Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

axborot manbasi
 
sifatida foydalanadi. 
Birinchi  kurs  talabalarini  mustaqil  ishga  o‘rgatishda  ularga  fan  bo‘yicha 
biror bir mavzu yoki bobni uyda o‘qib o‘rganish vazifasi yuklanadi. Buning uchun 
o‘sha  fandan  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalari  yetarli  darajada  bo‘lishi  lozim. 
Berilgan  vazifa  esa  seminar  va  kollokviumlarda,  bajarilgan  referatlarni  yoqlash 
orqali  yoki  yakka  tartibda  tashkil  etiladigan  mashg‘ulotlar  mobaynida  nazorat 
qilinadi.  Ma’ruza  mavzusining  bir  qismini  tarqatma  materiallar  orqali  mustaqil 
ravishda  o‘qib-o‘rganish  mavzuni  chuqurroq  anglash  imkoniyatini  beradi. 
Tarqatma  materialning  hajmi  har  bir  ma’ruza  uchun  4-5  bet  (bosma  harfda) 
bo‘lishi  tavsiya  etiladi.  Mustaqil  ishni  shu  tariqa  tashkil  etish  umumkasbiy  va 
mutaxassislik  fanlari  hamda,  odatda,  yuqori  kurs  talabalari  uchun  taalluqli. 
Mustaqil  ishning  bu  turi  nazorati  reyting  tizimining  har  bir  bosqichida  amalga 
oshiriladi.  O‘quv  jarayonida  kompyuter  va  boshqa  axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar keng qo‘llaniladigan fanlar uchun avtomatlashtirilgan tizimlar bilan 
mustaqil ravishda ishlashni tatbiq etish maqsadida dasturiy materialning bir qismi 
yakka  tartibda  mustaqil  ishlash  uchun  rejalashtiriladi.  Bu  uslub  barcha  kurs 
talabalariga  tegishli  va  uning  natijalari  reyting  tizimining  tegishli  bosqichlarida 
nazorat qilinadi. 


243 
 
Referat,  kurs  ishlari  yoki  malakaviy  bitiruv  ishlari  loyihalari  ustida  ishlash 
jarayonida  fan  bo‘yicha  biror  bir  bo‘lim  yoki  boblar  bo‘yicha  maxsus  va  ilmiy 
adabiyotlarni  mustaqil  o‘rganish.  Ushbu  turdagi  mustaqil  ish  birinchi  kurs 
talabalaridan boshqa barcha kurs talabalari uchun taalluqli. Bu turdagi mustaqil ish 
natijalari  reyting  tizimining  tegishli  bosqichlarida  nazorat  qilinadi.  Har  bir  OTM 
rahbariyati  talabalarning  mustaqil  ta’lim  olishlari,  mustaqil  ishlarni  o‘z  vaqtida, 
sifatli bajarishlari uchun zarur axborot manbalari, kompyuter texnikasi va Internet 
xalqaro axborot tarmog‘idan samarali, maqsadli foydalanishlari uchun zarur shart-
sharoitlar  yaratib  berishi  lozim.  Har  bir  fan  bo‘yicha  talabalarning  mustaqil 
ishlariga  rahbarlik  qilish  ko‘rsatkichlari  (vaqt  miqdori)  OTM  professor-
o‘qituvchilari  shaxsiy  ish  rejasining  “Tashkiliy-uslubiy  ishlar”  bo‘limida  (1540 
soat hajmida) qayd etiladi. 
Kurs  ishi  (loyihasi),  malakaviy  bitiruv  ishi  va  ta’lim  oluvchilik 
dissertatsiyasini  tayyorlashda  har  bir  talaba  uchun  ajratiladigan  soatlar  professor-
o‘qituvchilar  shaxsiy  ish  rejasining  “O‘quv  ishlari”  bo‘limida  ko‘rsatiladi. 
Talabalarning  mustaqil  ta’limiga  rahbarlik  qilish  kafedrada  tuzilib,  fakultet 
dekanati tomonidan tasdiqlanadigan maslahat (konsultatsiya)lar jadvaliga muvofiq 
amalga  oshiriladi.  Maslahat  uchun  ajratilgan  soatlari  guruh  jurnallarida  qayd  etib 
boriladi.  Talabalarning  mustaqil  ishlarini  nazorat  qilish  o‘quv  mashg‘ulotlarini 
bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning 
bajarilishi  tegishli  fan  ishchi  dasturida  ajratilgan  soatlarga  mos  ravishda  reyting 
tizimi  (ballar)  asosida  baholanadi.  Har  bir  talabaning  mustaqil ish  bo‘yicha  olgan 
ballari  uning  tegishli  fan  bo‘yicha  to‘plangan  umumiy  reyting  ko‘rsatkichlari 
qo‘shiladi.  Mustaqil  ish  uchun  talaba  tomonidan  olgan  ball  ko‘rsatkichi  guruh 
“Reyting  oynasi”da,  shuningdek,  OTMning  maxsus  elektron  tarmog‘ida  yoritib 
boriladi. 
Tegishli  fandan  mustaqil  ish  bo‘yicha  beglilangan  maksimal  reyting 
ballining  55%  dan  kam  ball  to‘plagan  talaba  shu  fan  bo‘yicha  yakuniy  nazoratga 
qo‘yilmaydi.  O‘quv  va  mutaxassislik  fanlari  bo‘yicha  talabalarning  mustaqil 
ishlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyatlari muntazam ravishda talabalar guruhlari, 
tegishli  kafedra  yig‘ilishlari  va  fakultet  Ilmiy  kengashlarida  muhokama  etib 
boriladi.  Har  bir  mustaqil  ish  kafedra  arxivida  ro‘yxatga  olinadi  va  o‘quv  yili 
mobaynida saqlanadi. Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish joizki, talabalarning 
kurs  ishi  (loyihasi),  malakaviy  bitiruv  ishi  yoki  magistrlik  dissertatsiyasini 
ro‘yxatga  olish  va  saqlash  tartibi  tegishli  me’yoriy  hujjatlar  asosida  belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Ijodiy  yondashuv  asosida  sifatli  bajarilgan  mustaqil  ishlarning  mualliflari 
bo‘lgan  talabalar  OTM  rahbariyati  tomonidan  ma’naviy  va  moddiy 
rag‘batlantiriladi.  Shunday  qilib,  individual,  dasturiy  va  mustaqil  ta’lim  ham 


244 
 
shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’limning  asosiy,  muhim  turlari  sanaladi.  Ularning  har 
uchchalasi  ham  ta’lim  jarayonini  individuallashtirish,  har  bir  ta’lim  oluvchi  ichki 
imkoniyatlarini  to‘la  ro‘yobga  chiqarishga  yo‘naltirilganligi  bilan  ta’limiy 
ahamiyat  kasb  etadi.  Barcha  zamonaviy  ta’lim  turlari  kabi  individual,  dasturiy  va 
mustaqil  ta’lim  ham  o‘z  texnologiyalariga  ega.  Individual  va  dasturiy  ta’lim 
texnologiyalari  ta’lim  jarayonini  individuallashtirish,  o‘quv  materiallarini  ta’lim 
oluvchilarning  imkoniyatlari,  bilimlarni  qabul  qilish  darajasiga  moslashtirgan 
holda turli darajalarda muayyan izchillikda taqdim etilishini ta’minlaydi. Mustaqil 
ta’lim  texnologiyalari  esa  to‘la  ma’noda  ta’lim  oluvchilarning  o‘qituvchining 
yo‘naltiruvchi ko‘rsatmalari asosida mustaqil ravishda o‘quv hamda mutaxassislik 
fanlari  asoslarini  puxta  o‘zlashtirishlari  uchun  zarur  sharoitni  yaratishga  xizmat 
qiladi.  Shunday  ekan,  oliy  ta’lim  muassasalarining  pedagoglari  o‘z  faoliyatlarida 
individual,  dasturiy  va  mustaqil  ta’lim  texnologiyalaridan  samarali  foydalanish 
ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtira olishlari talab etiladi. 
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish