Kurs ishning ilmiy yangiligi. O’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi ilmida roman janri va uning o’ziga xos xususiyatlari, Kurs ishning o’rganilganlik darajasi qismida tahlilu tadqiq etib berilgan. Haqiqatdan ham, nazariy monografiya va maqolalarda O.Yoqubov va P.Qodirovning tarixiy romanlari o’rganilgan va tadqiq etilgan. Ammo o’zbek adabiyot ilmida roman janri va unga xos bo’lgan epiklik xususiyatlari yuqoridagi nomi tilga olingan adiblar asarlari misolida deyarli tadqiq etilmagan. Biz mazkur Kurs ishda roman janri va unga xos epiklik xususiyatlari ijodkorlar O.Yoqubov va P.Qodirov tarixiy romanlari misolida tadqiq qildik. Bu esa ishimizni yangiligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |