Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Kurs materiallarini o‘rganish metodlari



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

12.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursida  geografik  qonuniyatlar  oldingi 
kurslarga  nisbatan  ancha  chuqurroq  o‘rganiladi.  Binobarin,  bunda  xilma-xil 
metodlardan,  usullardan  va  vositalardan  foydalanish  kerak.  Darslarda  tadbiq 
etiladigan  metod  va  usullar, o‘rganiladigan  mavzuning  mazmuni,  o‘quvchilarning 
bilim  doirasi  va  maktabdagi  o‘quv  moddiy  bazalarning  mavjudligiga  qarab 
belgilanadi. 
«Kirish»  mavzusida  asosiy  e’tibor  O‘zbekistonning  tabiiy  sharoiti  va 
boyliklarini  o‘rganishning  ahamiyatini  yoritishga  qaratilmog‘i  lozim.  Bu  dars 
suhbat metodi va hikoya usulida o‘rganiladi. 
«O‘zbekistonning  geografik  o‘rni  va  chegaralari»  mavzusi  o‘quvchilarning 
ilgari olgan umumiy tushunchalariga asoslanib kartalarda olib boriladigan mustaqil 
ishlar asosida suhbat yo‘li bilan o‘rganiladi. 
«Kartalar  va  ular  bilan  ishlash»  mavzusi  o‘rganilar  ekan,  o‘quvchilar 
topografik kartaga oid bilimlarni yanada rivojlantirish maqsadida yirik masshtabli 
kartalarni kichik masshtabli kartalar bilan solishtirib, ulardagi turli joylar (obyekt) 
va hodisalarning masshtab asosida tasvirlanishini aniqlaydilar, kartalarda masofani 
o‘lchash usuliga oid amaliy ishlar bajaradilar. Kartaga qarab izogips (gorizontal)lar 
bilan yer yuzasini tasvirlash va profil chizish ishlarini bajaradilar. 
«O‘zbekiston  hududlari,  relyefi,  geologik  tuzilishi  va  foydali  qazilmalari» 
mavzusi  ancha  murakkab.  Bunda  o‘quvchilar  ilgari  noma’lum  bo‘lgan  yangi 
masalalar  bilan  shug‘ullanadilar.  O‘quvchi  materiallarni  og‘zaki  bayon  etadi  va 


270 
 
ular  haqida  sinf  doskasiga  tegishli  jadval  (geografik  yilnoma),  sxemalar  chizadi, 
tektonik  karta,  maketlardan  ko‘rsatib  boradi.  Namunalarga  qarab,  tog‘  jinslari 
tarkibi aniqlanadi.  
 «O‘zbekistonning  iqlim  sharoiti»  mavzusi  o‘rganilayotganda  kuzatilgan  ob-
havo ma’lumotlariga suyanib ish ko‘rmoq kerak. 
O‘zbekiston  iqlimiga  umumiy  ta’rif  berish  iqlimni  hosil  qiluvchi  omillarni 
(geografik  kenglik,  quyosh  radiatsiyasi,  suv  va  quruqlikning  taqsimlanishi,  yer 
yuzasi,  havo  massalari  va  ularning  ta’siri)  o‘rganishdan  boshlanadi.  Atmosfera 
sirkulyatsiyasiga taalluqli ma’lumotlar (siklon va antisiklon) aniq misollar asosida 
o‘zlashtirilishi lozim. Temperatura amplitudasining o‘zgarishi bilan yillik o‘rtacha 
yog‘in  miqdorining  o‘zgarishini  solishtirish  natijasida  o‘quvchilar  O‘zbekiston 
hududlarining  katta  qismining  iqlimi  kontinental  iqlim  bo‘lib,  kontinentallik 
g‘arbdan sharqqa tomon ortib boradi, degan xulosaga keladilar. 
Mazkur mavzuda o‘quvchilar iqlim kartasi va diagrammalarni tahlil qiladilar. 
O‘quvchilar  kartaga  qarab,  yalpi  radiatsiya,  bug‘lanish  miqdori,  turli  joylardagi 
namlanish koeffitsientini aniqlash mashqlarini bajaradilar. 
«O‘zbekistonning ichki suvlari» mavzusini puxta va ongli o‘zlashtirish uchun 
o‘quvchilar  o‘zlari  yashab  turgan  joydagi  daryo  yoki  anhor  suvlarini  (oqim 
xususiyati,  daryo  rejimi,  suv  sarfi,  yillik  oqim  va  boshqalarni)  kuzatib  borishlari 
lozim.  Ichki  suvlarni  o‘rganishda  O‘zbekiston  yirik  daryolari,  sug‘orish  kanallari, 
suv omborlarini kartadan aniqlashlari kerak. 
«O‘zbekistonning tabiat zonalari» mavzusi tabiat zonalarini yer shari bo‘yicha 
taqsimlanishini  takrorlashdan  boshlash  kerak.  Bu  mavzuda  tuproq  ularning  hosil 
bo‘lish  va  rivojlanish  sharoiti,  ayrim  tuproq  tiplari  haqidagi  ma’lumotlar 
chuqurlashtiriladi. Zonalardagi o‘simliklarning xususiyati va ularning ahamiyatiga 
to‘xtab o‘tiladi. Har qaysi tabiat zonasi quyidagi reja asosida o‘rganiladi: zonaning 
geografik  o‘rni,  iqlim  xususiyati,  tuproq  tiplari,  o‘simliklarning  xususiyati  va 
ularning  asosiy  vakillari,  hayvonoti  va  asosiy  vakillari,  tabiiy  resurslari,  inson 
faoliyati bilan tabiatning o‘zgarishini o‘rganish. 
Yirik  hududlar  va  ular  doirasidagi  tabiiy  komplekslarga  xarakteristika 
berishda  asosiy  e’tibor  mazkur  hudud  xususiyatini  aks  ettiruvchi,  hududga  xos 
bo‘lgan  ma’lumotlar  va  o‘zaro  bog‘lanishlarga  qaratiladi.  O‘quvchilar  yirik 
huddudlar  tabiatining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  va  uning  vujudga  kelish 
sabablarini bilishlari shart. 
Bu  bo‘limda  o‘qituvchining  hikoyasi,  tushuntirishi  va  suhbat  metodidan 
umumiy obzorga nisbatan ko‘proq foydalanish qo‘l keladi. Suhbat metodi:  
a)  o‘rganilayotgan  hududning  tabiiy  xususiyatlarini  belgilayotgan  paytda 
o‘quvchilarning  O‘zbekiston  umumiy  tabiiy  geografik  obzoriga  oid  bilimlaridan 
foydalanishda;  


271 
 
b) hududlarning tabiatini o‘z o‘lkasi tabiati bilan qiyoslab o‘rganishda;   
v) 
tabiiy 
sharoiti 
va  tabiiy 
boyliklaridan 
xo‘jalikda  foydalanish 
imkoniyatlarini aniqlashda;  
g) hudud tabiatiga oid faktik ma’lumotlarni kartadan aniqlashda;  
d)  ko‘rsatmali  qo‘llanma  har  xil  illustrasiyalar,  devoriy  rasmlar,  diafilm, 
kinofilm,  tog‘  jinslari  namunalari  va  gerbariylardan  foydalanishda  juda  katta 
imkoniyatlarni vujudga keltiradi. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursidagi  har  bir  yirik  bo‘lim  o‘rganib 
bo‘lingach, yakunlovchi darslar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursini  o‘rganishda  O‘zbekistonning  tabiiy, 
siyosiy-ma’muriy,  geologik,  tektonik,  iqlim,  tuproq,  o‘simlik  zonalari  devoriy 
kartalaridan,  O‘zbekistonning  tabiiy  geografik  hududlari  umumgeografik 
kartalaridan, turli mazmundagi kartalardan foydalaniladi. Shuningdek, o‘quvchilar 
«O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  atlasi»,  darslikka  ilova  qilingan  kartalar  hamda 
yozuvsiz  kartalardan  foydalaniladilar.  Shular  bilan  birga,  mavzularga  oid  diafilm, 
diapozitiv,  kinolavha,  fotografiya,  sxema,  grafik,  tog‘  jinslari  namunalari,  foydali 
qazilma  namunalari,  gerbariylar  kabi  o‘quv  qo‘llanmalaridan  foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.  
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasining  asosiy  vazifasi  –  o‘quvchilarga  o‘z 
respublikasining  tabiati  haqida  tasavvur  va  tushunchalar  berish,  respublika 
tabiatining  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  tabiiy  boyliklari  va  ulardan  xalq  xo‘jaligida 
foydalanish imkoniyatlari haqida bilim berishdan iborat. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasining  ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyati  katta. 
Respublikamiz  tabiiy  sharoitini  o‘rganish  bilan  o‘quvchilarni  tabiiy  geografiyaga 
oid  bilim  qamrovi  kengayadi,  ularda  O‘zbekiston  tabiati  haqida  aniq  tasavvur 
tarkib  topadi.  O‘quvchilar  butun  respublika  va  undan  tabiiy  hududiy 
kompelekslarning  tabiat  xususiyatlari  haqida  aniq  bilim  oladilar.  Shuningdek, 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasini  o‘rganish  bilan  o‘quvchilarda  tabiiy  geografiya 
va  kartagrafiyadan  ayrim  masalalarni  hal  etishga  oid  muayyan  ko‘nikma  va 
malakalar  rivojlanadi.  Bu  esa  o‘quvchilarni  mazkur  o‘quv  faniga  bo‘lgan 
qiziqishlarini yanada orttiradi va faoliyatlarini faollashtiradi. 
Respublikamiz tabiiy geografiyasini o‘rganish jarayonida topograf, kartagraf, 
geolog, mineralog, tuproqshunos kabi kasb egalari haqida fikr yuritiladi, binobarin, 
geografiya bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisliklarga o‘quvchilarda qiziqish ortadi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga 
munosib  hissa  qo‘shadi.  O‘quvchilar  o‘lkamizning  maftunkor  tabiati,  tabiiy 
boyliklari va ulardan xalq faravonligi uchun foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish 
bilan  birga  tabiatga  oqilona  munosabatda  bo‘lish  va  uni  muhofaza  etishga  oid 
muayyan tarbiya oladilar. 


272 
 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi ikki qismdan iborat: 
1.
 
O‘zbekistonning tabiiy geografik obzori. 
2.
 
O‘zbekiston tabiiy geografik rayonlarining tabiiy sharoiti. 
«O‘zbekistonning  tabiiy  geografik  obzori»  O‘zbekistonning  geografik  o‘rni, 
kattaligi  va  chegaralari,  aholisi  va  ma’muriy  kartasini  o‘rganishdan  boshlanadi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasiga umumiy tabiat komponentlari (relyefi, geologik 
tuzilishi  va  foydali  qazilmalari,  iqlim  sharoiti,  suvlari,  tuprog‘i  va  tabiat 
mintaqalari) bo‘yicha xarakteristika beriladi. 
«O‘zbekistonning relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari» mavzusida 
respublika  relyefining  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  yer  yuzasi  xilma-xilligi  (tekislik, 
tog‘  va  vodiylar)  sabablari  yoritiladi,  tog‘  paydo  bo‘lishi  haqidagi  o‘quvchilar 
tushunchalari  oydinlashtiriladi,  zilzilalar  haqida  yangi  xususiy  tushunchalar 
beriladi.  «O‘zbekistonning  iqlimi»  mavzusida  respublikaning  iqlim  xususiyatlari 
va  uning  tarkib  topishiga  ta’sir  etuvchi  omillarga  xarkteristika  beriladi,  yil 
fasllarining  o‘ziga  xos  belgilari  yoritiladi.  «O‘zbekistonning  suvlari»  mavzusida 
o‘quvchilar  daryo,  sug‘orish  kanallari,  ko‘l  va  suv  omborlarining  xususiyati  va 
rejimi bilan tanishadilar. «O‘zbekistonning tuprog‘i va tabiat mintaqalari» mavzusi 
respublikamiz hududlaridagi tabiat zonalari va balandlik mintaqalarining joylanish 
qonuniyatlari, tabiiy boyliklar va tabiatni muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlarni 
o‘z ichiga oladi. 
«O‘zbekiston  tabiiy  geografik  rayonlarining  tabiiy  sharoiti»  bo‘limida 
o‘quvchilar har bir tabiiy geografik rayonni, shuningdek, o‘zi yashab turgan joyni 
o‘rganadilar. Har bir tabiiy geografik rayonda tabiat komponentlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari,  komponentlarining  o‘zaro  aloqadorligini  yoritishga  alohida  e’tibor 
beriladi.  Shuningdek,  bu  bo‘limda  tabiiy  geografik  rayonning  tabiiy  resurslari  va 
ulardan  foydalanish  imkoniyatlari,  tabiatni  muhofaza  qilishga  oid  ko‘rilayotgan 
tadbirlar  yoritiladi.  O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasini  o‘rganishda  xilma-xil  ta’lim 
metodlari  va  vositalari  tatbiq  etiladi.  Mavzu  (materiallar)ni  o‘zlashtirishda 
o‘quvchilarning mustaqil ishlariga yetarli e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish