Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Jami 
68 
 
Nazorat savollari 
1.
 
Maktablarda  Materik  va  okeanlar  tabiiy  geografiyasi  kursini  o‘qitish 
metodikasi. 
2.
 
Maktab tabiiy geografiya kurslari nechanchi sinflarni o’z ichiga oladi. 
3.
 
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
4.
 
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida qanday tushunchalar asosiy 
o‘rinni egallaydi.
 
5.
 
Materik  va  okeanlar  tabiiy  geografiyasi  kursining  ikkinchi  bobining 
mazmuni
.
 
6.
 
Materik  va  okeanlar  tabiiy  geografiyasi  kursining  uchinchi  bobining 
mazmuni
 
 
 
 


267 
 
XII BOB. O‘RTA OSIYO VA O‘ZBEKISTON TABIIY 
GEOGRAFIYASI KURSINI O‘QITISH METODIKASI 
 
12.1 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun va 
mohiyati 
 
7-sinf Geografiya kursi ikki qisimdan iborat. Kursning birinchi qismida O‘rta 
Osiyo  tabiiy  geografik  o‘lkasi  haqida  tushuncha,  tabiiy  geografik  o‘lka  sifatida 
o‘ziga  xos  xususiyatlari,  O‘rta  Osiyo  tabiatining  o‘rganilish  tarixi,  geografik 
xaritalar,  xarita  andozalari  (proeksiyalar),  shartli  belgilari,  topografik  xaritalar  va 
topografik xaritalar bilan ishlash kabi mavzular bilan tanishadilar. Bundan tashqari, 
birinchi  qismda  O‘rta  Osiyoning  relyef,  geologik  tuzilishi,  iqlimi,  suv  resurslari, 
yerusti  va  yerosti  suvlari,  tuproq,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  kabi 
ma’lumotlarga  ega  bo‘ladilar.  Kursning  ikkinchi  qismida  O‘zbekistonning 
yer 
yuzasi,  geologik  tuzilishi,  foydali  qazilmalari,  yer  yuzasining  taraqqiyoti, 
O‘zbekiston  iqlimi,  yil  fasllari  va  iqlim  resurslari 
hamda 
O‘zbekistonning  tabiiy 
geografik  okruglari  haqida  ma’lumot  oladi.  O‘zbekistonning  har  bir  tabiiy 
geografik  okrugi 
va  ularning  iqlimi,  suvlari,  tuproqlari,  o‘simliklari,  hayvonot 
dunyosi  haqida  batafsil  ma’lumotlar  to‘plangan.  7-sinf  Geografiya  kursi  kirish, 
ikkita  bo‘lim  va  66  ta  mavzu  hamda  umumlashtiruvchi  takrorlashlardan  iborat. 
Birinchi bo‘lim 33 ta mavzu va takrorlashdan tashkil topgan. Ikkinchi bo‘lim ham 
33 mavzu va umumlashtiruvchi takrorlashdan iborat.  
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursining  vazifasi  –  O‘zbekiston  va  uning 
yirik  hududlari,  o‘z  respublikasi  tabiiy  sharoiti  haqida,  tabiat  boyliklarining 
xususiyatlari va ularga tasnif va tushunchalar berish, shuningdek, O‘zbekistonning 
tabiiy  sharoiti  haqida  o‘quvchilarga  zarur  bilimlar  tizimini  shakllantirishdan 
iboratdir. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasini  o‘rganar  ekanlar,  o‘quvchilar  O‘zbekiston 
hududlaridagi geografik qobiqning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini bilib 
oladilar.  Bu  qonuniyatlarning  o‘zlashtirilishi  o‘quvchilar  bilimini  yanada 
kengayishiga,  ularda  geografik  muhitdagi  tabiat  obyektlari  va  hodisalarning 
o‘zgarishi,  rivojlanishiga  dialektik  nuqtayi  nazardan  qarashning  shakllanishiga 
imkon beradi. 
O‘quvchilar  mazkur  kursda  o‘z  respublikasi  –  O‘zbekiston  tabiiy 
geografiyasini  o‘rganadilar,  uning  tabiiy  sharoiti  va  tabiiy  resurslarini  yaxshiroq 
bilib  oladilar.  Bu  esa  o‘quvchilarda  Vatanni  sevish  hissiyotlarini  uyg‘otadi  va 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini yaratadi. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursi  materiallarini  o‘rganish,  O‘zbekiston 
tabiati haqidagi tushunchalar tizimini shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning 5–


268 
 
6 sinflarda olgan tabiiy geografik tushunchalarini rivojlantiradi, ayni vaqtda, yangi 
umumiy tushunchalar ham hosil qilinadi. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursini  o‘rganishda  tabiatshunoslik  kurslari, 
tabiiy  geografiya  boshlang‘ich  kursi,  materiklar  va  okeanlar  geografiyasidan, 
shuningdek botanika, zoologiya, fizika fanlaridan olingan tushuncha va bilimlarga 
tayaniladi. Ayni vaqtda, keyingi geografiya kursi – O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiyasi kursini o‘rganishga zamin tayyorlaydi. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasini  o‘rganish  bilan  o‘quvchilarda  Vatanimiz 
turli-tuman  tabiiy  boyliklarga  boy  ekanligiga  ishonch  hosil  qilinadi.  Vatanimizda 
demokratik  jamiyat  qurish  sharoitida tabiat  boyliklaridan  foydalanishning  oqilona 
yo‘llarini belgilash, boyliklardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish 
o‘quvchilarda tabiatga muhabbat va uni muhofaza qilish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
7–sinfda  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtiriladigan  tushunchalar  tizimi  tabiat 
komponentlarini tarkib topishi va geografik qobiqdagi murakkab tabiiy bog‘lanish 
qonuniyatlarini ochib berishga imkon beradi. 
O‘quvchilarning kartagrafik tayyorgarligi yanada kengayadi. Ular kartagrafik 
proeksiyalar,  kartadagi  xatolar,  kartagrafik  generalizatsiya,  turli  tabiiy  geografik 
hodisalar  va  obyektlarni  geologik,  tektonik,  sinoptik  kartalarda  tasvirlash  usullari 
haqidagi tushunchalarni yanada kengroq egallaydilar. 
O‘quvchilar  umumiy  va  tematik  tabiiy  kartalardan  foydalanib  hudud  va 
obyektlarga  namunaviy  reja  bo‘yicha  kompleks  tabiiy  geografik  xarakteristika 
berishni  takomillashtiradilar,  kartalar  asosida  hudud  va  obyektlarni  qiyoslashni 
o‘rganadilar. 
O‘zbekiston  tabiiy  geografik  kursi  «Kirish»  darsidan  boshlanadi.  Kirish 
darsida  O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursining  vazifalari,  amaliy  ahamiyati, 
O‘zbekistonning hududi, aholisi va tabiiy boyliklariga ko‘ra dunyoda tutgan o‘rni 
haqida  ma’lumot  beriladi.  O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi  (7-sinf)  darsligi  bilan 
tanishtiriladi. 
So‘ngra  «O‘zbekistonning  geografik  o‘rni  va  chegaralari»  mavzusini 
o‘rganishga kirishiladi.  
«Kartalar  va  ular  bilan  ishlash»  mavzusi,  kartagrafik  proeksiyalar  haqidagi 
tushunchalarni, obyekt va hodisalarning kartalarda tasvirlanishi, topografik kartalar 
va  karta  bilan  ishlash  usullari  haqidagi  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Mazkur 
mavzuda  olingan  kartagrafik  bilim  va  ko‘nikmalar  keyingi  barcha  mavzularni 
o‘rganishda foydalaniladi. 
«O‘zbekistonning  geografik  o‘rni,  relyefi,  geologik  tuzilishi  va  foydali 
qazilmalari» mavzusida O‘zbekiston hududlarining relyef xususiyatlari va ularning 
tarkib  topishi  haqida  bilim  beriladi.  O‘zbekiston  hududlaridagi  foydali 
qazilmalarning hosil bo‘lishi va joylanishi o‘rganiladi. 


269 
 
So‘ngra  «O‘zbekistonning  iqlim  sharoiti»  mavzusini  o‘rganishga  kirishiladi. 
Mazkur  mavzuda  o‘quvchilar  O‘zbekiston  iqlimiga  ta’sir  etuvchi  asosiy  omillar. 
Quyosh  radiatsiyasi,  havo  massalari,  siklon  va  antisiklon  kabi  tushunchalar  bilan 
birga O‘zbekiston hududidagi iqlim tiplari haqida ma’lumot oladilar. 
«O‘zbekistonning  ichki  suvlari»  mavzusida  daryolar  xususiyatiga  tabiiy 
geografik  sharoitlarning  ta’siri,  daryolarning  to‘yinishiga  ko‘ra  guruhlanishi, 
O‘zbekistonning  asosiy  daryo  va  ko‘llari,  ichki  suvlardan  foydalanish  va  ularni 
muhofaza qilish haqida o‘quvchilar bilim oladilar. 
«Tuproqlar»  mavzusida  tuproq  haqidagi  tushunchalar  kengaytiriladi, 
O‘zbekistondagi  asosiy  tuproq  xillari  va  ularni  muhofazasiga  e’tibor  beriladi. 
«O‘zbekistonning  tabiat  zonalari»  mavzusida  O‘zbekiston  hududlarida  tabiat 
zonalarining  joylanish  qonuniyatlari  haqida,  har  bir  tabiat  zonasining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari haqida bilim berish nazarda tutiladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  tabiati  haqidagi  geografik  materiallar  boshqa 
yirik  hududlarning  tabiiy  sharoitini  tushuntirish  va  taqqoslab  o‘rganish  uchun 
o‘ziga xos namuna (andoza) bo‘lib xizmat qiladi. 
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish