Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


Forumda ishlash qoidalari quyidagicha



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Forumda ishlash qoidalari quyidagicha: 
9.
 
Forumga kirish. 
10.
 
Forumga kirish uchun ro‘yxatga yozilish. 
11.
 
Forumda ishtirok etish. 
12.
 
Forumda axborot olish, axborot yuborish. 
Xulosa  qilib  aytganda,  o‘quv  jarayoniga  Forumning  kirib  borishi  o‘quvchi-
talabalarga ta’lim olishda eng qulay  muhit yaratadi. Ularning shaxsiy qiziqishi va 
ehtiyojlari  qondiriladi.  O‘quv  faniga  va  bilimni  egallashga  o‘quvchi-talabalarning 
ma’suliyati oshadi. Natijada ta’limning sifati va samaradorligi oshadi. 


240 
 
 
8.12.
 
Geografiyada mustaqil ta’lim texnologiyalarini yaratish 
masalalari 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlari orasida mustaqil ta’lim ham o‘ziga xos 
ahamiyatga ega. 
Mustaqil  ta’lim
  –  oliy  o‘quv  yurti  talabalarida  pedagog  rahbarligi  va 
nazorati  ostida  o‘quv  hamda  mutaxassislik  fanlari  bo‘yicha  ma’ruza,  seminar  va 
amaliy 
mashg‘ulotlarda  egallangan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
mustahkamlash,  boyitish,  ular  tomonidan  yangi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
mustaqil  o‘zlashtirilishini  ta’minlash,  ularni  kasbiy  faoliyatni  mustaqil  tashkil  eta 
olishga tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim. 
Bu turdagi ta’lim talabalar tomonidan o‘quv, mutaxassislik fanlari asoslarini 
chuqur  egallash,  ularda  topshiriqlarga  ijodiy  yondoshish,  mustaqil  fikrlash,  o‘z 
bilimlarni  izchil  oshirib  borishga  intilish,  adabiyotlardan  keng,  samarali 
foydalanish borasidagi ko‘nikma, malakalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarining barcha o‘quv va mutaxassislik fanlari 
bo‘yicha  yaratilgan  dastur,  shuningdek,  ta’lim  muassasalarining  o‘quv  rejasida 
ham  talabalarning  mustaqil  ta’limiga  alohida  o‘rin  ajratilgan.  Bakalavriat  va 
magistratura  bosqichida  talabalar  o‘quv  jadvalidan  o‘rin  olgan  barcha  fanlar 
bo‘yicha  mustaqil  ish  topshiradi.  Talabalar  mustaqil  ta’limning  natijasi  sifatida 
bajariladigan mustaqil ish turi kafedralar tomonidan o‘quv dasturida qayd etiladi. 
Oliy  o‘quv  yurtlarida  talabalarning  mustaqil  ta’limini  tashkil  etishda 
muayyan vazifalar hal etiladi. Jumladan: 
-
 
talabalarda  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlarida  egallangan  bilim, 
ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va boyitish; 
-
 
ularda  yangi  bilimlarni  mustaqil  ravishda  puxta  o‘zlashtirish  ko‘nikma, 
malakalarini hosil qilish; 
-
 
talabalarni axborot manbalaridan samarali foydalanishga odatlantirish; 
-
 
ularni zarur ma’lumotlarni izlash, umumlashtirish, tahlil qilish, saralash va 
muhimlarini belgilashga o‘rgatish; 
-
 
talabalarda  mustaqil  ishni  bajarishda  samarali  va  maqbul  metod, 
vositalardan foydalanish tajribasini hosil qilish; 
-
 
ularni  o‘quv  va  amaliy  adabiyotlar,  me’yoriy  hujjatlar,  elektron  o‘quv 
adabiyotlar  va  ma’lumotlar  banki  bilan  ishlash  malakalarini  o‘zlashtirishga 
rag‘batlantirish; 
-
 
talabalarda  Internet  xalqaro  axborot  tarmog‘idan  maqsadli,  oqilona 
foydalanish mas’uliyatini tarbiyalash; 
-
 
ularni  mustaqil  ishni  mavjud  talablar  asosida  sifatli  bajarilishi  yuzasidan 
javobgarlikni his qilishga o‘rgatish; 


241 
 
-
 
talabalarda  yakunlangan  va  nihoyasiga  yetkazilgan  ishni  ekspertizaga 
tayyorlash,  ekspertizadan  o‘tkazish,  ekspert  xulosasi  asosida  qayta  ishlash 
malakalarini hosil qilish; 
-
 
talabalarni  mustaqil  ishlarni  sifatli,  maqsadli  bajarishga  nisbatan  ijodiy 
yondoshishga o‘rgatish; 
-
 
ularni 
yakunlangan, 
nihoyasiga 
yetkazilgan 
va 
ekspertizadan 
muvaffaqiyatli o‘tkazilgan mustaqil ishlarni mutaxassislar jamoasida ochiq himoya 
qilishga tayyorlash kabilardir. 
Belgilangan  tartibga  ko‘ra  ajratilgan  vaqt  budjeti  doirasida  fanlar  bo‘yicha 
tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari va o‘quv topshiriqlarining 
variantlari ishlab chiqilib, fakultet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi. Shu bilan 
birga  tegishli  kafedralarda  fanlar  bo‘yicha  mustaqil  ishni  bajarish  yuzasidan 
talabalar  uchun  metodik  ko‘rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi  hamda  metodik 
qo‘llanma  tayyorlanadi.  Mustaqil  ishlar  sifati  va  mazmunini  baholash  mezonlari 
tegishli  kafedra  tomonidan  ishlab  chiqilib,  fakultet  kengashi  yig‘ilishining  qarori 
bilan  tasdiqlanadi.  Mazkur  mezonlar  talabalarga  o‘quv  yili  (semestri)  boshlanishi 
oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. 
Talabalarning  mustaqil  ta’limini  tashkil  etishda  turli  shakllardan 
foydalaniladi. Ular: 
-
 
ayrim mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; 
-
 
berilgan mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda axborot (referat) tayyorlash; 
-
 
mustaqil  ravishda  seminar  va  amaliy  mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik 
ko‘rish; 
-
 
laboratoriya ishlarini bajarishga mustaqil tayyorlanish; 
-
 
hisob-grafik ishlarini mustaqil bajarish; 
-
 
mustaqil ravishda kurs ishi (loyihasi)ni bajarish; 
-
 
malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini rahbar ko‘rsatmasi va 
nazorati ostida mustaqil tayyorlash; 
-
 
mustaqil ravishda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; 
-
 
mavjud muammolarning yechimini mustaqil topish (keys-stadi); 
-
 
mustaqil ravishda va ijodiy yondoshgan holda maket, model, badiiy asar, 
musiqa va namunalar yaratish; 
-
 
ijodiy  va  mustaqil  yondashuv  asosida  ilmiy  maqola,  ma’ruza  va  tezislar 
tayyorlash. 
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish lozim, har bir talaba o‘quv yoki 
mutaxassislik  fanlarining  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  mustaqil  ishni 
bajarishda  ta’limning  boshqa  shakllardan  ham  foydalanilishi  mumkin.  Ta’lim 
shakli, shuningdek, uning mazmuni va hajmiga qo‘yiladigan talablar o‘qitiladigan 
barcha fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda bevosita ko‘rsatiladi. 


242 
 
Talabalar  har  bir  fanning  namunaviy  dasturi  bo‘yicha  ko‘zda  tutilgan 
auditoriya  soatlari  hisobidan  o‘tiladigan  mustaqil  ta’lim  mashg‘ulotlari  davrida 
o‘qituvchi rahbarligida bilim oladi. Auditoriyadagi mustaqil ta’lim  mashg‘ulotida 
talaba  shu  fan  bo‘yicha  belgilab  qo‘yilgan  ballar  taqsimotida  ko‘zda  tutilgan 
muayyan  ball  miqdorida  baholanadi.  Odatda,  auditoriyada  amalga  oshiriladigan 
mustaqil  ta’lim  amaliy  (seminar)  mashg‘ulotining  shakli  sifatida  suhbat,  bahs-
munozara, kollokvium yoki yozma ish shaklida o‘tkaziladi. 
Auditoriyadan  tashqari  mustaqil  ish  sifatida  talaba  fan  dasturi  bo‘yicha 
ko‘zda  tutilgan  har  bir  mavzu  uchun  qo‘shimcha  ravishda  o‘qib  o‘rganish 
maqsadida  ma’ruzachi  tomonidan  aniq  vazifa  va  topshiriqlar  oladi.  Ushbu  vazifa 
va  topshiriqlarning  bajarilishi  amaliy  (seminar)  mashg‘ulotlarida  o‘qituvchi 
tomonidan  muntazam  nazorat  qilinadi.  Mustaqil  ish  sifatida  berilgan  vazifa  va 
topshiriqlarning  talabalar  tomonidan  bajarilishi  joriy,  oraliq  va  yakuniy  nazorat 
jarayonida tahlil etib borilishi lozim. 
Fanning  o‘quv  dasturida  mustaqil  ta’lim  va  mustaqil  ish  uchun  beriladigan 
vazifa  va  topshiriqlar  mazmuni,  ularning  rejalashtirilishi  qayd  etilishi  zarur. 
Mustaqil  ish  samarali  bo‘lishi  o‘sha  fandan  maxsus  adabiyotlarning  mavjud 
bo‘lishiga bog‘liq. Talabalar mustaqil ishlarni bajarishda darslik, o‘quv va metodik 
qo‘llanma, metodik ko‘rsatma va tavsiyalar, EATR ma’lumotlar to‘plami va banki, 
ilmiy  va  ommaviy  davriy  nashrlar,  Internet  xalqaro  axborot  tarmog‘i  materiallari, 
mavzu bo‘yicha bajarilgan mavjud ishlar banki va boshqalardan
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish