Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


Geografiya ta’limi metodlari tasnifi va turlari



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
5.2.Geografiya ta’limi metodlari tasnifi va turlari 
Didaktika – ta’lim nazariyasida ta’lim metodlarini tasniflash (klassifikatsiya) 
masalasi  hozirga  qadar  o‘z  yechimini  topgan  emas.  Masalan,  didaktika  darsligida 
(1997  yil,  192  bet),  quyidagi  pedagog  olimlar  S.I.Perovskiy  va  Ye.A.Golant, 
M.N.Skatkin va I.Ya.Lerner, M.I.Saxmutov, V.F.Palamarchuk, S.G.Shapovalenko, 
N.M.Verzalin,  A.N.Aleksyuk,  Yu.K.Babanskiy  hamda  ushbu  darslik  mualliflari 
tomonidan ta’lim metodlari tasniflari ishlab chiqilgani qayd etilgan. O‘zbekistonda 
geografiya  ta’limi  metodikasi  faning  rivojlanishiga  munosib  hissa  qo‘shgan 
metodist-geograf  olim  O.Mo‘minov  (1990  yil)  tomonidan  M.N.Skatkin  va 
I.Ya.Lerner  tasnifiga  tayangan  holda geografiya  ta’limi  metodlari  uchun quyidagi 
tasnif ishlab chiqilgan:  
1. Illustrasiya-tushuntirish metodi. 
2.Olingan bilimlarni qayta tiklash metodi.  
3.Muammoli bayon.  
4. Qisman izlanish metodi.  
5. Tadqiqot metodi. 
Zamonaviy  talablarga  binoan,  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  o‘zaro  hamkorlik 
faoliyatidan  kelib  chiqqan  holda,  biz  tomondan  geografiya  ta’limi  metodlarining 
quyidagi tavsifi berilmoqda:  
O‘qituvchining faoliyati 
O‘quvchining 
faoliyati 
O‘qituvchining 
maqsadi 
O‘quvchining 
maqsadi 
Erishilgan 
maqsad 
O‘quvchining 
maqsadga 
intilishi 
O‘qituvchining 
vositasi 
O‘quvchining 
vositasi 


120 
 
1.Og‘zaki bayon metodi.  
2.Suhbat metodi.  
3. Kartagrafik qo‘llanmalar bilan ishlash metodi.  
4.Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodi.  
5. Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash metodi.  
6. Kuzatish va tajriba o‘tkazish metodi.  
7. Amaliyot metodi.  
8.Videoproektor bilan ishlash metodi. 
Ushbu metodlar  o‘z navbatida quyidagilardan tarkib topgan. 
 
1.
 
Og‘zaki bayon metodlari 

 
Tushuntirish; 

 
Hikoya; 

 
O‘qituvchining ovoz chiqarib o‘qishi; 

 
Taqqoslash. 
2.
 
Suhbat metodi 

 
Savol - javob (katexizik) suhbati; 

 
Keng ko‘lamdagi (evristik) suhbat; 
3.
 
Kartagrafik qo‘llanmalar bilan ishlash metodi
 
A. Karta bilan ishlash


 
Geografik nomlarni o‘rganish; 

 
Kartadagi joyni tasvirlash; 

 
3)Karta bo‘ylab sayohat; 

 
Solishtirish. 
B. Yozuvsiz karta bilan ishlash:    

 
Georafik obyektlarning nomlarini yozuvsiz kartaga yozish; 

 
Karta-sxema va kartagrammalar tuzish; 

 
Karta ko‘chirish va andoza tayyorlash. 
V) Globus bilan ishlash. 
4.
 
Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodi
 
A. Darslik bilan ishlash: 

 
Izohli o‘qish; 

 
Mavzu rejasini tuzish; 

 
Darslik matnidan materialni mustaqil o‘rganish; 

 
Darslikda berilgan mashq va topshiriqlarni bajarish; 

 
Darslikdagi karta - sxema, sxema va rasmlar bilan ishlash. 
B.Qo‘shimcha adabiyot bilan ishlash: 

 
Vaqtli matbuot yangiliklaridan o‘qib berish; 


121 
 

 
Xrestomatiya ma’lumotlaridan o‘qib berish; 

 
Badiiy adabiyotdan mavzuga oid parcha o‘qib berish. 
5.
 
Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash metodi 

 
Rasmlar bilan ishlash; 

 
Texnika  vositalari  (diapozitiv,  diafil’m,  kinofil’m,  kodoskop)  bilan 
ishlash; 

 
Hajmli qo‘llanmalar (globus, telluriy, maket, kolleksiya, gerbariy va h.k.) 
bilan ishlash; 

 
Grafik tasvirlar (sxema, grafik, chizma) bilan ishlash. 
6.
 
Kuzatish va tajriba o‘tkazish metodi 

 
Geografiya 
bo‘yicha 
(astronomik, 
meteorologik, 
gidrologik, 
geomorfologik, fenologik va kompleks) kuzatish; 

 
Tajriba;  

 
Ekskursiya. 
7.
 
Amaliy metod
 

 
Karta bilan ishlash; 

 
Raqamli ma’lumotlar (jadval, grafik, diagrammalar chizma) bilan ishlash;  

 
Plan olish, turli o‘lchov ishlarini bajarish; 

 
Kuzatish. 
Geografiya  ta’limi  jarayonida  kamdan  –  kam  hollarda  bir  metoddan 
foydalaniladi. O‘qituvchi bir darsda bir necha xil metod va usullardan foydalanadi. 
Ba’zi o‘qituvchilarda «faol metod» va «passiv metod» degan tushunchalar bor. Bu 
tushunchalar  nisbiy  tushunchalardir.  Agar  har  bir  metod  va  usullardan  to‘g‘ri 
foydalanilsa, ular o‘quvchilar faolligini oshiradi. 
Metodlarning  biri  o‘quvchi  xotirasini,  ikkinchisi  -  tafakkurini,  uchinchisi  - 
idrokini,  to‘rtinchi  -  his  va  tuyg‘usini  faollashtirishi  mumkin.  Har  bir  metodning 
o‘ziga xos tomonlari bor, ular ta’lim-tarbiya masalalarini turlicha hal qiladi. Bir xil 
metod  karta  bilan  ishlash  malakasini  hosil  qilsa,  ikkinchi  xili  kuzatuvchanlikni, 
boshqa  biri  mustaqillikni  tarbiyalaydi,  yana  biri  nutqni  rivojlantiradi.  O‘qituvchi 
metod va usullardan mohirlik bilan foydalansagina o‘quvchilarga bilim berishda va 
ularda  ko‘nikma  hamda  malakalar  hosil  qilishda  yaxshi  natijaga  ega  bo‘lishi 
mumkin.  Geografiya  o‘qitishda  samarali  natijalarga  erishishning  asosiy  yo‘li  – 
metod va usullardan ijodiy tarzda foydalanishdir. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish