Abduraxmonov eralining


I.1. O. Yoqubovning ”Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkur omillari



Download 421 Kb.
bet8/14
Sana08.02.2022
Hajmi421 Kb.
#437490
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
o\'zbek adabiyotida tarixiy romanlar

I.1. O. Yoqubovning ”Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkur omillari.
San’at va adabiyot shunday mо‘jizaki, uning eng yaxshi namunalarini ham hammaga birdek qilib kо‘rsatib bо‘lmaydi. Ba’zan shunday bо‘ladiki, falsafiy teran, yuksak badiiy did bilan yozilgan asarlardan kо‘ra, hayot ikir – chikirlarini ifodalagan asarlarining xaridorlari va uni guldiros qarsaklar bilan qarshi oluvchilar kо‘proq bо‘ladi. Bunday ahvol qadimda ham, hozir ham shunday. Har bir kasb, har bir sohaning о‘z bilimdoni, о‘z mutaxassisi bо‘ladi. Adabiyotning ham saragini – sarak , puchagini – puchak qilib, uning qadr - qimmatini , haqiqiy bahosini aytib turadigan bilimdonlar borki, bular tanqidchilardir. Zero tanqidchi Izzat Sulton yozganidek, “…Sharhlovchi emas – talqin etuvchi, baholovchi va hukm qiluvchi hamdir; yozuvchi hayot haqida yozadi, tanqidchi esa hayot va adabiyot haqida yozadi va shu bilan birga bu sohalarni chuqurroq anglashda yozuvchiga kо‘maklashadi, shu orqali yozuvchi va adabiyot saviyasini oshirib boradi, xalqning ijtimoiy ongi о‘sishiga xizmat qiladi. Roman shakllanmog‘i uchun muallifdan dunyo va inson tо‘g‘risida nihoyatda keng va chuqur albatta , yangicha tafakkur talab etiladi.(Roman terminining ma’nosi ham “yangi,, deganidir) Roman salmog‘ini unda aks ettirilgan personajlar soni yoxud voqealar hajmi emas, balki ularning nechog‘lik mukammal tahlil va talqin etilgani belgilaydi. Romaniy tafakkur yetakchilik qilmasa har qanday katta asar voqea hodisalarning aqlga va mantiqqa moslashtirilgan yig‘indisidan boshqa narsa bо‘lmaydi.
Xususan, yozuvchi Odil Yoqubovning ”Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkurni yaratuvchi barcha omillar, harakatga keltiruvchi barcha vositalar ham, yozuvchi diqqat markazi ham, barchasi to’rt yetakchi qahramonga bog’lanlanganligi tufayli o’ziga xos kompozitsion yaxlitlik vujudga kelgan. Asar voqealari rivojiga e’tibor berilsa, syujet ”o’qi” ham, undagi konflikt ham mustabid Sulton Mahmud G’aznaviy bilan ikki ulug’ allomaga, soxta hakimi davron Ibn Shahvoniyga borib bog’lanadi. Romanning boshqa ishtirokchilari hayoti, taqdiri ham qaysidir jihatdan to’rt yetakchi qahramonga ulanadi. Natijada barcha voqea-hodisalar, qahramonlar orqali anglashiladigan fikrlar oqimidan epik tafakkur vositasida muhim umumlashmalar yaratilgan: ilmu idrok har narsadan buyuk va qudratli, biroq uning tantana qilishi osonlik bilan yuz bermaydi, ezgulikning mangu qaror topmog’i uchun inson tuban ehtiroslarni, illatlarni yengmog’i, nihoyatda masahaqqatli kurashlar natijasida jaholat va razolat ildizini tag-tomiri bilan yo’qotmog’i lozim. Faqat ilmu idrok qudrati bilangina insoniyat ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot cho’qqilarini zabt etishi mumkin.
Yozuvchi mahorati shundaki, hech qaysi qahramon butunlay ”salbiy” yoki ”ijobiy” sifatida talqin etilmagan. Aksincha, ulug’ allomalar dunyoqarashida ma’lum cheklanganliklar bo’lganiday, Mahmud G’aznaviy qiyofasida ham odamiylikning ma’lum alomatlari bor. Ibn Shahvoniy ham har qancha obro’-e’tiborga sazovor bo’lmasin, ”yengilmas kuch” sifatida tan olishlarini har qancha istamasin, baribir haqiqat qarshisida o’zini nochor his etadi, tahlikga tushadi, fosh etilishidan qo’rqib yashaydi. Asar qahramonlariga xos bo’lgan bunday ziddiyatli xususiyatlar, kechinmalar tabiiy, haqqoniy aks ettirilganligidan ularning ta’sir kuchi ham oshgan, har biri katta miqyosdagi murakkab xarakterlar darajasiga ko’tarilgan.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, yozuvchi, ikki ulug’ alloma obrazlarini ham o’ziga xos tarzda yaratgan. Kitobxon har ikki ulug’ siymoni ezgu maqsad, ilmu idrok ravnaqi va tantanasi uchun kurash birlashtirganligini his etadi. Haqiqat, adolat qarshisida insoniylikdan, insoniy e’tiqodlardan yuz o’girmagan ulug’ insonlarga nisbatan mehr-muhabbatimiz ortadi. Sulton Mahmud bilan Beruniy to’qnashuvlarining cheksiz hokimiyat va adolatsizlik g’alabasi bilan tugallanayotganliginidan ezilamiz. Shoh huzuriga insoniy burch yuzasidan kelgan Ibn Sinoning saroydan quvilishi vujudimizni iztirobga soladi. Shu daqiqalardagi ustoz Beruniy kechinmalariga o’zimizni hamdard sezamiz: ”Yo tavba! Bu go’zal olam, bu musaffo osmon, bu yorug’ yulduzlar, qo’yingki, bu mukammal olamni bunyod etgan xudovandi karim, nechun o’z bandasini bundayin nomukammal qilib yaratding?... nechun bu jon bilan birga unga jaholat va qalloblik, hudbinlik va razolat yanglig’ tuban istaklarni qo’shib berding? Nechun unga boshqa hech bir tirik zotga ato qilmagan o’tkir tafakkur va yetuk aql-zakovat in’om etib, bu aql-zakovatni tubanlik, razolat va qabohat yo’lida ishlatmoqni ravo ko’rding”.
rivoyat asar voqealarining yechimi, yakuni hisoblanadi. Binobarin, rivoyatning falsafiy mazmuni butun asar voqealari orqali anglashiladigan fikrlar oqimini umumlashtirib, quyidagi umumlashmani keltirib chiqarishga xizmat qilgan: inson tabiatidagi tuban illatlar va istaklar uning fojiasini ta’minlaydigan omillardir, ilmu-idrok qudrati bilangina ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotga xizmat qilish mumkin.
Ko’hna dunyo” o’z kitobxonlarini ana shunday ulug’ maqsadlar sari da’vat etuvchi asardir.

Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish