“BIZ NAVOIYNI O`RGANAMIZ” shiori ostida o`tkazilgan kitobxonlik tanlovi birinchi bosqichining ikkinchi bellashuvi o`tkazilganligi haqida
MA`LUMOTNOMA
Joriy yilning 10-fevral sanasida Davlatimiz rahbarining “Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi PQ-48-65 – son qarori 9-bandi ijrosi yuzasidan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlashga qaratilgan “Navoiy va yoshlar” dasturi ijrosi yo’lida yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish, “Xamsa” asarining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish kabi maqsadlarda tashkil etilgan “Biz Navoiyni o’rganamiz” nomli fakultetlararo kitobxonlik ko’rik tanlovining 2- bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur bosqichda institutning yana ikki – Transport va Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetlaridan iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etib, qizg`in hamda murosasiz kechgan aqliy bellashularda jamoalar buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi hamda “Xamsa” asari bo’yicha olgan bilimlarini davrada namoyon etdilar. 5 bosqichdan iborat tafakkur duelida chuqur falsafiy ma’nolarka kon mazkur kitob sahifalaridan sinchkovlik bilan tanlab olingan, kitobxondan o’tkir mushohada talab qiluvchi savollarga har ikki jamoa vakillari dadil javob qaytarishni uddasidan chiqa oldilarki, tenglik hukum surgan baxslarda hakam va expertlar guruhiga g’olibni aniqlash bir oz qiyinchilik ham tug’dirdi.
Katta mas’uliyat bilan mehnat qilgan Institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov boshchiligida Namangan davlat universiteti dosenti NamDU dosenti, filologiya fanlari nomzodi F.Karimova, institut kasaba uyushmasi raisi A.Xaydarov, YoBIMMB uslubchisi B.No’monjonov, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi S.Atamirzayeva, Yoshlar ittiqfoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi D.Akbaraliyev, institut psixologi F.Sharipova, ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi S.Dexqonova, “Muzaffar so’z” badiiy klubi rahbari A.Kamolovlardan iborat hamlar hay’ati jamoasi hamda ekspertlar – Qurilish texnologiya fakul’teti, yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o’rinbosa A.Mamadaliyev va BT yetakchisi birinchi o`rinbosari talabalar kengashi raisi A.Abdulakimovlar natijalarni adolatli, xolis baxolab borishda tashabbus ko’rsatdilar. Boshlovchi – O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi D.Shermatova esa tanlovni boshidan to yakuniga qadar qiziqarli kechini ta’minladi.
Transport fakul’tetining “Shams ul-millat” guruhi yigit - qizlari raqibi Muhandislik kommunikatsiyalari “Iymon” jamoasidan tanlovning dastlabki 3 ta bosqichi bo’yicha kichik hisoblarda oldinlab ketgan bo’lsa, keyingi bosqich savol javoblarida raqiblar faollik ko’rsatdilar, biroq so’nggi savol-javoblar “Shams ul-millat” jamoasi foydasiga xal bo’ldi. Sardorlar bellashuvida zafar qozongan “Shams ul-millat” tanlovning barcha bosqichlari natijasiga ko’ra 253 ba bilan raqib jamoadan ustun keldilar. Shartlar oralig’idagi quvnoq tanaffus paytida har ikki jamoadan iste’dodli yigit – qizlar san’atning turli yo’nalishlarida o’z mahoratlarini namoyon etib yig’ilganlarga zavq bag’ishladilar. Shuningdek, “Muzaffar so’z” badiiy klubi rahbari A.Kamolov o’qigan go’zal she’rlar musiqa to’garagi rahbari Muhammadjon Jalilov kuylagan dilbar navolarga uyg’unlashib badiiy kechaga o’zgacha tarovat in’om etdi.
Tadbirni tashkillashtirishda Ahmadjonov Otabek, Akbarov Xasanboy, Yoqubjonov Qodirjon, Akbarov Farrux, Shavkatbekov Sardorbek, Isakov Nurillo, Xodjayev Saidkomil, Sulaymonov Sulaymonxo`ja, Mirzaqosimov Oybek, Sattimov Bobomurod, Eshonqulov Farrux, Bekmurodov To`xtamirzalar faol ishtirok etdilar.
NamMQI BT yoshlar
yetakchisi D.Akbaraliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |