Abdurahmon jomiy va alisher navoiyning diniy va falsafiy qarashlari



Download 229,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi229,41 Kb.
#590464
  1   2
Bog'liq
Xalqaro



ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIYNING DINIY VA 
FALSAFIY QARASHLARI 
Mubora OMANOVA
Nizomiy nomidagi TDPU o`qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Maqolada Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning diniy, falsafiy 
qarashlari, Navoiy va Jomiyning ustoz-shogird va doʻstligi, adabiy hamkorligi, 
tahlil qilingan.
Kalit so`zlar: 
tasavvuf, falsafa, diniy, naqshbandiylik, tariqat, shayx, adabiy 
hamkorlik. 
Fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining 
yirik 
vakili 
Nuriddin 
Abdurahmon ibn Ahmad Jomiyning asarlari falsafa, tasavvuf, tilshunoslik
adabiyotshunoslik, san'at sohalariga hamda nazm va nasrning har xil janrlariga 
oiddir. Jomiy asarlarining bir qismi diniy va falsafiy mazmunga ega bo„lib, ularda 
shoir islom dini va sharq falsafasining bir qator masalalarini oʻz qarashicha talqin 
etadi, tasavvufning XV asrdagi yirik arbobi sifatida o„z fikr-mulohazalarini bayon 
etadi. Uning “Maʼnolar naqshi”, “Paygʻambarlikka dalillar”, “Naqshbandiya 
ta`limoti haqida risola”, “Haj qilish yo`llari haqida risola” kabi bir qancha 
asarlarini shu guruhga kiritish mumkin. Jomiy falsafasining asosini tasavvufiy 
gʻoyalar tashkil etadi.
Oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlida tahsil 
olgan, u arab tilini mukammal oʻrgangan. Jomiy oʻz bilimini oshirish uchun 
Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, 
Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullaysdan taʼlim olgan. 
Jomiy til va adabiyotnigina emas, riyoziyot, falsafa, huquqshunoslik, 
falakiyot fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur oʻrgangan, 
olimlarning turli mavzulardagi munozara va mubohasalarida qatnashib, yetuk 
olimligi bilan tanila boshlagan. Jomiy Hirotga qaytgach, tasavvuf yoʻliga kirishni, 
oʻz bilim va faoliyatini shu yoʻlga, qolaversa, ijodga, ilm-fanga bagʻishlashni afzal 
koʻrgan. U oʻziga pir qilib Shayx Sa`diddin Koshg„ariyni tanlaydi, Hirotning jome 
masjidida uning suhbatlarini tinglaydi. Saʼdiddin Koshgʻariy tasavvufda 
Muhammad Naqshband sulukiga mansub edi.
Adabiyotshunos 
Sultonmurod 
Olim 
“Jahon adabiyoti” jurnalidagi 
maqolasida quyidagi fikrlarni keltirib o`tgan: “Hazrati Naqshbandning oʻzlari-ku 
uvaysiy edilar. Ammo olamdan oʻtganlaridan keyin u azizning ruhlari kelib kimsan 
– hazrati maxdum Abdurahmon Jomiyga tarbiya bergan. Navoiy piri va ustozi 
haqida shunday deb yozadi: “Zohir yuzidin oʻzlarin qutb ul-muhaqqiqin (Xudoni – 


Haqni izlovchilar qutbi) va gʻavs us-solikin (soliklar madodkori) Mavlono Saʼd ul-
millati va-d-din (millatu dinning baxti) il-Koshgʻariy muridi koʻrguzurlar erdi, 
ammo, hamonki, uvaysiy (!) erdilar va Xoja Bahouddin Naqshband ruhoniyatidin 
tarbiyat topib erdilar” [1, 185]. Jomiy mashhur so„fiylar bilan yaqindan muloqotda 
boʻladi. Muhyiddin ibn al-Arabiyning asarlarini chuqur mutolaa qilgan. 
Oʻzining mutasavviflik faoliyatida Bahouddin Naqshband gʻoyalarini shu 
sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi – Xo„ja Ahror bilan yaqin boʻlgan holda 
yanada rivojlantirgan. Asarlarida Naqshbandga ixlosi baland boʻlgan. Xurosonda 
Hirot taxtiga temuriy Sulton Husayn Boyqaro
 
oʻtirgandan soʻng Jomiyning 
mamlakatdagi mavqeyi juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning koʻp avlodlari 
oʻzlarini unga murid, deb eʼlon qilganlar.
Jomiy Alisher Navoiy bilan birinchi marta Abu Said hukmronligi 
davrida Xiyobon mavzesida hamma qatori koʻrishgan. Shunda Jomiy unga 
oʻzining bir risolasini taqdim qilgan. 1476-77-yillarda Navoiy ham Jomiyni oʻziga 
pir, deb taniydi. Garchi Jomiyning Navoiydan yoshi ancha ulugʻ, rasman pir 
hisoblansa ham, mohiyatan ular chin doʻst va hamkor boʻlganlar. Jomiy oʻzining 
(“Nafohat ul-uns”, “Bahoriston” va boshqa) bir qancha asarlarida Navoiyni
Navoiy ham oʻz asarlari ( “Xamsat ul-mutahhayirin”, “Majolis un-nafois” va b.)da 
Jomiyni hurmat bilan tilga oladi. Jomiy “Nafohat ul-uns” (“Azizlar nafasi”), 
“Risolai musiqiy” (“Musiqa risolasi”) , “Risolai muammo” (“Muammo risolasi”) 
kabi oʻndan ortiq asarini Navoiy maslahati bilan yozgan. Jomiy vafotidan oldin 
lirik sheʼrlarini 3 devonga boʻlib, ularga “Fotihat ush-shabob” (“Yoshlikning 
boshlanishi”), “Vositat ul-ikd” (“Oʻrtadagi dur”) va “Xotimat ul-hayot” (“Hayot 
xotimasi”, 1479-1491) deb nom berar ekan, bunda Navoiy maslahatini eʼtiborga 
olgan edi. Navoiy va Jomiyning doʻstligi adabiy hamkorlik bilan chegaralanmagan. 
Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir boʻlib turar ekan, oʻz siyosiy va 
ijtimoiy faoliyatida Jomiydan maslahatlar olib turgan. Sulton Husayn Qunduz 
viloyatiga qarshi yurishga otlanmoqchi boʻlganda, Jomiy Navoiydan podshohni bu 
safardan qaytarishni iltimos qilgan ekan. Saroydagi fitna va fujurlar Navoiyning 
joniga tegib, u oʻz vazifasidan ketmoqchi boʻlganda Jomiy uni bunday qarordan 
voz kechishiga sababchi bo`lgan. Chunki Navoiydek xalqparvar arbob saroydan 
ketsa, xalq va mamlakat ahvoli yanada ogʻirlashishini u yaxshi tushunar edi. 
Jomiy oʻz asarlarini fors-tojik tilida yozgan, arab tilini ham yaxshi bilgan. 
Jomiy "Nafohot ul-uns" asarini yozish bilan tasavvuf tarixini o`rganishga katta 
hissa qo`shdi. Unda 616 ta mutasavvif hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berilgan 
bo`lib, ulardan 34 nafari ayollardir. Ushbu asarni Navoiy ma'lum bir to`ldirishlar 
bilan o`zbek tiliga tarjima qilgan. Jomiy faqat mashhur so`fiylar haqida ma'lumot 
berish bilan cheklanmay, qator shoir va adiblarning hayoti va ijodiga ham 
to`xtaladi. 


Alisher Navoiyning “Xamsa” yozish niyatini birinchi bo`lib Jomiy qo`llab-
quvvatlagan, unga yuksak baho bergan. Shuning uchun ham “Xamsa” ning har bir 
dostoni muqaddimasida Navoiy boshqa xamsanavislar qatorida Jomiyga ham 
alohida bob ajratib, uni daho shoir, masnaviy ustasi, mehribon ustod sifatida 
ta`riflaydi. Bir davrda, bir xil siyosiy-ijtimoiy va madaniy adabiy muhitda yashab 
ijod etgan, ustozlik va shogirdlik, murshidlik va muridlik odobini Shams Tabriziy 
va Mavlono Rumiydan keyin eng yuksak darajada ado etgan bu ikki siymoni bir-
biridan ayri tasavvur qilish, Jomiyni o`rganmasdan Navoiyni, Navoiyni 
o`rganmasdan Jomiyni anglash mumkin emasligini mantiq va tafakkur kuchi bilan 
idrok etgan o`zbek navoiyshunos olimlarini ayni paytda, jomiyshunos deb atash 
ham mumkin. 
Navoiy va Jomiy faoliyatida tariqat va futuvvatning o‟zaro birlashuvi 
tezlashadi. Sharqda keng rivojlangan bu ikki sohaning qo‟shilishi katta ijtimoiy 
hodisa bo‟lib, odamiylik sifatlarining ko‟proq qaror topishi va axloqiy kamolot 
uchun qudratli kuchga aylangan.
Tasavvuf futuvvatda yuksak g‟oyalarning amaliy-ijtimoiy tatbiqini ko‟rgan 
bo‟lsa, futuvvat tasavvufda nazariy-e‟tiqodiy tagzaminni topgan edi. O‟z nafsini 
yengolgan kishi o‟zgalar g‟amini yeyishi mumkin. Abdurahmon Jomiy “Subhat ul-
abror” dostonida futuvvatga ta‟rif berib, bu avvalo past xislatlarni tark etib, 
oliyjanoblikni kasb etish, deya ta‟kidlaydi. Futuvvatning birinchi sharti – miskinlar 
dardiga davo bo‟lish: 

Download 229,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish