Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Kurs materiallarini o‘rganish metodlari



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

13.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari 
O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  kursining  materiallari 
o‘zining mazmuni va o‘zlashtiriladigan ma’lumotlarining xaraketiriga ko‘ra tabiiy 
geografiya kurslaridan keskin farq qiladi. Binobarin, kursni o‘rganish uchun tadbiq 
etiladigan metod va usullar puxta o‘ylab ko‘rishni taqozo etadi. 
Yangi 
materiallarni 
o‘rganishda  o‘qituvchining  tushuntirishi  katta 
ahamiyatga  ega.  Shuning  bilan,  o‘quvchilar  faoliyatini  faollashtirish  uchun 


277 
 
imkoniyatlar  yaratib  berish  taqozo  etiladi.  O‘quvchilar  faolligini  oshirish  uchun 
ko‘proq suhbat metodi qo‘l keladi. 
Suhbat jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning tabiiy geografiya kurslarida va 
boshqa  o‘quv  fanlaridan  olgan  bilimlariga  tayanadi.  O‘zbekiston  sanoati 
geografiyasini  o‘rganishda  o‘quvchilarning  fizika  va  kimyo  kurslaridan  egallagan 
bilimlariga tayaniladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini o‘rganishda o‘quvchilarning 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursidan O‘zbekistonning tabiat zonalari haqidagi, 
qishloq xo‘jaligidagi asosiy ekinlarning xususiyatlarini o‘rganishda esa botanika va 
zoologiya kurslaridan olingan bilimlarga tayaniladi. 
Kursning  birinchi  bo‘limi  –  O‘zbekistonning  umumiy  iqtisodiy-ijtimoiy 
geografik  obzorida  iqtisodiy  kartalar,  darslikdagi  karta  –  sxemalar,  statistik 
ma’lumotlar  (jadval,  diagramma  va  grafiklar)  bilan  ish  olib  boriladi.  Turli 
mazmundagi  kartalar,  sxemalar,  diagramma  va  boshqa  statistik  jadvallardan 
o‘qituvchi  suhbat  metodi  jarayonida  va  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlarida 
foydalanadi. 
O‘zbekistonning  umumiy  iqtisodiy-ijtimoiy  geografik  obzorini  o‘rganishda 
O‘zbekistonning 
mineral 
resurslari, 
yoqilg‘i 
sanoati, 
elektroenergiya, 
mashinasozlik,  kimyo  sanoati,  yengil  sanoati,  oziq-ovqat  sanoati,  dehqonchilik, 
chorvachilik  va  transport  kartalaridan,  shuningdek,  mavzular  bo‘yicha  o‘quv 
videofilm va o‘quv kinofilmlardan foydalaniladi. 
Ikkinchi  bo‘lim  –  O‘zbekistonning  yirik  iqtisodiy  geografik  rayonlari 
obzorini  boshlashdan  avval,  o‘quvchilarda  iqtisodiy  rayon haqida tushuncha hosil 
qilish  lozim,  chunki  o‘quvchilar  bu  tushunchasiz  O‘zbekistonning  iqtisodiy 
rayonlarining iqtisodiy geografiyasini tushunib yetishlari qiyin. 
O‘zbekistonning  iqtisodiy  rayonlari  haqida  yetarli  tasavvurga  ega  bo‘lish 
uchun o‘quvchilar quyidagi masalalarni tushunib yetishlari zarur: 
1) Iqtisodiy rayon xo‘jaligining plan asosida rivojlanishi. 
2) Iqtisodiy rayon ixtisoslanishi. 
3) Iqtisodiy rayon xo‘jalik kompleksi. 
4)  Rayon  iqtisodiy  va  madaniy  rivojining  butun  mamlakat  iqtisodiy 
rivojlanish sur’ati bilan bog‘liqligi. 
5) Mehnat resurslarining rayonlararo geografik taqsimoti. 
Iqtisodiy rayonlarni o‘rganishda uning ixtisoslanish xususiyatini o‘rganishda 
suhbat  metodi  keng  qo‘llaniladi.  Ayni  vaqtda  iqtisodiy  rayonning  iqtisodiy 
geografik  o‘rni,  tabiiy  resurslari,  aholisi,  xo‘jaligining  ayrim  tarmoqlari  va 
shaharlariga  xarakteristika  berishda  qiyosiy  usuldan  foydalanish  qo‘l  keladi. 
Iqtisodiy  rayonlarni  bir-biri  bilan  qiyoslab  o‘rganish  ilgari  o‘rganilgan 
materiallarni  takrorlash  va  mustahkamlash  imkoniyatini  beradi,  shuningdek  yangi 
material puxta o‘zlashtiriladi. 


278 
 
Dastlab,  iqtisodiy  rayonlarni  o‘rganishda,  o‘qituvchi,  iqtisodiy  geografik 
xarakteristika  berish  plan  (iqtisodiy  geografik  o‘rni,  tabiiy  sharoiti,  aholisi  va 
mehnat  resurslari,  xo‘jalik  tarmoqlari  va  shaharlar)  bilan  o‘quvchilarni  xabardor 
qilib borishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘rganilayotgan  obyekt  va  hodisalar  haqida  yetarli  tasavvur,  tushuncha  va 
bilimlar hosil qilish uchun ko‘rsatmali vositalar keng tadbiq etilishi lozim. 
O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  kursida  nazarda  tutilgan 
muayyan  amaliy  ko‘nikma  va  malakalarni  shakllantirish  uchun  iqtisodiy  kartalar 
bilan butun kurs davomida mustaqil va amaliy ishlar bajarib boriladi. O‘quvchilar 
O‘zbekiston  xalq  xo‘jaligining  umumiy  obzorida,  xalq  xo‘jaligining  ayrim 
tarmoqlariga  (iqtisodiy  kartalar  va  atlas  asosida)  qisqacha  iqtisodiy  geografik 
xaraktiristika  berib  boradilar.  O‘zbekiston  rayonlar  obzorini  o‘rganishda  esa 
iqtisodiy  rayonlarning  ayrim  qismlari,  viloyat  va  shaharlarning  xo‘jaligiga 
mustaqil ravishda tavsif berib boradilar. 
Kartalar  asosida  iqtisodiy  geografik  tavsif  berish  dastlab  oddiy  tarzda 
(masalan,  neft  yoki  tabiiy  gaz  qazib  chiqarish  geografiyasi,  texnika  ekinlaridan 
paxta  yetishtirish  geografiyasiga  tavsif  berish)  olib  boriladi.  Rayonlar  obzorida 
tavsif  ancha  murakkablashadi.  Iqtisodiy  rayon  yoki  respublika  aholisi  va 
xo‘jaligiga tavsif  berish uchun  o‘quvchilar  kompleks iqtisodiy  kartalardan sanoat 
markazlarining  joylanishi  va  sanoat  strukturalari,  qishloq  xo‘jalik  rayonlari, 
transport yo‘llarini aniqlay olishlari talab etiladi. Ba’zan tabiiy karta bilan iqtisodiy 
kartalar solishtirilib, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlarni hisobga olib qishloq 
xo‘jaligi ixtisoslashuvini tashkil etishi mumkin. 
Kurs materiallarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar yozuvsiz kartalar bilan 
ishlab, turli karta sxemalar tuzib boradilar. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish