Kurs ishning maqsad va vazifalari. Biz bituruv malakaviy ishda roman janri va epik tafakkurni romannavis ijodkorlar O.Yoqubov va P.Qodirovning tarixiy romanlari misolida tahlil qilishni maqsad qilib oldik va mazkur muammolardan kelib chiqib Kurs ishimizda quyidagi masalalarni yechishni vazifa qilib oldik:
- O’zbek adabiyotshunosligida roman janri va o’zbek romanchiligiga xos epik xususiyatlarni tahlilu-tadqiq etish;
- Yozuvchi P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaniga xos epiklik va tarixiy shaxs talqinini uyg’un xolda tadqiq etish;
- O’zbek tarixiy romanlarida ijodkorlarning o’tmish voqeligiga munosabat masalasini tarixiy romanlar misolida tadqiq etish;
- O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanidagi voqelik va qahramon ichki ruhiyatini asar tahlilida ochib berish;
- P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanidagi tarixiy voqelik bilan badiiy haqiqatni qay darajada ochib berilganligini o’rganish;