9
IST IQ L O L IY FAZILATLAR
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin o‘tgan davr mobaynida
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda tub o ‘zgarish!arga erishildi. 0 ‘zbe-
kiston o‘z taraqqiyot yo‘lida yangi ufqlar va maqsadlarga erishayotgan bir
paytda, jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar,
eng avvalo, rahbar kadrlaming o‘z vazifasini halol va malakali bajarishiga,
qolaversa, fidoyiligiga bog‘liq bo‘lmoqda. 0 ‘zbekistonda boshqarish
tizimini, jumladan, rahbar kadrlami tanlash, tarbiyalash, ularni joy-joyiga
qo‘yish va yangilash sohasini isloh qilish va rivojlantirishning nazariy
asoslari va amaliy yo‘llari Prezident l.A . Karimovning asarlari, nutq va
ma’ruzalarida atroflicha yoritib berilgan.
Ularda boshqaruv kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularning
malakasini oshirish va qayta tayyorlashga xizmat qiladigan mukammal
tizimni shakllantirishga katta e ’tibor qaratilgan. Buning boisi shundaki,
boshqaruv kadrlari ommaning yetakchisi sifatida jamiyatni harakatga
keltiradi, xalqning ijodiy kuchlarini, uning tashabbus va intilishini
uyg‘otadi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotini jonlantiradi.
Qachonki rahbar har jihatdan mukammal va namuna bo‘lsa, odamlarni
ishontira olsa, ularning boshini biriktirib, o‘z ortidan ergashtira olsa,
rivojlanish yanada jadallashadi.
Darhaqiqat, insoniyat sivilizasiyasining barcha davrlarida va har qanday
tuzumda boshqaruv kadrlari ommaning yetakchisi hisoblangan. Uning
bilimsizligi mafkuraviy qotib qolishga olib kelgan, xalqni qaramlikka
solgan, uning taraqqiyoti esa xalq hayotini taraqqiy ettirgan. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Biz oldimizga
qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin,
gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadr-larga borib taqalaveradi».
Oldimizdaturgan buyuk vazifalar,strategikmaqsadlar,mavjudmuammolami
hal etish masalalari kadrlar salohiyatiga, ulaming bilimi, tajribasi, ko‘nikma
va malakasiga bevosita bog‘liqdir.
Bugun ta’lim-tarbiya masalalariga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
sifatida qaralmoqda. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul qilingan Milliy
dasturning mazmun-mohiyati ham aynan ana shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Unda shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishning
bir-biri bilan uzviy hamkorligi, o ‘zaro aloqadorligi aks etgan.
Hozirgi kunga kelib davlat idoralari, biznes tarmoqlari va ijtimoiy
sohalami boshqarish bo‘g‘inlarida zamon talabiga javob beradigan
boshqaruv kadrlarini tayyorlash va tarbiyalash masalasi eng dolzarb
vazifalardan biridir.
Bugungi kun, boshqaruv kadrlaridan zamonaviy rahbar (menejer)
ga xos bo‘lmagan salbiy sifatlardan qutulishni, ijobiy fazilatlarni o‘zida
10
shakllantirishni talab etmoqda. Ammo shunisi achinarliki, ularning
malakasini oshirish va qayta tayyoriashda hali-hanuz ayrim boshqaruv
kadrlari zamonaviy menejment va marketing asoslari, biznesni baholash,
ilg‘or xorijiy tajribalar, ilm-fan yutuqlarini muntazam kuzatib borish
ko‘nikmalarini yetarli darajada egallay olmayaptilar. Jahon tajribasidan
ma’lumki, rahbar (menejer)ning bilim saviyasi qanchalik past bo‘lsa, kas-
biy mahorati ham shunchalik past bo‘ladi. Aksincha, rahbar (menejer)ning
intellektual salohiyati qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ma’naviy-axloqiy
jihatlari, tashkilotchilik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatlari ham
yuqori bo‘ladi.
Mazkur sohada yana bir muhim va dolzarb masala - bu boshqarish
faoliyatida qobiliyatli, iste’dodli va iqtidorli yoshlar bilan ishlash masalasidir.
Xalqimiz bugun yoshlarga ishonmoqda, ularga umid ko‘zi bilan qarayapti.
Yoshlar bugun o‘tmish va kelajak o ‘rtasidagi ishonchli va umidli ko‘prik
vazifasini bajarishi kerak. Shuning uchun rahbarlik faoliyatiga layoqati
bor yoshlami izlab topish, ular bilan muntazam ishlash va kelajak uchun
tayyorlash bugunning eng dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.
Boshqaruv kadrlari bilan ishlashda quyidagi masalaga alohida e’tibor
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun boshqaruv kadrlarining ikki
toifasi mavjud: turli mulk shaklidagi biznes sohalari rahbar (menejer)lari
hamda davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari. Davlat tashkiloti rahbarlari
davlat va xalq o‘rtasida ko‘prik (bufer) vazifasini bajaradi. Ular davlatning
ishongan vakilari hisoblanib, jamiyat manfaatlarining himoyachisi sifatida
faoliyat olib boradilar. Biznes sohalari boshqaruv kadrlari esa shaxsiy, jamoa
va jamiyat manfaatlarining mutanosibligi, uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha
faoliyat ko‘rsatadilar.
Mazkur faoliyatlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun boshqaruv
kadrlaridan davlat siyosati, islohotlaming mazmun mohiyati, zamonaviy
boshqaruv asoslari, bozor iqtisodiyoti ko‘nikmalarini chuqur egallab borishi
talab etiladi. Buning uchun boshqaruv kadrlariga o‘z bilimlari, malaka va
ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishlari uchun yetarli shart-sharoit
yaratilishi lozim.
«Har qaysi inson buyuk kuch sohibidir. Faqat uni uyg‘ota bilish kerak»,
degan edi davlatimiz rahbari. Ana shu jihatdan bugungi rahbar (menejer)lik
mas’uliyati ancha murakkab. Boshqalardagi kuch-g‘ayratni uyg'otish uchun,
eng avvalo, rahbar (menejer)ning o‘zi kuchli, g‘ayratli, kerak bo‘lsa qudratli
bo‘lishi shart. Rahbar (menejer)ning boshqalarga o ‘mak bo‘lishi muhim
xususiyatlardan biri bo‘lsa, yana biri o ‘z atrofidafidoyi insonlarni birlashtira
olishidir. Bugungi rahbar (menejer) izlanuvchan, tadbirkor, qat’iyatli, kerak
bo‘lsa, qattiqqo‘l bo‘la olishi, davlat va xalq manfaati yo‘lida fidoyi bo‘lishi,
boshqalami ham shunga safarbar qila olishi zarur. Shu bilan birga, u xalq
ruhiyatida ertangi kunga ishonch hissini uyg‘ota bilishi lozim.
11
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2002 yil fevral
oyida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashida
so‘zlagan nutqi bugungi kun rahbarlarining professional lavozim talablariga
asos bo‘ldi. Nutqda rahbar-yetakchilarga xos jonini ham fido qilish, xalqqa
sidqidildan xizmat qilish, odamlami o‘ziga jalb eta olish, kechirimli bo‘lish,
fayzli bo‘lish, odamlami birlashtirish, boshqarish, yuksak maqsadlar sari
safarbar qilish, yonib yashash, uzoqni ko'ra bilish, yetakchi bo‘lish, xalq
bilan til topa bilish, el-yurt tashvishi bilan yashash, yangilikka intilish,
o‘z halovatidan voz kecha olish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish,
muammolarni vaqtida yechish haqida muttasil qayg‘urish, qat’iyatlilik,
kerak joyda qattiqo‘llik, murosasizlik, ertangi kunga ishonch, odamlarni rozi
qilish, ularga tarbiyachi, yetakchi bo'lish hamda g‘amxo‘rlik, mehribonlik
qilish, talabchanlik, fidoyilik, xalqning dardini o‘z dardi deb bilish, nojo‘ya
yo‘llardan, xatti-harakatlardan qaytarish, sog‘lom iqlim barpo etish kabi
fazilatlar tilga olindi. Ayni vaqtda, oqsoqlik, mas’uliyatsizlik, beparvolik,
suiiste’molchilik, rasmiyatchilik, xo‘jako‘rsinchilik, murosasozlik, jino-
yatchilik, e ’tiborsizlik, talabchanlik vafidoyilikningyetishmasligi, boqiman-
dalik, loqaydlik va boshqa shu singari salbiy illatlar ham izohlab berildi.
Yuqorida keltirilgan ijobiy va salbiy xislatlaming har biri hayotda
mavjud bo‘lib bu xislatlar, o ‘zining aniq ta’rifiga va ko‘rsatkichlariga ega.
Darhaqiqat, bu - davrimizning eng asosiy vazifalaridan biri. Hozirgi rahbar
«o‘zi ham yonib, o ‘zgalami ham yondirib yashashi kerak». Davr bugungi
kun rahbaridan, yangi davr rahbaridan aynan shuni talab qilmoqda. Davr
odamlarni o‘zgartiradi, odamlarni saralaydi. Zero hamma ham rahbar bo‘lib
tug‘ilavermaydi. Rahbarlik ilohiy fazilat, qolaversa, u tinimsiz izlanish,
intilish, bilim va tajribaning mahsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |