



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
4.3. Geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirish 
usullari  
Ilmiy  texnika  taraqqiyotining  rivojlanishi  tabiat  bilan  jamiyat  o‘rtasidagi 
murakkab  aloqadorlik  kelgusida  geografiya  ta’limi  sohasida  yangi  g‘oyalarni 
yuzaga  keltirishi  mumkin.  Shuning  uchun  o‘tilayotgan  har  bir  dars  o‘quvchilar 
dunyoqarashini  shakllantirishda  cheksiz  imkoniyatlarga  ega  ekanligini  barcha 
geografiya  o‘qituvchilari  his  eta olishlari  zarur.  Yetakchi  tushunchalar

Geografik 
dunyoqarash,  geografik  qobiq,  obyektning  mavjudlik  shakli,  obyekt  va  makon, 
obyekt va vaqt, dialektika qonunlari, predmetlararo aloqalar, TTK komponentlari, 
inson va tabiat, tabiat va jamiyat munosabatlari, geotizim, o‘quvchi dunyoqarashi, 
falsafiy g‘oya, ekologik g‘oya. 
O‘quvchilarda  ilmiy  dunyoqarash  g‘oyalarini  shakllantirish. 
Geografiya  kursida  dunyoqarashni  shakllantirishni  uchta  guruhga  birlashtirish 
mumkin. Tabiatdagi hodisalarni dialektik asosda  tushunib, bularga va xo‘jalikka 
nisbatan, g‘oyalarni yuzaga keltirish, tabiat va undagi komponentlarni o‘zaro 
bog‘liqligi,  o‘zaro  ta’siri  hamda  ularni  har  doim  rivojlanishi,  vaqt  o‘tishi  bilan 
o‘zgarishi,  tabiatining  moddiyligi,  qonuniyatlarning  obyektivligi,  xo‘jalikni 
tashkil  etgan  barcha  elementlarni  o‘zaro  mustahkam  bog‘liqligi.  Xo‘jalikni 
tashkil  etayotgan  borliqning  tarixiy  xarakterda  ekanligidan.  Ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiya kursining markazida iqtisodiy-siyosiy g‘oyalarning mavjudligi. Buning 
tarkibiga  jamiyatning  belgilovchi  asosiy  dunyoqarash  g‘oyalari  kiradi. 
Rivojlanayotgan    mamlakatlarning  xo‘jaligini  ilgarigi  mustamlaka  sharoiti 
oqibatida  hozirda  rivojlangan  mamlakatlar  darajasiga  yetib  olish  uchun  vaqt 


110 
 
kerakligi. Bu yerda mazkur tizimga, uning xo‘jaligiga ham taqqoslash, albatta, 
muhim. 
Bu  yerda  tabiiy  geografiya  kursida  o‘z  aksini  topgan  tashqi  muhit 
bilan  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  antropogen  taassurotlarning  mohiyati  haqidagi 
g‘oyalarni  aytish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  geografiya 
kursida  uni  maqsad  va  vazifalarini  tushuntirishda  o‘quvchilarda  konkret 
g‘oyalarni yuzaga keltirish: tabiiy muhit, albatta, zarur,  chunki u xo‘jalikni 
rivojlantirish,  xo‘jalikni  joylashtirishda  hal  qiluvchi  sharoit  bo‘lib 
belgilanadi.  Maktab  tabiiy  geografiya  kurslari  yer  yuzasi  tabiati,  uning  xilma-xil 
bo‘lish  sabablari,  tabiiy  muhit  va  resurslarining  inson  xo‘jalik  faoliyatidagi 
masalalarini  ochib  berishda  katta  rol  o‘ynaydi.  Maktab  tabiiy  geografiyasi 
kurslarida, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga (tabiiy hududiy kompleks THK)ni  
ilmiy  asoslab  berish  vazifasi  yuklatilgan.  Shu  tufayli  tabiiy  geografiyaning 
yetakchi tushunchalarini geografik qobiq, tabiiy kompleks, tabiiy boyliklar, tabiiy 
muhit,  inson  va  tabiatning  bir-biriga  ta’siri  kabilar  tashkil  qiladi.  O‘quvchilarda 
ana  shu  tushunchalarga  nisbatan  to‘g‘ri  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish  tabiiy 
geografiya  darslarida  alohida  o‘rin  egallashi  kerak.  Ayniqsa,  geografik  qobiq  va 
uning qismlari, insonning xo‘jalik faoliyati bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik aniq 
dalil va misollar yordamida ochib berilishi zarur. Turli hududlar misolida aholining 
tabiatga  ta’siri  muayyan  tarzda  bir-biridan  farq  qilishini  o‘quvchilar  puxta 
egallashlari  lozim.  O‘quv  materiallining  mazmuni  o‘quvchilarda  dunyoqarash 
shakllantira  oladigan  darajada  bo‘lishi  kerak.  Tabiiy  geografik  obyekt  va 
hodisalarning maktab sharoitida o‘rganish bir-biriga bog‘liq bo‘lgan 3 yo‘nalishda 
olib borilishi maqsadga muvofiq: 
1.
 
Geografik qobiq va uning qismlarining mavjudligi. 
2.
 
Obyektning mavjudlik shakli va makonda joylashishi. 
3.
 
Vaqt o‘tishi bilan obyektlarning o‘zgarishi. 
Yuqoridagi  g‘oyalarni  ajratish  shartli  bo‘lib,  asosan,  «tabiat  va  inson» 
g‘oyasini  shakllantirishda  katta  ahamiyatga  ega.  Falsafa  qonunlari  shakl  va  sifat, 
mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, haqiqat va ehtimollik tabiiy geografiyada 
ham  qo‘llaniladi.  Ammo  sabab  va  oqibat,  vaqt  va  makon,  harakat,  alohidalik, 
umumiylik  kabi  dialektika  kategoriyalari  geografiyada  birmuncha  keng 
qo‘llaniladi. 
Dialektika  qonunlarisiz  geografik  qobiq  va  uning  qismlarini  o‘quvchilar 
ongiga singdirish ancha murakkab. Shuning uchun dastlab o‘quvchilarga geografik 
qobiq  tushunchisining  mohiyatini  ochib  berish  kerak,  ya’ni  geografik  qobiq-  yer 
qobiqlarining  bir-biri  bilan  ta’sir  qiladigan  bir  butun  tizimi  ekanligini,  geografik 
qobiq  tarkibi  bir  xil  emasligi,  shuning  bilan  birga  geografik  qobiqning  umumiy 
qonuniyatlari  unga  ta’sir  qilish,  geografik  qobiqning  rivojlanishi,  tarkib  jihatdan 


111 
 
murakkablanishi, ichki va tashqi kuchlar ta’sirida, davr o‘tishi natijasida o‘zgarish 
kabi  belgilar  mavjudligi  haqida  o‘quvchilarda  aniq  ilmiy  dunyoqarashni 
shakllantirish  bilan  birga  ularda  tabiatdagi  barcha  voqea  hodisalar  bir-biriga 
bog‘liq  ekanligi  g‘oyalarini  shakllantirishga  yordam  beradi.  Geografik  qobiqning 
sifat  xususiyatlari  va  uning  qismlarini  o‘rganish  litosfera,  gidrosfera,  atmosferani 
o‘rganishda yanada konkretlashadi. Geografik qobiq haqida g‘oyalarni o‘quvchilar 
ongida  shakllantirishda  ta’lim  vositalarini  qo‘llamasdan  amalga  oshirish  qiyin. 
Bularga  tabiiy  kuchlarning  ta’sir  etishi,  litosfera  qalinligi,  atmosfera  qatlamlari, 
dunyo  okeanlari  tubi  relyefi  va  boshqalar  kirishi  mumkin.  Geografik  qobiqning 
joylanishi,  kattaligi,  sifati  haqidagi  ma’lumotlarni  mavzuli  kartalar  (tabiiy, 
geologik,  tuproq,  o‘simlik,  iqlim  va  h.k.),  kartinalar,  fotosuratlar  va  boshqalardan 
olsa  bo‘ladi.  Mahalliy  tabiatni  bevosita  kuzatishning  ham  o‘quvchilarda  zarur 
tasavvurlarni  hosil  qilishda  ahamiyati  katta.  Geografik  qobiqni  tashkil  etgan 
qismlarni  o‘rganishda  o‘quvchilarning  boshqa  fanlardan,  masalan,  kimyo  va 
biologiya fanlarida olgan bilimlari, xususan, fotosintez, o‘simlik va hayvonlarning 
mikroorganizmlar  ta’sirida  suv,  ammiak  va  h.k.  moddalarga  parchalanib  ketishi 
kabi  masalalarni  bilishlari  ham  muhimdir.  Geografik  qobiqning  bir  butunligi 
g‘oyasi yerning yagona tabiiy kompleks ekanligi o‘quvchilarga aniq misollar bilan 
yetkazilishi lozim. Ma’lum hududlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar geografik 
qobiq  komponentlari  turli-tuman  ekanligiga  ishonch  hosil  qiladilar.  Tabiiy 
geografiyani  o‘rganish  yakunida  o‘quvchilar  tabiiy  kompleks  mazmuni  va 
mohiyati  bilan  tanishadilar,  natijada  o‘quvchilar  THK  geografik  qobiqning  bir 
qismi  ekanligini  aniqlaydilar.  Bunda  suv,  havo,  tog‘  jinslari,  mikroorganizmlar 
ta’sirida  TXK  qismlari:  relyef,  havo  massalari,  suv,  tuproq  qatlami,  o‘simliklar, 
havodan  tashkil  topadi.  Har  bir  TXK  kattaligidan  qat’iy  nazar  umumiy  geografik 
qonuniyatlarga  bo‘ysunadi.  Shu  bilan  bir  paytda  ular  alohidalikka  ham  ega.  TXK 
mustaqil  bo‘lishi  bilan  birga,  ayni  vaqtda,  geografik  qobiqning  bir  qismi  bo‘lib, 
unga  ta’sir ham  qiladi.  Maktab  tabiiy  geografiyasida turlicha kattalikdagi  TXKlar 
o‘rganiladi. Bular mahalliy daryo qayiri, suv ayirgichdan boshlab to materiklarning 
yirik  qismigacha  bo‘lishi  mumkin.  O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasida  esa,  tabiiy 
hududlar va ularning bo‘laklari bunga misol bo‘lishi mumkin.  
O‘quvchilar  har  bir  hududga  xos  bo‘lgan  belgilarni,  shu  belgilarning  hosil 
bo‘lish  sabablarini  bilib  olishlari  kerak.  Yuqoridagilarni  o‘rganish  jarayonida 
geografik  qobiqning  juda  ko‘p  TXKlarga  bo‘linib  ketishini  bilib  oladilar. 
Maktablar 
tajribasi 
shuni 
ko‘rsatyaptiki,  o‘quvchilar  kompleks,  qism 
tushunchalarini  yaxshi  o‘zlashtirishi  mumkin,  ammo  ularni  vujudga  keltirgan 
sabab-oqibatlarni egallashda qiynalishlari aniqlandi. Shu tufayli har bir o‘qituvchi 
o‘qitish  jarayonida  bunga  e’tibor  berish  kerak.  Masalan,  TXK  komponentlari 


112 
 
o‘rtasidagi  aloqadorlikni  o‘rganishda  o‘quvchilar  diqqatiga  quyidagi  bog‘liqlikni 
ko‘rsatish yaxshi natija berishi mumkin. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish