M E N E JE R FAOLIYATININ G A SO SLA R I
Menejeming amaliy tomonlarini o‘rganishdan avval unga oid asosiy
tushunchalar, usul va vositalami bilib olish maqsadga muvofiq bo'lib,
ulaming barchasi rahbar (menejer)lik faoliyatining mohiyatini to‘g ‘ri
tushunishga va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
Menejment o‘zi nima? Menejer kim? - degan savollarga olimlar,
mutaxassislar turlicha ta’riflar beradilar. Ba’zilar, menejment - boshqarish
faoliyati bo‘yicha rahbar kadrlar tayyorlovchi fan deyishsa, ba’zilar,
menejment - boshqaruv faoliyatida insonlami faollashtirish deya ta’rif
berishadi. Ayrimlaming fikricha, «Menejment - bu tashkilotning orzu-
niyatlariga erishishidagi mehnat va moddiy resurslami aniq yo‘nalishda
ishlatilishi evaziga erishiladigan rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish
(muvofiqlashtirish) va nazorat qilish jarayonidir». Bu jarayonda rahbar
(menejer) va boshqariluvchi xodimlar (guruhlar) qatnashadi. Rahbarlik -
12
bu menejeming boshqaruv faoliyatidir. Ingliz tilining fundamental Oksford
lug‘atida «menejment» so‘ziga-«Insonlam i o ‘zaro munosabatlarda bo‘lish
usullari, hokimiyat va boshqarish san’ati» deb ta’rif berilgan.
Fikrimizcha, menejment (boshqarish)-«o‘zga kishilar mehnati, intellekti
va xatti-harakatlari motivlaridan foydalangan holda ko‘zlangan maqsadlarga
erisha olishdir» degan mazmunda ta’riflansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshqarishning soha yoki fan sifatida rivojlanishi quyidagi savollami
o'rtaga ko‘ndalang qilib qo‘yadi: «nima uchun» va «nimaning oqibatida»
tashkilotlar rivojlanib, ilgarilab ketadi yoki barbod boMadi? Bir qarashda
muvaffaqiyatli bo‘lib ko‘ringan ishlar (faoliyatlar), aksincha bo‘lib chiqadi,
chunki har doim ham yaroqli, barcha kishilar uchun va holatlar bo‘yicha bir
xildagi yo‘l-yo‘riq hamda vositalaming bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumki, tashkilotlar, firma va kompaniyalar hamda muassasalaming
barchasi tashkilot hisoblanib ularning muvaffaqiyati va barbod bo‘lish
misollari bitta umumiy xususiyatga ega. Tashkilot esa menejerlar dunyosining
asosini tashkil etadi va menejmentning mavjud bo‘lish shartidir.
Menejerlar boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni bo‘ysu-
nuvchilarning bilimi, qobiliyatlari va xatti-harakatlari motivlaridan foyda
langan holda tashkilotning oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishishni
uddalay oladigan, odamlar va turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi ijtimoiy va
iqtisodiy munosabatlami muvofiqlashtirishga, ularning mehnatini tashkilot
maqsadlari sari yo‘naltirishga qodir, maxsus bilimlar majmuasi va tajribaga
ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar toifasidir.
Jamoaga rahbarlik qiluvchi shaxsning obro‘si uning va unga ergashgan
guruhning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Rahbar
(menejer) obro‘si atrofdagilaming, ayniqsa, unga ergashuvchilarning ishon-
chi orqali ifodalanadi. Boshqalaming ishonchi esa quyidagilar asosida
shakllanadi:
• xatti-harakatlarning tabiiyligi;
• muomalada erkinlik;
• atrofdagilarga nisbatan chuqur hurmat va ehtirom;
• o‘zini va boshqalami noqulay holatga solmaslik;
• imkoniyati boricha boshqalami xafa qilmaslik;
• boshqalaming ishiga aralashmaslik;
• bo‘lar-bo‘lmasga(qiyinchiliklardan) nolimaslik;
• kamtarlik va arzimagan vaziyatlarda ko‘zga tashlanmaslik;
• o‘zining imkoniyatlarini haddan tashqari past baholamaslik, so‘zini
mazmunli, mantiqiy, asosli va qat’iy, lekin yumshoq shaklda ifoda-
lash;
• nafaqat boshqalami, o‘zini ham hurmat qilish;
• boshqalaming (suhbatdoshning) so‘zini bo‘lmaslik va boshqalar.
13
Insonlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq ishlarga,
asosan, tashkilot a’zolarining munosabatlarini o‘zaro moslashtirish, har
bir shaxs maqsadi va intilishlarini tashkilotning umumiy maqsadlari sari
yo‘naltirish, kadrlarni tanlash, tayyorlash, joy-joyiga qo‘yish, tashkilotga
nisbatan tashqi muhit o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda yuqori
boshqarish mahkamalari, raqobatchilar, iste’molchilar va hokazolar bilan
muzokaralar olib borish, turli yig‘ilishlar va majlislami o‘tkazish hamda
ularda qatnashish kabi vazifalarni bajaradilar.
Umuman olganda rahbar (menejer)lik mezoni motivasiya jarayoni bilan
belgilanadi.
Motivasiya - tashkilotning alohida xodimi yoki guruhini tashkilotning
umumiy maqsadlari yo‘nalishidagi samarali faoliyatiga mos ravishda moddiy
va ma’naviy rag‘batlantirish jarayonidir. Xodimlar uchun eng muhimi
ulardagi insoniylik xususiyatlarining qadrlanishi va haqqoniy baholanishidir.
Qadrlash, baholash yoki taqdirlash deganda esa insonlar o‘zi uchun eng
qimmatli narsani tushunadilar. Odamlar tashkilotning umumiy maqsadlari
sari intilishlarida muvaffaqiyatni sezishlari, xizmat pog‘onalari bo‘yicha
ko‘tarilish imkoniyatlari borligini biiishlari, atrofdagilar (ayniqsa, rahbarlar)
tomonidan tan olinishi, mas’uliyat, imkoniyatlarining ortishi kabilar muhim
o‘rin tutadi. Odamlarning talablari va ehtiyojlari haqqoniy taqdirlanishini
to‘g‘ri tushunishlari va qabul qilishlari o‘rtasidagi munosabatlarni o ‘rganish
va ular asosida tashkilotni boshqarish motivasiyaning asosini tashkil etadi.
Rahbarlik va guruhlar haqida tushuncha. Har qanday tashkilot faoliya-
tining samaradorligi va muvaffaqiyati ko‘p jihatdan shu tashkilotdagi
insonlar guruhi, ulaming samarali hamkorligi va o ‘zaro munosabatlariga
bog‘liqdir. Shu sababli rahbarlar guruhlami o‘rganishlari zarur.
Gu r u h - bu o ‘zlarini umumiy maqsadlariga ega bo‘lgan jamoa sifatida
qabul qiladigan kishilaming har qanday yig‘ indisi, boshqacha aytganda,
shaxsiy maqsadlaming bir-biriga mos kelishidir.
Insonlar guruhlarga birlashishlarining asosiy sabablari quyidagicha:
•
guruhga mansublik hissini qondirish;
•
o‘zaro muloqotga muhtojlik;
•
o ‘zaro hamkorlikka muhtojlik;
•
o ‘zaro yordamga muhtojlik;
•
umumiy ishga hissa qo‘shganlik tuyg‘usiga ega bo‘lish;
•
o‘zaro yoqtirish yoki boshqalarni yoqtirmaslik kabilar.
Tashkilotlardagi guruhlarni boshqarish. Hozirgi vaqtda guruhlar rasmiy
va norasmiy guruhlarga bo‘lib tasniflanadi. Rasmiy guruhlar ishlab chiqarish
yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini uyushtirish va amalga oshirish uchun
rahbariyat tomonidan tashkil etiladi. Bu guruhlarning vazifasi mazkur
tashkilotdagi mehnat taqsimotiga muvofiq muayyan ishlami bajarishdan
14
iboratdir. Rasmiy guruhlar tashkiliy tuzilishi bilan ajralib turadi. Ular
oldindan belgilangan vazifalar orqali amalga oshiriladi.
Tashkilotlardashakllanadiganguruhlardanyanabirinorasm iyguruhlardir.
Bunday guruhlar ishlovchilaming o ‘zaro samimiyati, do‘stona munosabatlari
asosida biror-bir muayyan maqsadga erishish uchun ularning istagi bo‘yicha
tashkil etiladi. Ayrirn hollarda bunday guruhlar rahbardan norozi kishilar
tomonidan tashkil etilishi ham mumkin. Bunday guruhlar barcha rasmiy
guruhlar ichida mavjud b o iish i mumkin. Bunday guruhlaming ta ’sir
kuchi juda yuqori bo‘lib, muayyan sharoitlarda u ustunlik qilishi, hattoki
rahbariyatning xatti-harakatlarini yo‘qqa chiqarishi ham hech gap emas.
Norasmiy guruhlami tavsiflovchi asosiy xususiyatlar, bular: guruh ichida
o ‘matilgan ijtimoiy nazorat, o ‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatish va norasmiy
yetakchi (sardor)laming mavjudligidir.
Guruh ichida o ‘m atilgan xulq-atvor m e’yorlari uning a ’zolarini nazorat
qilish imkonini beradi. Agarda bu ijtimoiy m e’yorlar tashkilot maqsadlariga
zid bo‘lsa, tashkilotning o ‘z maqsadlariga erishishi qiyinlashadi. Norasmiy
guruhlargaxosbo‘lganyanabirxususiyat-ularningharqandayo‘zgarishlarga
qarshilik ko‘rsatishi. Buning sababi ularning kelgusi faoliyatiga tahdid yoki
xavf-xatar tu g ‘ilishi mumkinligidadir.
Norasmiy yetakchi - bu rasmiy rahbar b o ‘lmagan shaxs hisoblanib,
u o ‘zining shaxsiy fazilatlari, kasb mahorati yoki boshqa xislatlari bilan
jam oada obro‘-e ’tibor qozongan bo‘ladi va uning xulq-atvoriga jiddiy ta’sir
ko‘rsata oladi.
Norasmiy guruhda hamkasblarga yordam ko ‘rsatish yoki ulardan yordam
olish imkoniyatlari ko ‘proq bo‘ladi, shu sababli tashkilotga yangi kelgan
xodimlar ham bunday guruhlarda qatnashishga intiladilar.
Tashkilot rahbari norasmiy guruhlarning ta ’sirini bilgani holda ulami
samarali boshqarishga harakat qilishi kerak. Buning uchun u norasmiy
guruhni tan olishi, o ‘zgarishlarga qarshilikni kamaytirish uchun guruhni
qarorlar qabul qilishda ishtirok etishga jalb etishi, mish-mishlarning oldini
olish uchun zarur va yetarJi axb
Do'stlaringiz bilan baham: |