Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografiya ta’limida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
4.2. Geografiya ta’limida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish 
yo‘llari 
 
Geografik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash, 
ko‘nikma  va  malakani  shakllantirish  bilan  chambarchas  bog‘liq.  O‘quv  ishlari 
uslubiyati  bilish  ko‘nikmalarini  shakllantirish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi. 
Ilg‘or geografiya o‘qituvchilari va metodistlar o‘quvchilar amaliy tayyorgarligiga 
katta  e’tibor  beradilar.  Maktab  geografiyasi  kurslarida  shakllantiriladigan 
ko‘nikmalar  mazmun  jihatdan  emas,  balki  bajarilishi  murakkabligi  bo‘yicha  ham 
farq  qiladi.  Masalan,  dunyo  tomonlarini  aniqlash  oddiy  ko‘nikma  bo‘lsa, 
topografik  planni  o‘qish  va  uni  tuzish  esa  murakkab  ko‘nikma  hisoblanadi. 
Geografiya ta’limi metodikasi shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni ta’lim-
tarbiyaviy  ahamiyati to‘laligicha  ochib berilgan  va ularni o‘quvchilarga  yetkazish 
metodlari  ham  ishlab  chiqilgan.  Faqat  geografiya  ta’limiga  xos  bo‘lgan  amaliy 
ko‘nikma  va  malakalarga  quyidagilar kiradi:  joyda  mo‘ljal  ola  bilish,  joy  planini 


106 
 
tushirish, topografik plan va turli mazmundagi geografik kartalarni o‘qish, tabiatda 
va  ishlab  chiqarishda  kuzatish,  kuzatish  materiallarini  yozib  borish  va  qayta 
ishlash, statistik iqtisodiy materiallar bilan ishlash va h.k. 
Har  bir  geografik  ko‘nikmani  shakllantirish  murakkab  harakat  tizimlarini 
talab  qiladi.  Odatda  ko‘nikma  va  malakalar  bir  paytning  o‘zida  shakllantiriladi. 
Chunki amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli ravishda, ba’zilari 
bevosita,  ammo  ong  nazorati  ostida  bajariladi.  Masalan,  topografik  planni  o‘qish 
ko‘nikmasi  o‘z  ichiga  yo‘nalishlarni  aniqlash,  masshtab  yordamida  plandagi 
masofalarni  o‘lchash,  topografik  belgilarni  o‘qish,  joyda  obyektlar  o‘rtasidagi 
aloqalarni  o‘rnatish  kabilarni  oladi.  Yuqoridagilardan  topografik  belgilarni 
ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko‘rsatadi. 
Ob-havoni kuzatish ko‘nikmasi deganda termometr, barometr, flyuger bilan 
ishlash,  ko‘z  bilan  bulutlar  shakli  va  turlarini,  ob-havoning  boshqa  alomatlarini 
aniqlash  tushuniladi.  Shular  ichida  faqat  ob-havo  haroratini  aniqlash  va  barometr 
bilan  ishlash  malaka  darajasigacha  ko‘tarilishi  mumkin.  Geografik  ko‘nikma  va 
malakalar  ko‘p  hollarda  bilim  sifatini  belgilaydi.  Tajribalar  shuni  ko‘rsatadiki, 
qayerda  o‘quvchilarda  karta  bilan  ishlash  ko‘nikmasi  shakllantirilsa  ularning 
javoblari  ham  karta  bilan  bog‘langan  bo‘ladi.  Karta  bilan  ishlash  ko‘nikmasini 
egallay  olmagan  o‘quvchilardagi  bilim  quruq  o‘qituvchi  bayoni,  yoki  kitobdan 
o‘qiganlarni takrorlashdan iborat bo‘lib qoladi. Geografik kartalarni o‘qiy olishga 
o‘rgatilgan  o‘quvchilardagi  harakat  yaqqol  ko‘zga  tashlanib  turadi.  Aksariyat 
o‘quvchilar  va  talabalar  javoblarini  kuzatish  geografiya  bo‘yicha  olimpiadalarda 
ishtirok  qilgan  o‘quvchilarni  bilimlarini  tahlil  qilish  shuni  ko‘rsatadiki,  ular 
kartadan  bilim  manbai  sifatida  foydalanadilar,  ularning  bergan  javoblari  to‘liq 
bo‘lib, biror hududning tabiiy sharoiti va xo‘jaligini karta asosida atroflicha ochib 
bera oladilar. Boshqa o‘quvchilarga bu xislatlar xos emas. 
Ko‘nikma  va  malakalar  kelgusida  amaliy  hayotga  tayyorlashda,  ishlab 
chiqarishda,  turli  xil  ilmiy  ommabop  adabiyotlardan,  kartalardan    bilimlarni 
mustaqil  egallashda  muhim  ahamiyatga  ega.  O‘quvchilar  tomonidan  mazkur 
ko‘nikmalarning  egallanishini  yengillashtiradi,  masalan,  joyda  ufq  tomonlarini 
aniqlash ko‘nikmasi, kartada mo‘ljal olish ko‘nikmasini egallashga yordam beradi. 
O‘quvchilarning  ko‘nikma  va  malakalarga  ega  bo‘lishi  va  ular  dunyoqarashini 
shakllantirishga  ham  ijobiy  ta’sir  qiladi.  O‘quvchilar  ko‘nikma  va  malakalarni 
amalda  qo‘llash  orqali  geografik  qonuniyatlarning  obyektivligiga  ishonch  hosil 
qiladilar.  Geografik  ta’limi  metodikasida  geografik  ko‘nikma  va  malakalarni 
shakllantirish  metodlari  to‘la  ishlab  chiqilmagan  desa  bo‘ladi.  Masalan, 
o‘quvchilarning  u  yoki  bu  mavzudagi  qaysi  harakati  ko‘nikma  darajasiga, 
qaysilarini  malaka  darajasiga  ko‘tarish  mumkin?  O‘qituvchi  o‘quvchilarga 
nisbatan  qanday  yakka  tartibda  yondashishi  kerakligi  masalalari  geografiya 


107 
 
ta’limida atroflicha o‘rganilgan. Eng muhimi, o‘qituvchi ko‘nikma hosil qilishdagi 
harakat  metodlarini  ko‘rsatibgina  qolmasdan,  balki  o‘quvchilar  uchun  (ko‘nikma 
egallash uchun) zarur topshiriqlarni ishlab chiqish kerak. 
Mashqlar  jarayonida  oddiy  ko‘nikmalar  sekin-asta  malakaga  aylanadi. 
Amaliy  ko‘nikma  va  malakalar  shakllantirishning  metodik  shart-sharoitlari  o‘ziga 
xos  xususiyatlarga  ega.  Ba’zi  ko‘nikma  va  malakalar  oz  vaqt  va  ko‘p  kuch  talab 
qilsa, (gerbariylar yig‘ish, kompasdan, nivelerlardan foydalanish va h.k.) ba’zilari 
juda  murakkab  harakat  metodlarini  va  ko‘p  vaqt  talab  qiladi.  Masalan,  geografik 
kartani  o‘qish  ko‘nikmasini  hosil  qilish  va  shakllantirish  quyidagi  murakkab 
jarayonlarni  talab  qiladi,  ya’ni,  mo‘ljal  olish,  graduslar  va  kilometrlar  hisobida 
aniqlash,  punktlar,  hududlar  o‘rtasida  fazoviy  bog‘liqliklarni  qiyoslash,  geografik 
koordinatalarni  aniqlash,  kartada  ko‘rsatilgan  obyektlar  va  hodisalar  o‘rtasidagi 
sabab-oqibatlar  aloqadorligini  o‘rnatish,  alohida  obyektlar  (daryo,  ko‘l,  suv 
ombori, botqoqlik)ni ta’riflash, ko‘rsatilgan hududni mamlakat, tuman, shaharning 
tabiiy  geografik  va  iqtisodiy  geografik  ta’rifini  yozish  va  h.k.  Geografik  kartani 
o‘qish  ko‘nikmasi  sekin-asta  rivojlantiriladi,  barcha  sinflarda  davom  etadi 
(boshlang‘ich  sinfda  ham).  O‘quvchilar  karta  bilan  ishlash  jarayonida  turli 
mazmundagi  (umumgeografik,  iqlim,  tuproq,  iqtisodiy)  kartalarning  shartli 
belgilari bilan ham tanishadilar va ko‘nikmalar hosil qiladilar. 
Ko‘nikma va malakalar shakllanishi ko‘pgina sabablarga: o‘quv jihozlari va 
vositalari,  o‘quvchilarning  shaxsiy  xususiyatlariga  ham  bog‘liq.  Lekin  o‘qituvchi 
asosiy  sabab  hisoblanadi.  O‘qituvchi  rahbarligining  mazmuni  shundan  iboratki, 
ko‘nikma  egallash  jarayonida  u  o‘quvchilar  harakatini  tahlil  qiladi.  Ushbu 
ko‘nikma  va  malakani  egallash  uchun  qanday  nazariy  bilimlar  zarurligini 
aniqlaydi.  Ko‘nikmani  shakllantirishdagi  muhim  omillardan  yana  biri  nazariy 
materialni  amalda  qo‘llash  vaqti  va  o‘rni  hisoblanadi.  Masalan,  mahalliy  kanal, 
daryo  rejimi  (oqim  tezligi  eni,  chuqurligi)ni  o‘lchash.  O‘zbekiston  ichki  suvlari 
mavzusini  o‘rgangunga  qadar  amalga  oshirilishi  maqsadga  muvofiq.  Chunki 
o‘quvchilar  buni  mexanik  tarzda  o‘zlashtirib,  uning  mohiyatiga  tushunmasliklari 
ham  mumkin.  Demak,  ko‘nikmalarni  shakllantirish  bevosita  mavzuni  o‘rganish 
jarayonida  bo‘lsa,  uning  sifatli  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Ko‘nikma  va  malakalarni 
shakllantirishda  boshqa  fan  o‘qituvchilari  bilan  hamkorlik  qilish  ham  yaxshi 
natijalar  beradi.  Har  bir  kurs  darslarini  rejalashtirishda  shakllantirilishi  lozim 
bo‘lgan  ko‘nikma  va  malakalar  o‘z  aksini  topishi,  ko‘nikma  malakalar  maqsadi 
aniq  belgilanishi  lozim.  Shakllanadigan  ko‘nikmalarni  rejalashtirishda  uning 
qayerda  o‘tkazilishini  aniq  belgilash  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Darsda 
shakllantirilayotgan  har  bir  ko‘nikmaning  amaliy  ahamiyatini  uning  xalq 
xo‘jaligidagi  roli  aniq  ochib  berilishi  lozim.  Shundagina  o‘quvchilarda  ularni 
egallashga bo‘lgan havas-qiziqish oshadi.  


108 
 
Amaliy mazmundagi ko‘nikmalarni shakllantirilishi oldidan o‘quvchilarga u 
yoki  bu  asbob  bilan  ishlash  yo‘llari  tushuntirilishi  kerak.  Ularni  ta’riflash  rejasi 
berilishi lozim. Keyingi paytlarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda har bir 
obyekt va hodisalarni o‘rganish rejasi ishlab chiqilgan. Masalan, daryoni ta’riflash, 
iqlimni ta’riflash,  tabiat  zonasi  va  TTKni ta’riflash, biror  mamlakat  yoki  hududni 
ta’riflash  va  h.k.  bunga  misol  bo‘ladi.  Rejaning  har  bir  bandi  mazmun  jihatdan 
boyitilishi  kerak.  O‘qituvchi  bu  rejalardan  qaysi  metodda  foydalanishni 
o‘quvchilarga doimo o‘rgatib borishi kerak. O‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar 
hosil  qilishda  mashqlar  tizimi  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Mashqlar  yordamida 
ko‘nikma  hosil  qilishda  o‘quvchilar  ularni  mustaqil  ravishda,  ya’ni  o‘qituvchi 
rahbarligida  bajardilar.  Masalan,  masshtab  bo‘yicha  darsda  bir  necha  mashqlarni 
bajarish mumkin. Bunga turli masshtab yordamida har xil uzunlikdagi masofalarni 
o‘lchash  maktabdan  klubgacha,  pochtagacha,  uygacha  bo‘lgan  masofalarni 
aniqlash  misol  bo‘la  oladi.  Ko‘nikma  va  malakalar  shakllanish  mazmuniga  ko‘ra 
uzoq va qisqa vaqt talab qilishini yuqorida ko‘rgan edik. 
Geografik  koordinatalarni  aniqlashni  o‘rganish  uzoq  vaqt  talab  qilinadigan 
jarayon bo‘lib, u asta-sekin o‘rgatilib, murakkablashib boradi. Geografik nuqtalarni 
aniqlashda  osondan  qiyinga  boruvchi  mashqlarni  o‘quvchilar  diqqatiga  havola 
qilish  kerak.  Bunda  dastlab  o‘quvchilarni  paralellar  va  meridianlarni  topishga 
keyinchalik  uzunlikni  aniqlashga  va  uni  kartadan  ko‘rsata  olishga,  undan  keyin 
esa,  koordinatalarni  topishga  o‘rgatiladi.  Eng  dastlabki  mashqlar  avval  globusda 
keyin  yarim  sharlar  kartasida  bajarilishi  kerak.  O‘quvchilar  kartada  ko‘rsatilgan 
obyektlarning  bir-biriga  nisbatan  necha  gradus  shimolda  yoki  janubda 
joylashganligini  mashqlar  asosida  bajaradilar.  Geografik  koordinatalar  bo‘yicha 
mashqlarni muntazam bajarish ko‘nikmasi sekin-asta malakaga aylanishi mumkin. 
Yuqori  sinflarga  ko‘tarilgan  sari  ko‘nikma  va  malakalar  shakllantirish  borasidagi 
mashqlar  tizimi  ham  takomillashib  boradi.  Bunda,  albatta,  quyi  sinflarda 
egallangan ko‘nikma va malakalarga tayanildi. Yuqori sinflarda iqtisodiy geografik 
kartalarni  o‘qish  ko‘nikmasini  shakllantirish  birmuncha  qiyin  kechadi.  Iqtisodiy 
kartalarni o‘qish metodlari tabiiy geografik kartalarga birmuncha o‘xshab ketadi. 
Bu yerda reja asosida ta’rif berish yetakchi rolni o‘ynaydi. Masalan, sanoat 
tarmoqlariga  tavsif  berish  rejasi,  tarmoqlar,  shaharlar,  davlatlarga  ta’rif  berish 
rejalari bunga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy geografik kartalarni o‘qish ko‘nikmasini 
shakllantirishda  o‘quvchilar  iqtisodiy  geografik  o‘rin  tushunchasini  qiyinchilik 
bilan  egallaydilar.  Bu  borada  bir  necha  mashqlarni  muntazam  ravishda  bajarish 
kartani o‘qishni osonlashtiradi. 
Jamiyatning  siyosiy  tuzumi,  tabiiy  sharoiti,  mamlakat  yoki  rayon 
iqtisodiyotini  belgilashda  katta  rol  o‘ynaydi.  Shu  tufayli  ham  iqtisodiy 
geografiyadan  nazariy  tayyorgarliksiz  o‘quvchilar  u  yoki  bu  obyektning  iqtisodiy 


109 
 
geografik  tavsifini  tuzishda  qiynaladilar.  Sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  transport 
tarmoqlari  joylashishini  tushuntira  olmaydilar.  Iqtisodiy  kartalarni  o‘rgatish 
ko‘nikmasi  turli  metodlar  orqali  shakllantirilishi  mumkin.  Masalan,  karta  orqali 
shaharlarga  iqtisodiy  geografik  ta’rif  berilganda  o‘quvchilar  uning  xom-ashyo  va 
tayyor mahsulotlar olishdagi va chiqarishdagi aloqalarni, kelajakdagi rivojlanishiga 
oid  ma’lumotlarga  oldindan  ega  bo‘lishi  kerak.  Ammo  ko‘pchilik  geografiya 
o‘qituvchilari  bunga  mas’uliyatsizlik  bilan  qaraydilar.  Karta  asosida 
o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun bu ishni muntazam 
ravishda bajarish lozimligiga kam e’tibor beradilar. Buning uchun sinf jurnallarida 
muddati  ko‘rsatilmasdan  maxsus  grafa  ochib,  unga  kartani  bilish  bo‘yicha 
ko‘nikma  baholari  qo‘yib  borilsa  yanada  samarali  bo‘ladi.  Kartani  o‘qish 
borasidagi  ko‘nikma  va  malakalarni  o‘quvchilarda  to‘g‘ri  shakllantirish  maktabni 
tugatgandan keyin ham ularning tabiiy, iqtisodiy va siyosiy kartalardan qiynalmay 
mo‘ljal ola bilishni ta’minlaydi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish