Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishda O. Yoqubov va P. Qodirovning romannavislik faoliyatiga bag‘ishlangan maqolalar, roman janrining xususiyatlari yoritilgan asarlar manba sifatida olindi. Shuningdek tadqiqot davomida yozuvchilarning о‘z asarlariga ham murojaat qilindi.
Tadqiqotning metodologik asoslari. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidagi kо‘rsatmalar, Prezident I.A.Karimovning milliy madaniyat va manaviyatni rivojlantirishga doir nazariy asarlari tashkil etiladi.
Ishning ilmiy – nazariy yо‘nalishini belgilashda I.Sulton, O.Sharofiddinov, U. Normatov, B.Nazarov, A.Rasulov, D.Quronov, Q.Yо‘ldoshev, P.Qо‘chqor, kabi munaqqidlarning asarlari metodologik asos bо‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |