Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Loyihalar 
(model  davlat  ta’limi  yoki  ilmiy-tadqiqot  dasturlari  doirasida 
keng qamrovli loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv 
materiallarini  tayyorlovchi  yetakchi  mutaxassislar,  xodimlar,  masofaviy  ta’lim 
kurslarini tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni 
shakllantirishga  qaratiladi;  markaz  tomonidan  tayyorlangan  masofaviy  ta’lim 
kurslari  muayyan  davlat  hududida  katta  auditoriyaga  uzatiladi;  bu  kabi  ta’lim 
vaqtinchalik  bo‘lib,  loyiha  doirasida  rejalashtirilgan  ishlar  bajarilgach  yoki 
tugagandan  so‘ng  yakunlanadi;  Afrika  va  Lotin  Amerikasining  rivojlanayotgan 
davlatlarida  turli  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  qishloq  xo‘jaligi,  agrotexnika, 
ekologiya bo‘yicha tashkil etiladigan ana shu modelga misol bo‘la oladi. 
Dunyo  ta’limi  tizimiga  masofaviy  ta’lim  metodi o‘qitishning  alohida  shakli 
sifatida  jadallik  bilan  kirib  kelmoqda,  interfaol  ta’lim  metodi  sifatida  joriy 
etilmoqda. 
Masofaviy  ta’lim  metodi  axborot  texnologiyalari,  telekommunikatsiyalar 
asosida kechadigan pedagogik jarayondir. 
Masofaviy  ta’lim  metodida  o‘qitish  o‘quv  axborot-resurs  markazlari, 
internet, pochta aloqalari orqali amalga oshiriladi. Masofaviy ta’lim, asosan, virtual 
slaydlar  orqali  beriladi,  agar  talabalar  para  orqali  virtual  sinfga  kirsa  jarayonda 
qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Masofaviy 
o‘qitish-bu  maxsus  psixologik-pedagogik  va  axborot 
kommunikatsion 
texnologiyalar 
muhitida, 
bir-biridan 
uzoqda 
bo‘lgan 
qatnashchilarning  bilvosita  aloqasiga    asoslangan  holda  bilim,  ko‘nikma,  malaka 
va ularni egallash usullarini uzatish va o‘zlashtirish jarayonidir. 
Masofaviy ta’lim metodining o‘ziga xos muhim jihatlari: 


229 
 
-ta’lim  oluvchining  axborotni  yaratuvchi  va  uni  yetkazuvchi  manbadan 
uzoqligi; 
-texnologik  jihatdan  muloqot  muhitining,  shuningdek,  psixologik  va 
pedagogik jarayon muhitlarining o‘ziga xosligi; 
-masofaviy  o‘qitish  jarayoni  qatnashchilarining  axborot  texnologiyalari  
vositalari yordamida sinxron va asinxron muloqotiga asoslanganligi; 
-ta’lim  oluvchilarning  ta’lim  dasturlarini  tanlash  va  o‘qish  traektoriyalarini 
belgilashlaridagi erkinliklari; 
-ta’lim oluvchining, asosan mustaqil ravishda, kompyuter texnologiyalaridan 
foydalangan holda o‘z ustida astoydil ishlash  nazarda tutilgan. 
Masofaviy ta’lim metodi shaxsni o‘z-o‘zini  rivojlantirishga, kelajakda zarur 
mutaxassis  bo‘lishga  yo‘naltiradi.  Masofaviy  ta’lim  metodini  joriy  qilishning 
modelini  belgilab  olish  strategik  rejalashtirish  nuqtayi-nazaridan  muhim, 
masofaviy  o‘qitishning  o‘quv,  o‘quv-uslubiy,  o‘quv-me’yoriy  va  didaktik 
materiallarni  tayyorlash,  ularni  optimallashtirish,  sistemalashtirish,  dizayn, 
shuningdek,  o‘quv  jarayonini  tashkil  qilish  ishlari  ilgaridan  tanlangan  model 
loyihalar asosida amalga oshiriladi. 
Masofaviy  o‘qitish  jarayoni  ta’lim  sohasiga  nafaqat  zamonaviy  pedagogik 
va axborot texnologiyalari, balki bir qator yangi tushuncha va atamalarni olib kirdi; 

 
virtual guruh; 

 
o‘qitishning ta’minoti; 

 
o‘quv telekommunikatsiya loyihalari; 

 
teskari aloqa; 

 
dialogli texnologiya; 

 
kompyuter aloqasi; 

 
telekonferensiya; 

 
kordinator, moderator, telekonferensiya fasilitatorlari, tyutor. 
Yuqoridagi  maqsadlarni  amalga  oshirishda  o‘qituvchi  shaxsidan,  ta’limda 
zamonaviy  axborot  kommunikatsiyalaridan  unumli  foydalanish,  masofaviy 
ta’limni  o‘quv  jarayoniga  kiritishda  quyidagi  axborot  kommunikatsiyasi 
texnologiyalaridan keng foydalanish va amalda joriy etish talab etiladi: 

 
elektron  darsliklar,  tyutorlar,  trenajyorlar,  laboratoriya  amliyotlari,  test 
tizimlaridan iborat, kompyuterli o‘qish dasturlari; 

 
personal kompyuterlar, videotexnika, optik diskli axborot to‘plagichlardan 
foydalanish  asosida  yaratilgan  multimediya  texnologiyalari  asosidagi  o‘qitish 
tizimlari; 

 
turli  o‘quv  fani,  predmetlari  sohasida  foydalaniladigan  intelektual  va 
eksport o‘qitish tizimlari; 

 
fan, o‘quv predmeti sohalari bo‘yicha ma’lumot bazalari; 


230 
 

 
elektron  pochta,  telekonferensiyalar,  lokal  va  aloqa  tarmoqlari, 
ma’lumotlar almashinuvi tarmoqlari; 

 
elektron kutubxonalar, markazlashgan va tarqoq, tarmoq holdagi nashriyot 
tizimlarini o‘z ichiga oladi. 
Bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  va  loyiha  dasturlarni  yaratish,  tarqatish 
maqsadida  multimediya  ta’limi  dasturlarini  rivojlantirish  markazi  ishlab  turibdi. 
Markaz buyurtmachi sifatida ish yuritadi, muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. 
Masofaviy  ta’limning  o‘quv  jarayoniga  kiritilishi bilan    talabalarda  axborot 
bilan ishlash madaniyati shakllanmoqda. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish